O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrug‘i
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 18-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2921-1]
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 2921, 2017-yil 28-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 935-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D. NABIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-noyabr,
26-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 26-mx-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 369-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning “g” kichik bandida:
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “va” degan so‘z “yoki” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “3 nafar milliy toifali sport hakami” degan so‘zlar “2 nafar xalqaro toifali yoki 2 nafar milliy toifali sport hakami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 14, 20 va 28-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 15-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 21-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 30-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari” hamda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar tegishlicha “sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari” va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari” degan so‘zlar “sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari” degan so‘zlar almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar almashtirilsin.
8. Mazkur o‘zgartirishlar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
2018-yil 29-noyabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 29-noyabr
O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2018-yil 29-noyabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son)