24.12.2018 yildagi PQ-4075-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida tizimli va samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi, shuningdek, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” oliyjanob gʻoyasi asosida tubdan qayta koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida huquq-tartibotni taʼminlash va ushbu yoʻnalishda oʻzaro maqsadli hamkorlikni tashkil etishda joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda jamoatchilik tuzilmalari ishtirokining samarasi pastligida, huquqbuzarliklarning, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning oldini olish, ularga chek qoʻyish, sodir etilganlarini fosh etishda fuqarolik pozitsiyasining sustligida namoyon boʻlayotgan qator kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida oʻrnatilgan mexanizmlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlashda joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda jamoatchilik tuzilmalarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirgan holda safarbar qilish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ularning masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari har kuni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududning sutka davomidagi kriminogen vaziyati bilan shaxsan tanishadi va bunda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarga alohida eʼtibor qaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda sodir etilgan, birinchi navbatda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning sabablari va sharoitlarini oʻrganib, huquqqa xilof harakatlarni keltirib chiqargan omillarni aniqlashtiradi hamda masʼul tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslarning harakatsizligiga nisbatan choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqqa xilof holatlar boʻyicha oʻz vaqtida taʼsir choralarini koʻrish va ularning salbiy oqibatlariga barham berish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalarni jalb qilish hamda ularning hamkorligini tashkil etish borasida taʼsirchan chora-tadbirlarni koʻrib, mazkur yoʻnalishda shaxsiy nazorat oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining majlislarida hisobot davri yakuniga koʻra, jamoat xavfsizligini taʼminlash natijalarining tahlili asosida quyidagilar tanqidiy muhokama qilinadi:
(1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoiy holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli takliflarni ishlab chiqish hamda ularni hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasiga kiritishni belgilangan holda huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning ahvoli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qaroriga asosan 2-band ikkinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularni oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari oʻz vaqtida koʻrilgan hollarda bir vaqtning oʻzida fuqarolar yigʻinlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlariga mehnatga haq toʻlash fondining (pul taʼminotining) 100 foizigacha boʻlgan miqdorda (oʻrnatilgan va toʻlanayotgan qoʻshimcha haq va ustamalardan qatʼi nazar) va boshqa pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibini joriy etish.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qaroriga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi Toshkent shahrining ijobiy tajribasi respublikaning barcha hududlariga tatbiq etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Profilaktika (katta) inspektorlariga “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini kunlik nazorat qilish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmagan holda tegishlicha huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmalari (bundan buyon — jamgʻarmalar) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jamgʻarmalarni shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan tegishliligiga koʻra ularga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha undirilgan (qaysi organ tomonidan undirilishidan qatʼi nazar) maʼmuriy jarimalar mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdordagi pul mablagʻlari;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-253-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 07/24/253/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi hududiy ichki ishlar organlari jamgʻarmalariga tushadigan maʼmuriy jarimalar mablagʻlarining 10 foizi hisobidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jamgʻarmalarning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishlicha ularning oʻrinbosarlari — jamoat xavfsizligi xizmati (huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, boshqarmasi) boshliqlari takliflari asosida qabul qilinadigan qarorlariga muvofiq faqat quyidagilar uchun sarflanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, ularga belgilangan tartibda ustamalarni belgilash, shuningdek, qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish va moliyalashtirish, shartnoma asosida kadrlarni jalb etish;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda amaliy yordam koʻrsatgan fuqarolarni bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash yoki qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrgan ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-253-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 07/24/253/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektorlariga ajratilgan xizmat uy-joylarini kapital taʼmirlash.
(6-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajadagi hududiy ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari hamda profilaktika (katta) inspektorlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti filiallarida (auditoriyalarida) uzluksiz asosda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari (bundan buyon — idoraviy akademik litseylar) direktorlariga tegishliligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari vakolatlari beriladi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy akademik litseylarda oʻz xizmatchilarining shtat birliklari hisobidan xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha direktor oʻrinbosari shahodatlangan lavozimlari joriy etiladi va ularning zimmasiga vazirlik Malaka oshirish instituti filiallari (auditoriyalari) faoliyatini samarali tashkil etish vazifasi yuklatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari idoraviy akademik litseylarga rahbarlik qiladilar hamda ularning negizida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining samarali tashkil etilishiga shaxsan javobgar hisoblanadilar;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga idoraviy akademik litseylar negizida ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni sifatli tashkil etishda amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish vazifasi yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika (katta) inspektorlari lavozimlari, qoida tariqasida, yurisprudensiya sohasida bilim va kasbiy malakaga ega shaxslar orasidan jamlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika (katta) inspektorlari uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida sirtqi taʼlim olishga qabul qilinadigan xodimlar (harbiy xizmatchilar) umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2019-yil 1-yanvardan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududlari jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini taʼminlash uchun quyidagilarga biriktiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga — Andijon, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga — Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Milliy gvardiyasi 2020-yil 1-yanvarga qadar Bosh prokuraturaning Akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tegishlicha Toshkent shahrining Chilonzor va Olmazor tumanlarida jinoyatlarning sodir etilish sabablarini aniqlash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish va diagnostika qilishga jalb qilinishini taʼminlasin hamda faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilarni belgilasin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PQ-5235-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik ahvoli oʻzgarilishini kriminologik prognozlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga uslubiy koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasi zimmasiga respublika hududlariga biriktirilgan davlat organlari rahbarlarining ish natijalarini tizimli monitoring qilish va xolisona baholash hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublikaning barcha hududlarida quyidagi amaliyot bosqichma-bosqich joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda tegishli hududda jinoyatchilikni oʻrganish, uning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ahvolining oʻzgarishini kriminologik prognozlash maqsadida mahallalar kesimida jinoyatlar aks ettirilgan tuman (shahar)larning elektron geoinformatsion xaritalari tuzilishi va tizimli yuritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir davlat organi va tashkiloti faoliyatining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda, xavflarni hamda jinoyatlarning sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha oʻz strategiyalarini ishlab chiqishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda oʻn kun muddatda nodavlat tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish va qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tuman (shahar) hokimlariga ommaviy tadbirlar davomida va jamoat joylarida jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun ichki ishlar organlari xodimlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan jalb qilish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish vakolatini berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Bosh prokuratura va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda qoʻshma qaror bilan fuqarolar yigʻinlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida namuna koʻrsatgan aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish mezonlari va tartibini mazkur qaror talablariga muvofiq belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda respublikaning har bir hududida Toshkent shahri tajribasi asosida “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda respublikaning har bir hududida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida shaxsiy tarkibning kundalik kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etish imkonini beruvchi ichki ishlar organlarining sport bazalarini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi 2019-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtma va talablari asosida ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul boʻlinmalari xodimlari, keyingi navbatda patrul-post xizmati uchun mobil videokameralar hamda maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish elektron tizimi planshetlari xarid qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4075-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Jamoat tartibini saqlash tizimini takomillashtirish

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoat tuzilmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish tartibini belgilash:

jamoat xavfsizligini taʼminlashni muvofiqlashtirish uchun respublika hududlariga biriktirilgan rahbarlarning faoliyati natijalarini tizimli monitoring qilish va baholash mexanizmi;

har oy xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining majlislarida tegishli hududda sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoiy holatlarni tanqidiy muhokama qilish boʻyicha choralar koʻrish.

Respublika komissiyasi qarori

2019-yil

yanvar

Respublika komissiyasi (Yoʻldoshev),

Bosh prokuratura (Murodov),

Milliy gvardiya (Tashmatov),

IIV

(Bobojonov)

2.

Respublikaning har bir mahallasida “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini tashkil etish choralarini koʻrish va unda quyidagi tartibni belgilash:

harbiy xizmatga chaqiriluvchilar, oliy harbiy bilim yurtlari va ichki ishlar organlariga nomzodlar orasidan shakllantirish;

guruhlarga tuman mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari yoki ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan yoʻllanmalar asosida qabul qilish;

guruhlar faoliyatini samarali tashkil etishni tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklash;

guruh aʼzolarini kechki va tungi vaqtlarda belgilangan patrullik yoʻnalishlariga umumiy hisobda 100 soatdan kam boʻlmagan muddatga jalb qilib, buni xizmatga (oʻqishga) hujjatlarni yakuniy qabul qilishning asosi sifatida belgilash.

qoʻshma qaror

2019-yil

yanvar

IIV

(Xatamov),

Mudofaa vazirligi

(Ikramov),

Yoshlar ittifoqi (Kuranbayev),

“Mahalla” jamgʻarmasi (Javlonov)

3.

Quyidagilarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishni yanada takomillashtirish boʻyicha choralarni koʻrish:

nodavlat tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻriqlash faoliyatiga va xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berish;

qoʻriqlanadigan obyektlarda jamoat tartibini taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlik qilish zaruratini inobatga olgan holda, nodavlat tashkilotlarning qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishini litsenziyalash shartlari va talablarini oʻrnatish;

nodavlat tashkilotlarning qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanish tartibini belgilash;

nodavlat qoʻriqlash tashkilotlarini xodimlar bilan toʻldirish, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2019-yil

yanvar

IIV (Nazarmuxamedov),

Bosh prokuratura

(Tadjiyev),

DXX,

Moliya vazirligi

(Kuchkarov)

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtma va talablari asosida ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul boʻlinmalari xodimlari uchun mobil videokameralar hamda maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqishning elektron tizimi planshetlarini xarid qilish choralarini koʻrish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil

yanvar — mart

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi

(Ibadullayev),

IIV

(Ergashev)

5.

Jamoatchilik faolligini oshirish, fuqarolarni jinoyatlarni fosh etishda hamda uni sodir etgan shaxslarning qidiruvida ichki ishlar organlariga koʻmaklashishga jalb qilish va bunda faol ishtirok etgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tartibi va mexanizmlarini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqish, shuningdek, takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni tayyorlash.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil

fevral

IIV (Nazarmuxamedov),

Bosh prokuratura

(Tadjiyev),

DXX,

DBQ (Aripov),

Moliya vazirligi

(Kuchkarov)

6.

Alkogoldan oʻtkir mastlik holatida boʻlib, oʻzining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tugʻdiruvchi shaxslarni vaqtincha izolyatsiyalash va reabilitatsiya qilish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratib, har bir tuman (shahar) sogʻliqni saqlash muassasalarida alohida xonalar ajratish, ularni zarur anjomlar bilan jihozlash va dori vositalari bilan taʼminlash.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil

may

SSV

(Shadmanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi samaradorligini oshirish

7.

Fuqarolar yigʻinlarining raislari va faollarini, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilarini, shuningdek, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining alohida oʻrnak koʻrsatgan aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda:

biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasining pasayishi, ularning oʻz vaqtida oldini olish va chek qoʻyishda ijobiy natijalarga erishganligi uchun har oylik ustama haqi toʻlash mezonlarini;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarining jamoat xavfsizligini taʼminlashni ragʻbatlantirish fondlari mablagʻlarini shakllantirish va maqsadli foydalanish mexanizmlarini belgilash;

biriktirilgan hududda jamoat xavfsizligini taʼminlashda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar yigʻinlari faoliyatini muntazam yoritib borish.

qoʻshma qaror

2019-yil

yanvar

IIV

(Ergashev, Ismailov),

Bosh prokuratura

(Tadjiyev),
Moliya vazirligi

(Xaydarov),

“Mahalla”

jamgʻarmasi

(Javlonov)

8.

Tuman (shahar) hokimlariga quyidagi vakolatlarni berish boʻyicha choralar koʻrish:

jamoat joylari va ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlarini amalga oshirish davrida ichki ishlar organlari xodimlarini jalb qilish boʻyicha mahalliy budjet hisobidan shartnomalar tuzish;

yirik bozorlar, savdo majmualari va boshqa shu kabi obyektlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash sohasida ichki ishlar organlarining xizmatlaridan shartnoma asosida foydalanish boʻyicha faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

yanvar

IIV

(Bobojonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarini profilaktika inspektorlariga koʻmaklashuvchi professional faoliyat sifatida shakllantirish maqsadida:

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimini tugatish hisobiga joriy etiladigan profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish;

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari mehnatiga haq toʻlash mexanizmi hamda ularning vazifa va vakolatlarini belgilash;

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarini tayinlash va ichki ishlar organlari xizmatiga hamda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilishda belgilanadigan imtiyozlarning mezonlarini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqish va belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

fevral

IIV (Xatamov, Ismailov),

“Mahalla” jamgʻarmasi

(Javlonov), Boshprokuratura

(Tadjiyev)

10.

Tegishli hududda jinoyatchilikni oʻrganish, uning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ahvolining oʻzgarishini kriminologik prognozlash mexanizmlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

prokuratura organlarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tuman (shahar)larning mahallalar kesimida jinoyatchilik holati aks ettirilgan elektron geoinformatsion xaritalarini bosqichma-bosqich tuzish va tizimli ravishda yuritish;

har bir davlat organi va tashkiloti tomonidan faoliyatining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda, xavflarni hamda jinoyatlarni sodir etish sabab va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha oʻz strategiyasini (komplayens-kontrol) ishlab chiqish.

qoʻshma qaror

2019-yil

fevral

Bosh prokuratura

(Tadjiyev, Kolenko),

IIV (Nazarmuxamedov, Norgitov)

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining ish natijalarini tanqidiy jihatdan oʻrganish asosida, hududiy ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini tashkil etishda Markazning uslubiy rolini inobatga olgan holda:

respublikadagi har bir tuman (shahar)ning kriminologik prognozini tuzish maqsadida markaz mutaxassislarining joylarga chiqish amaliyotini;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamda Jinoyatlarning sodir etilish sabablarini tizimli tahlil qilish va oʻrganish markazi oʻrtasida hamkorlik mexanizmini oshirish.

2019-yil uchun hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

yanvar

IIV

(Matlyubov),

Bosh prokuratura (Kolenko)

12.

Respublikaning barcha oʻquv muassasalarida tushuntirish-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish bilan bir qatorda, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etishning oqibatlari aks ettirilgan qisqa metrajli hujjatli filmlar va roliklar (shu jumladan tarbiya koloniyalarida olingan lavhalar) tayyorlash hamda namoyish etish.

2019-yil uchun hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

yanvar

IIV

(Adilov, Ismailov),

Milliy gvardiya (Shakirov),

XTV (Shermatov),

OTV (Majidov),
“Mahalla”

jamgʻarmasi (Javlonov)

13.

Ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlar sodir etilishining sabab va sharoitlarini batafsil oʻrganish boʻyicha hamkorlikdagi manzilli choralarni koʻrib:

aholi barcha qatlamlarining ijtimoiy-maishiy muammolarini barvaqt aniqlash va hal etishni inobatga olgan holda ularning oldini olish boʻyicha asoslantirilgan takliflar va uslubiy tavsiyalarni;

shaxslar, birinchi navbatda voyaga yetmaganlar (uyushmagan yoshlar), ishsizlar va ichkilikka ruju qoʻyganlar, shuningdek, notinch oilalar bilan yakka tartibda ishlashning bosqichli rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2019-yil uchun hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

fevral

Xotin-qizlar qoʻmitasi (Narbayeva),

Yoshlar ittifoqi

(Kuranbayev),

“Mahalla” (Javlonov),

“Nuroniy” (Jalilov),

“Oila”

(Tashmuxamedova) jamgʻarmalari

III. Ichki ishlar organlarining kadrlar salohiyatini va ijtimoiy-huquqiy taʼminotini oshirish

14.

Hududiy ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari va ularning oʻrinbosarlarining kundalik xizmat faoliyatidan ajralmagan holda malakasini oshirish tizimini nazarda tutgan holda:

barcha darajadagi hududiy ichki ishlar organlarining barcha toifadagi rahbar xodimlari hamda profilaktika (katta) inspektorlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti filiallarida (auditoriyalarida) uzluksiz asosda boʻlishi tartibini;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari direktorlariga tegishligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari boshliqlarining oʻrinbosarlari vakolatlarini berishni;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining shtat birliklari hisobidan ularda xodimlar malakasini oshirish boʻyicha direktor oʻrinbosari shahodatlangan lavozimlarini joriy etishni;

joylarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini samarali tashkillashtirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari boshliqlarining masʼuliyatini kuchaytirishni;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlarining ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni sifatli tashkil etishda amaliy va uslubiy yordam koʻrsatishdagi rolini oshirishni takomillashtirish.

ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2019-yil

yanvar

IIV

(Xatamov),

Bosh prokuratura (Tadjiyev)

15.

Quyidagilarni inobatga olgan holda ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish:

terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash jarayonida halok boʻlgan yoki jarohat olib nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlarini respublikadagi oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilish tartibini joriy etish;

respublikadagi oliy oʻquv yurtlariga kirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan xodimlarning farzandlariga imtiyozlar (qabul kvotalari) berish;

ichki ishlar organlarining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat burchini bajarishga toʻsqinlik qilganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil

yanvar

IIV

(Xatamov),

OTV

(Madjidov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

16.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda ichki ishlar organlari faoliyatini maʼnaviy-psixologik taʼminlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish:

Oʻzbekiston Respublikasi IIV tizimida maʼnaviy-psixologik taʼminot boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarini tashkil qilish;

ichki ishlar organlari tizimida shartnoma asosida mutaxassis-psixologlarni jalb etish va aholiga pullik xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan psixologik xizmatlar markazlarini tashkil qilish;

xizmatning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari xodimlari orasida suitsidal holatlar va tushkun kayfiyatning oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi maʼnaviy-psixologik tadbirlarning zamonaviy usullarini tatbiq etish;

xodimlarning psixologik portreti hisobini majburiy yuritish tartibini joriy etgan holda, ichki ishlar organlarining qabul va attestatsiya komissiyalari faoliyatida mutaxassis-psixologlarning rolini oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil

fevral

IIV

(Xatamov),

SSV

(Shadmanov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

17.

Joylardagi ichki ishlar organlari xodimlarining kunlik kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik tizimini inobatga olgan holda:

hududiy ichki ishlar organlari xodimlarining kunlik tayyorgarligini tashkillashtirish mexanizmi va tartibini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqish;

respublikaning har bir hududida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida shaxsiy tarkibning kunlik jangovar va jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etish imkonini beruvchi ichki ishlar organlarining sport bazalarini shakllantirishni takomillashtirish choralarini koʻrish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

aprel

IIV

(Xatamov, Ergashev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiyev),

Moliya vazirligi
(Xaydarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Respublika IIV harbiy qismlari va ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibi hamda oliy taʼlim muassasalarining kursantlarini autsorsing shartlarida ovqatlanishini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

iyun

IIV

(Ergashev),

Moliya vazirligi
(Xaydarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasiga jalb qilingan ichki ishlar organlarining erkin yollangan ishchi va xizmatchilarining ish faoliyatini amalga oshirishni nazarda tutgan holda:

Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining kasbiylashtirilgan qismlaridagi alohida lavozimlar uchun umumiy oʻrnatilgan pensiya yoshini qisqartirish;

ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining ishchi va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

sentabr

IIV

(Xatamov),

Moliya vazirligi
(Xaydarov)

20.

Respublikada jamoat xavfsizligini taʼminlash jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritishga yoʻnaltirilgan quyidagilarni qamrab oluvchi kampaniyalarni uyushtirish:

mamlakatda jamoat xavfsizligini taʼminlash jarayonini yorituvchi bosma axborotlar, Internet tarmogʻida maqolalar hamda tele- va radiokoʻrsatuvlar siklini tayyorlash va tashkil etish;

jamoat tartibini taʼminlashda joriy etilgan mexanizmlarni ommalashtirishni taʼminlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

yanvar

OʻzA

(Koʻchimov),

MTRK

(Xadjayev),

IIV

(Xatamov),

Milliy gvardiya (Shakirov),
“Mahalla” jamgʻarmasi

(Javlonov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy munosabatlar predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, mazkur bandlar ijrosi uchun koʻrsatib oʻtilgan eng oxirgi muddat belgilanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 07/18/4075/2370-son; 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 15.07.2024-y., 07/24/253/0507-son; 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)