Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Sholichilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish, sholining yangi raqobatbardosh, shuningdek, Xorazm vohasining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos, serhosil navlarini yaratish va yetishtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligining Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini (keyingi oʻrinlarda filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
2. Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat koʻrsatkichlari boʻyicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha tadqiqotlarni kengaytirish;
yangi va istiqbolli sholi navlarining birlamchi urugʻchiligini tashkil etish, urugʻchilikning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
sholi yetishtirishda zamonaviy resurstejamkor va suv tejovchi texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish;
chet el ilgʻor tajribalarini qoʻllagan holda hosildorlikni oshirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
sholi ekinidagi kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda atrof-muhitning ekologik muvozanatiga taʼsir etmaydigan usullarni ishlab chiqish;
sholi ekinini yetishtirishdagi asosiy agrotexnik tadbirlarni innovatsion texnologiyalar asosida mexanizatsiyalashni joriy etish;
sohaning yetakchi xorijiy ilmiy muassasalari bilan qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, sholichilikni rivojlantirish muammolariga bagʻishlangan loyiha va investitsiyalarni jalb qilish, tajriba almashish, konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar oʻtkazish;
sholi va dukkakli don ekinlarini yetishtirishni rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirish va takomillashtirish.
3. Belgilansinki, filial ilmiy muassasa shaklidagi yuridik shaxs boʻlib, u Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. Quyidagilar:
Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filiali tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktoriga, zarur hollarda, filial tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda bir oy muddatda filialning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
6. Quyidagilar filialni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda filialga:
Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Sholikor qishlogʻi, “Chinobod” muqobil mashina traktor parki hududidagi 1800 m2 boʻsh turgan yer maydonini — bino va inshootlar qurish uchun;
Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 82 gektar sugʻoriladigan yer maydonlarini — doimiy foydalanish huquqi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ajratilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Xorazm viloyati hokimi F.Oʻ. Ermanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-aprel,
327-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 327-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filiali
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 17 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar soni — 9 nafar.
Oldingi tahrirga qarang.
Yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amaldagi normativlariga asosan aniqlanadi. Ilmiy loyihalarni bajarish uchun shartnoma asosida ilmiy va texnik xodimlar jalb qilinishi mumkin.
(1-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
* xoʻjalik mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 09/19/327/2968-son; 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)