01.02.2019 yildagi PQ-4147-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasiga aʼzoligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash, mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirishda ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq etish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankiga aʼzoligini inobatga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasi rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XISMK) hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — IEKSIK) aʼzoligiga kirishi toʻgʻrisidagi qarori maʼqullangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida 2006-yil 30-maydagi Bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida 1992-yil 19-fevraldagi Bitim qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi funksiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 2-bandida qayd etilgan bitimlar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha XISMK va IEKSIK bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XISMK va IEKSIK oʻz avuarlarini saqlashi mumkin boʻlgan depozitariy — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Islom taraqqiyot banki guruhi boshqaruvchisi etib tayinlansin va unga quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot banki guruhi Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishlarida, jumladan XISMK va IEKSIKning Bosh assambleyalarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingani haqida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan XISMK va IEKSIKga bildirishnoma yoʻllash vakolatlari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasi ustav kapitaliga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi IEKSIKning 347 500 AQSH dollari ekvivalentidagi (umumiy qiymati 250 000 islom dinoriga teng) 250 ta aksiyasiga hamda XISMKning 695 000 AQSH dollari ekvivalentidagi (umumiy qiymati 500 000 islom dinoriga teng) 50 dona aksiyasiga oʻrnatilgan tartibda obuna boʻlishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi ilovaga muvofiq tasdiqlangan toʻlovlar jadvaliga asosan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan IEKSIK aksiyalarining 50 foiziga obuna haqini toʻlash uchun 125 000 islom dinori ekvivalenti hamda XISMK aksiyalariga obuna haqini toʻlash uchun 500 000 islom dinori ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4147-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4147-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasi ustav kapitaliga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yillar

IEKSIK aksiyalari boʻyicha badallar toʻlovi

XISMK aksiyalari boʻyicha badallar toʻlovi

Yillar boʻyicha jami toʻlovlar AQSH dollarida

Aksiyalar soni*

Aksiyalar narxi

Aksiyalar soni

Aksiyalar narxi**

Islom dinorida

AQSH dollarida

Islom dinorida

AQSH dollarida

1.

2019-y.

62

62 000,0

86 180,0

16

160 000,0

222 400,0

308 580,0

2.

2020-y.

63

63 000,0

87 570,0

17

170 000,0

236 300,0

323 870,0

3.

2021-y.

-

-

-

17

170 000,0

236 300,0

236 300,0

JAMI:

125*

125 000,0

173 750,0

50

500 000,0

695 000,0

868 750,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* IEKSIK 1 dona aksiyasining balans narxi aksiyaning 2018-yil uchun belgilangan balans narxidan kelib chiqib, 1 000 islom dinori miqdorida olingan. Aksiyaning balans narxi har yili IEKSIKning moliyaviy hisobotlari yakunlariga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu son obuna boʻlish koʻzda tutilgan IEKSIK jami aksiyalarning 50 foizini tashkil qiladi, qolgan 50 foiz aksiyalar uchun toʻlov IEKSIK talabnomasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. IEKSIK aksiyalariga toʻlov AQSH dollarida toʻlov sanasidagi kurs boʻyicha amalga oshiriladi. Islom dinorining 2019-yil 1-fevraldagi kursi — 1 ID = 1,39 AQSH dollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** XISMK 1 dona aksiyasining balans narxi aksiyaning 2018-yil uchun belgilangan balans narxidan kelib chiqib, 10 000 islom dinori miqdorida olingan. Aksiyaning balans narxi har yili XISMKning moliyaviy hisobotlari yakunlariga koʻra belgilanadi.