Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2024 13.12.2018 yildagi 1009-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 20-oktabrdagi PQ-3980-son qarori ijrosini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchilaridan undiriladigan bir martalik toʻlov miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat, rus tili va boshqa chet tillarida batafsil maʼlumot olish imkoniyatini beradigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat-xususiy sheriklikning yagona axborot portalini uch oy muddatda ishlab chiqsin hamda ishga tushirsin, barcha manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning davlat-xususiy sheriklik sohasida oʻtkaziladigan tanlovlar, amalga oshiriladigan loyihalar, koʻrsatiladigan xizmatlar xaqida portalda joylashtiriladigan axborotdan erkin foydalanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlikka uchta, jumladan, ikkita shaxsiy biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1009-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-dekabrdagi 1009-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 30 nafar. (direktor maslahatchisidan tashqari), yordamchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-dekabrdagi 1009-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, masʼuliyatini va faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida davlat-xususiy sheriklik masalalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna hisob raqamlariga va bank hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va Agentlik nomi yozilgan blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlikning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgani — DXSH agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Public-private partnership development agency under Ministry of finance of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgani — PPP development agency;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Agentstvo po razvitiyu gosudarstvenno-chastnogo partnerstva pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgani — Agentstvo GCHP.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, loyihalar toʻgʻrisidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama koʻmaklashish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, shu jumladan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, loyihalarga jalb qilingan budjet tizimi mablagʻlaridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini va loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha strategik vazifalarni aniq bilish va amaliy yechimlarni ishlab chiqish asosida iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, shakllantirish va kelishishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun maslahatchilarni jalb qilishda, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy resurslarni topishda davlat sheriklariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish uchun istiqbolli tarmoqlarni va ustuvor yoʻnalishlarni tizimli tahlil qiladi hamda natijalari boʻyicha davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqiladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish va amalga oshirish mexanizmlari boʻyicha uslubiy asoslar, nortmativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va tavsiyalarni, davlat-xususiy sheriklik sohasida hamkorlik shakllarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonlarini uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va birxillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tanlov hujjatlari, shuningdek, bitimlar loyihalarini tahlil qiladi va kelishadi;
(9-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi shartnomalar, hamkorlik qilish shakllari hamda shartlarini ishlab chiqish va tayyorlashga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor sohalar va tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik loyihalarining namunaviy shartnomalari, bitimlari va namunaviy tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, loyihalar toʻgʻrisidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat sheriklari va xususiy sektor, xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiradi va qoʻllab quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi amalga oshiriladigan, shuningdek, ustuvor va istiqbolli loyihalarning muntazam yangilanadigan maʼlumotlar bazasi hamda reyestri tashkil etilishini va yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik va respublikaning ushbu sohadagi salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tezkor olish imkonini beradigan dasturiy mahsulotlar hamda axborot tizimlarini yaratadi va joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda texnik hamda boshqa tomondan koʻmaklashishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasiga jalb etilgan davlat sheriklari va boshqa masʼul davlat organlarining maʼlumotlar bazalari bilan elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasida amalga oshirilayotgan, ustuvor va istiqbolli loyihalar haqidagi maʼlumotlarning ochiq holda joylashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarga koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalar uchun hujjatlar paketini tayyorlash, xususiy sheriklar bilan muzokaralar oʻtkazish va bitimlar tuzishda davlat sheriklariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun maslahatchilarni jalb qilishda davlat sheriklariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshiradigan davlat sheriklariga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, moliyalashtirish va davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan boshqa masalalarni hal etishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, rahbarlar va mutaxassislarning, jumladan, idoraviy mansub tuzilmalarda faoliyat shakllari va uslublarini takomillashtirish, yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun ularning masʼuliyatini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seminarlar, sessiyalar, taqdimotlar, davra suhbatlarini tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik masalalarida davlat sheriklari mutaxassislarining malakasini, jumladan, xorijda oshirishni tashkil etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida reklama-axborot hamda tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik, davlat organlari, xususiy sektor va xalqaro moliya institutlarini Oʻzbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik qanday rivojlantirilayotgani haqida keng xabardor qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar, jamgʻarmalar, agentliklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ularni davlat-xususiy sheriklik sohasida respublika uchun strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish boʻyicha takliflar, istiqbolli hamda joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi innovatsion va yuqori texnologiyali loyihalarni tahlil qiladi va tahlil asosida davlat-xususiy sheriklik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida yangi, istiqbolli loyihalarni shakllantirishga doir takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ishlarida, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish muammolariga bagʻishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama koʻmaklashish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, shu jumladan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini koʻrib chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar va sharhlar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarning salohiyatli ishtirokchilarining takliflari, shu jumladan loyhalarni moliyalashtirish mexanizmlari boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash maqsadida doimiy asosda tahlil oʻtkazadi va natijalari boʻyicha ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga har tomonlama koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga doir zarur harakatlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byurokratizm, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish muddatlarini choʻzish holatlarini aniqlaydi va bartaraf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan loyihalarga jalb qilingan budjet tizimi mablagʻlaridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va ular doirasida mablagʻlar oʻzlashtirilishini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik sohasidagi dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalarni muntazam monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarmoqlarda ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olingan holda, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari mutaxassislari, shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bilan bogʻliq jarayonlarni tahlil qiladi, bunday sheriklikni tashkil etishning xususiy sektor uchun oshkoralik va jozibadorlikni taʼminlaydigan yangi shakllari hamda uslublarini joriy etish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan normalarni takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida budjet mablagʻlari va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanish monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa va oʻrta muddatli istiqbolda budjetdan mablagʻ ajratish uchun davlat-xususiy sheriklik sohasidagi ustuvor loyihalarning prognoz parametrlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi, texnik-iqtisodiy hamda moliyaviy koʻrsatkichlarning bajarilish holati haqida axborot soʻrash hamda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan hujjatlar, statistika maʼlumotlari, tahliliy materiallar, xulosalar hamda boshqa axborotni soʻrash hamda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining davlat sheriklari va ishtirokchilaridan davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida budjet mablagʻlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlaridan maqsadli foydalanish haqidagi axborotni belgilangan tartibda olish, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik mutaxassislari va maslahatchilarini xorijiy davlatlarga belgilangan tartibda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikda ishlash uchun belgilangan tartibda jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting va auditorlik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, muzokaralar oʻtkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb qilish masadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlik oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasida mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazlari tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi yagona davlat siyosatining sifatli va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari tayyorlanishi va amalga oshirilishini uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun masʼul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Direktor Agentlik ishlarini tashkil etishni va faoliyatiga umumiy rahbarlikni taʼminlaydi, shuningdek, uning faoliyati sifati va yakuniy natijasi uchun masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik davlat-xususiy sheriklik masalalarida oʻzining vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Agentlik rahbariyatining asosiy funksional majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlarida Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan Agentlik mansabdor shaxslarining vakolatlarini aniqlash va ularning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va mansabdor shaxslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni tashkil etishning amaliy tizimini yaratish va monitoringini yuritish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Agentlikning qonun loyihalari boʻyicha faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi Reglamenti deb ataladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) talablariga qatʼiy muvofiq ravishda faoliyat koʻrsatish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka taqdim etilgan takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularning moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa xil ekspertizadan puxta oʻtkazilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining Reglamentida va Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (vizalanishini) taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga toʻliq muvofiq holda Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, elektron hujjat aylanish tizimini keng joriy qilish va undan samarali foydalanish, yuridik va jismoniy shaxslardan tushadigan murojaatlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish ishlarining nazoratini hamda muvofiqlashtirilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga taalluqli shartnomalarni va Oʻzbekiston Respublikasining vakili sifatida Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro xususiyatga ega shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish hamda imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda hal etish, Agentlikning alohida namuna koʻrsatgan xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning bundan buyon egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli masalalarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qarorlarining, direktor buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifa va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tarkibiy boʻlinmalariga kadrlarni tanlash va tayinlash jarayonida direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, keyinchalik koʻrib chiqish uchun Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ularga viza qoʻyish, ularni Agentlik rahbariyati tomonidan imzolash (viza qoʻyish), ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qatʼiy ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikga taqdim etilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vakolati doirasida toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga toʻliq muvofiq holda xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini yigʻilishlarda eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari tomonidan xodimlarning axloq-odob qoidalari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va amaliy koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik faoliyati uning samaradorligi va natijadorligi boʻyicha muntazam baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vaziri tasdiqlaydigan Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va amaliy koʻrsatkichlari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga koʻra quyidagi choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy javobgarlikning tegishli choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbarlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari, moliya institutlari hamda boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan DXSH loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan anjumanlar, seminarlar, treninglar hisobidan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yoki xususiy sheriklar tomonidan toʻlab beriladigan toʻlovlar, basharti DXSH toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari depozitiga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qaroriga asosan beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun kelib tushgan mablagʻlar quyidagi xarajatlarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat va xususiy sheriklar hamkorligini rivojlantirish boʻyicha tarmoq dasturlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihalari boʻyicha konsepsiya, loyihani baholash hujjatlari, uslubiy qoʻllanma, jurnal, reklama va roliklarni ishlab chiqish;
(221-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting va auditorlik xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va xorijda DXSH loyihalari boʻyicha konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar, seminarlar, “davra suhbat”larini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, Agentlik xodimlarining xizmat safarlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa harajatlar.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorida belgilangan normalar Agentlikning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishida tatbiq etilmaydi.
(222-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlik xodimlarining ish haqi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, ustama va qoʻshimcha haqdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlik xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq moddiy ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agentlikning jalb etilgan xodimlari, ekspertlari va maslahatchilari Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari xizmatlariga tuzilgan kontraktlarga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy valyutada haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun kontrakt asosida jalb qilingan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdori umumeʼtirof etilgan xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tasdiqlaydigan tartibga muvofiq koʻp yillik xizmatlari uchun har oylik ustamalar toʻlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Agentlik xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, egallab turgan asosiy lavozimi boʻyicha Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobidan lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar hamda ragʻbatlantiruvchi boshqa toʻlovlar belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarining lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) belgilangan tartibda shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-dekabrdagi 1009-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchilaridan undiriladigan bir martalik toʻlov miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat-xususiy sheriklik loyihasining qiymati

Bir martalik toʻlov miqdori

(foizda)

1.

Umumiy qiymati 1 mln AQSh dollaridan 10 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun

0,2%

2.

Umumiy qiymati 10 mln AQSh dollaridan 100 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun

0,1%

3.

Umumiy qiymati 100 mln AQSh dollaridan 1 mlrd AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun

0,05%

4.

Umumiy qiymati 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq boʻlgan loyihalar uchun

0,02%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchisi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq bir martalik toʻlovlar undiriladi. Umumiy qiymati 1 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun bir martalik toʻlovni undirish tatbiq etilmaydi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2018-y., 09/18/1009/2316-son; 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)