Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida

1-ILOVA
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish KONSEPSIYASI

I. Umumiy qoidalar

II. Konsepsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari

III. Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari

1-bob. Shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

1. Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini kuchaytirish

3. Ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish

4. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

5. Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

2-bob. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish

3-bob. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish

4-bob. Yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish

5-bob. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish

IV. Konsepsiyaning qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar

2-ILOVA
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019-yilda samarali amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

Belgilab qo‘yilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Konstitutsiyani o‘rgatishga doir ilk tushunchalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

T/r.

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

1. Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

1.

Bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratish. Unda:

Konstitutsiyani o‘rgatishga doir ilk tushunchalar;

kundalik hayot�a qo‘llashga mo‘ljallangan boshlang‘ich huquqiy bilimlar;

huquqni targ‘ib qiluvchi turli xil o‘yinlar, mashg‘ulotlar va dasturlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar va boshqa zarur ma’lumotlarni berish.

Huquqiy portal

2019-yil

may

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

2.

Oilada bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlang‘ich qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha ota-onalar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish.

Uslubiy
qo‘llanma

2019-yil

avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

3.

Oila davrasida huquqiy savodxonlikni oshirishga mo‘ljallangan, har bir elementar huquqiy bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qo‘llanma tayyorlash va bepul tarqatish.

Qo‘llanma

2019-yil

oktyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Bolalar uchun huquqiy mavzularda va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, o‘zbek xalqining tarixi va milliy qadriyatlarini o‘rgatishni targ‘ib qiluvchi turli multiplikatsion filmlarni yaratish.

Multiplikatsion dasturlar

2019-yil

sentyabr

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

5.

Bolalar uchun huquqiy axborotni yetkazishga hamda kundalik turmushda qo‘llaniladigan normalar va odob-axloq qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan audioertaklar, kinofilmlar va kinojurnallar ishlab chiqish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil

sentyabr

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Adliya vazirligi (R. Davletov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

6.

Oilaviy notinchlik hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, bolalar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida teleko‘rsatuvlar, tok-shoular tayyorlash.

Teleko‘rsatuvlar

2019-yil

iyul

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

Aniq grafik asosida

7.

Kundalik turmushda ko‘p uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini uyma-uy yurib targ‘ib qilish, shuningdek, huquqiy ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan flayer, buklet va boshqa tarqatma materiallarni oilalarga bepul tarqatish.

Targ‘ibot tadbirlari,

tarqatma materiallar

Doimiy ravishda

Adliya vazirligi (R. Davletov),

“Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar

Aniq grafik asosida

8.

Yoshlar va ota-onalar o‘rtasida nikoh yoshi, aliment to‘lash shartlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida muntazam ravishda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Targ‘ibot tadbirlari

Doimiy ravishda

“Oila” ilmiy amaliy markazi (D. Toshmuxamedova), Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar

Aniq grafik asosida

2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini kuchaytirish

9.

Mahallalarda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan va murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammoli masalalarni tahlil qilish va tahlil natijasiga ko‘ra manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rish.

So‘rovlar, tahliliy ma’lumot

Har chorakda

Adliya vazirligi (R. Davletov),

vazirlik va idoralar

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar

Doimiy ravishda

10.

Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, ta’lim olish va boshqalar bo‘yicha huquqiy axborotni buklet, flayer, liflet va plakatlar shaklida aholiga yetkazish.

Tarqatma targ‘ibot materiallari

Doimiy ravishda

Vazirlik va idoralar

11.

Mahallalarda “Huquqiy axborot kuni” loyihasini tashkil etish, bunda aniq bir kunda rejalashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha malakali mutaxassislar (advokatlar, notariuslar, yuridik xizmatlar xodimlari va boshqalar) tomonidan aholiga huquqiy tushuntirishlar berilishini ta’minlab borish.

Huquqiy tadbirlar rejasiga muvofiq

2019-yil

fevral

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov),

vazirlik va idoralar

12.

Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolik nizolarini keskin kamaytirish hamda aholida, ayniqsa, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan fuqarolarda qonunga hurmat hissini uyg‘otish maqsadida:

Oliy sud (K.Kamilov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov)

sudlar tomonidan mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlarni tizimli ravishda tashkil qilish;

Chora-tadbirlar rejasi

Har chorakda

sayyor sud majlislari o‘tkazish ko‘lamini kengaytirish.

Sayyor sud majlislari

Do�miy ravishda

13.

“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari bilan hamkorlikda mahallalarda aholi orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ko‘lami va sifatini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

mart

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov)

14.

Profilaktika inspektorlarining yordamchilari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a’zolari va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari a’zolarining yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlarni amalga oshirish.

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar

Doimiy ravishda

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov)

3. Ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish

15.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” va “Inson huquqlarini o‘rganish” maxsus o‘quv kurslarini barcha ta’lim turlari bo‘yicha tizimli o‘rgatish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish va o‘rgatilishini tashkil qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

May

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

Maxsus o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha o‘quvchi va talabalar orasida sinovlar tashkil qilish.

O‘quv mashg‘ulotlari

2019-yil

dekabr

16.

Bolalar va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani va inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va chop etish.

Qo‘llanmalar

2019-yil

sentyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

17.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga bolalar huquq va majburiyatlariga doir mashg‘ulotlarni joriy etish. Bunda:

maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining huquq asoslari va bola huquqlari bo‘yicha bepul malakasini oshirish;

mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun turli innovatsion loyihalarni yaratish choralarini ko‘rish.

Takliflar

2019-yil fevral

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

18.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini o‘rgatish bo‘yicha namunaviy qo‘llanma yaratish.

Namunaviy qo‘llanma

2019-yil

iyul

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

19.

Yangi avlod huquqiy darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari tizimini yaratish. Bunda:

Ijrochilarning qo‘shma qarori

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun huquqiy bilimlarni sodda va ko‘rgazmali o‘rgatishga qaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini;

2019-yil

may

ta’lim muassasalari uchun huquq fanlari bo‘yicha o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarini tayyorlash choralarini ko‘rish.

2019-yil noyabr

20.

Yoshlarga o‘z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o‘rgatishga qaratilgan “Street law” (Ko‘cha huquqi — oddiy huquq) loyihasini keng joriy qilish bo‘yicha quyidagi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, yuridik kollejlar o‘quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko‘ngillilar (volonter) guruhini shakllantirish;

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil

may

“Street law” loyihasi amalga oshirilishini metodik ta’minlash choralarini ishlab chiqish;

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

iyul

ko‘ngillilar guruhlari uchun interaktiv mashg‘ulotlar olib borish metodikasi bo‘yicha treninglar o‘tkazish;

ko‘ngillilar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazish.

2019-yil

oktyabr

21.

Ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida quyidagi tanlovlarni tashkil qilish va o‘tkazish:

umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq — bu to‘g‘rilikdir” mavzusidagi rasmlar tanlovini tashkil qilish;

umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish;

oliy ta’lim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik tanlovini tashkil qilish va tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

sentyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov)

22.

Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini o‘tkazish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil
mart

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

Amalga oshirish

2019-yil

dekabr

23.

Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun o‘ta salbiy illat ekanligini targ‘ib qilishga qaratilgan o‘quv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil fevral

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

24.

Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va odob-axloq normalari haqida ma’lumot beruvchi ko‘rgazmali targ‘ibot bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish:

flayerlar, bukletlar, komikslar, taqdimot slaydlari, videoroliklar ishlab chiqish va har bir ta’lim muassasasiga yetkazish (har chorakda);

ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallarini bolalar va yoshlar e’tiboriga yetkazish.

Ko‘rgazmali tarqatma materiallar

2019-yil

dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

25.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlarni o‘z huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquq bilimdonlari” yoshlar huquqiy klublarini tashkil etish, keyinchalik ularning ijtimoiy tarmoqlarda ham faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

Kompleks chora- tadbirlar

2019-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar

26.

Umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida huquq fanidan olimpiadalar o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil avgust

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat test markazi (M. Karimov)

27.

Tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy ta’lim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qo‘llash.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil avgust

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

28.

Yoshlarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishni shakllantirishga, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklarga, giyohvandlikka, chekishga va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli uyushtirishga, ommaviy yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejalari

2019-yil

may

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

29.

Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini e’zozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘�yalarini targ‘ib qilishga doir aniq rejalar asosida “ochiq darslar” va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ta’minlash.

Ochiq darslar, o‘quv mashg‘ulotlari

2019-yil

martdan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

30.

Diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlash.

Videoroliklar

2019-yil

aprel

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

31.

Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yo‘l harakati qoidalarini buzish, noqonuniy avtopoygalar o‘tkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida “Eng tartibli yosh haydovchi” loyihasini tashkil etish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

4. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

32.

Davlat organlari va tashkilotlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

mart

Adliya vazirligi (R. Davletov)

33.

Davlat organlari va tashkilotlarda jamoatchilik asosida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi huquqiy targ‘ibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonun hujjatlari normalarining xodimlar o‘rtasida tizimli ravishda targ‘ibot qilinishini ta’minlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil

mart

Vazirlik va idoralar

34.

Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy savodxonligi minimal darajasi bo‘yicha talablarni ishlab chiqish hamda ularni ishga qabul qilishda mazkur talablarga muvofiqligi yuzasidan o‘qitish va baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

35.

Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil fevral

Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

36.

Har bir davlat organlari va muassasalarida:

Idoraviy hujjat

2019-yil

Vazirlik va idoralar

“Huquqiy madaniyat oyligi”;

mart

“Odob-axloq oyligi”;

may

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarini tashkil qilish.

dekabr

37.

Davlat organlari va tashkilotlar xodimlari faoliyatida mas’uliyatsizlikning va idoraviy huquqiy nigilizmning namoyon bo‘lishiga imkon yaratadigan omillarni huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish orqali bartaraf etish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

mart

Vazirlik va idoralar

38.

Kadrlarga oid qarorlarning, bo‘sh lavozimlarga kadrlarni tayinlash uchun tanlovlarni rejali asosda o‘tkazishning shaffofligini ta’minlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil

aprel

Vazirlik va idoralar

39.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko‘rsatgan yutuqlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil fevral

Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov)

40.

Davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib qonun hujjatlari mazmunini tushuntirishga qaratilgan “Huquqiy savodxonlik” ruknlarini tashkil etish.

Idoraviy hujjat

2019-yil
may

Vazirlik va idoralar

5. Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

41.

Yoshidan kelib chiqib aholi huquqiy savodxonligining darajasi bo‘yicha minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida fuqarolarning huquqiy bilim darajasini aniqlash va tahlil qilib borish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

fevral

Adliya vazirligi (R. Davletov)

42.

Advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himiyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish (pro bono) tizimini rivojlantirish.

Qonun loyihasi

2019-yil

mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Advokatlar palatasi

(A. Ernazarov)

43.

Qonun hujjatlarini aholiga tezkor ravishda yetkazish, shuningdek, sohaga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish tizimini takomillashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov),
vazirlik va idoralar

44.

Axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlarini yuridik adabiyotlar bilan boyitib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), Matbuot va axb�rot agentligi (K. Allamjonov)

45.

Davlat organlari huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyatini kuchaytirish. Bunda:

Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), vazirlik va idoralar

dolzarb va aholini qiziqtiradigan huquqiy masalalarni aniqlashtirish (uy-joy va yer olish masalalari, ta’lim muassasalariga joylashtirish, aliment, moddiy yordam, migratsiya, kommunal xizmat masalalari);

Tahliliy ma’lumot

Har yarim yilda

tahlillar asosida va qonunchilikdagi sohaga oid yangiliklar bo‘yicha zarur axborot-tahliliy va ko‘rgazmali media materiallarni tayyorl�sh va efirga uzatish.

Telemateriallar

Doimiy

46.

Aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqib, ularni qiziqtirgan huquqiy mavzular bo‘yicha “So‘rov bo‘yicha huquqiy targ‘ibot” loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

47.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda munosib hissa qo‘shgan huquq targ‘ibotchilarining bu boradagi fidoyiligini rag‘batlantirib borish maqsadida “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” va “Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishda eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovlarini o‘tkazish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil

mart

Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), MTRK (A. Xadjayev), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov)

Ko‘rik tanlov o‘tkazish

May

48.

Xalqimizda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash.

Videoroliklar

2019-yil

may

Adliya vazirligi (R. Davletov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

49.

Xalqimizning huquqiy yodgorliklari va huquq yo‘nalishidagi olimlari va arboblari faoliyatini chuqur o‘rganish va ularni keng ommaga targ‘ib qilish.

Risolalar, videoroliklar

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

50.

Aholiga ularning huquq va majburiyatlarini hamda davlat organlari va tashkilotlarning fuqarolar oldidagi majburiyatlarini tushuntirishga, shuningdek, aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy videoroliklarni tayyorlash hamda televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish.

Ijtimoiy videoroliklar

Har oyda kamida bir martadan

Adliya vazirligi (R. Davletov),
MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F. Abduxalikov)

51.

Advokatlik yoki huquqshunos faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy film va seriallar tayyorlash.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil

may

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

Badiiy film, serial

2019-yil

oktyabr

52.

Aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlar hamda teatr spektakllarini yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish.

Qisqa metrajli filmlar
hamda teatr spektakllari

Doimiy ravishda

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

53.

Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi doirasida:

kamida 5 ta ijtimoiy videorolik tayyorlash;

korrupsiya, halollik, to‘g‘rilik, qonunga hurmat, adolat tantanasi mavzularida targ‘ibot materiallari, didaktik materiallar, multiplikatsion filmlar tayyorlash.

Ijtimoiy videorolik,

didaktik materiallar, multiplikatsion filmlar

2019-yil

noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov)

54.

Aholida korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini shakllantirish maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot materiallari (jurnalistik materiallar, blogpostlar, karikaturalar, buklet, flayer, bannyerlar, yumoristik asarlar) megatanlovini o‘tkazish.

Megatanlov

2019-yil

avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

55.

Mehnat migrantlariga turli ijtimoiy-huquqiy masalalar, xusu�an, migratsiya, ishga joylashish, ta’lim olish, boshqa davlatlarning qonun hujjatlari bo‘yicha huquqiy axborotlar olishda tizimli yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oluvchi maxsus axborot saytini ishlab chiqish.

Axborot sayti

2019-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev)

56.

Tashqi mehnat migrantlarini milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarining mazmuni to‘g‘risida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari ko‘magida ijtimoiy reklamalar, Internet veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalardan foydalangan holda xabardor qilib borishning aniq mexanizmini ishlab chiqish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil

iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

57.

Nogironlar (ko‘zi ojiz va kar-soqovlar uchun) va keksa yoshdagi shaxslar uchun foydalanishga qulay bo‘lgan, ularning ijtimoiy himoyasiga oid huquqlariga doir to‘plamlarni tayyorlash va xayriya aksiyalarini o‘tkazgan holda tarqatish.

Kompleks chora- tadbirlar

2019-yil

noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov)

58.

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning kelgusida ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun ko‘mak berish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida masofadan turib ta’lim olish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

dekabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar

59.

Jazoni ijro etish muassasalarida huquqiy bilimlarni o‘rgatish, huquqiy ma’rifat va sudlanganlarni huquqiy tarbiyalash maqsadida “Huquq va men”, “Jinoyat olamidan qaytish” nomli ma’rifiy-huquqiy mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkazish tizimini joriy etish.

Kompleks chora- tadbirlar

2019-yil

oktyabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

60.

Harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida:

Adliya vazirligi (R. Davletov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), vazirlik va idoralar

aniq chora-tadbirlar asosida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining, Temurbeklar maktablari o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini tizimli ravishda oshirib borish, dunyoqarashi va fikrlash doiralarini kengaytirish;

Kompleks chora- tadbirlar

2019-yil

oktyabr

harbiy qismlarda har oyning juma kuni “Huquqiy savodxonlik soati”ni tashkil qilish, unda mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini harbiy xizmatchilarga yetkazish.

Doimiy ravishda

II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish

61.

Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portalini yaratish:

qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi;

barcha milliy huquqiy saytlar;

yuridik lug‘at va huquqiy elektron kutubxona;

maqsadli auditoriyalar (davlat xizmatchilari, pedagoglar va boshqalar) uchun majburiy kurslar (mandatory courses).

Huquqiy portal

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

62.

Turli hayotiy holatlar bo‘yicha huquqiy yechim taklif etiladigan va davlat xizmatlari ko‘rsatish elektron tizimi bilan bog‘lanadigan Advice.uz huquqiy axborot tizimini (“O‘zbekiston huquqiy forumi” saytini) yaratish va ishga tushirish.

Huquqiy axborot tizimi

2019-yil
iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov),
vazirlik va idoralar

63.

Fuqarolarning o‘z huquqiy bilim darajasini sinash maqsadida Internet tizimida turli bosqichlarga ega bo‘lgan “Huquqiy test” loyihasini yaratish.

Test dasturi

2019-yil

mart

Adliya vazirligi (R. Davletov)

64.

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Twitter, Youtube, Mytube.uz va h.k.) davlat organlari va tashkilotlarning kanallarini tashkil qilish va ushbu kanallarda veb-texnologiyalardan keng foydalangan holda soha faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ‘ibot materiallarini joylab borish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

may

Adliya vazirligi (R. Davletov),

vazirlik va idoralar

Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda e’lon qilish uchun materiallarni tayyorlash, joylashtirish va qayta aloqani ta’minlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.

Uslubiy qo‘llanma

2019-yil

avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov)

65.

Internet tizimida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Huquqiy axborot” telegram kanalini tashkil qilish va unda qonun hujjatlari mazmunini qisqacha tahliliy yoritish, shuningdek, aholining huquqiy bilimlarini yuksaltirishga doir huquqiy materiallarn� berib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov)

66.

Mamlakatimiz aholisi ko‘p foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovlar o‘tkazish orqali huquqiy madaniyat va huquqiy ong darajasini tahlil qilish va uning natijasida huquqiy axborotni manzilli yetkazish ishlarini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (R. Ubaydullayeva)

III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish

67.

Huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir teleko‘rsatuvlar ko‘lamini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

fevral

MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi

(R. Davletov)

68.

Ommaviy axborot vositalarining (matbuot, televideniye, radio) huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyatini rag‘batlantirishning huquqiy mexanizmlarini belgilab berish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

sentyabr

Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), MTRK (A. Xadjayev), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

69.

Huquqiy davriy nashrlarni internet tarmog‘iga integratsiya qilish va ularning elektron nusxalari joylab borilishini ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

may

Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov)

70.

Aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy axborot” radio loyihasini tashkil etish va amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

71.

Huquqiy sohani yorituvchi jurnalistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini doimiy oshirib borish tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Takliflar

2019-yil
yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), MTRK (A. Xadjayev)

72.

Qabul qilingan qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri hamda munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-sh�u, bahs-munozara yo‘nalishidagi ko‘rsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil
aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

73.

Aholi o‘rtasidagi dolzarb ijtimoiy-huquqiy muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy ma’rifatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni hamda huquqiy mavzudagi loyihalarni tayyorlash va tarqatish.

Media reja

2019-yil

fevral

Adliya vazirligi (R. Davletov), “O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),

vazirlik va idoralar

74.

Ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini ta’minlash borasidagi rolini kuchaytirish, ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil
mart

Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), MTRK (A. Xadjayev)

75.

Davlat organlari axborot xizmatlarining huquqiy axborotni tarqatishdagi roli va o‘rnini kuchaytirish, shu jumladan, davlat organi nufuziga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy xabarlar bo‘yicha zudlik bilan munosabat bildirib borish mexanizmini yaratish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

yanvar

Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

IV. Yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish

76.

O‘quv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan chambarchas bog‘liqligini ta’minlash, talabalarda tahliliy fikrlashni, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish mahoratini shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy shakllari va uslublari hamda texnologiyalari asosida tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil sentyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)

77.

Yuridik oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot institutlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil

iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

78.

Zamonaviy xorijiy tajriba asosida yuridik sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi innovatsion shakl va institutlarini joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

iyul

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)

79.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida milliy yuridik ta’lim va yuridik fan sohasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga faxriy doktor darajasini berish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

sentyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)

80.

O‘quv jarayoniga klinik yuridik ta’limni tatbiq etish yuzasidan yetakchi xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan keng va unumli foydalanish.

Tarmoqlararo ta’limni kuchaytirish va bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichida “Huquq va Tibbiyot”, “Huquq va Qurilish” kabi mutaxassisliklar ochilishini ta’minlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil

iyul

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

81.

Huquqiy mavzular bo‘yicha ta’lim beruvchi pedagog-o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish

82.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil fevral

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva)

83.

Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib borishni aniq ko‘rsatkichlar asosida o‘rganib borish va baholash.

Monitoring tadbirlari

Doimiy ravishda

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva)

84.

Huquqiy fanlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan rejalarini ishlab chiqish va uning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash.

Tahliliy ma’lumotnoma, takliflar

2019-yil

mart

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

85.

Huquqiy tarbiyaning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil sentyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (�. Shin)

86.

Huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlash ko‘lamini kengaytirish, bunda oiladagi mojaro va zo‘ravonliklar hamda ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilishga alohida e’tibor qaratish.

Tadqiqot ishlanmalari

2019-yil

noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oliy attestatsiya komissiyasi

87.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etishga oid mavzularni muntazam e’lon qilib borish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

iyun

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)

88.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini o‘rganish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va so‘rovlar o‘tkazish.

So‘rovlar, tadqiqot va tahlillar

2019-yil

noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

“Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), vazirlik va idoralar


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi