08.04.2019 yildagi 284-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmonining ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvardan boshlab Internet jahon axborot tarmogʻida pilot loyihasi sifatida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda Yagona elektron tizim deb ataladi) sinov tariqasida ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqilgan Yagona elektron tizim quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish (viza qoʻyish) uchun, shu jumladan ularning keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini oʻtkazish uchun bir vaqtning oʻzida va tezkor joʻnatish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan harakatlarni avtomat tarzda rasmiylashtirish, taqdim etish va qabul qilish sanalarini qayd etish orqali normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish (viza qoʻyish) jarayonining shaffofligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini, shu jumladan vizalarning haqiqiyligi va ularning dolzarbligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish (viza qoʻyish) jarayonida amalga oshirilgan harakatlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha takliflari va eʼtirozlari toʻgʻrisida axborotni toʻplash va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoni hamda kelishish Yagona elektron tizim orqali amalga oshirilgan manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari toʻgʻrisidagi axborotni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining yagona elektron bazasini yuritish, shuningdek, axborot-tahliliy va statistik maʼlumotlarni shakllantirishda yagona elektron bazadan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish (viza qoʻyish) jarayonini real vaqt rejimida boshqarish, monitoring va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish (viza qoʻyish) jarayonida vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli tejash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Yagona elektron tizimni joriy etish boʻyicha bir qator tadbirlar amalga oshirilgan boʻlishiga qaramasdan, alohida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Yagona elektron tizimni sifatli tashkillashtirish va toʻlaqonli ishga tushirish boʻyicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar yetarli boʻlmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimdan foydalanishga oʻrgatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida oʻtkazilgan maqsadli seminarlar bilan ushbu tashkilotlarning barchasi, shu jumladan birinchi rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari ishtiroki toʻliq qamrab olinmadi. Mazkur holat vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda masʼul ijrochilarining Yagona elektron tizimda ishlash koʻnikmalari hanuzgacha past darajada qolayotganligini, mazkur tashkilotlar rahbarlari esa elektron raqamli imzo bilan toʻliq hajmda taʼminlanmaganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimni, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida joriy etish va uzluksiz ishlashini taʼminlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish) jarayonining zaruriy shaffofligini taʼminlash hamda tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona elektron tizimda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini elektron koʻrinishda kelishish (viza qoʻyish) “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-maydan 1-iyulga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish)da Yagona elektron tizimning pilot loyihasi joriy etiladi hamda ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan tartibda qogʻoz koʻrinishida yoxud Yagona elektron tizim orqali elektron koʻrinishda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyuldan 1-oktabrga qadar — Vazirlar Mahkamasi apparatida Yagona elektron tizimning pilot loyihasi joriy etiladi va unga koʻra manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilgan va kelishilgan (viza qoʻyilgan) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalari Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda ustuvor ravishda Yagona elektron tizim orqali elektron koʻrinishda kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrdan boshlab va keyingi davrda — manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilgan va kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalari kelishish (viza qoʻyish) hamda keyinchalik qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga faqat Yagona elektron tizim orqali elektron koʻrinishda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish (viza qoʻyish) va kiritishning mazkur qaror bilan belgilangan tartibini norma ijodkorligi faoliyatiga joriy etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish) ning yagona elektron tizimini samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi guruh (Davletov)ning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish (viza qoʻyish) va kiritish tartibini oʻz vaqtida joriy etish uchun barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yagona elektron tizimga tezkor ulash boʻyicha choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun Yagona elektron tizim orqali ishlash mohiyati va tartibini tushuntirish boʻyicha tanishtiruv seminarlarini tizimli asosda oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizim orqali normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish) masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va kiritish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning masʼul shaxslarini Yagona elektron tizim doirasida toʻlaqonli ishlashi uchun elektron raqamli imzo bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan Yagona elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish) jarayonini doimiy monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizim orqali ishlash tartibi va mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan, uni vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning idoraviy elektron hujjat aylanishi axborot tizimlariga integratsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimning sifatli va uzluksiz ishlashini, shuningdek, unga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini faqat Yagona elektron tizim orqali elektron koʻrinishda ishlab chiqish, kelishish (viza qoʻyish) va kiritishning belgilangan tartibi talablarini muntazam ravishda buzayotgan va unga rioya etmayotgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muvofiqlashtiruvchi guruh (Davletov) Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini elektron koʻrinishda kiritishda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Vazirlar Mahkamasi apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Yagona elektron tizim orqali oʻzaro hamkorligini taʼminlovchi tegishli choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish)ning yagona elektron tizimini toʻlaqonli joriy etish va sifatli ishlashiga qaratilgan birinchi navbatdagi tadbirlar jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish)ning yagona elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish va kiritishning tashkiliy va bosqichma-bosqich sxemasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yagona elektron tizimdan foydalanish doirasida quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimni texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni doimiy ravishda oʻtkazib borilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi guruh qarori asosida Yagona elektron tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻrish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarga ushbu tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda Yagona elektron tizimning axborot xavfsizligini taʼminlash;
(7-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning ushbu tizimdan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarini hisobga olgan holda Yagona elektron tizimni takomillashtirish va modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning Yagona elektron tizimdan samarali amaliy foydalanishlarini taʼminlash, shuningdek undan norma ijodkorligi faoliyatida foydalanish masalasiga uslubiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati hujjatlari loyihalarini faqatgina Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish, kelishish (viza qoʻyish) va kiritish jarayonini doimiy monitoringini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati hujjatlari loyihalarini Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish, kelishish (viza qoʻyish) va kiritish masalalarini, shuningdek, ushbu tizim orqali ishlash tartibi va mexanizmini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
(7-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda innovatsion ish uslublarini yanada keng joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa davlat organlari va tashkilotlar — Yagona elektron tizim foydalanuvchilarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda va muddatlarda oʻz norma ijodkorligi faoliyatini Yagona elektron tizim orqali elektron muhitga toʻlaqonli oʻtkazish boʻyicha tezkor tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini elektron koʻrinishda ishlab chiqish, kelishish (viza qoʻyish) va kiritish jarayonida Yagona elektron tizimdan majburiy foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, kelishish (viza qoʻyish) va kiritish uchun qonunchilikda oʻrnatilgan tartib va muddatlarga qatʼiy amal qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ oʻrtasida Yagona elektron tizimni ishlab chiqish, maslahat berish, uzluksiz faoliyat koʻrsatish, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan tegishli shartnomalar tuzilganligi hamda ular asosida moliyalashtiruvchi taraf Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2019-yil 1-oktabrdan eʼtiboran Yagona elektron tizimning uzluksiz faoliyat koʻrsatishi, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi, shuningdek adliya organlari va muassasalarining boshqa budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar masʼul organlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu qarorning 7-bandi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrdan soʻng — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu qarorning 7-bandi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy asosda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi — Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati hujjatlari loyihalarini elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali kelishish (viza qoʻyish)da foydalaniladigan elektron raqamli imzolarni tezkor taqdim etish, shuningdek, uzluksiz va betoʻxtov faoliyat koʻrsatishi uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 1-oktabrga qadar muddatda Yagona elektron tizimni begʻaraz asosda Adliya vazirligiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari va masʼul shaxslarini ushbu tashkilotlarning buyurtmanomasi boʻyicha istisno tariqasida bepul asosda elektron raqamli imzolar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-mayga qadar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarni puxta tahlil qilgan va masʼul shaxslar kontingentini belgilagan holda, alohida tasdiqlangan rejalar asosida Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binolarida Yagona elektron tizim orqali ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish boʻyicha tanishtiruv seminarlarini oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 1-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati hujjatlari loyihalarini vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning taklif va eʼtirozlari asosida birgalikda yakuniy puxta ishlanishini nazarda tutuvchi funksional imkoniyatini yaratish masalasini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri R.K. Davletov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi, Umumiy boʻlimi, Yuridik taʼminlash boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish)ning yagona elektron tizimini samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari

2.

Sh.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

N.D. Toychiyev

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari oʻrinbosari

4.

kelishuvga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining vakili

5.

A.Ya. Xaydarov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

S.I. Saifnazarov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

7.

X.A. Shakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

8.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi oʻrinbosari

9.

D.N. Kalandarov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi

10.

A.M. Karaxanov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi mudiri

11.

F.P. Usanov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimi mudiri

12.

A.A. Madaminov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi boshligʻi

13.

Sh.M. Yaminov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori, Muvofiqlashtiruvchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish)ning yagona elektron tizimini toʻlaqonli joriy etish va sifatli ishlashiga qaratilgan birinchi navbatdagi tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar:

Vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi apparatidan

I.Tashkiliy-tayyorgarlik va texnik tadbirlar

1.

1.1. Quyidagilarni oʻrganish uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish:

ularni Yagona elektron tizimga ulash;

mazkur tashkilotlarning rahbarlari va masʼul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;

Yagona elektron tizimda ishlash boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish.

1.2. Xatlov yakunlari boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilarni (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) elektron raqamli imzo bilan, shuningdek, Yagona elektron tizimga bosqichma-bosqich ulanishni taʼminlash jadvalini ishlab chiqish
va tasdiqlash.

2019-yil
20-aprelga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi,

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

2.

2.1. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan taʼminlash.



2.2. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilarini Oʻzbekiston Respublikasi elektron hukumati foydalanuvchilari yagona identifikatsion tizimida tegishli login va parollarni olish orqali roʻyxatdan oʻtkazish.



2.3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini Yagona elektron tizimga ulash, shuningdek, Yagona elektron tizim orqali ishlash uchun masʼul rahbarlar va ijrochilarini biriktirish.

Tasdiqlangan jadvalga asosan

Davlat soliq qoʻmitasi,

Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

3.

Yagona elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini elektron shaklda kelishish (viza qoʻyish) da foydalaniladigan elektron raqamli imzolarning uzluksiz va muammosiz ishlashini, shuningdek tezlashtirilgan holda berilishini taʼminlash.

doimiy
asosda

Davlat soliq qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

4.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa mahalliy davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va boshqa masʼul shaxslari uchun Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining binolarida quyidagilar bilan tanishish boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish:

Yagona elektron tizim doirasida amalga oshirilayotgan norma ijodkorligi jarayonining xususiyatlari, uning ijobiy tomonlari va ustunliklari;

Yagona elektron tizimga ulanish va undan maqsadli foydalanish tartibi;

Yagona elektron tizim doirasida amalga oshirilayotgan norma ijodkorligi jarayoni sohasida qonun hujjatlari talablari;

Yagona elektron tizimdan foydalanganda axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar.

2019-yil
20-aprelga qadar


2019-yil
10-aprelga qadar — seminarlar jadvalini ishlab chiqish
va tasdiqlash


2019-yil
15-aprelga qadar — seminarlar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

5.

Yagona elektron tizimi orqali normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va kelishish qismida zarurat boʻlganda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

2019-yil
1-oktabrga

qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Yuridik taʼminlash boshqarmasi,

Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

6.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish) ning yagona elektron tizimini samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi guruhga Yagona elektron tizimni joriy etish va foydalanishga oid kelib tushayotgan savollarni koʻrib chiqish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Yuridik taʼminlash boshqarmasi,

Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

II. Pilot loyihani joriy etish

(2019-yil 1-maydan 1-oktabrgacha)

7.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlarining loyihalarini Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish, kelishish (viza qoʻyish) va kiritish tartibini oʻz vaqtida joriy etish uchun barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini Yagona elektron tizimiga ulash.

2019-yil
1-mayga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,
Yuridik taʼminlash boshqarmasi,
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

8.

8.1. Vazirlar Mahkamasi rahbariyatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan taʼminlash.


8.2. Vazirlar Mahkamasi rahbariyatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi elektron Hukumati foydalanuvchilarining Yagona identifikatsiyalash tizimida tegishli login va parollarni olish orqali roʻyxatdan oʻtkazish.


8.3. Vazirlar Mahkamasi apparatini Yagona elektron tizimga ulash, shuningdek, Yagona elektron tizimning lozim darajada ishlashi uchun masʼul boʻlgan xodimlarni belgilash.

2019-yil
1-mayga
qadar



2019-yil
1-mayga
qadar



2019-yil
1-mayga
qadar

DSQ,

Adliya vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati



Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish boʻlimi, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Umumiy boʻlim

9.

Quyidagilar bilan tanishtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati masʼul xodimlari uchun seminarlar tashkil etish:

Yagona elektron tizim doirasida amalga oshiriladigan norma ijodkorligi jarayonining xususiyatlari, uning ijobiy tomonlari va afzalliklari;

Yagona elektron tizimga ulanish va undan maqsadli foydalanish tartibi;

Yagona elektron tizim doirasida amalga oshiriladigan norma ijodkorligi jarayoni sohasidagi qonunchilik talablari;

Yagona elektron tizimdan foydalanishda axborot xavfsizligini taʼminlashga doir talablar.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq,

keyinchalik zarurat boʻlganda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi,

Umumiy boʻlim,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

10.

Yagona elektron tizim orqali elektron koʻrinishda tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga qabul qilish mexanizmini joriy etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.

2019-yil
1-mayga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy

etish boʻlimi, Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Umumiy boʻlim,

Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi

11.

Yagona elektron tizimda Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjati loyihasini manfaatdor vaziliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar va eʼtirozlarni hisobga olgan holda birgalikda yakuniy qayta ishlashni nazarda tutuvchi funksional imkoniyatni yaratish masalasini koʻrib chiqish.

2019-yil
1-iyulga
qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

12.

Yagona elektron tizimning ishlashi bilan bogʻliq vujudga kelayotgan texnik va boshqa muammoli masalalarni aniqlash va ularni tezkor hal etish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh,

vazirliklar va idoralar

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

13.

Yagona elektron tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha choralarni koʻrish, shuningdek, mazkur tizimdan foydalanishda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga texnik koʻmak koʻrsatish.

doimiy
asosda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

14.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimni Adliya vazirligiga begʻaraz asosda oʻtkazib berilishini taʼminlash.

2019-yil
1-oktabrga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

15.

Yagona elektron tizimning yaratilishi, uzluksiz ishlashi, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun zarur pul mablagʻlarini ajratish boʻyicha choralarni koʻrish.

2019-yil
1-oktabrga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

III. Yagona elektron tizimni toʻlaqonli ishga tushirish va uni texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tadbirlar

(2019-yil 1-oktabrdan)

16.

Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish va kelishish uchun faqatgina Yagona elektron tizim orqali kiritish mexanizmini Vazirlar Mahkamasi apparatida majburiy qoʻllash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.

2019-yil
25-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy

etish boʻlimi,

Umumiy boʻlim,
Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

17.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari, Vazirlar Mahkamasi apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini elektron koʻrinishda kiritishda Yagona elektron tizim orqali oʻzaro hamkorligini taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.

2019-yil
1-oktabrga
qadar

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy

etish boʻlimi,

Umumiy boʻlim,
Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

18.

Yagona elektron tizimi faoliyatini texnik va axborot koʻllab-quvvatlashni, shuningdek axborot xavfsizligini hamda Internet jahon axborot tarmogʻida foydalanilishini taʼminlash.

doimiy asosda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

19.

Manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlarini faqatgina Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish va kelishish jarayonini doimiy monitoring qilib borish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Yuridik taʼminlash boshqarmasi, Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

20.

Yagona elektron tizim orqali ishlash tartibi va mexanizmini, shu jumladan uni davlat organlari va tashkilotlarning elektron hujjat aylanish idoraviy axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy

etish boʻlimi, Umumiy boʻlim, Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Yuridik taʼminlash boshqarmasi,
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

21.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini faqatgina Yagona elektron tizimdan foydalangan holda ishlab chiqish va kelishishning belgilangan tartibiga muntazam ravishda rioya etmayotgan yoki buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga nisbatan tegishli intizomiy choralarni qoʻllash boʻyicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Yuridik taʼminlash boshqarmasi,

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish (imzolash) va kiritishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. 2019-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha boʻlgan davrda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining elektron shaklini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun Yagona elektron tizimga joylashtirish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qogʻoz shaklida yoki Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda kelishish uchun yuborish.

Belgilangan muddatlarda


2-bosqich

Vazirliklar, idoralar
va boshqa tashkilotlar

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qogʻoz shaklida yoki elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qogʻoz shaklida yoki elektron shaklda idoraviy elektron hujjat aylanishi orqali ish yurituviga qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha taklif, eʼtirozlar yoki ijobiy xulosa tayyorlash.

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qogʻoz shaklida yoki Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda kelishish (imzolash).

5. Kelishilgan (imzolangan) normativ-huquqiy hujjat loyihasini qogʻoz shaklida yoki Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda ishlab chiquvchiga yuborish yoki qayta ishlash uchun unga qaytarish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Yagona elektron tizim orqali kelishilgan normativ-huquqiy hujjatni belgilangan tartibda qogʻoz yoki elektron shaklda qabul qilish.

2. Idoraviy elektron hujjat aylanmasida ish yurituvida kelishilgan normativ-huquqiy hujjatni belgilangan tartibda qogʻoz yoki elektron shaklda qabul qilish.

3. Kelib tushgan taklif va eʼtirozlar asosida (agar zarurat boʻlganda) normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qayta ishlash.

4. Yagona elektron tizim orqali takliflar asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasining oxirgi variantini belgilangan tartibda qogʻoz yoki elektron shaklda kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda Adliya vazirligiga yuborish.

Belgilangan muddatlarda


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Yagona elektron tizim orqali normativ-huquqiy hujjatni qogʻoz yoki elektron shaklda belgilangan tartibda qabul qilish.

2. Idoraviy elektron hujjat aylanmasida qogʻoz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va huquqiy xulosa tayyorlash.

4. Yagona elektron tizimda orqali qogʻoz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasiga belgilangan tartibda elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan huquqiy xulosa berish.

Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan muddatlarda


5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Yagona elektron tizim orqali qogʻoz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini hamda huquqiy xulosani belgilangan tartibda qabul qilish.

2. Idoraviy elektron hujjat aylanmasida ish yurituviga qogʻoz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini hamda huquqiy xulosani belgilangan tartibda qabul qilish.

3. Adliya vazirligining takliflari asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini (agar zarurat boʻlsa) puxta ishlash va oxirgi variantini tayyorlash.

4. Yagona elektron tizim orqali qogʻoz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Belgilangan muddatlarda


6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

 

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda yoki belgilangan tartibda qogʻoz shaklda ish yuritishga qabul qilish.

2. Qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan, moliyaviy, iqtisodiy
va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish.

3. Zarur hollarda normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelgusida puxta ishlash uchun Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda yoki belgilangan tartibda qogʻoz shaklda ishlab chiquvchiga qaytarish.

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga axborot berish hamda himoya qilish uchun belgilangan tartibda qogʻoz shaklda tayyorlash.

5. Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyati tomonidan maʼqullangan normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qogʻoz shaklda va uning nusxasini elektron shaklda kelishish yoki qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda


7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xulosasini belgilangan tartibda qogʻoz shaklda ish yuritishga qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xulosasi takliflarini hisobga olgan holda puxta ishlash (zarur hollarda).

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini axborot berish uchun qogʻoz shaklda Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga kiritish.

4. Hukumat hujjati loyihasini imzolash uchun, qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarini esa Bosh vazir bilan kelishish va belgilangan tartibda qabul qilishga yuborish uchun qogʻoz shaklda tayyorlash.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. 2019-yilning 1-iyulidan 1-oktabrigacha boʻlgan davrda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining elektron versiyasini umumxalq muhokamasi uchun Yagona elektron tizimda joylashtirish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda kelishish uchun yuborish.

Oʻrnatilgan muddatlarda


2-bosqich

Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada elektron shaklda idoraviy elektron hujjat aylanishi orqali ish yurituviga qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha taklif, eʼtirozlar yoki ijobiy xulosa tayyorlash.

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda kelishish (imzolash).

5. Kelishilgan (imzolangan) normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda ishlab chiquvchiga yuborish yoki qayta ishlash uchun unga qaytarish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida oʻrnatilgan muddatlarda


3-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Kelishilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada belgilangan tartibda Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda qabul qilish.

2. Kelishilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini idoraviy elektron hujjat aylanmasi orqali ustuvor darajada elektron shaklda belgilangan tartibda qabul qilish.

3. Kelib tushgan eʼtiroz va takliflar asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini (agar zarurat boʻlsa) qayta ishlash.

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining oxirgi variantini zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga ustuvor darajada Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda yuborish.

Oʻrnatilgan muddatlarda


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda, asosan elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda, asosan elektron shaklda elektron hujjat aylanish idoraviy tizimi orqali amalga oshirish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan oʻtkazish, huquqiy xulosa tayyorlash.

4. Huquqiy xulosa asosan elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda belgilangan tartibda taqdim etish

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida oʻrnatilgan muddatlarda


5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Huquqiy xulosa va normativ-huquqiy hujjat loyihasini asosan elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda belgilangan tartibda taqdim etish.

2. Huquqiy xulosa va normativ huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda asosan elektron shaklda elektron hujjat aylanish idoraviy tizimi orqali ish yurituvga qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Adliya vazirligining huquqiy xulosasini inobatga olgan holda yakuniy qayta ishlab chiqish (zarur hollarda).

4. Hukumatga* asosan elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali belgilangan tartibda taqdim etish.

Oʻrnatilgan muddatlarda


6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. Huquqiy xulosa va normativ-huquqiy hujjat loyihasini asosan, elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali belgilangan tartibda ish yurituvga qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjatni koʻrib chiqish, moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish.

3. Zarur holda, normativ-hujjatni ishlab chiquvchiga yanada takomillashtirish uchun belgilangan tartibda elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali qaytarish.

4. Vazirlar Mahkamasining apparati rahbariga hisobot va himoya qilish uchun belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat loyihasini qogʻoz shaklida tayyorlash.

5. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tomonidan maʼqullangan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish yoki qabul qilish uchun qogʻoz shaklida va uning nusxasini elektron tashuvchida belgilangan tartibda yuborish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida oʻrnatilgan muddatlarda


7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi xulosasi va normativ-huquqiy hujjat loyihasini qogʻoz shaklda ish yuritishga belgilangan tartibda qabul qilish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining takliflarini inobatga olgan holda normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli tartibda qogʻoz shaklda (zarur hollarda) qayta koʻrib chiqish.

3. Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga normativ-huquqiy hujjat loyihasini hisobot uchun qogʻoz shaklda kiritish.

4. Hukumat qarori loyihasini qogʻoz shaklda imzolash uchun tayyorlash, qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalarini esa, Bosh vazir bilan kelishish va qabul qilishga yuborish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida oʻrnatilgan muddatlarda


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 2019-yilning 1-oktabridan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining elektron shaklini keyinchalik umumiy muhokama qilish uchun Yagona elektron tizimga joylashtirish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini elektron shaklda Yagona elektron tizim yordamida elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish uchun yuborish.

Oʻrnatilgan muddatlarda


2-bosqich

Vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlar

1.Yagona elektron tizim orqali normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda olish.

2. Idoraviy elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali kelishilgan normativ huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda ish yurituviga qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish. Koʻrib chiqish natijasida takliflar, eʼtirozlar yoki ijobiy xulosa tayyorlash.

4. Belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat loyihasini elektron raqamli imzodan foydalangan holda Yagona elektron tizim orqali kelishish.

5. Yagona elektron tizimi orqali belgilangan tartibda loyiha ishlab chiquvchisiga kelishilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini yuborish yoki uni qayta ishlash uchun qaytarish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida oʻrnatilgan muddatlarda


3-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Yagona elektron tizim orqali kelishilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda olish.

2. Idoraviy elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali kelishilgan normativ huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda ish yurituviga qabul qilish.

3. Belgilangan tartibda kelib tushgan taklif va eʼtirozlarni inobatga olgan holda (zarurat boʻlganda) normativ-huquqiy hujjat loyihasini qayta ishlash.

4. Zarur boʻlgan materiallarni ilova qilgan holda normativ-huquqiy hujjatning yakuniy loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Yagona elektron tizim orqali Adliya vazirligiga yuborish.

Oʻrnatilgan muddatlarda


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Yagona elektron tizimdan belgilangan tartibda olish

2. Belgilangan tartibda huquqiy xulosa va normativ-huquqiy hujjatlarni idoralararo elektron hujjat aylanish tizimi orqali qabul qilish

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, huquqiy xulosa tayyorlash.

4. Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda huquqiy xulosasini belgilangan tartibda olish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida oʻrnatilgan muddatlarda


5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va huquqiy xulosasini Yagona elektron tizimdan belgilangan tartibda olish.

2. Huquqiy xulosa va normativ-huquqiy hujjatlarni idoralararo elektron hujjat aylanish tizimi orqali belgilangan tartibda qabul qilish

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Adliya vazirligi xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy koʻrib chiqish

4. Elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali Hukumatga kiritish

Oʻrnatilgan muddatlarda


6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ish yuritishga yagona elektron tizim orqali elektron shaklda belgilangan tartibda qabul qiladi.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqadi, moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda kelishadi.

3. Zarurat boʻlganda, normativ-huquqiy hujjatning loyihasini ishlab chiquvchiga belgilangan tartibda uni Yagona elektron tizim orqali yanada takomillashtirish uchun qaytarib beradi.

4. Vazirlar Mahkamasi rahbariyatida himoya qilish va axborot berish uchun belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlaydi.

5. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tomonidan maʼqullangan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda qabul qilish yoki kelishish uchun yuborish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida oʻrnatilgan muddatlarda


7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xulosasi va elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Yagona elektron tizim orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qilish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi takliflarini inobatga olgan holda elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish (agar zarur boʻlsa).

3. Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatida himoya qilish va axborot berish uchun normativ-huquqiy hujjatning loyihasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.

4. Hukumat hujjati loyihasini imzolash uchun, qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalarini Bosh vazir bilan kelishish uchun tayyorlash, belgilangan tartibda elektron shaklda qabul qilish uchun yuborish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida oʻrnatilgan muddatlarda

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentining 71 — 74-bandlarida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalari alohida vazirlik va idoralar tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etilishi mumkin.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son qaroriga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi misolida — ishlab chiqaruvchi Axborot texnologiyalari vazirligi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2019-y., 09/19/284/2911-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)