O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI RO‘YXATGA OLISh TARTIBIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi 1998-yil 15-apreldagi 160-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-sentabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish tartibining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ro‘yxatga olish uchun ariza O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq beriladi”.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar ro‘yxati ilova qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-aprel,
162-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 3-apreldagi 162-son qaroriga
ILOVA
1992-yil 3-apreldagi 162-son qaroriga
ILOVA
Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risida ariza.
Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
muassis;
nomi;
tili (tillar);
ommaviy axborot vositasi joylashgan joy;
maqsad va vazifalari;
taxmin qilinayotgan auditoriya;
nashrning mo‘ljallanayotgan davriyligi;
ommaviy axborot vositasi hajmi;
mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va moddiy texnika ta’minoti.
Ariza murojaat qilingan kun va oy ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi raisi nomiga beriladi.
2. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) ommaviy axborot vositasining muassisi, uning nomi va manzili;
ustavi va uning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, mahalliy davlat boshqaruvi organlarida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
noshirlik faoliyati uchun ruxsatnoma;
b) muassis tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash va ommaviy axborot vositasini chiqarishni moddiy texnikaviy ta’minlash masalalarining hal etilishi;
nashrni bosib chiqarishning matbaa bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki dastlabki kelishuv;
qog‘oz olish masalalari;
yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar;
birjalar bilan o‘zaro aloqalar;
boshqa manbalar;
tahririyat moddiy-texnika bazasining ta’minlanishi;
orgtexnika;
bino;
nashrni bosib chiqarish uchun moliyaviy mablag‘ ajratilishi (muassis bilan ommaviy axborot vositasi tahririyati o‘rtasida tuzilgan shartnoma yoki muassisning qarori–mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi yig‘ilish bayonnomasi);
v) ommaviy axborot vositasining Ustavi;
g) ommaviy axborot vositasini nashr etish daromadlari va xarajatlari smetasi loyihasi;
d) muassis bilan kelishilgan tavsiya etilayotgan shtat jadvali;
bosh muharrir lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod (qisqacha tavsifnoma);
ommaviy axborot vositasi mahsulotlarini tarqatish usullari;
nashrga obuna;
“Soyuzpechat” agentligi yoki boshqa korxonalar orqali chakana savdoda tarqatish to‘g‘risida shartnoma;
fuqarolar tomonidan.