Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 15.02.2019 yildagi 132-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining suvi qurishi natijasida soʻnggi yillarda ekologik muhit va tabiiy muvozanat buzilib, iqlim salbiy tomonga oʻzgarib bormoqda. Ushbu hududlardan qum, tuz va changlarning havoga koʻtarilishi va atrof-muhitga yogʻilishi natijasida Orolboʻyi mintaqasi hududida yashovchi aholiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga jiddiy zarar yetmoqda. Qishloq xoʻjaligi ekinlari, bogʻ va tokzorlar ekilgan yerlarda ikkilamchi shoʻrlanishlar kuchayib, hosildorlikka salbiy taʼsir qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining qurishi, ayniqsa, mintaqa xalqlarining eng dolzarb muammosi boʻlib qolmoqda. Maʼlumotlarga qaraganda, dengiz qurishi va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Qurigan dengiz oʻrnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan “Orolqum” sahrosi paydo boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ekologik talafotning zudlik bilan oldini olish choralari koʻrilmasa, natijasi salbiy va hisoblab boʻlmaydigan darajada ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy zararlarga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining suvi qurigan tubidan koʻtarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy taʼsirini kamaytirish, ushbu hududlarda choʻl oʻsimliklaridan “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlari barpo etishni samarali tashkil etish hamda global iqlim oʻzgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi va aholining hayot faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlari (keyingi oʻrinlarda “yashil qoplamalar” deb ataladi) barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil qoplamalar” barpo etish uchun 2019-yil mobaynida “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligi hisobidan bosqichma-bosqich 100 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yil bahor va kuz mavsumlarida “yashil qoplamalar” barpo etish hajmlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi “yashil qoplamalar” barpo etiladigan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib, oʻrmon xoʻjaliklariga doimiy egalik qilish huquqi asosida ajratib berish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yashil qoplamalar” barpo etish uchun istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi oʻrmon xoʻjaligi organlari — buyurtmachi va pudratchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻrmonloyiha” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻrmonloyiha” DUK deb ataladi) — bosh loyihachi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “yashil qoplamalar” barpo etiladigan hududlarni oʻrmon xoʻjaliklarining imkoniyatidan kelib chiqib biriktirilishini, “yashil qoplamalar” amalga oshiriladigan hududlarda ihota oʻrmonzorlari oʻz muddatida va sifatli barpo etilishi nazorat qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻrmonloyiha”DUK tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaliklariga doimiy egalik qilish huquqi asosida ajratib berilgan maydonlarda loyiha-qidiruv ishlari oʻtkazilishini, oʻrmon barpo qilishga yaroqli yer maydonlarini aniqlash va himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha reja ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejaga asosan oʻrmon barpo etish usullarini, har bir oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha oʻrmon barpo etishga zarur boʻladigan texnikaning soni va turlari, xomashyo va bajariladigan ishlar hajmi boʻyicha smeta xarajatlarining aniq hisob-kitobi ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejaga asosan har bir oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda oʻrmon barpo etish boʻyicha ishchi loyihalar 2019-yil uchun 1-martgacha, keyingi yillarda 1-sentabrgacha ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yil davomida jami 500 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjetining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Orol dengizining suvi qurigan hududida “yashil qoplamalar” barpo etishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari jalb etilishi choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat dasturi asosida eʼlon qilingan amaliy, ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovi doirasida Orolboʻyi mintaqasida ekologik holatni yaxshilash, Orol fojiasining salbiy oqibatlarini kamaytirish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini samarali muhofaza qilish hamda oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish muammolari bilan bogʻliq fundamental, amaliy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarga belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinganidan keyin grantlar yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining buyurtmasiga muvofiq oʻrmon xoʻjaliklari uchun talab etiladigan texnika vositalari lizing asosida yetkazib berilishi choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 132-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yil bahor va kuz mavsumlarida “yashil qoplamalar” barpo etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming gektar

T/r.

Oʻrmon xoʻjaliklari nomi

2019-yil:

bahor mavsumida:

kuz mavsumida:

barpo qilinadigan jami “yashil qoplamalar”

barpo qilinadigan jami “yashil qoplamalar”

shundan:

barpo qilinadigan jami “yashil qoplamalar”

shundan:

koʻchatdan

urugʻdan

koʻchatdan

urugʻdan

1.

Nukus davlat oʻrmon xoʻjaligi

11,8

0,8

11,0

19,8

1,8

18,0

31,6

2.

Toʻrtkoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi

11,8

0,8

11,0

16,8

1,8

15,0

28,6

3.

Elliqaʼla davlat oʻrmon xoʻjaligi

11,8

0,8

11,0

21,8

1,8

20,0

33,6

4.

Boʻzatov davlat oʻrmon xoʻjaligi

14,1

1,1

13,0

22,8

2,8

20,0

36,9

5.

Chimboy davlat oʻrmon xoʻjaligi

17,1

1,1

16,0

22,8

2,8

20,0

39,9

6.

Qoraoʻzak davlat oʻrmon xoʻjaligi

17,1

1,1

16,0

22,8

2,8

20,0

39,9

7.

Taxtakoʻpir davlat oʻrmon xoʻjaligi

14,1

1,1

13,0

20,8

2,8

18,0

34,9

8.

Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligi

23,4

1,4

22,0

33,2

3,2

30,0

56,6

9.

Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligi

10,8

0,8

10,0

13,8

1,8

12,0

24,6

10.

Xoʻjayli davlat oʻrmon xoʻjaligi

11,8

0,8

11,0

19,8

1,8

18,0

31,6

11.

Qipchoq d�vlat oʻrmon xoʻjaligi

10,8

0,8

10,0

14,8

1,8

13,0

25,6

12.

Nukus maxsus davlat oʻrmon xoʻjaligi

8,8

0,8

8,0

15,8

1,8

14,0

24,6

13.

Qozoqdaryo davlat oʻrmon ov xoʻjaligi

13,3

1,3

12,0

17,8

2,8

15,0

31,1

14.

Qoʻngʻirot davlat oʻrmon ov xoʻjaligi

14,3

1,3

13,0

22,8

2,8

20,0

37,1

15.

Shumanay davlat oʻrmon xoʻjaligi

4,5

0,5

4,0

7,2

1,2

6,0

11,7

16.

Qonlikoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi

4,5

0,5

4,0

7,2

1,2

6,0

11,7

Jami:

200,0

15,0

185,0

300,0

35,0

265,0

500,0

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/132/2620-son)