12.04.2019 yildagi 300-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda ular asosida qabul qilingan agrar va oziq-ovqat sohalarini isloh qilishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va hududiy komissiyalar bilan birgalikda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, agrar va oziq-ovqat sohalarida ilg‘or, resurtejamkor va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini keng joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish va ushbu maqsadlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining samarali faoliyatini va moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasida ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

O‘.I. Barnoyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari

B.N. Tog‘ayev

Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining mudiri — respublika komissiyasi huzuridagi ishchi guruh rahbari, komissiya kotibi

Komissiya a’zolari:

A.M. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi konsultanti (kelishuv asosida)

J.A. Xodjayev

qishloq xo‘jaligi vaziri

Sh.R. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

I.Yu. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

A.X. Abdullayev

yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

B.T. Norqobilov

veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

N.J. Bakirov

o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi

Lavozimi bo‘yicha

moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

R.A. Gulyamov

iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari

A.E. Ergashev

qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

O.E. Fayziboyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

A.A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.v.b.

A.A. Isroilov

Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori

R.O‘. Mamatqulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi v.b.

Lavozimi bo‘yicha

“O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi raisi

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyaning faoliyati qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish, islohotlarning amalga oshirilishini chuqur tahlil qilish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish tashabbusi bilan chiqish va ularni tayyorlashni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududiy komissiyalarning nizomlari va tarkiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda ular asosida qabul qilingan agrar va oziq-ovqat sohalarini isloh qilishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va hududiy komissiyalar bilan birgalikda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, agrar va oziq-ovqat sohalarida ilg‘or, resurtejamkor va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini keng joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar yetishtirish va ushbu maqsadlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining samarali faoliyatini va moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasida ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer va suv resurslaridan foydalanish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini ta’minlanishini muntazam monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ular tomonidan qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlarni tahlil qiladi va qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini muntazam monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni metodik va huquqiy ta’minlash, xo‘jalik yuritishning zamonaviy usullarini ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha vakolatli organlarga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer tuzish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va yer resurslaridan samarali foydalanish ishlarini monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan samarali foydalanish, resurstejamkor, ya’ni tomchilatib sug‘orish texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarini lizing asosida yuqori unumli, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash ishlarini monitoringini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorlari talablarini o‘rganadi va narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda, bozor prinsiplariga asoslangan qishloq xo‘jaligida narx belgilash tizimi va mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan bozor prinsiplari va mexanizmlarini boshqaruv tizimiga, xo‘jalik munosabatlariga joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali xo‘jalik yuritish shakllarini joriy etadi, agroklasterlar tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali agroklaster usullarini joriy etishda yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha respublika va hududlar darajasida ishlab chiqilgan dasturlar ijrosini muntazam monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining samarali faoliyat yuritishini va moliyaviy barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga resurstejamkor va innovatsion texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbar xodimlarining, shuningdek, hududiy komissiyalarning qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ular tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari olimlari va o‘qituvchilarini tegishli materiallar tayyorlash uchun jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda qishloq xo‘jaligi isloh qilish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning layoqatliligini va ularning amaliy faoliyati natijalarini baholash, o‘z vakolatlari doirasida agrar va oziq-ovqat sohalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiyaga rais rahbarlik qiladi, ishlarni boshqaradi, komissiya majlislarini olib boradi, majlislar bayonlarini, ish rejalarini va komissiyaning boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiyaning ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha qarori, agar uning uchun komissiya a’zolarining ko‘pchiligi oddiy ovoz berish yo‘li bilan ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘z fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya raisi bilan kelishuvga ko‘ra uning majlisda xolisona sabablar tufayli qatnashmayotgan komissiya a’zolarini ularning ovoz berish huquqisiz qatnashuvchi vakolatli vakillari almashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida komissiya raisi komissiya a’zolari bilan so‘rov yo‘li bilan kelishilgan alohida masalalar bo‘yicha komissiya qarorlarini tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Zarurat bo‘lganda, komissiya majlisiga ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga qarab vazirliklar va idoralarning, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va mehnat jamoalarining rahbarlari taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya yilning har choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya majlisiga materiallar ishchi organ tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, ularni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan komissiya a’zolari bilan birgalikda komissiyaning ish rejasiga muvofiq tayyorlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masalaga doir hujjatlarda qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (tahliliy ma’lumotnomalar, jadvallar va boshqalar) va komissiya qarori loyihasi mavjud bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Komissiyaning ishchi organi va kotibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (1 nafar), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (2 nafar), Suv xo‘jaligi vazirligi (1 nafar), Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (1 nafar), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (1 nafar), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (1 nafar), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrasanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (1 nafar), O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (1 nafar), “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi (1 nafar)ning jami o‘n nafar yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibdagi doimiy ishlaydigan ishchi guruh komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiyaning ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning navbatdagi davr uchun ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi hamda vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, tashkilotlar va komissiya a’zolaridan zarur materiallarni va ekspert xulosalarini olish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy materiallar tayyorlanishini va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlisida ko‘rib chiqishi uchun qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari monitoringi bo‘yicha axborot va tahliliy materiallar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar faoliyatini va komissiyaning qabul qilingan qarorlari bajarilishini joylarga borib o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni tegishli materiallarni jo‘natgan holda majlisning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti, joyi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisida ko‘rib chiqishi uchun uning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh ishlariga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhning ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya raisi bilan majlislar o‘tkaziladigan muddatni va joyni, shuningdek, taklif etiladiganlar tarkibini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya yig‘ilishi bayonlarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonlarni komissiya a’zolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiyani tugatish yoki qayta tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 25-fevraldagi 87-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 15-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 6-modda) 1-ilovaning 15-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 27-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 45-son, 341-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 24-martdagi 51-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 23-modda) ilovaning 15-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorlari)” 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 37-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmoni)” 2012-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 8-modda) 1-ilovaning 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 16-noyabrdagi PQ–2658-son qarori)” 2017-yil 28-iyundagi 442-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 123-modda) ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni)” 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni hamda “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qarori)” 2018-yil 16-iyuldagi 539-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)