1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, markazlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari aʼzosi hisoblanadigan, davlat xaridlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga bepul konsalting xizmatlari koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga koʻra moliyaviy resurslari cheklangan va buxgalteriya hisobiga ega boʻlmagan, aʼzolik badallarini oʻz vaqtida toʻlaydigan, yer va suv resurslaridan samarali foydalanuvchi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga shartnomaga muvofiq bepul konsalting xizmatlari koʻrsatishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pullik konsalting xizmatlari koʻrsatadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil fevraldagi 131-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari — (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarida bepul konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi muassasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bepul konsalting xizmatlari — toʻlov undirilmagan holda ushbu Nizomga muvofiq fermer xoʻjaliklariga markazlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalter — oliy iqtisodiy maʼlumotga yoki buxgalteriya hisobi yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan hamda markazlarning shtat jadvalida turadigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va statistika hisobotlari boʻyicha maslahatchi — oliy iqtisodiy maʼlumotga yoki auditorlik faoliyati yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan hamda markazlarning shtat jadvalida turadigan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha agronom — oliy maʼlumotli agronom yoki agronom mutaxassisligi boʻyicha oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlgan yoki maxsus oʻquv kurslarini tamomlagan hamda markazlarning shtat jadvalida turadigan jismoniy shaxs.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bepul konsalting xizmatlari tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari aʼzosi hisoblanadigan, davlat xaridlari uchun paxta xomashyosi va gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga markazlar tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlar tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga koʻra moliyaviy resurslari cheklangan va buxgalteriya hisobiga ega boʻlmagan, aʼzolik badallarini oʻz vaqtida toʻlaydigan, yer va suv resurslaridan samarali foydalanuvchi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga shartnomaga muvofiq bepul konsalting xizmatlari koʻrsatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markazlar ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilmagan fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pullik konsalting xizmatlari koʻrsatadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsalting xizmatlari koʻrsatish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning mustaqilligi va maxfiyligi hamda shartnomaviy majburiyatlarga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Markazlar faoliyatini tashkil etish va ular tomonidan koʻrsatiladigan konsalting xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazlar tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan muassasa shaklida tashkil etiladi. Markaz direktori egallab turgan lavozimiga koʻra tuman kengashi raisi oʻrinbosari hisoblanadi, lavozimiga hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazlar quyidagi konsalting xizmatlarini koʻrsatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning ish haqi va majburiy ajratmalarni hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy mablagʻlarni, tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mavsumi yakunlari boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlarni xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq organlari bilan birga taqqoslashlarni amalga oshirish va ularning oʻz vaqtida toʻlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va moliyaviy hamda statistika hisobotlarini tuzish va ularni tegishli organlarga taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar va xarajatlarni tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va kelgusi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzolik badallari hisoblanishi va toʻlanishini tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agronom tomonidan aholiga oʻz xonadonlaridagi tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha, shuningdek fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha maslahatlar berish, sifatli urugʻ va koʻchatlar bilan taʼminlash, agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishida amaliy yordam berish.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-sonli qaroriga asosan yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Markazlarning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markazlar konsalting xizmatlarini koʻrsatishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar va boshqa maʼlumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting xizmatlari koʻrsatilayotgan fermer xoʻjaligi rahbari va boshqa xodimlarini chaqirishga, ulardan qonunchilik hujjatlari, ustav faoliyati, taʼsis hujjatlarining buzilishi holati yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hujjat va boshqa maʼlumotlarni davlat organlaridan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlari fermer xoʻjaligi tomonidan buzilgan taqdirda konsalting xizmatlari koʻrsatishni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar konsalting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Konsalting xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzish va uni bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markazlar tomonidan bepul konsalting xizmatlarini koʻrsatish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Konsalting xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzish uchun fermer xoʻjaliklari oʻz xohishiga koʻra markazlarga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi konsalting xizmatlaridan foydalanish ehtiyoji toʻgʻrisida buyurtma (keyingi oʻrinlarda fermer xoʻjaligining buyurtmasi deb ataladi) taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fermer xoʻjaligining buyurtmasi markazlar tomonidan uch kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Buyurtmani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha markazlar fermer xoʻjaliklariga bepul yoki pullik konsalting xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizomning 3-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan fermer xoʻjaliklari bilan ikki kun mobaynida bepul konsalting xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markazlar fermer xoʻjaliklariga koʻrsatiladigan bepul konsalting xizmatlari hisobini yuritadi. Har oyda markaz va fermer xoʻjaligi oʻrtasida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda koʻrsatilgan bepul konsalting xizmatlari toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻrsatilgan bepul konsalting xizmatlari toʻgʻrisidagi dalolatnoma Markazlar tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay tegishli tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fermer xoʻjaliklari tomonidan tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga aʼzolik badallari oʻz muddatida toʻlanmagan taqdirda mazkur shartnoma bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan bepul konsalting xizmatlari toʻliq koʻrsatilmagan yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganda yoxud xizmat koʻrsatishning muddatlari buzilgan hollarda Markaz xodimlariga nisbatan intizomiy choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda Markazlar tomonidan ushbu Nizomga rioya qilinishi ustidan nazoratni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazining nomi
BUYURTMA
(Bepul konsalting xizmatlari koʻrsatishga shartnoma tuzish yuzasidan)
(Fermer xoʻjaligi nomi) fermer xoʻjaligi quyidagi bepul konsalting xizmatlari koʻrsatishga shartnoma tuzishni soʻraydi:
buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini taʼminlash; xodimlarning ish haqi va majburiy ajratmalarni hisoblash; asosiy mablagʻlarni, tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mavsumi yakunlari boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlarni xatlovdan oʻtkazish; soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq organlari bilan birga taqqoslashlarni amalga oshirish va ularning oʻz vaqtida toʻlanishini tashkil etish; soliq va moliyaviy hamda statistika hisobotlarini tuzish va ularni tegishli organlarga taqdim qilish; daromadlar va xarajatlarni tahlil qilish va navbatdagi yil uchun biznes-reja tuzishda amaliy yordam koʻrsatish.
(Fermer xoʻjaligi nomi) fermer xoʻjaligi boshligʻi
(imzo)
(F.I.Sh.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bepul koʻrsatilgan konsalting xizmatlari toʻgʻrisida dalolatnoma
(bepul konsalting xizmatlari koʻrsatishga “___”________ yildagi __ son shartnoma boʻyicha)
Ustav asosida ish yurituvchi (buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritish markazining nomi) nomidan direktor (familiyasi, ismi, otasining ismi), bundan buyon Markaz deb yuritiladi, bir tomondan, hamda Ustav asosida ish yurituvchi (fermer xoʻjaligi nomi) boshligʻi (familiyasi, ismi, otasining ismi), bundan buyon Fermer xoʻjaligi deb yuritiladi, ikkinchi tomondan, ushbu dalolatnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1. Markaz tomonidan fermer xoʻjaligining (kun, oy, yil) dan (kun, oy, yil) gacha davrdagi faoliyati boʻyicha quyidagi konsalting xizmatlari koʻrsatildi:
buxgalteriya hisoboti tuzildi; ishchi xodimlarning ish haqi va undan budjetga majburiy ajratmalar hisoblab chiqildi va toʻlandi; xoʻjalikning asosiy mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mavsumi yakunlari boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlari xatlovdan oʻtkazildi; soliq va moliyaviy hamda statistika hisobotlari tuzildi va ular tegishli organlarga taqdim qilindi; soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha taqqoslashlar amalga oshirildi va toʻlanishi oʻz vaqtida taʼminlandi; daromadlar va xarajatlar tahlil qilindi va kelgusi yil uchun biznes-reja tuzishda amaliy yordam koʻrsatildi.
2. Koʻrsatilgan konsalting xizmatlari yil “____” ____________dagi ____-son Bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish shartnomasi bilan belgilangan shartlarga muvofiq keladi, oʻz muddatida bajarildi, lozim darajada rasmiylashtirildi va Fermer xoʻjaligi tomonidan toʻliq qabul qilindi. Koʻrsatilgan konsalting xizmatlari sifati va hajmi yuzasidan fermer xoʻjaligining hamda tegishli organlarning Markazga eʼtirozlari mavjud emas.
3. Ushbu dalolatnoma yil “____”___________dagi ____-son Bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish shartnomasi shartlariga muvofiq ikki nusxada tuzildi.
Taraflarning imzolari, manzillari va rekvizitlari
Buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritish markazi __________________________ __________________________ Direktorning F.I.Sh. (imzo)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 09/19/131/2618-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)