19.04.2019 yildagi PQ-4295-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlashni isloh qilish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida aholiga endokrinologiya yordamini ko‘rsatishning yaxlit, vertikal integratsiyalashgan tizimi yaratildi. Endokrinologiya muassasalarini yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash va endokrin kasalliklarni profilaktika, diagnostika qilish hamda davolashning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, endokrinologiya xizmatini yanada rivojlantirish epidemiologik vaziyatni baholash hamda qandli diabet va yod tanqisligi holati yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilishni, shuningdek, endokrinologiya yo‘nalishlarini bolalar endokrinologiyasining talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlari bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan samarali va zamonaviy endokrinologiya yordami tizimini shakllantirish, qandli diabet va boshqa endokrin kasalliklar profilaktikasi va ularni barvaqt aniqlash choralarini yanada takomillashtirish, aholiga ixtisoslashgan yuqori malakali endokrinologiya yordamini ko‘rsatish sifati va imkoniyatlarini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2019 — 2021-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish milliy dasturi (keyingi o‘rinlarda — Milliy dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Milliy dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va aholini profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish bo‘yicha vaziyatni tubdan yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qandli diabetga chalingan bemorlarning onlayn-registrini yaratish, bemorlarni davolash amaliyotiga qandli diabetning surunkali asoratlari yuzaga kelishi va rivojlanishini kamaytirishga qaratilgan klinik yondashuvlarni joriy qilish, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar endokrinologiya dispanserlari va filiallarida endokrin xirurgiya, diabetik to‘piq, diabetik nefropatiya va reanimatsiya bo‘limlarini tashkil qilish orqali ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar turlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qandli diabet” tashxisi qo‘yilgan bolalar, o‘smirlar va homilador ayollarni analogli insulin hamda insulin yuborish uchun moslamalar va o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy o‘zini o‘zi nazorat qilish maktablari negizida professional instruktorlarni jalb qilgan holda endokrin kasalliklarga chalingan bemorlar va ularning oila a’zolarini kasalliklarni to‘g‘ri olib borish va nazorat qilishga o‘qitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
endokrinologiya muassasalarining tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularning kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
endokrinologiya sohasidagi mahalliy ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sog‘liqni saqlash amaliyotiga jahondagi ilg‘or tajribalar, ilmiy ishlanmalarni tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi endokrinologiya muassasalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy diagnostika va maxsus tibbiy uskunalar, vositalar va inventarlar bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) orqali endokrinologiya muassasalarini modernizatsiya qilish va ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Milliy dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliyaviy tashkilotlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini jalb qilish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining quyidagilarni muntazam ravishda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qandli diabetning I turi bilan kasallangan bolalar va o‘smirlar uchun analogli insulinlar va o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalarini (test-chiziqchalar) markazlashgan tarzda xarid qilish va barcha viloyat endokrinologiya dispanserlari orqali tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kaliy yodid preparatlari bilan uzluksiz ta’minlash orqali aholining kasallikka chalinish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlari (bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollar) orasida yod tanqisligi kasalliklarini profilaktika qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetida ushbu bandni ijro etish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-avgustga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining shtatlar normativlarini qo‘shimcha endokrinolog, shu jumladan bolalar endokrinologi lavozimlarini kiritishni ko‘zda tutgan holda qayta ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, endokrinolog, shu jumladan bolalar endokrinologi lavozimlarini kiritish birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining mavjud shtat birliklari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, aholi o‘rtasida keng yoritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4295-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-apreldagi PQ-4295-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MILLIY DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Summa

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Endokrinologiya xizmati faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inidan uchinchi bo‘g‘inigacha — respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi, statistika, moliya va boshqa hisobotlarni birlashtirib ko‘rsatgan holda endokrin patologiyali bemorlarning elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish.

Vazir

buyrug‘i

2019 — 2021-yillar

(tasdiqlangan

reja-jadvalga muvofiq)

8455,0 mln so‘m.


500 mln so‘m.

XMI mablag‘lari



RIEIATM

budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

RIEIATM

(Alimov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov)

2.

Xalqaro tavsiyanomalarga muvofiq sog‘liqni saqlashning barcha bosqichlarida endokrin kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning yangi standartlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Vazir

buyrug‘i

2019-yil
1-noyabrga qadar

RIEIATM

budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov)

3.

Endokrinologiya xizmati vabirlamchi tibbiyot hisobga olish hujjatlari bo‘yicha statistik hisobotlarni yuritish qoidalariga rioya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov)

II. Endokrin kasalliklarning oldini olish, erta diagnostika qilish va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish

4.

Endokrin jarrohlikning ixtisoslashtirilgan bo‘limlari, diabetik to‘piq, nefropatiya, operatsion blok, laboratoriya va reanimatsiya bo‘limlarini tashkil etish orqali viloyat endokrinologiya dispanserlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish.

Investitsiya dasturi

2019 — 2021-yillar

Investitsiya dasturlari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov)

5.

Viloyat endokrinologiya dispanserlarida pullik tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish amaliyotini joriy etish (Samarqand va Surxondaryo viloyatlari endokrinologiya dispanserlari misolida)

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
1-iyulga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

RIEIATM

(Alimov)

6.

Kaliy yodid dori vositalari bilan muntazam va uzluksiz ta’minlash orqali yod tanqisligi kasalliklari rivojlanishi bo‘yicha yuqori xavfga ega guruhlar (bolalar, o‘smirlar, emizikli va homilador ayollar) miqyosida profilaktika qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Har yili

16,5 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Birlamchi tibbiyot-sanitariya yordam ko‘rsatish muassasalarida qandli diabetni diagnostika qilishning samarali va iqtisodiy foydali usullarini ishlab chiqish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
1-avgustga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

RIEIATM

(Alimov)

8.

Qalqonsimon bez kasalliklarini erta aniqlash maqsadida qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlari gormonlarini immunoferment aniqlash uchun reaktivlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Har yili

5,4 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Viloyat endokrinologiya dispanserlari orqali markazlashtirilgan tarzda:

qandli diabetning 1 turi bilan kasallanganbolalar va o‘smirlar uchun muntazam ravishda analogli insulin;

qandli diabetning 1 turi bilan kasallanganbolalar va o‘smirlar uchun o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalarini (test-chiziqchalarini) xarid qilishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-2021-yillar


17,1 mlrd so‘m


7,5 mlrd so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

Moliya vazirligi

(Ashrafxonov)

10.

Aholi o‘rtasida qandli diabetni erta aniqlash va monitoring qilish maqsadida glikirlangan gemoglobinni aniqlash uchun reaktivlar ta’minotini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Har yili

8,0 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Tarqatma materiallar va ko‘rgazma qurollari bilan ta’minlagan holda barcha endokrin dispanserlarda o‘zini o‘zi nazorat qilish maktablari ishini muntazam monitoring qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy

RIEIATMning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

RIEIATM

(Alimov)

12.

Qandli diabetning insulinga muhtoj bo‘lgan I turi va II turi bilan kasallangan bemorlar uchun viloyat endokrinologiya dispanserlari orqali odam insulinini markazlashtirilgan tarzda xarid qilish va taqsimlashni nazarda tutadigan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

24,5 mlrd so‘m

Respublika budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

Moliya vazirligi

(Ashrafxonov)

III. Endokrinologik xizmatning yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini yaxshilash, endokrinologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

13.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qatlamini yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanishini kengaytirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — RIEIATM) yetakchi mutaxassislarining sayyor maslahatlarinibarcha hududlarda muntazam ravishda tashkil etish.

Vazir

buyrug‘i

Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq

200 mln so‘m

RIEIATM

budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

RIEIATM

(Alimov)

14.

Oliy tibbiyot ta’lim muassasalari va RIEIATMning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda endokrinologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning yangi usullarini joriy etish bo‘yicha viloyat, shahar va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalarining shifokorlari uchun mahorat darslarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq

100 mln so‘m

RIEIATM

budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

RIEIATM

(Alimov)

15.

RIEIATMning Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda tashkil etiladigan ixtisoslashgan kurslarida tor ixtisoslik mutaxassislarini (bolalar endokrinologiyasi, endokrin jarrohlik, diabetik to‘piq, anesteziologiya va reanimatologiya, yurak diabeti, diabetik nefropatiya va neyroendokrinologiya) tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazir

buyrug‘i

2019-yil

Ta’lim oluvchilar mablag‘lari, RIEIATM va ToshVMOIning

budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

ToshVMOI

(Akilov)

16.

Mutaxassis-endokrinologlarning xorijdagi ixtisoslashtirilgan yetakchi klinikalar va markazlarda malaka oshirish kurslarini o‘tashini muntazam ravishda (bir yilda bir marta) tashkil etish:

RIEIATM mutaxassislari — 10 nafar;

viloyat endokrinologiya dispanserlari mutaxassislari — 15 nafar.

Vazir buyrug‘i

Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq

Hisob-kitoblarga muvofiq

RIEIATM

budjetdan tashqari mablag‘lari,

XMI grantlari, Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan maqsadli budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

17.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida kadrlarni endokrinologiya yo‘nalishi bo‘yicha tanlov asosida xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarining magistratura va doktorantura bosqichida tayyorlashni tashkil etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Har yili

Hisob-kitoblarga muvofiq

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmuradov)

18.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining “Endokrinologiya” fanida qandli diabetni o‘rganish uchun ajratilgan o‘quv soatlarini ko‘paytirish, magistratura va klinik ordinaturada diabetologiyani mustaqil fan sifatida o‘rganish uchun qo‘shimcha soatlar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Madjidov)

19.

Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish va mahorat darslari hamda yuqori texnologiyalijarrohlik amaliyotini o‘tkazish maqsadida xorijdan yetakchi mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan tajriba almashish.

Reja-jadval

Har yili

Hisob-kitoblarga muvofiq

RIEIATM

budjetdan tashqari mablag‘lari,

XMI grantlari, Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan maqsadli budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

20.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini muassasalari uchun (60 nafar miqdorida) endokrinologiya ixtisosligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kurslar o‘tkazilishini tashkil etish.

Vazir buyrug‘i

Har yili

Hisob-kitoblarga muvofiq

Ta’lim oluvchilar

mablag‘lari, RIEIATM va ToshVMOI

budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

21.

Endokrinologiya sohasida xalqaro tavsiyalarga muvofiq asosiy endokrin kasalliklarni diagnostika qilish vadavolashda innovatsion usullarni joriy etishni nazarda tutuvchi profilaktika, diagnostika qilish va endokrin kasalliklarni davolashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

Tanlov natijalari bo‘yicha ilmiy grantlar

Har yili

Hisob-kitoblarga muvofiq

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

22.

O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ixtisoslik va malaka oshirish dasturlarini quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirish:

o‘quv dasturlarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha, qandli diabetning birlamchi profilaktikasi bo‘yicha, shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha fanlar sonini ko‘paytirish;

“Diabetik to‘piq hamshirasi — podiatr” va “O‘zini o‘zi nazorat qilish maktabi bo‘yicha instruktor” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlarini ixtisoslashtirish va sertifikatlashtirish dasturlarini ishlab chiqish.

Vazir buyrug‘i

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi

(Izamov)

IV. Aholi o‘rtasida endokrinologik salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish

23.

Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikning zarurligi, sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda (messenjerlarda) tarqatish. Mazkur masalalar bo‘yicha bannerlar, plakatlar, bukletlar va boshqa axborot-ta’lim materiallarini ishlab chiqish va tarqatish.

Axborot-ta’lim material-lari

Doimiy

MTRK (Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Shodmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sadiqov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Tegishli mutaxassislar hamda sog‘lom turmush tarzini yurituvchi taniqli san’at vakillari, sportchilar ishtirokida teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy

MTRK (Xodjayev),
Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (Nabiyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Kuranbayev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Nodavlat notijorat tashkilotlarni (ularning roziligi bilan) qandli diabet va yod tanqisligi holatlariga qarshi kurashish, shu jumladan yuqori xavf va zaif kishilar guruhidagi bemorlarga ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shodmonov),

Adliya vazirligi

(Davletov),

O‘zbekiston NNT assotsiatsiyasi (Nasriyev)

26.

Qandli diabet va yod tanqisligi holatlarini birlamchi profilaktika qilish (sog‘lom turmush tarzini, qandli diabetning rivojlanish xavfi omillarini targ‘ib qilish) masalalari bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy

MTRK (Xodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),
“Mahalla” jamg‘armasi (Javlonov),

O‘zbekiston
Xotin-qizlar qo‘mitasi (Nurmatova), vazirlik va idoralar

V. Endokrinologiya xizmati muassasalarining modiy-texnik bazasini mustahkamlash

27.

Ixtisoslashgan endokrinologiya muassasalarini (Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari endokrinologiya dispanserlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi endokrinologiya dispanseri, va Toshkent shahar endokrinologiya dispanseri, RIEIATM) zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2022-2023
yillar

7843,6

ming AQSH dollari

XMI, donor davlatlar kreditlari va grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan Milliy dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun jami xarajatlar
197,8 mlrd so‘m va 7,84 mln AQSH dollari.

shundan:

mlrd so‘mda

mln AQSH dollarida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

187,9

shu jumladan: mahalliy budjet mablag‘lari

89,7

ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

1,4

XMI, xalqaro donor davlatlar kreditlari va grantlari

8,455

7,84

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2019-y., 07/19/4295/2977-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)