15.02.2019 yildagi 138-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishni ta’minlash, sohaning tadbirkorlik subyektlari uchun jozibadorligini oshirish, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasining (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) asosiy vazifalari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini shakllantirish hamda ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirishda ishtirok etish, ushbu sohada yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini yuritishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar o‘sishi uchun qulay hududlarda maxsus plantatsiyalar tashkil etish, shu jumladan yetishtirishning intensiv texnologiyalarini joriy etish orqali va tabiiy o‘sish maydonlaridan oqilona foydalangan holda ularni yetishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plantatsiyalarni tashkil etish, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni sanoat asosida chuqur qayta ishlash hamda ulardan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish doirasida tadbirkorlik subyektlarining davlat boshqaruvi organlari, barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini samarali tashkil etishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda qayta ishlash sohasini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda qayta ishlash sohasidagi investitsiya dasturlari va loyihalarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish va mavjudlarini rivojlantirish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda maslahatchilarni faol jalb etish, ushbu sohada ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur soha uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, shuningdek, xorijda ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Uyushmaga uning so‘rovlari bo‘yicha unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq zarur axborot, statistika hamda boshqa ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 nafardan iborat bo‘lgan Uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2019 — 2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qizilmiya o‘simligi yangi plantatsiyalarini tashkil etishning prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tumanlari hokimlarining 2019 — 2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qizilmiya o‘simligi yangi plantatsiyalarini tashkil etish prognoz parametrlarining o‘z vaqtida, to‘liq hamda samarali bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyati belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uyushma va uning a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq tegishli ta’sis shartnomasi asosida tartibga solinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uyushmaning 2019-yil 1-maydan boshlab, qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan Uyushma a’zolari uchun 2024-yil 1 yanavargacha 100 gektardan kam bo‘lmagan maydonda qizilmiya plantatsiyalarini majburiy tashkil etish bo‘yicha talablar belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uyushma a’zolariga 2024-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish jarayonini samarali boshqarish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda Uyushma a’zolariga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risida xulosa berilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etadigan, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan tadbirkorlik subyektlariga 2024-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirishda va (yoki) qayta ishlashda foydalaniladigan (olinadigan) obyektlar (foyda, daromad) qismida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan olib kelinadigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlari uchun bojxona bojidan ozod qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) plantatsiyalar tashkil etish uchun ekish materiallarini (urug‘, qalamchalar) tayyorlash (yig‘ish) maqsadida ruxsatnoma olish uchun yig‘imlar to‘lovini kechiktirish tarzida imtiyozlar berilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xomashyo ko‘rinishidagi qizilmiyani O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadida olib chiqish uchun to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish amaliyoti bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumining (IAF) to‘laqonli a’zolari hisoblangan mamlakatlarning sertifikatlash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinovlar protokollari taqdim etilganda, Uyushma a’zolari faqat o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari, plantatsiyalar tashkil qilish, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklardan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan tovarlarni sertifikatlash talab etilmaydigan tartib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiyadan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan qo‘shimcha kvotalar Uyushmaning buyurtmanomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasi hisobga olingan holda joriy yilning 1-aprelidan 30-dekabrigacha bo‘lgan davrga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorining 9-bandi ijrosini ta’minlash doirasida import qilinadigan qizilmiya xomashyosi uchun karantin ruxsatnomasi berilishini bekor qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ikki hafta muddatda ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Uyushma bilan birgalikda qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Hukumat qarorining loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi va Uyushma bilan birgalikda tayyorlovchilar bilan tuzilgan yetkazib berish shartnomalarini amalga oshirish doirasida tayyorlangan qizilmiyani qayta ishlovchi tashkilotlargacha tashib berishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida idoralararo yaqin o‘zaro hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 2019 — 2021-yillar uchun amaliy va innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalar tanlovlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 13-ilovaning “O‘simlik dunyosi obyektlarining turlari” ustunining uchinchi xatboshidagi “TIF TN kodi 1211 90 850 0” so‘zlari “TIF TN kodi 1211 90 860 8” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-yanvardagi 63-son qarorining 2, 3, 7 va 14-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 12 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qizilmiya o‘simligi yangi plantatsiyalarini tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tumanlar nomi

Ekin maydoni, ga

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

1.

To‘rtko‘l

100

100

100

100

100

2.

Beruniy

100

100

100

100

100

3.

Ellikqal’a

100

100

100

100

100

4.

Amudaryo

100

100

100

100

100

5.

Xo‘jayli

310

310

310

310

310

6.

Taxiatosh

100

100

100

100

100

7.

Shumanoy

500

500

500

500

500

8.

Qonliko‘l

540

540

540

540

540

9.

Qo‘ng‘irot

480

480

480

480

480

10.

Nukus

340

340

340

340

340

11.

Kegeyli

560

560

560

560

560

12.

Chimboy

580

580

580

580

580

13.

Qorao‘zak

520

520

520

520

520

14.

Taxtako‘pir

520

520

520

520

520

15.

Mo‘ynoq

150

150

150

150

150

Hammasi:

5000

5000

5000

5000

5000

Jami:

25000

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)