14.03.2019 yildagi PQ-4239-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda meva-sabzavotchilik sohasini takomillashtirish, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlari ekiladigan maydonlarni, saqlash va qayta ishlash quvvatlarini sezilarli oshirish, mazkur tarmoqni rivojlantirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning mablagʻlarini faol jalb etishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish sohasidagi ilgʻor tajriba tahlili ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasini rivojlantirishni samarali ragʻbatlantirish zarurati mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavotchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishni ragʻbatlantirish, sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning eksporti barqarorligini taʼminlash, mazkur mahsulot ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi birlashmalarida (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi birlashmalari) ixtiyoriy va pay asosida ishtirok etish tamoyillarida mustaqil va oʻzaro bogʻliq qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarining kooperatsion birlashishi institutini yaratish va keng qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda tajriba-sinov tariqasida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun Jizzax viloyatining Gʻallaorol va Zomin tumanlarida, Samarqand viloyatining Bulungʻur va Urgut tumanlarida, Fargʻona viloyatining Oltiariq va Quva tumanlarida, Toshkent viloyatining Qibray va Parkent tumanlarida qishloq xoʻjaligi birlashmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda tajriba-sinov yakunlariga koʻra, 2020-yil 1-dekabrga qadar qishloq xoʻjaligi birlashmalarining kooperatsion birlashuvi institutini respublikaning boshqa hududlarida ommalashtirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi birlashmalarining asosiy funksiyalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini marketing tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, shu jumladan turlari va navlari boʻyicha ishlab chiqarish yuzasidan kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun zarur boʻlgan mulk komplekslari, texnika, uskuna, transport vositalaridan, shu jumladan mahsulot saqlash omborlarini birgalikda ijaraga olish va qaytarib berish asosida xom ashyoni qayta ishlash yoʻli bilan birgalashib foydalanishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini qishloq xoʻjaligi texnikasi, yoqilgʻi-moylash materiallari, oʻgʻit, urugʻlar, koʻchat va ekinlar, shuningdek, kimyoviy himoya vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktatsiya yoki vositachilik shartnomalari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash va sotishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon standartlariga mos meva-sabzavot mahsulotlarining kafolatlangan bozorini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligi birlashmalari bilan hamkorlik qilish uchun eksportyorlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolariga agrotexnika, buxgalterlik, konsalting, vositachilik va boshqa xizmatlarni koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat olib boruvchi boshqa jismoniy va yuridik shaxslar qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalariga aʼzo boʻlish ixtiyoriy hisoblanadi hamda taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda kirish aʼzolik badallari (paylarni) kiritish yoʻli bilan pay asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalariga qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan bevosita beriladigan vakolatlar taʼsis hujjatlarida belgilanadi. Bunda, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari boshqa masalalar boʻyicha oʻz xoʻjalik faoliyatini yuritishda iqtisodiy mustaqilligi va huquqiy maqomini saqlab qoladi, qishloq xoʻjaligi birlashmalari va uning aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar esa shartnoma asosida quriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari qishloq xoʻjaligi birlashmalari majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi hamda agar taʼsis hujjatlarida boshqacha holatlar belgilanmagan boʻlsa, qishloq xoʻjaligi birlashmalari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan zarar koʻrish xatarini oʻzlari kiritgan badallar (paylar) qiymati doirasida zimmasiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yer maydonlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksida nazarda tutilgan holatlardan tashqari boshqa holatlarda optimallashtirilishi va olib qoʻyilishi mumkin emas. Bunda qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yer maydonlarini olib qoʻyish faqatgina sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2019-yil 1-martdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ularni keyinchalik almashtirish toʻgʻrisidagi qarorni mustaqil ravishda qabul qilish huquqiga ega boʻladi, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa tashkil etiladigan meva-sabzavot ekinlarini joylashtirish reyestriga hosil yilining 1-fevralidan kechiktirmasdan tegishli maʼlumotlarni kiritish sharti bilan ushbu huquqdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarga davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi belgilansin va unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xoʻjaligi birlashmalari va ular aʼzolarining 2019-2020-yillarda koʻchatlar va sertifikatlangan urugʻlarni hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash uskunalarini xarid qilish uchun tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banki tomonidan belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori boʻlmagan, valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha 1,5 foizli punktdan yuqori boʻlmagan miqdorda qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi birlashmalaridan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib oluvchi eksportyorlarning tasdiqlangan biznes rejalarda nazarda tutilgan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizi subsidiyalar taqdim etish orqali Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan, shuningdek, jalb etiladigan xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari, shu jumladan Jahon banki mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga qishloq xoʻjaligi birlashmalari tashkil etilayotgan hududlarda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan infratuzilma obyektlarini ustuvor rivojlantirgan holda, ularni rivojlantirish uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalaridan mablagʻlar yoʻnaltirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar meva-sabzavotchilik sohasida kooperatsiya hissasi yuqori boʻlgan mamlakatlarning qishloq xoʻjaligi birlashmalarini tashkil qilish va ularning faoliyat olib borishi borasidagi tajribasini chuqur oʻrganish maqsadida yangidan tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining tanishuv safarini uyushtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 5 va 8-bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning mablagʻ va grantlari, shu jumladan Jahon banki mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2019-yildan boshlab sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari tuprogʻini, har yili umumiy maydonning kamida 20 foizi hisobidan kelib chiqib, tahlil qilish va agrokimyo kartogrammalarini ilovaga muvofiq ishlab chiqishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida qishloq xoʻjaligi xavf-xatarlarini sugʻurta qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda yer-tuproq, suv, isteʼmol tovarlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va mineral oʻgʻitlarning zamonaviy laboratoriya tadqiqotlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq keng qamrovda oʻtkazishni taʼminlovchi kompleks laboratoriya yaratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda serhosil urugʻlar va koʻchatlarning yangi turlari va navlarini, shu jumladan “in-vitro” usuli asosida yaratuvchi-mualliflarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilikni tubdan takomillashtirish va mazkur sohadagi qishloq xoʻjaligi birlashmalarini rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni samarali va oʻz vaqtida bajarishni taʼminlash boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-dekabrga qadar tajriba-sinov natijalari va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi, shuningdek, bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “Qishloq xoʻjaligida kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi A.D. Vahobov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4239-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning sugʻoriladigan yerlarini agrokimyo tahlilini oʻtkazish va agrokimyo kartogrammalarini ishlab chiqish ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Agrokimyo tahlillari oʻtkaziladigan maydonning jami, ga

Yillar

2019

2020

2021

2022

2023

maydon,(ming. ga)

talab etiladigan summa,
(
mln. soʻm)

maydon,(ming. ga)

summa, (mln. soʻm)

1 ga uchun jami ehtiyoj, (ming. soʻm)

maydon,(ming. ga)

summa, (mln. soʻm)

1 ga uchun jami ehtiyoj, (ming. soʻm)

maydon,(ming. ga)

summa, (mln. soʻm)

1 ga uchun jami ehtiyoj, (ming. soʻm)

maydon,(ming. ga)

summa, (mln. soʻm)

1 ga uchun jami ehtiyoj, (ming. soʻm)

maydon,(ming. ga)

summa, (mln. soʻm)

1 ga uchun jami ehtiyoj, (ming. soʻm)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

423,38

2963,63

423,38

2963,63

7,00

2.

Andijon viloyati

230,96

2458,84

230,96

2458,84

10,65

3.

Buxoro viloyati

219,51

1767,05

219,51

1767,05

8,05

4.

Jizzax viloyati

275,02

2546,00

275,02

2546,00

9,26

5.

Qashqadaryo viloyati

452,75

4191,33

452,75

4191,33

9,26

6.

Navoiy viloyati

100,41

702,88

100,41

702,88

7,00

7.

Namangan viloyati

232,05

1624,35

232,05

1624,35

7,00

8.

Samarqand viloyati

309,38

3787,75

309,38

3787,75

12,24

9.

Surxondaryo viloyati

269,96

2874,05

269,96

2874,05

10,65

10.

Sirdaryo viloyati

255,03

2715,07

255,03

2715,07

10,65

11.

Toshkent viloyati

336,86

4124,14

336,86

4124,14

12,24

12.

Fargʻona viloyati

295,01

2374,81

295,01

2374,81

8,05

13.

Xorazm viloyati

216,77

1744,98

216,77

1744,98

8,05

Jami:

3617,08

33874,89

755,84

5290,86

7,00

731,29

5886,84

8,05

727,77

6737,33

9,26

755,95

8047,96

10,65

646,24

7911,90

12,24

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 07/19/4239/2771-son)