18.01.2019 yildagi 45-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-son hamda “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi PQ-3712-son qarorlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning salohiyatini oshirish va sohaning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-g‘allachilik, sabzovot-polizchilik, bog‘dorchilik va boshqa ekinlarni parvarish qilishda intensiv texnologiyalarni qamrab olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirish bo‘yicha barcha agrotexnik tadbirlarni to‘liq mexanizatsiyalashni ta’minlaydigan istiqbolli mashinalashgan agrotexnologiyalar va resurslarni tejaydigan texnika vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lalmi yerlar va cho‘l yaylovlarida don, moyli va ozuqabop ekinlar yetishtirish bo‘yicha yangi agrotexnologiyalar va texnika vositalarini yaratish va joriy etish yo‘li bilan mahsuldorligi kam yerlardan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish va qayta ishlash jarayonlarining samaradorligini, jumladan, noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda axborot texnologiyalarini qo‘llash va agrotexnologik tadbirlarni kompleks avtomatlashtirish hisobiga oshirishga qaratilgan innovatsion ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik texnikasi va texnika vositalarining yangi zamonaviy turlaridan respublika qishloq xo‘jaligida samarali foydalanishga doir ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi boshqa ilmiy va oliy ta’lim muassasalari hamda mashinasozlik korxonalari, shuningdek, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan ilmiy-texnik kooperatsiya o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish, bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning amaliy salohiyatini oshirish va Institutning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga, zarurat bo‘lganda, Institut tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan bino va inshootlarni saqlash, shuningdek, xodimlarning (ilmiy xodimlardan tashqari) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining asoslangan hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2020-yil va keyingi yillar uchun mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda Institutda qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobiga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash vositalarini yaratish bo‘yicha barcha ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va tajriba-konstruktorlik ishlari yagona reja asosida Institut va “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ilmiy xodimlari tomonidan innovatsion ishlanmalar asosida yaratilgan mashinalar va mexanizatsiya vositalari namunalarini tayyorlash va ularni davlat sinovlaridan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi innovatsion ishlanmalar asosida yaratilgan mashinalar va mexanizatsiya vositalari namunalarini belgilangan tartibda sinash uchun tegishli shartnomalar asosida tayyorlashni ta’minlasin, ichki va tashqi bozorlarda ularga bo‘lgan talabni, mavjud analoglarga nisbatan texnik parametrlari va narxi bo‘yicha raqobatbardoshligini kompleks tarzda o‘rganishni amalga oshirsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda klasterlar yaratishning jahon tajribasini o‘rganib chiqsin va respublikada ushbu tajribadan foydalanish bo‘yicha aniq takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zagroservis” AJning Institutning Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining “Gulbahor” shaharchasi “Ahil” mahallasida joylashgan namoyishlar saroyi binosi, bostirmalar va qorovulxona binosini “O‘zagroservis” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish hisobiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Institutning foydalanilmayotgan bino va inshootlarini 3-ilovaga muvofiq ochiq savdo orqali sotish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 3-ilovaga muvofiq Institutning bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan bino va inshootlari bozor narxida belgilangan tartibda ommaviy savdolarga qo‘yilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlaridan samarali foydalanishni ta’minlash, yer uchastkalari maydonlarini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-martdagi 114-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq bino va inshootlarni (18, 20, 21, 24-pozitsiyalar) sotishdan tushadigan mablag‘lar Institutning maxsus hisob raqamida jamg‘ariladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning maxsus hisob raqamidagi mablag‘lar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan, ta’mirlash-qayta tiklash ishlari, zamonaviy ilmiy, texnologik hamda laboratoriya asbob-uskunalari va vositalar bilan jihozlash uchun yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Institutning maxsus hisob raqamidagi pul mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ustavini ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish, bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning salohiyatini oshirish va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqot ishlarining natijadordigini oshirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish va tijoratlashtirishni faollashtirish

1.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqot ishlari natijalari amaliyotga joriy etilishini tizimli tashkil etish.

Idoralararo tasdiqlangan ilmiy tadqiqotlarni bajarish konsepsiyasi

2019-yil fevral

Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, qishloq xo‘jaligi mashinasozlik korxonalari, qishloq xo‘jalik sohasidagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari

2.

Yaratilayotgan qishloq xo‘jaligi mashinalarining tajriba va maket nusxalarini tayyorlash uchun zamonaviy konstruktorlik bo‘limiga ega bo‘lgan tajriba sexini tashkil etish.

Kelishilgan taklif

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

3.

Ishlab chiqarishga tayyor ilmiy ishlanmalar ro‘yxatini shakllantirish.

Kelishib tasdiqlangan ro‘yxat

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

4.

Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish choralarini ko‘rish.

Har bir ishlanma bo‘yicha kelishib tasdiqlangan chora-tadbirlar

2019-yil

iyul

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

5.

Xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mashina va mexanizmlari namunalarini adaptatsion sinovlaridan o‘tkazish.

Chora-tadbirlar

2020-yil

yanvar

Fanlar akademiyasi,
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

II. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish, butlovchi qismlar va sarflash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini izchil joriy etish

6.

Ma’muriy bino va laboratoriya korpuslarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

Loyiha taklifi

2019-yil fevral

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

7.

Zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish, asbob-uskunalar bilan jihozlash va butlovchi qism hamda sarflash materiallari bilan ta’minlash.

Loyiha taklifi

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi

8.

Mavjud axborot-kommunikatsiya vositalari tizimini yangilash.

Kelishib tasdiqlangan chora-tadbirlar grafigi

2019-yil avgust

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi

9.

Bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ayrim toifadagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil sentabr

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

10.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Kelishib tasdiqlangan chora-tadbirlar jadvali

tasdiqlangan jadval bo‘yicha

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi

III. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasidagi tashkilot, korxona, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirish va hamkorlikning samaradorligini oshirish

11.

Institut doktoranturasida turdosh ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlash.

Tashkilot kengashining qarori

2019-yil
may

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.

Bajarilayotgan ilmiy muammoli mavzular bo‘yicha tuzilgan ilmiy-ijodiy guruh tarkibida doktorantlar ulushi 10 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash.

Tashkilotning buyrug‘i

har yili yanvar oyida

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

13.

Ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy ishlanmalar amaliyotga joriy etilishini ta’minlovchi hamkorlikni mustahkamlash.

Iste’molchilarga taqdim etiladigan loyihalar taklifi

2019-yil

mart

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, qishloq xo‘jaligi mashinasozlik korxonalari

IV. Xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardosh qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarilishini faollashtirish

14.

Xorijiy stajirovkalarni tashkil etish uchun yosh olimlar va ilmiy xodimlar hamda yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.

Kelishib tasdiqlangan jadval

2019-yil fevral

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

15.

Yosh olimlar va ilmiy xodimlar xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tishini ta’minlash.

Xorijiy muassasalar bilan tuziladigan shartnomalar

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

16.

Ilmiy xodimlar uchun seminar va treninglar o‘tkazish uchun xorijiy mutaxassis va olimlarni jalb etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

mart

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

17.

Xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlarini keng jalb qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

18.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va doktorantlarga maslahatchilik qilish uchun PhD ilmiy darajasiga ega xorijiy olimlarni jalb qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

avgust

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining bo‘shayotgan va ochiq savdo orqali sotuvga qo‘yilayotgan bino va inshootlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyektlar nomi

Qurilgan yili

Kadastr raqami

Maydoni,
kv m

Joylashgan joyi

1

2-ma’muriy bino laboratoriya bokslari, bostirmasi va qorovulxonasi bilan

1981

11 — 15 — 10 — 03 — 02 — 2104

20793,56

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Gulbaxor shaharchasi, “Shodlik” mahallasi

2

Issiqxona majmuasi, qorovulxonasi bilan

2008

10 — 15 — 10 — 03 — 02 — 0314

20000,0

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Gulbaxor shaharchasi, “Shodlik” mahallasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlaridan samarali foydalanishni ta’minlash, yer uchastkalari maydonlarini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-martdagi 114-son qaroriga 2-ilovadan 22-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar xodimlarining ish haqi budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.”
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 09/19/45/2500-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)