20.08.2018 yildagi PQ-3913-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha qabul qilinayotgan choralarga qaramay, mehnat jarayonida fuqarolarning ish qobiliyati va sogʻligʻini saqlashga, xavfsizligini taʼminlashga, ish beruvchilar bilan xodimlar oʻrtasidagi muvozanatli mehnat munosabatlarini koʻllab-quvvatlashga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarga barham berishning hamon imkoni boʻlmayotganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oxirgi uch yilda ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalar soni 1 214 tani tashkil etdi, shulardan 241 tasining oqibati oʻlim bilan tugagan, 21 mingdan ziyod fuqarolar mehnat huquqlari buzilganligi va majburiy mehnatga jalb etilganligi toʻgʻrisida murojaat etganlar. Ayniqsa mazkur muammolar iqtisodiyotning norasmiy sektorida hamon keskinligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquqiy inspeksiyasi hamda Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalarining tashkiliy tuzilmasi, vakolatlarni koʻllash samaradorligi va umuman ularning faoliyati, shuningdek, ulardagi inspektorlarning kasbiy malakasi va darajasi fuqarolarning mehnat huquqlari va mehnatini muhofaza qilish masalalarini tizimli asosda keng qamrovli hal etish imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashda, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishda, majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslikda va unga toʻliq barham berishda, mehnat munosabatlari doirasida xodimlar va ish beruvchilarga maslahat va uslubiy yordam berishda mehnat organlari salohiyatini yanada kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tugatilayotgan Davlat mehnat huquqiy inspeksiyasi hamda Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib kuyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar tashkilotlar tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada mehnatni muhofaza qilish holatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini doimiy tahlil qilish, ularni bartaraf etish yoʻllarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat toʻgʻrisidagi bitimlar va lokal hujjatlar, ish beruvchilarning mehnat munosabatlari masalalariga doir buyruqlari qonun hujjatlariga muvofiqligini tizimli tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat, aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan mehnat munosabatlari subyektlarining huquqlarini himoya qilish va doimiy monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan toʻsqinliksiz foydalanish, shuningdek, barcha turdagi transportlardan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanish aloqa vositalari hamda axborotlardan foydalanish uchun sharoitlar yaratish yuzasidan nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik va unga toʻliq barham berish choralarini, shu jumladan, aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish yoʻli bilan tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni koʻllash va rioya etish masalalari boʻyicha xodimlar va ish beruvchilarga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga maslahat va uslubiy yordam koʻrsatish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va jarohatlanish holatlarining oldini olish borasida profilaktika ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash zarurligi boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni, shuningdek, fuqarolarning munosib va xavfsiz mehnat sharoitlariga doir huquqlarini taʼminlash yuzasidan takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Inspeksiya xodimlarini tekshirishlar oʻtkazishga jalb qilishning cheklangan muddati bir oyda koʻpi bilan 10 ish kunini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning oliy yuridik maʼlumotli inspektorlari davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga tenglashtiriladi, ularga adliya organlarining darajali unvonlarini berish tartibi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Inspeksiyaga jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, davlat soliq xizmati organlarining yozma murojaatlari asosida maxsus vakolatli organlar bilan oldindan kelishuvni amalga oshirmagan holda tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar tashkilotlar tomonidan aholi bandligi, mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlarni oʻtkazish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlarni oʻtkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish jarayonida Inspeksiya xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik, shuningdek. tekshirish predmetiga bogʻlik boʻlmagan boshqa har qanday faoliyatiga aralashishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining asosiy faoliyat yoʻnalishi etib band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish, kasbga oʻqitish, ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, belgilangan tartibda xorijga vaqtinchalik ishga joylashish uchun ketayotgan fuqarolarni oldindan koʻniktirish maqsadida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi band boʻlmagan aholiga xizmatlar koʻrsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazini Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tajriba sifatida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 07/20/4804/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilayotgan kasb-hunar kollejlari va ularning huzurida tashkil etilayotgan kasbga oʻqitish markazlari ishini tashkil etish, muvofiqlashtirish va oʻquv-metodik taʼminlash uchun masʼul boʻlgan bosh muassasa etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tuzilmasida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan Kasb-hunar-texnik oʻqitishni tashkil etish boshqarmasi 5 ta shtat birligidan iborat tarkibda tashkil qilinsin. Markaz direktorining mehnatiga haq toʻlash darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining boshqarma boshligʻi, kasb-hunar-texnik oʻqitishni tashkil etish boʻyicha boshqarma xodimlarining mehnatiga haq toʻlash darajasi esa vazirlik xodimlarining mehnatiga haq toʻlash darajasiga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 60 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kuyidagi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilayotgan “Xavfsiz va himoyalangan mehnat” chora-tadbirlar dasturi — “Yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq maqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalariga muvofiq fuqarolarning mehnat huquqlari va erkinliklari, mehnat muhofazasiga oid normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada xalqaro standartlar va xavfsizlik usullarini va mehnat muhofazasini boshqarish tizimini, shu jumladan “Jarohatlanishga barham berish” konsepsiyasini, Mehnat muhofazasini boshqarish tizimini joriy qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazining faoliyatini tubdan kuchaytirish, shuningdek, mehnat organlari xodimlarining faoliyatiga zamonaviy usullarni joriy etish orqali ularning kasbiy darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat muhofazasi va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha aholi va ish beruvchilarning xabardorligini oshirish, aholi bilan doimiy muloqotni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan oʻz faoliyatida samaradorlikning eng yuqori koʻrsatkichlarini taʼminlayotgan xodimlarga ularning lavozim maoshining ikki baravari miqdorida shaxsiy ustamalar belgilash huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent koʻchasi, 331-uy manzilida joylashgan Yashnobod politexnika kasb-hunar kollejining bino va inshootlari, ularga tutash maydonlar bilan birgalikda band boʻlmagan aholiga xizmatlar koʻrsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazini joylashtirish va faoliyatini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul berilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 07/20/4804/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga oʻtkazilayotgan 3-bosqich kasb-hunar kolleji talabalari 2020-yil 1-sentabrga kadar mazkur taʼlim muassasalarida taʼlim olishi toʻxtatiladi, ular yaqinroqda joylashgan va shunga oʻxshash taʼlim yoʻnalishlariga ega boʻlgan kasb-hunar kolleji talabalari kontingentiga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birga bir oy muddatda mazkur binolar va inshootlar tutash hududlari bilan topshirilishini, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi esa ularni qabul qilib, maqsadli foydalanishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda Mehnat organlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 2018-yilda Bandlik hududiy bosh boshqarmalarini taʼmirlash va texnik jihozlash dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PK-3001-son qarori 1-bandining ikkinchi — yettinchi xatboshilari, shuningdek, ushbu qarorning 1 — 6-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3913-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazi

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shahslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi

Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha mintaqaviy byurolar

Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish hududiy markazlari

Tuman (shaxar ) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari

Jamoat ishlari jamgʻarmasi

Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan koʻniktirish markazlari

Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari

Kasb-hunar kollejlari hamda oldindan koʻniktirish va kasbga tayyorlash markazlari

Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari

“Ishga marhamat” band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi “Monomarkaz” MCHJ*

Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi

“Axborot-komyuter markazi “Mehnat.uz”” MCHJ **

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi taʼsischisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlari soni — 94 nafar, ishlab chiqarish xodimlari soni — 12 nafar, kichik mutaxassislar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari soni — 26 nafar.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlari soni — 21 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 6 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Davlat mehnat inspeksiyasining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 07/20/4804/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tuzilmasi

Boshqaruv xodimlari soni — 17-18 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 6 — 9 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 244 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish xodimlarining umumiy soni — 86 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Direktor oʻrinbosari — ishga joylashtirish va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

Davlat mehnat inspeksiyasi inspektori*

1

Ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash shuʼbasi

1

Bandlik mintaqaviy dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish shuʼbasi

1

Kasbga qayta oʻqitishni tashkil etish shuʼbasi

1

Buxgalter

0,5

Jamoat ishlarini muvofiqlashtirish shuʼbasi

1

Tashqi mehnat migratsiyasi va qaytgan mehnat migrantlarining reintegratsiyasi masalalari boʻyicha inspektor

(ishlab chiqarish xodimi)

1

Kam taʼminlangan oilalarga nafaqa toʻlovlarini monitoring qilish va kam taʼminlanganlikdan chiqarish boʻyicha individual dasturlarni tashkil etish shuʼbasi

0,5

Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi***

Ishga joylashtirish inspektorlari**

(ishlab chiqarish hodimlari)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlari soni — 8 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ishga joylatirish ispektorlari (ishlab chiqarish xodimlari) soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadigan normativ boʻyicha mehnat resurslari sonidan kelib chiqib aniqlanadi. Shu bilan birga, bir nafar inspektor shtat birligi ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash shuʼbasiga doimiy biriktirilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurolari. Bandlikka koʻmaklashish Davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha xodimlar hisobiga tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz va himoyalangan mehnat” chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalariga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini ishlab chiqish:

“Xalqaro mehnat normalarini qoʻllashga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisida” (144-son. 1978-yil 19-may);

“Majburiy yoki bajarilishi shart boʻlgan mehnat haqida”gi konvensiyaga qoʻshimcha bayonnomaga Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilishi toʻgʻrisida” (29-son, 2016-yil 9-noyabr).

Qonun loyihasi

uch oy muddatda

Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi (T. Norboyeva, Sh. Kudbiyev, K. Rafiqov)

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalariga qoʻshilishi toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar va qonun loyihalarini ishlab chiqish:

“Sanoat va savdodagi mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida” (81-son, 1950-yil 7-aprel);

“Qishloq xoʻjaligidagi mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida” (129-son. 1972-yil 19-yanvar).

Qonun loyihasi

2019-yil mart

Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi (T. Norboyeva, Sh. Kudbiyev)

3.

Mehnat qonunchiligini takroran buzganlik, shu jumladan ish beruvchi tomonidan mehnat munosabatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirilmaganlik uchun javobgarlik belgilash va kuchaytirishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Adliya vazirligi (N. Jurayev)

4.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

ikki oy muddatda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)

5.

Quyidagi:

“Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari toʻgʻrisida”gi;

“Mehnat organlari xodimlarining, shu jumladan Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ijrochilar qarorlari

ikki oy muddatda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

II. Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar

6.

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalligi koʻrsatkichlarining pasayishida ish beruvchilarga koʻmaklashuvchi yettita “Oltin qoidalar”ning amalga oshirilishiga qaratilgan Ijtimoiy taʼminot xalqaro uyushmasining (MASO) “Jarohatlanishga barham berish” (Vision Zero) konsepsiyasiga Oʻzbekistonning qoʻshilishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan:

koʻrsatilgan Konsepsiya prinsiplariga sodiqlik asosidagi yetakchilik;

ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalligining xavflarini aniqlash hamda tegishli xavf-xatarlarni nazorat qilish;

ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish maqsadlarini belgilash hamda tegishli dasturlarni ishlab chiqish;

tashkilotchilikning yuqori darajasiga erishish orqali mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tizimini yaratish;

dastgoh va qurilmalar bilan ishlashda ish joylaridagi xavfsizlik va gigiyenani taʼminlash;

kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish yoʻli bilan kadrlar malakasini oshirish;

kadrlarga va ularni ragʻbatlantirishga investitsiyalar.

Ijrochilar qarorlari

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (O. Yunusov), “Oʻzdavenergonazorat” DI (U. Egamberdiyev)

7.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha korxonalari, tashkilotlarida Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini keng joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. bunda:

muayyan ish beruvchilarda mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid siyosat, maqsadlar va tartib-taomillarni oʻrnatish boʻyicha yagona chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishga;

xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari va xavf-xatarlari taʼsirini kamaytirish, shu asosda mehnat unumdorligini oshirishni ragʻbatlantirishga;

mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlashga qaratilgan.

Ijrochilar qarorlari

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (O. Yunusov), “Oʻzdavenergonazorat” DI (U. Egamberdiyev)

8.

“Mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha preventiv yordam” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, bunda:

mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha ishlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan ish beruvchilar va xodimlarga metodologik va konsultativ yordam koʻrsatishga;

mehnat huquqi normalarini qamrab oluvchi mehnat qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qoidalariga rioya qilishning eng samarali vositalari va usullari toʻgʻrisidagi axborotlar bilan ish beruvchilar va xodimlarni taʼminlashga qaratilgan.

Ijrochilar qarori

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

9.

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini, Mehnat xavfsizligi standartlarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish, ularni ishlab chiqish boʻyicha talablarni. joriy qilish, baholash va takomillashtirish hamda boshqalarni oʻz ichiga oluvchi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi va xavfsizlik standartlarini takomillashtirish.

Ijrochilar qarori

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

10.

Mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish oʻrinlarining attestatsiya hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishning shaffof onlayn-mexanizmlarini oʻrnatish.

Ijrochilar qarori

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

11.

Bandlik, mehnatni muhofaza qilish va xodimlarning mehnat huquqlari sohasida ilmiy-amaliy bosh muassasa sifatida Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazining faoliyatini tubdan kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ijrochilar qarori

2018-yilda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

12.

Davlat mehnat inspeksiyasi organlarining faoliyatiga fuqarolarning mehnatini muhofaza qilish va mehnat huquqlariga rioya etish va himoya qilish, ayniqsa ish beruvchi tomonidan vakansiyalarni yashirganlik holatlari boʻyicha, statistik maʼlumotlarni olish orqali kameral nazorat mexanizmlarini joriy qilish.

Ijrochilar qarori

2018-yilda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

III. Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarining malakasini oshirish va mehnatini ragʻbatlantirish

13.

Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, bunda:

Davlat mehnat inspeksiyasiga ishga qabul qilinishida nomzodlar ikki haftalik majburiy kirish-moslashtirish kurslaridan oʻtishi;

Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini kamida uch yilda bir marta malaka oshirish kurslarida oʻqitilishi nazarda tutiladi.

Ijrochilar qarori

ikki oy muddatda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

14.

Mehnat organlari xodimlarini, shu jumladan Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini stajirovkaga XMTning Turin shahridagi (Italiya) Xalqaro oʻqitish markazi, oliy taʼlim muassasalari va boshqa xorijiy davlatlarning malaka oshirish tashkilotlariga bandlikka koʻmaklashish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻqish va malaka oshirish uchun yuborish.

Ijrochilar qarori

kelishilgan jadvallarga muvofiq

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

IV. Aholi, xodimlar va ish beruvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro konferensiyalar oʻtkazish

15.

Munosib mehnat, mehnatni muhofaza qilish va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha XMT Bosh direktori va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida Toshkent shahrida xalqaro konferensiya oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

2018-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

16.

“Mehnat xavfsizligi va uni muhofaza qilish — 2019” xalqaro koʻrgazmasi va seminarini oʻtkazish, bunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Ijtimoiy taʼminot Xalqaro uyushmasi oʻrtasida “Jarohatlanishga barham berish” Konsepsiyasini olga surish boʻyicha hamfikrlik va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolash imkoniyati koʻrib

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

2019-yil

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

17.

Mehnatni muhofaza qilish va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan keng tushuntirish ishlarini olib borish. shu jumladan:

plakatlar, risolalar. videoroliklar tayyorlash va ish beruvchilar hamda xodimlar oʻrtasida tarqatish, mehnatni muhofaza qilish va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha maʼruzalar, munozaralar va seminarlar, koʻrgazmalar tashkil etish, unda mehnat gigiyenasi qoidalari va xavfsiz ish usullarining amalda qoʻllanishini namoyish etish;

fuqarolarning mehnatini muhofaza qilish va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalariga oid telekoʻrsatuv va radio eshittirishlar, gazeta maqolalarini tashkil qilish;

“Mehnat gigiyenasi” va “Xavfsizlik texnikasi” fanlari, shuningdek boshqa tegishli fanlar boʻyicha oʻquv soatlarini umumtaʼlim maktablarining oʻqitish dasturiga kiritish yuzasidan takliflar kiritish;

nodavlat notijorat tashkilotlari, faol fuqarolar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligida ishlovchi, ayniqsa mavsumiy ishlarda ishlovchi shaxslar uchun mehnatni muhofaza qilish. majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik va unga butunlay barham berish masalalari yuzasidan uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etish.

Ijrochilar qarori

2018-yildan boshlab

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev), Savdo-sanoat palatasi (I. Jasimov). MGRK (A. Xadjayev)