Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 12.02.2019 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida qovun yetishtirish hajmlarini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 30-noyabr kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi bayoni ijrosi, shuningdek, Xorazm viloyatida qovun yetishtiruvchi xo‘jaliklarni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ishlar olib borish, innovatsion texnologiyalar asosida qovunni ochiq maydonlarda va issiqxonalarda yetishtirish, uni qayta ishlashni kompleks rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida 2019-2020-yillarda qovun mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan, foydalanilmayotgan yerlarda eksportbop qovun mahsulotlarini ochiq usulda 2019-2020-yillarda bosqichma-bosqich yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati tumanlarida 2019-2020-yillarda qovun ekish uchun issiqxonalar tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda viloyatdagi zaxira yerlar hisobidan qovun yetishtirishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish uchun zarur yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda qovunning ochiq maydonlar va issiqxonalar uchun mo‘ljallangan eksportbop navlari urug‘larini yetarli miqdorda yetishtirishni ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zagroeksport” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda dunyodagi asosiy iste’molchi davlatlarning qovun mahsulotlarini tur va navlari bo‘yicha import qilish hajmlarini o‘rganib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov hamda Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 114-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida 2019-2020-yillarda qovun mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Xorazm viloyatida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, hududlarni qovun yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish.

1. Hududlarni ixtisoslashtirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzish.

2. Ishchi guruh tomonidan har bir hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda ixtisoslashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

3. Har bir tumanda qovun mahsulotlarining eksportbop
va qayta ishlashga mos nav va duragaylarini tanlab olish.

4. Hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ekinlarni joylashtirishda almashlab ekish tizimini joriy etish.

2019-yil fevral


2019-yil mart



2019-2020-yillar

Xorazm viloyati hokimligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

2.

Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan va iqtisodiy samara bermayotgan, qishloq xo‘jaligiga yaroqsiz hamda ball boniteti past yer maydonlarida qovun yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarni bosqichma-bosqich tashkil etish.

1. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan va iqtisodiy samara bermayotgan, qishloq xo‘jaligiga yaroqsiz hamda ball boniteti past yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan va iqtisodiy samara bermayotgan, qishloq xo‘jaligiga yaroqsiz hamda ball boniteti past yer maydonlarda issiqxonalarni tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash.

3. Issiqxonalar quradigan subyektlarga xalqaro moliya institutlarining resurslarini jalb etish va tijorat banklari kreditlarini ajratish choralarini ko‘rish.

4. Qovun yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarni qurish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Tarmoq jadvallariga asosan issiqxonalarni qurish bo‘yicha monitoring yuritish ishlarini tashkil etish.

2019-yil mart




2019-yil mart




2019-yil aprel



2019-yil aprel


2019-2020-yillar

Xorazm viloyati hokimligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.

Xorazm viloyatida ochiq maydonlarda va issiqxonalarda yetishtirishga mo‘ljallangan eksportbop qovun navlari urug‘larini bosqichma-bosqich ko‘paytirish.

1. Viloyatning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda, ochiq maydonlarda hamda issiqxonalarda yetishtirishga mo‘ljallangan eksportbop qovun navlari urug‘larini bosqichma-bosqich ko‘paytirish �o‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda yetishtirishga mo‘ljallangan eksportbop qovun navlari urug‘larini ko‘paytirish borasida ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

3. Viloyatda qovun mahsulotlarini yetishtirish maqsadida qovun urug‘larini ko‘paytirishning 5 yillik sxemasini ishlab chiqish.

4. Urug‘chilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari kesimida qovun urug‘larini ko‘paytirish tadbirlarini bajarish.

2019-yil fevral




2019-yil mart




2019-yil mart



2019-2020-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fermer,

dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

4.

Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun mahsulotlarini yetishtirishda uchraydigan “qovun pashshasi” zararkunandasini aniqlash, unga qarshi kurashish hamda qovun ekilgan maydonlarda fitosanitar tozalikni ta’minlash.

1. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun mahsulotlarini yetishtirishda uchraydigan kasal�ik va zararkunandalarga (qovun pashshasi) qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2. Kasallik va zararkunandalarga (qovun pashshasi) qarshi kurashish uchun zarur kimyoviy preparatlar miqdorini aniqlash va zaxirasini yaratish.

3. Qovun kasallik va zararkunandalarini (qovun pashshasi) aniqlash bo‘yicha prognoz tadbirlarini amalga oshirish, tutqichlar qo‘yish va zarur qarshi kurashish ishlarini bajarish.

4. Hashorat va kasalliklarga (qovun pashshasi) qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
mart



2019-yil aprel



2019-yil

may — sentyabr

“O‘zagrokimyohimoya” AJ,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi,
Fanlar akademiyasi,

Xorazm viloyati hokimligi

5.

Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda eksportbop qovun navlarini yaratish seleksiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish.

1. Eksportbop, hosildor, sifat ko‘rsatkichlari yuqori, transportbop, kasalliklarga chidamli bo‘lgan qovun navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajariladigan loyihalarni tayyorlash va belgilangan tartibda topshirish.

2. Ilmiy-texnik loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish.

3. Ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarni moliyalashtirish.

2019-yil

may




2019-yil oktyabr

2019-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi

6.

Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovunni ekish, qator oralariga ishlov berish, hosilni yig‘ishtirish va tashish bo‘yicha talab etiladigan qishloq xo‘jaligi maxsus texniklari va agregatlar bilan ta’minlash.

1. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun yetishtirish uchun talab etiladigan va yetishmaydigan qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlar turlarini o‘rganish va ularning ajratilishini ta’minlash.

2. Qovunchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini texnikalar bilan lizing asosida bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish.

2019-2020-yillar




2019-2020-yillar

Xorazm viloyati hokimligi,

Fanlar akademiyasi

Xorazm viloyati hokimligi,

“O‘zagrolizing” AJ

7.

Xorazm viloyatida ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini ularning o‘z va bo‘nak mablag‘lari hisobidan mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash.

1. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish.

2. Qovun yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga mineral o‘g‘it va yonilg‘i-moylash mahsulotlari ularning o‘z va bo‘nak mablag‘lari hisobidan yetkazib berilishiga ko‘maklashish.

2019-2020-yillar

“O‘zneftmahsulot” AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ,

Xorazm viloyati hokimligi

8.

Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qovun ekinlarini fermer xo‘jaliklari kesimida joylashtirish va ekilishini ta’minlash.

1. Qovun yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va tayyorlovchi, qayta ishlovchi hamda eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzish.

2. Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish.

3. Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qovun ekinlarini fermer xo‘jaliklari kesimida joylashtirish.

4. Qovun ekinlarining fermer xo‘jaliklari kesimida ekilishini ta’minlash.

2019-yil
25-mart


2019-yil

1-aprel

2019-yil

may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
,
Xorazm viloyati hokimligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

9.

Qovun mahsulotini eksport hajmlarini oshirish.

1. Dunyodagi asosiy iste’molchi davlatlarning qovun mahsulotlarini tur va navlari bo‘yicha import qilish hajmlarini o‘rganish.

2. Ushbu davlatlarning talablaridan kelib chiqib, eksport shartnomalarini tuzish.

3. Qovun mahsulotlarini eksportga chiqarish.

2019-yil
30-mart



har mavsumda

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“O‘zagroeksport” AJ,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 114-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan, foydalanilmayotgan yerlarda eksportbop qovun mahsulotlarini ochiq usulda 2019-2020-yillarda bosqichma-bosqich yetishtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KO‘RSATKIChLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‏

Tumanlar nomi

2019-2020-yillarda‎‎

2019-yilda‎‎

2020-yilda‎‎

Jami maydon, ga ‎‏ shu jumladan:‎‎ Yalpi hosil, tn ‎‏ Jami maydon, ga ‎‏ shu jumladan: Yalpi hosil, tn ‎‏‎‏ Jami maydon, ga ‎‏ shu jumladan:‎‎ Yalpi hosil, tn ‎‏‎‏
asosiy va oralik maydon ‎ foydalanilmay turgan maydon ‎ asosiy va oralik maydon ‎ foydalanilmay turgan maydon ‎‎ asosiy va oralik maydon ‎ foydalanilmay turgan maydon ‎‎
1.‎

Bog‘ot‎

610 404‎ 206 10 154 316‎ 202‎ 114‎ 5 208‎ 294‎ 202‎ 92‎ 4 946‎
2.‎

Gurlan‎

740 580‎ 160 12 711 378‎ 290‎ 88‎ 6 443‎ 362‎ 290‎ 72‎ 6 268‎
3.‎

Ko‘shko‘pir‎

1 090 448‎ 643 17 290 579‎ 224‎ 356‎ 9 113‎ 511‎ 224‎ 287‎ 8 177‎
4.‎

Urganch‎

733 544‎ 189 12 508 377‎ 272‎ 105‎ 6 378‎ 356‎ 272‎ 84‎ 6 130‎
5.‎

Xozarasp‎

1 243 482‎ 762 19 617 661‎ 241‎ 421‎ 10 360‎ 582‎ 241‎ 341‎ 9 257‎
6.‎

Xonqa‎

525 416‎ 109 8 969 268‎ 208‎ 60‎ 4 536‎ 257‎ 208‎ 49‎ 4 433‎
7.‎

Xiva‎

477 288‎ 189 7 768 249‎ 144‎ 105‎ 4 008‎ 228‎ 144‎ 84‎ 3 760‎
8.‎

Shovot‎

976 386‎ 590 15 379 519‎ 193‎ 326‎ 8 107‎ 457‎ 193‎ 264‎ 7 272‎
9.‎

Yangiariq‎

670 260‎ 410 10 483 357‎ 130‎ 227‎ 5 532‎ 313‎ 130‎ 183‎ 4 951‎
10.‎

Yangibozor‎

603 460‎ 143 10 277 309‎ 230‎ 79‎ 5 219‎ 294‎ 230‎ 64‎ 5 058‎
Jami‎‎ 7 667 4 268 3 401‎ 125 156

4 013‎

2134‎

1 881‎ 64 904‎ 3 654‎ 2134‎ 1 521‎ 60 252‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 114-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati tumanlarida 2019-2020-yillarda qovun ekish uchun issiqxonalar tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KO‘RSATKIChLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‏

Tumanlar nomi ‎‏

Jami tashkil etiladigan maydon, ga‎‏

shu jumladan:‎‎

2019-yil‎ 2020-yil‎
1.‎

Bog‘ot‎

30‎ 18‎ 12‎
2.‎

Gurlan‎

30‎ 18‎ 12‎
3.‎

Ko‘shko‘pir‎

30‎ 18‎ 12‎
4.‎

Urganch‎

30‎ 18‎ 12‎
5.‎

Xozarasp‎

30‎ 18‎ 12‎
6.‎

Xonqa‎

30‎ 18‎ 12‎
7.‎

Xiva‎

30‎ 18‎ 12‎
8.‎

Shovot‎

30‎ 18‎ 12‎
9.‎

Yangiariq‎

30‎ 18‎ 12‎
10.‎

Yangibozor‎

30‎ 18‎ 12‎
Jami‎‎

300‎

180‎ 120‎
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2019-y., 09/19/114/2602-son; 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)