13.02.2019 yildagi 118-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng targ‘ib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport infratuzilmasidan to‘laqonli va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Konsepsiyani va Dasturni amalga oshirish doirasida ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni ta’minlaydigan innovatsion shakllar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion tafakkurli ma’muriy kadrlarni tayyorlash va tanlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tibbiyotini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzini va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yo‘li bilan iqtidorli sportchilarni tanlash, seleksioner trenerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida axborotlashtirishning yuqori darajasini ta’minlash va multimedia mahsulotlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish asosida davlat sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha innovatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturning mas’ul ijrochilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan Dasturga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga choraklik asosida taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamining yillik harajatlar smetasi tegishli Bosh vazir o‘rinbosari bilan kelishiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatgan holda Konsepsiya va Dasturni amalga oshirish doirasida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyati va samarali o‘zaro hamkorligi muvofiqlashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat natijalari bo‘yicha Konsepsiya va Dasturni amalga oshirish doirasida tadbirlar bajarilishi munosabati bilan yuzaga keladigan muammoli masalalar bo‘yicha axborot tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi 118-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rivojlanishning barcha jihatlarida global raqobat kuchayishi sharoitlarida jahondagi har bir mamlakat oldida bugungi kunda inson kapitali sifatini oshirish zarurligi yuzaga keladi. Bu millatning salomatligini — barcha yoshdagi aholining sog‘lom dunyoqarashini, jismoniy, ma’naviy-intellektual salomatligini asrash, jismoniy salomatligini mustahkamlash to‘g‘risida doimiy g‘amxo‘rlik qilish masalalariga yondashuvlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiyaning yuqori darajasiga va aholining hayoti sifatiga erishish strategik vazifani — mamlakatni barqaror rivojlantirishni amalda ro‘yobga chiqarish doirasida muhim shart hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakat aholisining barcha qatlamlari butun hayoti davomida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash ushbu vazifani hal etishning asosiy omillaridan biri bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oldida turgan o‘rtacha va uzoq muddatli strategik vazifalarni samarali amalga oshirish uchun insonning butun hayoti davomida sog‘lom turmush tarzini hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan uzluksiz shug‘ullanishning foydasini targ‘ib qilishga barcha sa’y-harakatlar va resurslarni birgalikda yo‘naltirish, ushbu jarayonga barcha davlat muassasalari, nodavlat muassasalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni jalb etishni ta’minlash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasini to‘liq ko‘lamda rivojlantirish yo‘lidan borib hozirgi paytda mamlakatda bunga to‘sqinlik qiluvchi bir qator jiddiy kamchiliklar mavjudligini anglash muhimdir. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, o‘sib kelayotgan avlodni uyg‘un ravishda ma’naviy va jismoniy kamol toptirishni ta’minlash uchun shart-sharoitlarni shakllantirish ishlarini tashkil etishning past darajasi, natijada — jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishni istovchilarning yetarlicha qamrab olinmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish tizimining qiziqishni qo‘llab-quvvatlashga, shaxsning professional va amaliy ko‘nikmalariga sust yo‘naltirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada metodik ta’minlashning darajasi yetarli emasligi, bu aholida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga kuchli va amaliy ijobiy qiziqishni shakllantirish va rivojlantirishni davom ettirishda to‘siqqa aylanmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ma’lumotli mutaxassislar taqchilligi jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini pasaytiribgina qolmasdan, balki ularning doirasini toraytiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam komplektli sport muassasalarining mashg‘ulotlar va mashqlar sifatining zarur darajasini ta’minlash imkonini bermaydigan kadrlar tarkibi va moddiy-texnik jihozlanishi salohiyati past, sportning ayrim turlari bo‘yicha sport kadrlari, trenerlar va pedagog kadrlar yetishmaydi, bir qator eng malakali kadrlar, ya’ni oliy va birinchi toifali sport kadrlari, trenerlar va pedagog kadrlar qisqarishi tendensiyasi kuzatilmoqda, xodimlarning umumiy kasbiy saviyasi pasaymoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport fakultetlari talabalari kontingentining sifati va tuzilmasi talab darajasida emas. Sport mutaxassisligiga kirish uchun ularda salohiyat mavjudligini va tanlangan kasbda ishlashdan manfaatdorligini, bolalar va katta yoshdagilar bilan umumiy til topish qobiliyatini, ruhiy barqarorlik va muomala qila bilishning yetarli darajasini aniqlash yuzasidan kiruvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini, ruhiy-hissiy ma’lumotlarini baholashning aniq tartibotlari va xolisona mexanizmlari mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport muassasalari trenerlari va xodimlari uchun ular salohiyati o‘sishiga nimalar to‘sqinlik qilayotganligini bilishi kerak bo‘lgan mezonlar va talablarning aniq tavsifi mavjud bo‘lgan milliy standartlarning yo‘qligi, buning natijasida sport muassasalari rahbarlarini tanlash va tayinlashning mavjud tartiboti samarasiz bo‘lib qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport muassasalarini boshqarish jarayoniga ishni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion usullarini, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning mavjud darajasi qabul qilinayotgan qarorlar amalga oshirilishi tashkil etilishini tezkor ta’minlash va bir vaqtning o‘zida ularning samaradorligini kuzatish imkonini bermaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport muassasalari ayrim rahbarlarida zarur mas’uliyat va tashabbuskorlikning yo‘qligi oldinga qo‘yilgan vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ochiqligi va shaffofligining darajasi yetarli emasligi, jamoatchilik nazoratining zaifligi, ba’zan esa mutlaqo mavjud emasligi haddan tashqari byurokratiyaga va korrupsiyaning har xil shakllarda namoyon bo‘lishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarni va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni tibbiy xizmatdan to‘liq foydalanishi va tibbiy xizmatning zarur sifati amalda ta’minlanmagan, aholini sog‘lomlashtirish uchun jismoniy tarbiyaning mavjud imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini joriy etishga zarur darajada e’tibor berilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport muassasalari bir qismining moddiy-texnika bazasi holati, ularning ortiqcha yuklamaga ega ekanligi, ayrim hollarda faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tegishli uskunalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi ularga yuklangan funksiyalar yetarlicha samarali bajarilmasligiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sohasiga innovatsion texnologiyalarning passiv qo‘llanilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida sanab o‘tilgan va ushbu sohada yillar davomida to‘planib qolgan boshqa muammolar, ayrim rahbarlar tafakkurining zaifligi va tashabbus ko‘rsatmasligi respublikada jismoniy tarbiya va ommaviy sport tizimini zamonaviy talablarga muvofiq yanada takomillashtirish yo‘lida to‘siq bo‘luvchi omillarga aylanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishning yangi konsepsiyasini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Konsepsiya quyidagi asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni ta’minlaydigan innovatsion shakllar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika mahallalari, tumanlari va mintaqalari bo‘yicha tegishli hududlarda aholining jins-yosh tarkibi xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda o‘tkaziladigan sport tadbirlarining ommaviyligi va muntazamliligini ta’minlab sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari, ijro etuvchi hokimiyat organlari va joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘zaro hamkorligining namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qo‘llash orqali bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, sport xonalari, zallari va maydonchalarini uskunalar va inventar bilan jihozlash, ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyatini kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim muassasalarida futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar bo‘yicha to‘garaklar va seksiyalar tashkil etish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barcha darajalardagi hokimliklar, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish orqali aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar bo‘yicha sport musobaqalarini muntazamlilik asosida (bir chorakda kamida 1-marta) o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoshlarni ma’naviy kamol topish va jismonan sog‘lom shaxslar bo‘lish ruhida tarbiyalash, ularni foydali mashg‘ulotlar bilan qamrab olishni, mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha ishlar doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining sport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hayotning zamonaviy tendensiyalari va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bolalar va katta yoshdagilar, istalgan yoshdagi havaskor sportchilar va professionallar uchun mo‘ljallangan yangi shakldagi ommaviy jismoniy tarbiya va ommaviy tomosha tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etish, tadbirlarning ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun tomoshabopligi va jozibadorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazish uchun ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy va biznes tuzilmalarning, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan faol foydalanish, bolalar va barcha xohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda ochiq mashqlar va dastxat-sessiyalarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga mo‘ljallangan o‘tkaziladigan “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya — ommaviy mavzuli tadbirlarning turlari xilma-xil bo‘lishi va tez-tez o‘tkazilishini, yangi media-texnologiyalardan foydalangan holda faol ishtirokchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalarida va chet eldagi yetakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport ta’lim muassasalari o‘rtasida, ayniqsa, qizlar uchun muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalari o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Voyaga yetmagan bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishiga ota-onalar tomonidan qarshilik ko‘rsatish hollarining oldini olish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan doimiy monitoring olib borish mexanizmini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aholining ijtimoiy muhofaza qilinmagan qatlamlari va qulayroq shart-sharoitlardagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholining kam ta’minlangan qatlamlari (daromadning past darajasi, to‘liq bo‘lmagan oila, shu kabilar) bolalari shug‘ullanadigan sport muassasalari faoliyatini, shuningdek, chekka tumanlarda (shu jumladan, tog‘lik joylar va anklavlar) joylashgan sport muassasalari faoliyatini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ilg‘or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida, shu jumladan, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga investitsiyalarni keng jalb etish, fuqarolarda kichik yoshdan boshlab sog‘lom turmush tarziga, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga, sog‘lom, kuchli va amaliy ijobiy qiziqishni singdirishga yo‘naltirilgan tizimning yanada rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yangilangan o‘quv rejalari va dasturlar talablarini, shuningdek, yetakchi jahon sport markazlarining ilg‘or tajribasini, innovatsion rivojlanishning tegishli ustuvorliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan sifati va mazmuniga ko‘ra zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ommaviy adabiyotlarni, yangi avlod normativ hujjatlarni tayyorlash va nashr etishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi faoliyatini tashkil etish. Ushbu mavzu bo‘yicha matbaa mahsulotlarini tayyorlash, nashr etish va tarqatish, shu jumladan, jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ilg‘or ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘zbek va rus tillariga tarjima qilish ushbu noshirlik markazining asosiy maqsadlari va faoliyati yo‘nalishlari bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sportning ommaviy turlari bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida elektron ta’lim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalarning ochiq respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muayyan ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarning trenerlik kasbida ishlashga ishtiyoqini aniqlash uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlash jarayonini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini yangilash, amaliy komponentlar ulushini ko‘paytirish, yuqori natijalarni namoyish qiluvchi eng tajribali trenerlar rahbarligida mashg‘ulotlarni muntazamlilik asosida o‘tkazish amaliyotini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Respublikada hamma joyda o‘quv-mashq jarayoniga yetakchi jahon mutaxassislarini tizimli asosda jalb etishni tashkil etishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo‘lgan mamlakatlardan mutaxassislarni jalb etib, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanib, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlarining filiallarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalarini ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha respublikaning trener kadrlar yetishmaydigan chekka tog‘li va cho‘l tumanlaridan (shaharlaridan) abituriyentlarni imtiyozli o‘qishga qabul qilish uchun kvotalar ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Trener kasbining yuqori maqomi va nufuzini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish, o‘zini o‘zi to‘laqonli namoyon qilish va professional o‘sish uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yosh avlodni tarbiyalash bilan shug‘ullanadigan inson sifatida trenerning ijobiy qiyofasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Innovatsion fikrlaydigan ma’muriy kadrlarni tayyorlash va tanlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga ma’muriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maxsus dasturlarini joriy etish, professionallar, menejerlar, sport tibbiyot xodimlari va psixologlar uchun seminarlar o‘tkazish, Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sport muassasalari rahbarlarining ular o‘rtasida tajriba almashishni rag‘batlantirish, rivojlantirish bo‘yicha dasturlarda tizimli ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, ishning ilg‘or va eng samarali usullarini o‘zlashtirishga intilishda ularni qo‘llab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida davlat siyosati o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ko‘lamda amalga oshirilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy bo‘linmalari va ularning rahbarlarining mustaqilligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Sport tibbiyotini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga o‘quvchilarning jismoniy faolligini rag‘batlantiruvchi sog‘lom turmush tarzi yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tadbirlar va maxsus kurslarni kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xususiy imoratlar uylarida va ko‘p kvartirali uylarda yashaydigan shaxslarning yaqinda joylashgan ijtimoiy maqsaddagi obyektlarning (ta’lim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanishini ta’minlash yo‘li bilan ular uchun jismoniy faollikni majburiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sportchilar va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirish va tibbiy ta’minlash sifatini oshirish, aholini sog‘lomlashtirish uchun jismoniy tarbiyadan faol va samarali foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Reabilitatsiya qiluvchi tibbiyot sohasida innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalangan holda sportda intensiv jismoniy yuklamalardan, shuningdek, sportchilar va aholi kasallikni boshdan kechirganidan, jarohatlanganidan keyin tiklash tadbirlarini amalga oshirishda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini tizimli asosda tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Aholi sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishni keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va targ‘ib qilishni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xomashyosining asosiy turlarini mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, almashtirib bo‘lmaydigan komponentlar, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun maxsus oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Seleksiya, seleksioner trenerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish yo‘li bilan iste’dodli sportchilarni tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Iste’dodli sportchilarni tanlash va ularning natijalarini nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy kengashlar tashkil etish, ularni maqsadli tayyorlash, iqtidorli sportchilarni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga tanlashda shaffoflik va xolislikni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Iste’dodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari bo‘yicha respublika musobaqalari o‘tkazilishini, shu jumladan, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Jismoniy tarbiya va sport turlari bo‘yicha sport sohasida ixtisoslashayotgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari o‘rtasida mintaqaviy, milliy va xalqaro o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari g‘oliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sport turlari bo‘yicha innovatsion tafakkurli seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Barcha sport muassasalarining butunjahon Internet axborot tarmog‘idan foydalanishi chora-tadbirlarini ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining zamonaviy jozibador saytini yaratish va uning doimiy ishlashini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. “Sport — turmush tarzi” xeshtegi ostida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommaviylashtirish kompaniyasini tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda ilgari siljitish, SPORTS.UZ axborot portalini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati ustuvorliklariga yangicha yondashuvlarni aks ettiruvchi logotipini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Dolzarb yo‘nalishlarda — jamoatchilik fikri monitoringi, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishda (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan aloqa qilish liniyasini ochish, voqealar kalendari, mashqlar organayzeri, aholi faolligi monitoringi) iSPORT mobil tarmoqlari uchun sport ilovalarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda o‘quv-mashq jarayoni kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari va jismoniy faollikni targ‘ib qilish va bunday ko‘nikmalarni shakllantirishning foydasi bo‘yicha axborot-ma’rifiy faoliyatni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Jismoniy tarbiya va sportning milliy integratsiyalashtirilgan axborot tizimini, shu jumladan, sportchilar faoliyatini ro‘yxatga olish va hisobga olish bo‘yicha — “Skm-sportsmen”, trenerlarning ma’lumotlar bazasini ta’minlash bo‘yicha — “Skm-trener” va respublikaning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta’minlash bo‘yicha — “Skm-sportinshoot” axborot tizimlari orqali sport natijalari monitoringi va yutuqlarni baholash tizimlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida axborot va statistika ma’lumotlarini to‘plash va ularni puxta ishlash tizimi va usullarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish asosida davlat sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish texnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va obyektlarini, shuningdek, umumta’lim muassasalarining sport inshootlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni davom ettirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Umumta’lim maktablari va sport muassasalarini eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ergonomik va ekologik mebel, tegishli uskunalar, zamonaviy sport inventari bilan bosqichma-bosqich jihozlash va to‘liq jihozlashni davom ettirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mintaqalarning hududiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan, taniqli xorijiy kompaniyalarning ilg‘or tajribasi asosida qurilish materiallaridan, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda sport obyektlari loyihalarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida ixtisoslashtirilgan loyiha institutini tashkil etish.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha innovatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye, butunjahon Internet axborot tarmog‘i, bosma mahsulotlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ta’lim muassasalari, korxonalar va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi odamlarning imkoniyatlari va yutuqlarini namoyish qiluvchi tadbirlarni yoritish, shu jumladan, ko‘rgazmali materiallar va ma’ruza shakllaridan faol foydalanish, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha yagona axborot muhitini shakllantirishdan keng foydalanish yo‘li bilan turli yosh guruhlari orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini, salbiy hodisalar profilaktikasini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda kompleks tashkil etish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan doimiy ishlaydigan axborot-targ‘ibot tizimini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishdan manfaatdorlikni shakllantirish sohasida axborot va ta’lim vositalari samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ommalashtirish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, ommaviy dam olish joylarida va yashash joyida shaxsga (oila, maktabgacha, maktab, o‘rta kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoalari) tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning uzviyligiga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga erishishda fuqarolarning jismoniy faolligini rag‘batlantirish, sog‘lom turmush tarzining muhim elementi sifatida sport faolligini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bosma va ko‘rgazmali mahsulotlarni tarqatish, teleradio dasturlarini namoyish qilish va Internet resurslarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirishga yetakchi sport mutaxassislarini, sportchilar, siyosatchilar, jamoat arboblarini jalb etish, ijtimoiy reklamadan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Davlat, jamoat tashkilotlari, biznes-tuzilmalar va xususiy shaxslarning mavzuli nominatsiyalari bo‘yicha sovrinlari uchun “Sport bayrami” milliy festivali, marafonlar, sport musobaqalari va birinchiliklarini muntazamlilik asosida tashkil etish va o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida muammoli masalalarni ko‘rib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida muammoli masalalarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasini modernizatsiya qilishning oldinga qo‘yilgan vazifalarini hal etish iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlaridan va O‘zbekiston Respublikasining geosiyosiy raqobatbardoshliligidan kelib chiqib mamlakat inson kapitalini aniq maqsadni ko‘zlab shakllantirishning keng imkoniyatlarini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport mashg‘ulotlari bilan qamrab olish tizimini boshqarishning innovatsion usullari joriy etilishini tezlashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan innovatsion qurilish texnologiyalarini joriy etish, yangi texnologiyalarni hisobga olgan holda sport obyektlari va infratuzilmasini jihozlash va to‘liq jihozlash asosida umumta’lim va sport muassasalarining binolari va sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni kengaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportning ommaviy turlarini, shuningdek, boshqa qo‘shimcha omillar va yo‘nalishlarni (tibbiy, psixologik va shu kabilar) rivojlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlari uchun ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport xizmatlarining sifati, dolzarbligi va xilma xilligini, manzilliligini oshirishga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi 118-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLARI DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni ta’minlaydigan innovatsion shakllar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish

1.

O‘tkaziladigan sport tadbirlarining ommaviyligi va muntazamliligini ta’minlagan, respublika mahallalari, tumanlari va mintaqalari bo‘yicha tegishli hududlarda aholining jins-yosh tarkibi xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari, ijro etuvchi hokimiyat va joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘zaro hamkorligining namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish.

Ijrochilarning qarorlari

2019-yil 20-fevral

Ijrochilar mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari Kalendar rejasi (keyingi o‘rinlarda kalendar reja deb ataladi) doirasida budjet mablag‘lari, xayriya ehsonlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Quyidagilar:

maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qo‘llash;

sport xonalari, zallari va maydonchalarini zamonaviy asbob-uskunalar va inventar bilan jihozlash;

ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya-sport faoliyatini kadrlar bilan ta’minlash;

ta’lim muassasalarida futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar bo‘yicha to‘garaklar va seksiyalar tashkil etish yo‘li bilan bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish.

Ijrochilarning qarorlari

2019-yil 30-fevral

Ijrochilar mablag‘lari, Xayriya ehsonlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Barcha darajalardagi hokimliklar, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish orqali aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol, marafon, yarimmarafon va boshqalar bo‘yicha sport musobaqalarini muntazamlilik asosida (bir chorakda kamida 1-marta) o‘tkazish.

Ijrochilarning qarorlari

2019-yil 20-fevral

Ijrochilar mablag‘lari, xayriya ehsonlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Quyidagilar:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zini o‘zi boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi

fuq�rolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining sport maktablari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va klublar hamda boshqa sport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha memorandumlarni imzolash;

Memorandumlarni imzolash

2019-yil 30-aprel

Ijrochilar mablag‘lari

mahalla darajasida va ular o‘rtasida sport va fizkultura-ommaviy tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan yoshlarni ma’naviy kamol topish va jismonan sog‘lom shaxslar bo‘lish ruhida tarbiyalash, ularni foydali mashg‘ulotlar bilan qamrab olishni, mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha ishlar doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining sport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Kalendar reja

Har yili

5.

Hayotning zamonaviy tendensiyalari va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bolalar va katta yoshdagilar, istalgan yoshdagi havaskor sportchilar va professionallar uchun mo‘ljallangan yangi shakldagi ommaviy jismoniy tarbiya va ommaviy tomosha tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etish, tadbirlarning ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun tomoshabopligi va jozibadorligini oshirish.

Ijrochilarning qarorlari

2019-yil 20-fevral

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

6.

Sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazish uchun ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy va biznes tuzilmalarning, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan faol foydalanish, bolalar va barcha xohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda ochiq mashqlar va dastxat-sessiyalarni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 10-mart

Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, xayriya ehsonlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga mo‘ljallangan o‘tkaziladigan “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya — ommaviy mavzuli tadbirlarning turlari xilma-xil bo‘lishi va tez-tez o‘tkazilishini, yangi media-texnologiyalardan foydalangan holda faol ishtirokchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ta’minlash.

“Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya-ommaviy mavzuli tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uni ommaviy axborot vositalari va media-texnologiyalar bo‘yicha tarqatish.

Aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda Kalendar rejaga muvofiq “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya — ommaviy mavzuli tadbirlar o‘tkazish.

Tadbirlarning faol ishtirokchilarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

Kalendar rejaga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalarida va chet eldagi yetakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport ta’lim muassasalari o‘rtasida, ayniqsa, qizlar uchun muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalari o‘tkazish.

Tashkiliy tadbirlar

Kalendar rejaga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ol�y va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi

9.

Voyaga yetmagan bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishiga ota-onalar tomonidan qarshilik ko‘rsatish hollarining oldini olish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan doimiy monitoring olib borish mexanizmini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 30-may

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi

10.

Aholining ijtimoiy muhofaza qilinmagan qatlamlari va qulayroq shart-sharoitlardagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholining kam ta’minl�ngan qatlamlari (daromadning past darajasi, to‘liq bo‘lmagan oila, shu kabilar) bolalari shug‘ullanadigan sport muassasalari faoliyatini, shuningdek, chekka tumanlarda (shu jumladan, tog‘lik joylar va anklavlar) joylashgan sport muassasalari faoliyatini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash.

Aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlari va fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘rish.

Shu jumladan aholining kam ta’minlangan qatlamlari sirasiga kiradigan bolalar shug‘ullanadigan chekka tumanlarda joylashgan sport muassasalarini sport asbob-uskunalari va inventar bilan jihozlash uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga mablag‘lar ajratish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 30-sentabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi

II. Ilg‘or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni takomillashtirish

11.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida, shu jumladan, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga investitsiyalarni keng jalb etish, fuqarolarda kichik yoshdan boshlab sog‘lom turmush tarziga, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga, sog‘lom, kuchli va amaliy ijobiy qiziqishni singdirishga yo‘naltirilgan tizimning yanada rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil 25-iyul

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.

Yangilangan o‘quv rejalari va dasturlar talablarini, shuningdek, yetakchi jahon sport markazlarining ilg‘or tajribasini, innovatsion rivojlanishning tegishli ustuvorliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan sifati va mazmuniga ko‘ra zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ommaviy adabiyotlarni, yangi avlod normativ hujjatlarni tayyorlash va nashr etishni tashkil etish.

O‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish

2019 — 2023-yillar

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi

13.

“Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi faoliyatini tashkil etish. Ushbu mavzu bo‘yicha matbaa mahsulotlarini tayyorlash, nashr etish va tarqatish, shu jumladan, jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ilg‘or ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘zbek va rus tillariga tarjima qilish ushbu noshirlik markazining asosiy maqsadlari va faoliyati yo‘nalishlari bo‘lishi kerak.

Kompleks tadbirlar

2019-yil 1-iyul

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lar�

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

14.

Sportning ommaviy turlari bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida elektron ta’lim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalarning ochiq respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etish.

Ijrochilarning qarorlari

2019-yil 20-aprel

Ijrochilar mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi

III. Yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish

15.

Muayyan ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarning trenerlik kasbida ishlashga ishtiyoqini aniqlash uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlash jarayonini takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 10-iyun

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

16.

Oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini yangilash, amaliy komponentlar ulushini ko‘paytirish, yuqori natijalarni namoyish qiluvchi eng tajribali trenerlar rahbarligida mashg‘ulotlarni muntazamlilik asosida o‘tkazish amaliyotini joriy etish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil 20-avgust

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

17.

Respublikada hamma joyda o‘quv-mashq jarayoniga yetakchi jahon mutaxassislarini tizimli asosda jalb etishni tashkil etishga ko‘maklashish.

Ijrochilarning qarorlari

2019 — 2023-yillar

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi

18.

Sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo‘lgan mamlakatlardan mutaxassislarni jalb etib, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanib, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlarining filiallarini tashkil etish.

O‘zaro hamkorlik haqida memorandum

2019 — 2023-yillar

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

19.

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalarini ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha respublikaning trener kadrlar yetishmaydigan chekka tog‘li va cho‘l tumanlaridan (shaharlaridan) abituriyentlarni imtiyozli o‘qishga qabul qilish uchun kvotalar ajratish.

Ijrochilarning qarorlari

2019-yil 10-iyun

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

20.

Trener kasbining yuqori maqomi va nufuzini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish, o‘zini o‘zi to‘laqonli namoyon qilish va professional o‘sish uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yosh avlodni tarbiyalash bilan shug‘ullanadigan inson sifatida trenerning ijobiy qiyofasini shakllantirish.

Tuman, ayniqsa chekka tumanlar (shahar) sport maktablari, Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar trenerlarini viloyat va respublika darajasida sport turlari bo‘yicha terma jamoalar bilan o‘quv-mashq yig‘inlarida ishtirok etishga jal? qilish.

Tuman va viloyat darajasidagi sport maktablari trenerlarining malakasini yanada oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 25-mart

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi

IV. Innovatsion fikrlaydigan ma’muriy kadrlarni tayyor�ash va tanlashni tashkil etish

21.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga ma’muriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maxsus dasturlarini joriy etish, professionallar, menejerlar, sport tibbiyot xodimlari va psixologlar uchun seminarlar o‘tkazish, Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarni tashkil etish.

Kompleks tadbirlar

2019-2020-yillar

Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

22.

Sport muassasalari rahbarlarining ular o‘rtasida tajriba almashishni rag‘batlantirish, rivojlantirish bo‘yicha dasturlarda tizimli ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, ishning ilg‘or va eng sa�arali usullarini o‘zlashtirishga intilishda ularni qo‘llab-quvvatlash.

Tashkiliy tadbirlar

Har yili

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

23.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida davlat siyosati o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ko‘lamda amalga oshirilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy bo‘linmalari va ularning rahbarlarining mustaqilligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 15-iyun

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

V. Sport tibbiyotini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

24.

Ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga o‘quvchilarning jismoniy faolligini rag‘batlantiruvchi sog‘lom turmush tarzi yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tadbirlar va maxsus kurslarni kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

Muntazam ravishda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

25.

Xususiy imoratlar uylarida va ko‘p kvartirali uylarda yashaydigan shaxslarning yaqinda joylashgan ijtimoiy maqsaddagi obyektlarning (ta’lim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanishini ta’minlash yo‘li bilan ular uchun jismoniy faollikni majburiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.

Ta’lim, sport va dam olish muassasalarida sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport to‘garaklari va seksiyalarini tashkil etish.

Malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tibbiyot jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish obyektlarida davolovchi jismoniy tarbiyani tashkil etish.

Kompleks tadbirlar

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi

26.

Sportchilar va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirish va tibbiy ta’minlash sifatini oshirish, aholini sog‘lomlashtirish uchun jismoniy tarbiyadan faol va samarali foydalanish.

Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar a’zolarini bir yilda kamida ikki marta sport tibbiyoti bo‘linmalarining ko‘p ixtisosli tibbiyot markazlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Sog‘lomlashtirish va sog‘lom turmush tarzi vositasi sifatida aholi uchun jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish.

Tashkiliy tadbirlar

Muntazam ravishda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi

27.

Reabilitatsiya qiluvchi tibbiyot sohasida innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalangan holda sportda intensiv jismoniy yuklamalardan, shuningdek, sportchilar va aholi kasallikni boshdan kechirganidan, jarohatlanganidan keyin tiklash tadbirlarini amalga oshirishda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini tizimli asosda tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-2020-yillar

Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

28.

Aholi sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishni keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va targ‘ib qilishni kuchaytirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 25-mart

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

29.

Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xomashyosining asosiy turlarini mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, almashtirib bo‘lmaydigan komponentlar, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun maxsus oziq-o�qat mahsulotlari va ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil 20-may

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK

VI. Seleksiya, seleksioner trenerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish yo‘li bilan iste’dodli sportchilarni tanlash

30.

Iste’dodli sportchilarni tanlash va ularning natijalarini nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy kengashlar tashkil etish, ularni maqsadli tayyorlash, iqtidorli sportchilarni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga tanlashda shaffoflik va xolislikni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Ijrochilarning qarorlari

2019-yil 25-aprel

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar)

31.

Iste’dodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari bo‘yicha respublika musobaqalari o‘tkazilishini, shu jumladan, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish.

Kompleks tadbirlar

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar)

32.

Jismoniy tarbiya va sport tur�ari bo‘yicha sport sohasida ixtisoslashayotgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari o‘rtasida mintaqaviy, milliy va xalqaro o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazish.

Ijrochilarning qarorlari

Kalendar rejaga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar)

33.

Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari g‘oliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish.

Ijrochilarning qarorlari

Kalendar rejaga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar)

34.

Sport turlari bo‘yicha innovatsion tafakkurli seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida sport turlari bo‘yicha seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha bo‘linma ochish.

Seleksioner trenerlar tayyorlash va qayta tayyorlash amaliyotini o‘rganish va ilg‘or tajribani joriy etish.

Ijrochilarning qarorlari

2019-yil 25-iyul

Ijrochilar mablag‘lari, Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, sport federatsiyalari (uyushmalar)

VII. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash

35.

Barcha sport muassasalarining butunjahon Internet axborot tarmog‘idan foydalanishi chora-tadbirlarini ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining zamonaviy jozibador saytini yaratish va uning doimiy ishlashini ta’minlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil 10-aprel

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar)

36.

“Sport — hayot tarzi” xeshtegi ostida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommaviylashtirish kompaniyasini tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda ilgari siljitish, SPORTS.UZ axborot portalini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati ustuvorliklariga yangicha yondashuvlarni aks ettiruvchi l�gotipini yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 10-may

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

37.

Dolzarb yo‘nalishlarda — jamoatchilik fikri monitoringi, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishda (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan aloqa qilish liniyasini ochish, voqealar kalendari, mashqlar organayzeri, aholi faolligi monitoringi) iSPORT mobil tarmoqlari uchun sport ilovalarini ishlab chiqish.

Kompleks tadbirlar

2019 — 2023-yillar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

38.

Axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda o‘quv-mashq jarayoni kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

39.

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari va jismoniy faollikni targ‘ib qilish va bunday ko‘nikmalarni shakllantirishning foydasi bo‘yicha axborot-ma’rifiy faoliyatni kuchaytirish.

Kompleks tadbirlar

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

40.

Jismoniy tarbiya va sportning milliy integratsiyalashtirilgan axborot tizimini, shu jumladan, sportchilar faoliyatini ro‘yxatga olish va hisobga olish bo‘yicha — “Skm-sportsmen”, trenerlarning ma’lumotlar bazasini ta’minlash bo‘yicha — “Skm-trener” va respublikaning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta’minlash bo‘yicha — “Skm-sportinshoot” axborot tizimlari orqali sport natijalari monitoringi va yutuqlarni baholash tizimlarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari

2019-yil 10-fevral

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

41.

Sport obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini (turniketlar, videokuzatuv, hisobot berishning yagona tizimi, mablag‘lar tushishi�ing yagona bazasi va boshqalar) joriy etish.

Sport obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga qo‘yiladigan eng kam talablarni belgilash;

davlat-xususiy sheriklik shartlarida sport obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining takliflarini jalb etish va ularning eng yaxshilarini tanlash.

Kompleks tadbirlar

2019-yil 30-may

Ijrochilar mablag‘lari va xayriya ehsonlari

Madaniyat obyektlari va muassasalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishchi guruh, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

42.

Ilg‘or xorijiy tajriba (Koreya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida axborot va statistika ma’lumotlarini to‘plash va ularni puxta ishlash tizimi va usullarini takomillashtirish.

Kompleks tadbirlar

2020-yil mart

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

VIII. Energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish asosida davlat sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

43.

Zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish texnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va obyektlarini, shuningdek, umumta’lim muassasalarining sport inshootlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni davom ettirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Takliflarni tayyorlash

2019 ?il 15-iyun

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari, Moliya vazirligi

44.

Umumta’lim maktablari va sport muassasalarini eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ergonomik va ekologik mebel, tegishli uskunalar, zamonaviy sport inventari bilan bosqichma-bosqich jihozlash va to‘liq jihozlashni davom ettirish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil 10-iyul

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari, Moliya vazirligi

45.

Mintaqalarning hududiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan, taniqli xorijiy kompaniyalarning ilg‘or tajribasi asosida qurilish materiallaridan, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda sport obyektlari loyihalarini ishlab chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi huzurida ixtisoslashtiri�gan loyiha institutini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Takliflarni tayyorlash

2019-yil 1-aprel

Budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi

IX. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha innovatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

46.

Ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye, butunjahon Internet axborot tarmog‘i, bosma mahsulotlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ta’lim muassasalari, korxonalar va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi odamlarning imkoniyatlari va yutuqlarini namoyish qiluvchi tadbirlarni yoritish, shu jumladan, ko‘rgazmali materiallar va ma’ruza shakllaridan faol foydalanish, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha yagona axborot muhitini shakllantirishdan keng foydalanish yo‘li bilan turli yosh guruhlari orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini, salbiy hodisalar profilaktikasini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda kompleks tashkil etish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan doimiy ishlaydigan axborot-targ‘ibot tizimini shakllantirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 30-iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

47.

Aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishdan manfaatdorlikni shakllantirish sohasida axborot va ta’lim vositalari samaradorligini oshirish.

Jismoniy tarbiya va sportning vositalarini qo‘llashning foydasini targ‘ib qiluvchi teleko‘rsatuvlar tayyorlash va namoyish qilish;

Aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar va tadqiqotlar, reklama kompaniyalari o‘tkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish qilish;

Teleradio kanallarida jismoniy tarbiya va sport vositalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan, studiyadagi mavzuli va ko‘chma teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar turkumlarini, tok-sho�larni tashkil etish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil 20-noyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

48.

Ommalashtirish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, ommaviy dam olish joylarida va yashash joyida shaxsga (oila, maktabgacha, maktab, o‘rta kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoalari) tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning uzviyligiga rioya qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 20-may

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’li?i vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, sport federatsiyalari (uyushmalar)

49.

Jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga erishishda fuqarolarning jismoniy faolligini rag‘batlantirish, sog‘lom turmush tarzining muhim elementi sifatida sport faolligini mustahkamlash.

Aholining turli qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya — ommaviy tadbirlarni muntazam o‘tkazish, g‘oliblar va sovrindorlarni qimmatbaho sovrinlar bilan rag‘batlantirish, shuningdek, har xil nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchilarni sovrinlar bilan rag‘batlantirish.

Musobaqalarning g‘oliblari va sovrindorlarini “Alpomish” va “Barchinoy”ning jismoniy tayyorgarligi va salomatligi holatini aniqlash bo‘yicha test sinovdan o‘tkazish va rag‘batlantirish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimo

Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi

50.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bosma va ko‘rgazmali mahsulotlarni tarqatish, teleradio dasturlarini namoyish qilish va Internet resurslarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirishga yetakchi sport mutaxassislarini, sportchilar, siyosatchilar, jamoat arboblarini jalb etish, ijtimoiy reklamadan foydalanish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil 15-aprel

Bajaruvchilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

51.

Davlat, jamoat tashkilotlari, biznes-tuzilmalar va xususiy shaxslarning mavzuli nominatsiyalari bo‘yicha sovrinlari uchun “Sport bayrami” milliy festivali, marafonlar, sport musobaqalari va birinchiliklarini muntazamlilik asosida tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 yil 10-oktabr

Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2019-y., 09/19/118/2612-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)