04.01.2019 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatish sifatini, davlat-xususiy sheriklik asosida soha korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Toshkent shahrining uy-joy kommunal sohasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash sohasidagi bozor mexanizmlarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bozorining jozibadorligini oshirish, shuningdek, narx belgilashning raqobat mexanizmlariga o‘tish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish, shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jalik obyektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar yagona billing tizimini yaratish va iste’molchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobraqamini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019-yilda Toshkent shahrining Yunusobod va Chilonzor tumanlarida ko‘p kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari (keyingi o‘rinlarda boshqaruv kompaniyalari deb ataladi) tomonidan boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 486-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/486/3278-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishning “Yo‘l xarita”si 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tajriba doirasida quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan ko‘p kvartirali uylardagi turar-joylar mulkdorlarining ishonchli shaxslari bilan birgalikda o‘tkaziladigan tanlov asosida tanlab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uy-joy fondining umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash boshqaruv kompaniyasi tomonidan ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari yoki ularning ishonchli shaxslari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish ko‘p kvartirali uydagi turar-joylarning barcha mulkdorlari uchun majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining majburiy badallari va noturar-joylar mulkdorlarining to‘lovlari miqdori ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida tuman xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdordan past bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari shartnomaga muvofiq umumiy foydalanishdagi mulkni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha majburiy badallarni har oy to‘lashi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv kompaniyasi o‘z faoliyatini turar-joylar mulkdorlari oldida hisobdorlik va oshkoralik asosida amalga oshiradi hamda har chorakda hisobot berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv kompaniyasi mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tegishli tashkilotlarga mulkdorlar nomidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati va yetkazib berish masalalari bo‘yicha murojaat etishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyda turar-joylarni sotib oluvchi shaxslar mulkdorlik huquqi yuzaga kelgan vaqtdan boshlab, umumiy mulkni saqlash xarajatlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv kompaniyasi turar-joylar mulkdorlaridan umumiy mulkni saqlash bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan majburiy badallarni belgilangan tartibda undirish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning unga tegishli bo‘lgan turar-joydan foydalanmasligi yoki umumiy mulkdan foydalanishni rad etishi uni majburiy to‘lovlarni to‘liq yoki qisman to‘lashdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-apreliga qadar yong‘in xavfsizligi, shaharsozlik va sanitariya normalarini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, ko‘p kvartirali uyga tutash bo‘lgan yer uchastkalarining o‘lchamlari hamda chegaralari normativlarini belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi 2019-yilning 31-yanvarigacha bo‘lgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun boshqaruv kompaniyasini aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga qo‘yiladigan ko‘p kvartirali uy-joy fondi lotlarining ro‘yxatini aniqlasin va ushbu ro‘yxatni ochiq holda, shu jumladan Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-saytida e’lon qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnoma ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkent shahar hokimligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda ko‘p kvartirali uyni va uning oldidagi uchastkalarni saqlash hamda ulardan foydalanish talablarini uch oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal sohani rivojlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 517-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini banklardagi depozitlarda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasidagi Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini ikki oy muddatda tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv kompaniyalarining buyurtmanomalariga asosan ularni joylashtirish va samarali faoliyat yuritishini tashkil etish uchun binolar yoki belgilangan tartibda qurilish uchun yer uchastkalari ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda tajriba natijalari asosida 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham ushbu tajribani joriy etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boshqaruv kompaniyalarining shartnoma doirasida ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun olingan daromadlari qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘idan ozod etilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toshkent shahar hokimligi tijorat banklari va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda tajriba doirasida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kreditlarini ikki oy muddatda boshqaruv kompaniyalariga qayta rasmiylashtirsin hamda debitorlik qarzlar va kreditlar bo‘yicha qarzlarni belgilangan tartibda o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavkalar bo‘yicha boshqaruv kompaniyalariga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Toshkent shahrining suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish va sanitar tozalash tizimini, zarur hollarda xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, modernizatsiya qilish hamda boshqarishga doir loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish bo‘yicha 2019-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda 2020 — 2022-yillarda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturini 2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tegishli maqolalar, tele va radio dasturlar tayyorlash orqali uy-joy kommunal sohada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida aholi va tadbirkorlar o‘rtasida keng tushuntirish ishlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-yanvardagi 5-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-yanvardagi 5-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITA”si
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ullar

1.

Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda boshqaruv kompaniyasi deb ataladi) aniqlash uchun tanlov o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

Ko‘p kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish hamda boshqaruv kompaniyasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

2019-yil 31-yanvargacha

Toshkent shahar hokimligi

2.

Boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish.

Ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash, foydalanish va saqlash uchun boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish.

2019-yil 31-yanvargacha

Toshkent shahar hokimligi

3.

Ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari tomonidan to‘lanadigan majburiy badallarning eng kam miqdorini tasdiqlash.

Yunusobod tumani xalq deputatlari Kengashining qarori.

2019-yil 31-yanvargacha

Toshkent shahar hokimligi

4.

Ko‘p kvartirali uyni saqlash va undan foydalanish talablarini ishlab chiqish.

Ko‘p kvartirali uyni va uning oldidagi uchastkalarni saqlash hamda ulardan foydalanish talablarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2019-yil 1-aprelgacha

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Toshkent shahar hokimligi, loyiha institutlari

5.

Ko‘p kvartirali uyga tutash bo‘lgan yer uchastkalarining hajmlari va chegaralari normativlarini belgilash.

1. Yong‘in xavfsizligi, shaharsozlik va sanitariya normalarini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, ko‘p kvartirali uyga tutash bo‘lgan yer uchastkalarining hajmlari hamda chegaralari normativlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Ko‘p kvartirali uyga tutash bo‘lgan yer uchastkasini ko‘rsatgan holda, har bir ko‘p kvartirali uyga kadastr hujjatlarini berish.

2019-yil 1-aprelgacha





2019-yil mobaynida

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Davergeodezkadastr, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi

6.

Xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

1. Uy-joy kommunal soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2. O‘quv dasturlari va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish.

3. Uy-joy kommunal soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

2019-yil 20-yanvargacha


2019-yil 1-fevralgacha


doimiy

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’lim markazi

7.

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalarini tanlov asosida tanlash.

1. Tanlovga qo‘yiladigan ko‘p kvartirali uy-joy fondi lotlarining ro‘yxatini aniqlash.

2. Tanlov shartlarini ochiq holda, shu jumladan Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish.

3. Tanlov o‘tkazish va boshqaruv kompaniyalarini tanlash.

2019-yil 31-yanvargacha


2019-yil
31-yanvargacha


2019-yil 15-fevralgacha

Toshkent shahar hokimligi

8.

Ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun shartnoma tuzish.

Boshqaruv kompaniyasi va ko‘p kvartirali uy-joy fondining turar-joylari mulkdorlari yoki ularning ishonchli shaxsi bilan ko‘p kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish
va ta’mirlash uchun shartnoma tuzish.

2019-yil 1-martgacha

Toshkent shahar hokimligi, boshqaruv kompaniyalari

9.

Tuzilgan shartnoma doirasida ko‘p kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

1. Amaldagi shaharsozlik qoidalari va normalariga qat’iy muvofiq holda ishlarni tashkil etish.

2. Bajarilgan ish to‘g‘risida turar-joylar mulkdorlariga muntazam hisobotlar berish.

2019-yil mobaynida

Yunusobod tumani hokimligi, boshqaruv kompaniyalari

10.

Boshqaruv kompaniyalarini binolar va yer uchastkalari bilan ta’minlash.

Boshqaruv kompaniyalarining asoslantirilgan buyurtmanomalari bo‘yicha binolar, inshootlar va yer uchastkalari ajratish.

Boshqaruv kompaniyalarining buyurtmanomalari bo‘yicha

Toshkent shahar hokimligi

11.

Toshkent shahrining suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish va sanitar tozalash tizimini, zarur hollarda xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, modernizatsiya qilish hamda boshqarishga doir loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish.

1. Vazirlar Mahkamasiga kommunal obyektlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida topshirish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga va qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritish.

2. Kommunal tizimning har bir obyektidan texnik foydalanish shartlarini aniqlash.

2019-yil 1-aprelgacha

Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar davlat qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik agentligi, “Suvsoz” DUK, “Toshissiqquvvati” DUK, “Maxsustrans” DUK

12.

Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini yaratish va iste’molchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobraqamini joriy etish.

1. Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq ishlab chiqish.

2. Yagona billing tizimini yaratish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2019-yil 1-aprelgacha

Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi

13.

Kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturini ishlab chiqish.

1. Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun texnik talablar ishlab chiqish va topshiriq belgilash.

2. 2020 — 2022-yillarda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturini 2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-aprelgacha

Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Investitsiyalar davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ.

14.

Uy-joy kommunal sohaga davlat-huquqiy sheriklik joriy qilish to‘g‘risida aholi va tadbirkorlar o‘rtasida soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida keng tushuntirish ishlarini o‘tkazish.

1. Boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish va ularning faoliyati to‘g‘risida tegishli maqolalar, tele, radiodasturlar, roliklar tayyorlash.

2. Toshkent shahar hokimligining veb-saytida boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida ma’lumot joylashtirish.

2019-yil mobaynida

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 09/19/5/2425-son; 12.06.2019-y., 09/19/486/3278-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)