O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrug‘i
“Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1209-10]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-sonli “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3567, 04.11.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D. QO‘CHQAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-yanvar,
10-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
“Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
|
“BHUT bo‘yicha 1-shakl |
O710001 |
||
|
Forma № 1 po OKUD |
” satri chiqarib tashlansin. |
3. Buxgalteriya balansiga ilovadan “M.O‘ / M.P. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda / pri nalichii pechati)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. 2-son ilovada:
|
a) |
“BUT bo‘yicha 2-shakl |
O710002 |
|
|
Forma № 2 po OKUD |
” satri chiqarib tashlansin. |
b) 300-satr chiqarib tashlansin;
v) 410-satrning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtotransport yig‘imlari
Avtotransportnie sbori”;
g) 440-satrning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona ijtimoiy to‘lov
Yediniy sotsialniy platej”.
|
“BUT bo‘yicha 4-shakl |
O710004 |
||
|
Forma № 4 po OKUD |
” satri chiqarib tashlansin. |
|
“BUT bo‘yicha 5-shakl |
O710005 |
||
|
Forma № 5 po OKUD |
” satri chiqarib tashlansin. |
7. 7-son ilovada:
a) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolanadi (bundan buyon bosh buxgalter deb yuritiladi).
Agar rahbar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u bosh buxgalter o‘rniga ham imzo qo‘yadi.”;
b) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. “Davlat maqsadli jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari” (280-satr) moddasi bo‘yicha hisobi davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlarda (4500) yuritiladigan davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari va ortiqcha to‘lovlar ko‘rsatiladi.”;
v) 969-banddan “hamda har bir sahifada muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
g) 97-bandning birinchi xatboshisidan “, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun soliq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
d) 122-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maxsus” degan so‘z “soddalashtirilgan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
e) 124-bandning ikkinchi xatboshisidagi “300” raqami “310” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)