1-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish | |||
|
1. |
Quyidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish: Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida; Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisida; Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisida; Moddiy madaniy mero� obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida. |
2019-yil 1-fevral |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xodimlarning ish haqini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2019-yil 1-fevral |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
|
3. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish: moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari mansabdor shaxslari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish hamda qonunda belgilangan tartibda sudga yuborish; moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish boʻyicha javobgarlikni kuchaytirish; moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash. |
2019-yil 1-aprel |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalarining faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil 1-aprel |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
|
5. |
Arxeologik tadqiqotlarni olib borgan mutaxassislarga “dala xarajatlari”ni qoplab borish va arxeologik tadqiqotlarga jalb qilingan yollanma ishchilarga ish haqi toʻlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil 1-sentabr |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), |
|
6. |
Tarixiy shaharlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik, yoʻlsozlik va boshqa ishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish hujjatlarini tayyorlashda arxeologik tadqiqotlar olib borish bilan bogʻliq xarajatlarni tegishli loyiha-smeta hujjatlarida inobatga olishni nazarda tutgan holda shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish. |
2019-yil 1-noyabr |
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), |
|
II. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish | |||
|
7. |
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarining alohida muhim tarixiy-madaniy qismlari va badiiy bezaklari saqlanishini ekspertizadan oʻtkazish, ularni toʻliq fotofiksatsiya va identifikatsiyalash. |
2019-2020-yillar |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
|
8. |
Quyidagilarni: arxeologiya ashyolarining davlat katalogini elektron shaklda joriy etish; respublika boʻyicha 50ta eng muhim arxeologiya yodgorliklarining innovatsion texnologiyalar asosida 3D modelini yaratish; soʻnggi 30 yil davomida oʻtkazilgan arxeologiya tadqiqotlari davomida topilgan arxeologiya ashyolarining hujjatlashtirilishi, ishonchli saqlanishi va muhofaza qilinishi holatini malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tekshirish hamda arxeologiya ashyolari davlat katalogiga kiritish. |
2020-yil 1-noyabr |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
|
III. Moddiy madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va targʻibot ishlarini kengaytirish | |||
|
9. |
Oliy taʼlim muassasalarining tarix va arxeologiya taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun malakaviy arxeologik amaliyot oʻtash tizimini joriy etish. |
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), |
|
10. |
Tarixiy shaharlarda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, bu borada kompleks ekspeditsiyalar tashkil etish. Respublikada olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, hamkorlikda ilmiy-amaliy loyihalar tayyorlash, ekspeditsiyalar tashkil etish. |
2019 — 2021-yillar |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), |
|
11. |
18-aprel-Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni arafasida turli tadbirlar va respublika koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish hamda gʻoliblarni munosib taqdirlash. |
har yili, |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
12. |
Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga Oʻzbekiston vakillarini aʼzo boʻlishi va uning Oʻzbekiston milliy qoʻmitasini tashkil etish, har yili 100 nafar faol aʼzosi har birining 50 foizigacha aʼzolik badalini Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash. Umumjahon merosi roʻ�xatiga kiritilgan hududlarning boshqaruv rejasini ishlab chiqish va qabul qilish. |
2019-yil 1-noyabr 2020-yil 1-sentabr |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
|
13. |
YUNESKOning Jahon xotirasi roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondlarida saqlanayotgan alohida qimmatli qadimiy va tarixiy arxiv hujjatlarini tavsiya etish. |
2020-yil 1-mart |
“Oʻzarxiv” agentligi (U. Aʼlamov), |
|
14. |
Madaniy merosni keng targʻib etish maqsadida: “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan har yili maxsus hujjatli filmlar tayyorlash; “Oʻzbekiston moddiy madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari” ensiklopediyasini nashr etish, shu jumladan, uni elektron shaklni yaratish; Internet tarmoqlarida (Wikipedia, Youtube, Facebook, Twitter va boshqalar) moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni, foto va video lavhalarini joylashtirish. |
Reja asosida |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
|
15. |
Quyidagilarni tayyorlash va nashr etish: respublika hududlari kesimida arxeologiya yodgorliklari katalogini; yangi arxeologik kashfiyotlarga asoslangan holda tarixiy shaharlar, arxeologiya merosi obyektlariga bagʻishlangan fundamental monografiyalar va ilmiy-ommabop risolalar; dala tadqiqotlari natijalariga bagʻishlangan “Oʻzbekiston arxeologik tadqiqotlari” davriy toʻplami; Oʻzbekiston arxeologiya xaritasi; arxeologiya yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Oʻzbekiston arxeologiyasi”, “Arxeologik dala qazuv tadqiqot metodikasi” kabi adabiyotlar. |
2019 — 2021-yillar |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), |
|
16. |
Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tayyorlanayotgan “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” xalqaro multimedia loyihasi doirasida: AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Chexiya va Yaponiyadagi toʻplamlar asosida koʻp jildlik kitob-albomlarni nashr qilish; Oʻzbekistoning xorijdagi madaniy merosi haqida hujjatli filmlar yaratish va ularni namoyish etish; xorijiy studiyalar bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning bebaho madaniy merosi, shuningdek Sharq olimlarining jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan hissasi haqida hujjatli filmlar yaratish va ularni xorijiy telekanallar orqali namoyish etish. |
2019 — 2021-yillar |
Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov), |
|
17. |
Moddiy madaniy meros sohasida xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirish maqsadida Madaniyat vazirligining buyurtmanomalariga muvofiq: xorijdan jalb etiladigan mutaxassislarga (ekspertlarga) kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlash; jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlash. |
2019 — 2021-yillar |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
|
IV. Arxeologiya yodgorliklarini asrash va arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash | |||
|
18. |
Quyidagi obyektlarda arxeologiya tadqiqotlarini oʻtkazish: Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Mizdaxkan, Akshaxanqalʼa; Buxoro viloyatidagi Vardonze; Qashqadaryo viloyatidagi Xontepa; Navoiy viloyatidagi Kindik tepa; Samarqand va Navoiy viloyatlarida qoyatosh suratlari tadqiqoti; Samarqand viloyatidagi Kofirqalʼa, Qoʻytepa; Sirdaryo viloyatidagi Eski Xavos; Surxondaryo viloyatidagi Rabot-I, Rabot-II, Eski Termiz, Zartepa, Burguttepa va Budrach; Toshkent viloyatidagi Qoʻlbuloq, Qirqboʻron yodgorliklari. Oʻzbekiston Milliy universiteti tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi Shulluktepa, Qalʼai-Zaxoki Maron yodgorliklarida hamda Samarqand davlat universiteti tomonidan Zarafshon vohasi tosh davri jamoalariga tegishli (Sozogʻon madaniyati yodgorliklari, Chorbaqti mezolit-neolit yodgorliklari) yodgorliklarda arxeologiya tadqiqotlarini olib borish. Oʻrta va Quyi Zarafshon vohasi, Qizilqumda tosh davri, bronza asri yodgorliklari boʻyicha arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirish. |
2019 — 2021-yillar |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), |
|
19. |
Quyidagi arxeologiya yodgorliklarini konservatsiyalash va muzeylashtirish: Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Akshaxan qalʼa; Andijon viloyatidagi Mingtepa va Qoʻshtepa; Buxoro viloyatidagi Poykent; Jizzax viloyatidagi Kaliyatepa; Qashqadaryo viloyatidagi Yerqoʻrgʻon; Navoiy viloyatidagi Nurota qalʼasi; Namangan viloyatidagi Qadimgi Pop; Samarqand shahridagi Afrosiyob; Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa va Kampirtepa; Toshkent viloyatidagi Kanka; Toshkent shahridagi Chilonzor Oqtepasi; Fargʻona viloyatidagi Quva shahristoni; Xorazm viloyatidagi Xumbuztepa. |
2019 — 2021-yillar |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), |
|
20. |
Arxeologiya tadqiqotlari olib borayotgan quyidagi muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan arxeologik topilmalarni saqlash, tadqiq qilish va dastlabki konservatsiya qilish boʻyicha zarur choralar koʻrish: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Fanlar akademiyasi; Arxeologik tadqiqotlar instituti; Qashqadaryo viloyatida arxeologiya-ekspeditsiya bazasini tiklash; Mingtepa (Andijon) arxeologiya ekspeditsiyasi moddiy-texnik bazasini shakllantirish; Fanlar akademiyasining Sanʼatshunoslik instituti; Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi arxeologiya-ekspeditsiya bazasini tiklash; Xalqaro madaniyat karvonsaroyining taʼmirlash laboratoriyasini maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlash. |
2019 — 2021-yillar |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), |
|
21. |
Arxeologiya tadqiqotlarini olib borayotgan muassasalar tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda arxeologik ashyolarni (sopol buyumlar, bronza va temirdan ishlangan predmetlar, matolar, suyak qurollarni) konservatsiyalash va tiklash. |
2019 — 2021-yillar |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), |
2-ILOVA