ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul bajaruvchilar | |
|
I. Sirk sohasiga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish | ||||
|
1. |
Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi hamda “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi oʻrtasida tizimli ravishda taʼlim va amaliyot integratsiyasini yoʻlga qoʻyish maqsadida: ixtisoslashtirilgan maktabning taʼlim jarayoniga sirk sulolalari vakillari va malakali sirk va teatrlar artistlarini jalb etish; ixtisoslashtirilgan maktabning sirk yoʻnalishi oʻquvchilarini “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida hamda Samarqand, Fargʻona va Xiva shaharlarida tashkil etiladigan yarim statsionar sirklarda amaliyot oʻtashini tashkil etish; “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun akrobatika, gimnastika va dorbozlik yoʻnalishlari boʻyicha “ustoz-shogird” amaliyoti asosida toʻgaraklar tashkil etish; ixtisoslashtirilgan maktabni sirk yoʻnalishi boʻyicha bitirayotgan oʻquvchilarning kamida bitta mustaqil sirk nomeriga ega boʻlishini taʼminlash. |
2019-yil martdan boshlab doimiy |
- |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (T. Fayziyev), “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov) |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining gastrol faoliyatini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Bunda, sirk artistlarining chet elda ishlash, malaka oshirish, tajriba almashish hamda gastrol safarlariga borish tartiblarini nazarda tutish. |
2019-yil 1-aprel |
- |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Xalqaro sirk sanʼati festivali nizomini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil 1-may |
- |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 14 yoshga toʻlmagan shaxslarni sirk, teatr, kino va konsert tashkilotlarida ijodkor lavozimida ishlash, mehnatiga haq toʻlash va mehnat stajini inobatga olish tizimini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil 1-iyun |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
|
II. Sirk sohasida xalqaro faoliyatni rivojlantirish va sirkni malakali kadrlar bilan taʼminlash | ||||
|
5. |
Milliy sirk dasturlarining badiiy saviyasini oshirish, tomoshabinlar qamrovini kengaytirish, xalqaro maydonda milliy sirk nufuzini yanada oshirish maqsadida: 2019-yilda oʻzbek sirkiga 105 yil toʻlishi munosabati bilan “Oʻzbek davlat sirki” nomli kitob-albomni oʻzbek, rus, ingliz tillarida nashr etish; teatr, kino, estrada va boshqa sanʼat turlari hamda zamonaviy yoritish va musiqali maxsus effektlarni qoʻllagan holda sifat jihatdan butunlay yangi sirk dasturlarini yaratish; xorijiy davlatlarda sirk artisti va mutaxassislarining tizimli malaka oshirishi va stajirovka oʻtashlarini yoʻlga qoʻyish hamda malakali xorijiy mutaxassislarni taklif qilish orqali milliy sirk dasturlarining badiiy saviyasini oshirish; taklif etilgan mashhur sirk artistlari va mutaxassislarini respublikamizga taklif etgan holda master-klass, trening va tajriba almashishni, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabida tashkil etish. |
2019-yil 1-dekabr doimiy |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining xarajatlar smetasiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov), Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (S. Gafurova) |
|
6. |
Mashhur xorijiy sirk tashkilotlarini, shu jumladan, Fransiyaning “Cirque du Soleil”, Xitoyning “Chang Long” xalqaro sirki, Rossiyaning Svetnoy bulvardagi “Moskva sirki”, “Moskva katta sirki” va boshqa shu kabi sirklarning respublikamizda gastrollarini muntazam ravishda tashkil etish. “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi va xorijiy davlat sirk tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha tegishli hujjatlar (memorandum, hamkorlik bitimi va boshqalarni) qabul qilish. “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining daromadlar manbalarini kengaytirish maqsadida eng tomoshabop sirk dasturlarini sahnalashtirgan malakali ijodiy jamoalar (truppa)ning xorijiy davlatlarga gastrol safarlarini doimiy ravishda uyushtirish. Xorijiy davlat vakillarining taklifiga asosan xalqaro festival va koʻrik-tanlovlarda ijodiy jamoalar hamda sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokini taʼminlash. |
doimiy |
Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), manfaatdor vazirliklarva idoralar |
|
7. |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasini malakali veterinar va zootexnik mutaxassislar bilan taʼminlash. |
2019-yildan boshlab doimiy |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov) |
|
8. |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining kadrlar tarkibini yosh, istiqbolli, ijodiy, oʻzbek milliy sirk sanʼatiga oʻzining hissasini qoʻshishga tayyor boʻlgan iqtidorlar bilan toʻldirish hamda sirk tomoshalarining badiiy darajasi va ijodiy-sahnalashtirish ishlarini tashkillashtirish sifatini oshirish, sirk repertuarining xilma-xilligini kengaytirish maqsadida respublika miqyosida tanlov oʻtkazish. |
2019-yildan boshlab har ikki yilda |
Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), manfaatdor vazirliklarva idoralar |
|
9. |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasiga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlarining tegishli sport turlari boʻyicha malakali sportchilarini jalb etish hamda talabalarning amaliyot oʻtashini tashkil etish. |
2019-2020-yillar |
- |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov), manfaatdor vazirliklarva idoralar |
|
III. Targʻibot va tashviqot ishlari | ||||
|
10. |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytini yaratish hamda uni oʻzbek sirki tarixi, yoʻnalishlari, sirk sanʼatiga oid maʼlumotlar bilan toʻldirib borish. |
2019-yil fevraldan boshlab doimiy |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov) |
|
12. |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida namoyish etiladigan sirk dasturlari va tomoshalarini Internet jahon axborot tarmogʻi orqali pulli asosda masofadan on-layn tomosha qilish imkonini yaratish choralarini koʻrish. Ushbu muassasada kirish chiptalarini shakllantirish, sotish va ularning ishlatilishini hisobga olish va hisob-kitobini yuritish boʻyicha chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini joriy etish. |
qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov) |
|
IV. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash | ||||
|
13. |
Mavjud hayvonlarning Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida saqlanishini hamda doimiy ravishda veterinariya nazoratida boʻlishini tashkil etish. Oziq-ovqatlarni saqlash omborlarini sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida hamda hayvonlar uchun moʻljallangan mahsulotlarni belgilangan talablar asosida saqlash ishlarini tashkil etish. Hayvonlarni joriy koʻrikdan oʻtkazish va ularda yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish boʻyicha maxsus laboratoriya va karantin xonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2019-yil yanvardan boshlab doimiy |
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |
|
14. |
Yangidan barpo etiladigan yarim statsionar sirklar uchun shaharlarda kommunikatsiya mavjud boʻlgan joylardan yer maydonlari ajratish, qurish va xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda ularni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish. |
2020-2021-yillar |
- |
Samarqand (E. Turdimov), Fargʻona (Sh. Gʻaniyev) va Xorazm (F. Ermanov) viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
15. |
Respublikaning chekka hududlarida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining koʻchma sirk (shapito)lar dasturlari va gastrol safarlarini oʻtkazish maqsadida koʻchma sirk (shapito) va zootsirklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy maxsus avtotransport vositalari sotib olish. |
2019-2020-yillar |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (S. Gafurova) |
|
16. |
Sirk dasturlari va tomoshalar saviyasini oshirish maqsadida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasiga ekzotik hayvonlar (ayiq, kenguru, maymun, fil va boshqalar) sotib olish. |
2019-2020-yillar |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (S. Gafurova) |
|
17. |
Sirk sanʼatining jamiyatdagi mavqeyi, oʻrni va ijtimoiy rolini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarni respublikaning chekka hududlarida sirk dasturlari va tomoshalaridan bahramand etish, mazmunli hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi koʻchma sirklarining gastrol safarlarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash hamda sirk tomoshalari uchun alohida joylar ajratish. |
2019-yildan boshlab doimiy |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |