O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsad va mazmuni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi tashkil etilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-aprel,
292-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yo‘l harakati qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 41-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Svetoforning (reversivdan tashqari) yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to‘xtash chizig‘i (5.33 yo‘l belgisi) oldida (bunda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak), bunday chiziq bo‘lmaganda esa:”.
2. 78-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yo‘l sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda yo‘llarning ayrim qismlari yoki harakatlanish bo‘laklarida ayrim transport vositalariga harakatlanish tezligini oshirishga va pasaytirishga (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatib) vakolatlidir”.
3. 88-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aholi punktlaridagi ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi”.
4. 89-bandning birinchi xatboshidagi “qatnov qismida bir qator qilib” so‘zlaridan keyin “qatnov qismi chetiga parallel ravishda” so‘zlari qo‘shilsin.
5. 98-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 09/20/796/1639-son)
7. 162-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“(avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda) yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo‘lsa”;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. 164-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“164. O‘ta og‘ir, katta o‘lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit o‘lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo‘yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi bo‘yicha yo‘l sathidan 4 metrdan, uzunligi bo‘yicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan ortiq bo‘lgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo‘lishi kerak”.
9. 168-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno)”.
10. Yo‘l harakati qoidalariga 1-ilovada:
a) 1-bo‘lim (Ogohlantiruvchi belgilar) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ogohlantiruvchi belgilar
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchilarga xavfli yo‘l qismiga yaqinlashayotganligi haqida axborot berib, unda harakatlanishda sharoitga qarab tegishli chora ko‘rishni talab qiladi.
1.1. “Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi”.
1.2. “Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi”.
1.3. “Diqqat, temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilma”. Ushbu yo‘l belgisi to‘suvchi qurilma bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmasiga yetmasdan o‘rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
1.3.1. “Bir izli temir yo‘l”.
1.3.2. “Ko‘p izli temir yo‘l”.
1.3.1. — bir izli temir yo‘l, 1.3.2. — ikki va undan ortiq izli temir yo‘l belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatiladi.
1.4.1-1.4.6. “Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashish”.
Aholi punktlaridan tashqarida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
1.5. “Tramvay yo‘li bilan kesishuv”.
1.6. “Teng ahamiyatli yo‘llar kesishuvi”.
1.7. “Aylanma harakatlanish bilan kesishuv”.
1.8. “Svetofor tartibga soladi”. Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar o‘tish joyi yoki yo‘l qismini bildiradi.
1.9. “Ko‘tarma ko‘prik”. Ko‘tarma ko‘prik yoki solda kesib o‘tish.
1.10. “Sohilga chiqish”. Daryo yoki suv havzasi qirg‘og‘iga chiqishni bildiradi.
1.11.1, 1.11.2. “Xavfli burilish”. 1.11.1 — o‘ngga, 1.11.2 — chapga yo‘l belgilari yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.
1.12.1, 1.12.2. “Xavfli burilishlar”. 1.12.1 — birinchi burilish o‘ngga, 1.12.2 — birinchi burilish chapga yo‘l belgilari yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lgan qismini bildiradi.
1.13. “Tik nishablik”.
1.14. “Tik balandlik”.
1.15. “Sirpanchiq yo‘l”. Yo‘lning o‘ta sirpanchiq bo‘lgan qismini bildiradi.
1.16. “Notekis yo‘l”. Qatnov qismi notekis bo‘lgan yo‘l (o‘nqir-cho‘nqir, o‘ydim-chuqur joylar, ko‘prikning yo‘lga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismini bildiradi.
1.17. “Tosh otilishi xavfi”. Transport vositasining g‘ildiragi ostidan shag‘al, tosh va shunga o‘xshashlarning otilib chiqish ehtimoli bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.18.1-1.18.3. “Yo‘lning torayishi”. 1.18.1 — ikki tomonlama torayish; 1.18.2 — o‘ngga torayish va 1.18.3 — chapga torayishni bildiradi.
1.19. “Ikki tomonlama harakatlanish”. Yo‘lning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanishni qismi boshlanishini bildiradi.
1.20. “Piyodalar o‘tish joyi”. 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o‘tish joyini bildiradi.
1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshashlar)ga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.
1.22. “Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv”.
1.23. “Ta’mirlash ishlari”.
1.24. “Mol haydab o‘tish”.
1.25. “Yovvoyi hayvonlar”.
1.26. “Toshlar tushishi”. Tosh ko‘chishi, surilishi va tushishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.27. “Yonlama shamol”.
1.28. “Pastlab uchuvchi samolyotlar”.
1.29. “Tunnel”. Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtog‘ining ko‘rinishi cheklangan tunnelni bildiradi.
1.30. “Boshqa xavf-xatarlar”. Ogohlantiruvchi belgilarda ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlar bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.31. “Sun’iy yo‘l notekisligi”. Yo‘lning sun’iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
1.31.1, 1.31.2. “Burilishning yo‘nalishi”. Kichik radiusli, ko‘rinishi cheklangan yo‘lda harakatlanish yo‘nalishini va yo‘lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.31.3. “Burilishning yo‘nalishi”. T-simon chorrahada yoki yo‘l ayrilishlarida harakatlanish yo‘nalishini, ta’mirlanayotgan yo‘l qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.32. “Tirbandlik”. Ushbu yo‘l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.
1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin o‘rnatiladi. Zaruriyat bo‘lganda, bu belgilar 7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisida ko‘rsatilgan boshqa masofada ham o‘rnatilishi mumkin.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o‘rnatilishi mumkin.
Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yo‘lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o‘rnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10 — 15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisisiz) o‘rnatilishi mumkin.
1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo‘l kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi”;
b) 3-bo‘limdagi (Taqiqlovchi belgilar) o‘ttiz oltinchi-qirq yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.32. “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
3.33. “Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
3.1 — 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga, 3.2 — 3.8 belgilari belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli bo‘lgan transport vositalariga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
3.27 belgisi yo‘nalishsiz yengil taksilarga yo‘lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta’sir qilmaydi.
Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo‘lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida to‘xtashga ruxsat etiladi.
3.28 — 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30, 3.32, 3.33 belgilari belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta’sir qiladi. Yo‘lga tutash hududlardan dala va o‘rmonlarning yo‘l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo‘llardan chiqish joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
Aholi punktlariga yetmay o‘rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:
3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
3.27 — 3.30 belgilarining amal qilish oralig‘i oxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qo‘shimcha axborot belgisi bilan birga takror o‘rnatiladi yoki 7.2.2 qo‘shimcha axborot belgisi bilan qo‘llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig‘i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizig‘i bilan birgalikda qo‘llanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27 — 3.30 belgilari yo‘lning qaysi tomoniga o‘rnatilgan bo‘lsa, ularga faqat o‘sha tomonda amal qilinadi”;
v) 4-bo‘limdagi (Buyuruvchi belgilar) o‘n to‘qqizinchi-yigirmanchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.6.1. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak”.
4.6.2. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.6.3. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.4. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.6.5. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.6. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.7. “Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.8. “Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri”.
4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi”. “Xavfli yuk” tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga”;
g) 5-bo‘limdagi (Axborot-ko‘rsatgich belgilari) oltmishinchi — oltmish ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5.42. “Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish”. Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.
5.43. “Radar”. Yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.
Statsionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yo‘l belgilarini, ko‘chma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa ko‘chma ustunga vaqtinchalik yo‘l belgilarini o‘rnatish ko‘zda tutiladi.
5.44. “Velosipedchilar uchun yo‘lak”. Yo‘l belgisi qaysi harakat bo‘lagi ustiga o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha harakat bo‘lagiga ta’sir qiladi. Yo‘lning o‘ng tomoniga o‘rnatilgan yo‘l belgisi o‘ng bo‘lakka ta’sir qiladi.
5.45. “Velosipedchilar uchun yo‘lakning oxiri”.
Aholi punktlaridan tashqarida o‘rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo‘l belgilaridagi yashil yoki ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi.
Oq rang ko‘rsatilgan obyekt ushbu aholi punktida joylashganini anglatadi.
Aholi punktida o‘rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo‘l belgilaridagi yashil, ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga ushbu aholi punktidan chiqqandan so‘ng avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa ko‘rsatilgan obyekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi”;
d) 6-bo‘limga (Servis belgilari) quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi — o‘n oltinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“6.13. “Xalqaro avtotashuvchilarning nazorat punkti”.
6.14. “Hojatxona”.
6.15. “Chiqindi yig‘ish joyi”;
e) 7-bo‘limda (Qo‘shimcha axborot belgilari):
o‘n ikkinchi xatboshidagi “7.4.7” raqami “7.4.8” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘ttiz uchinchi — o‘ttiz beshinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“7.20. “Xavfli yuk toifasi”. Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini ko‘rsatadi.
7.21. “Evakuator ishlamoqda”. 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi.
7.22.1, 7.22.2 va 7.22.3 “To‘siq”. Haydovchilarga to‘siqning uzoqdan ko‘rinishini ta’minlash maqsadida o‘rnatiladi. 4.2.1 — 4.2.3 yo‘l belgilari bilan birgalikda o‘rnatiladi”;
o‘ttiz uchinchi-o‘ttiz to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ttiz oltinchi-o‘ttiz yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
11. “Yo‘l belgilari” grafik chizmalari qismida:
a) “Ogohlantiruvchi belgilar” bo‘limida:
1.2 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
“
”;
1.30 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
“
”;
b) “Taqiqlovchi belgilar” bo‘limiga quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
“
”;
v) “Buyuruvchi belgilar” bo‘limiga quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
4.6 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
“
”;
4.8 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
“
”;
g) “Axborot-ko‘rsatkich belgilari” bo‘limiga quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
“
”;
d) “Servis belgilar” bo‘limi grafik chizmalar qismiga quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
“
”;
e) “Qo‘shimcha axborot belgilar” bo‘limida;
7.4.7 tasvirdan keyin quyidagi tasvir qo‘shilsin:
“
”;
7.19 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
“
”;
12. 2-ilovaning 1-bo‘limida (Yotiq chiziqlar):
a) o‘n oltinchi xatboshidagi “tartibga solinmagan” so‘zlaridan keyin “va solingan” so‘zlari qo‘shilsin;
b) yigirma ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.18 — chorrahada bo‘laklar bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin; oxiri berk yo‘l tasvirlangan chiziq shu yo‘nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko‘rsatish uchun chiziladi; chetki chap bo‘lakdan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich shu bo‘lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi”;
v) quyidagi mazmundagi yigirma to‘qqizinchi — o‘ttiz uchinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“1.25 — piyodalar yo‘lkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi mo‘ljallangan yo‘lkaning piyodalar uchun mo‘ljallangan qismini bildiradi;
1.26 — velosiped yo‘lkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun mo‘ljallangan tasmani bildiradi;
1.27 — ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i;
1.28 — taqiqlovchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i;
1.29 — sun’iy yo‘l notekisligini bildiradi”;
g) yigirma to‘qqizinchi — o‘ttiz beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ttiz to‘rtinchi — qirqinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) “Yotiq chiziqlar” grafik chizmalar qismiga quyidagi tasvirlar qo‘shilsin:
“
”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son; 18.12.2020-y., 09/20/796/1639-son)