Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.10.2019 07.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1933-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.10.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1933-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 17-oktabrdagi 479-mh-sonli ““Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1933-2, 17.10.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-son “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 31-martdagi 85-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1933, 2009-yil 31-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
545-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 545-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Guvohnomalar blankalarining kirimi va chiqimi 2-ilovaga muvofiq shakllarda hisobga olish daftarlarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish daftarlari tikilgan, ularning varaqlari raqamlangan, adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi hamda yonmaydigan yoki maxsus jihozlangan shkaflarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftari 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda yuritiladi. Bunda rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftaridagi tegishli buyruqlarning rekvizitlarida buyruqning sanasi va raqami ko‘rsatilishi kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 13-band uchinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Guvohnoma talabgor yoki advokatga guvohnoma olganligi to‘g‘risida tilxat orqali beriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 14-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Advokatning ixtisosligi o‘zgarganda, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan keyingi o‘rinlarda litsenziya deb yuritiladi) qayta rasmiylashtirilganda yoki dublikati berilganda advokat litsenziyani (litsenziya dublikatini) olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida guvohnoma bergan adliya organiga litsenziyaning (litsenziya dublikatining) nusxasini va so‘nggi 12 oy mobaynida tushgan 3 x 4 sm o‘lchamdagi rangli fotosuratidan 2 donasini ilova qilgan holda yangi guvohnoma berish to‘g‘risida ariza taqdim etishi shart.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Advokat maqomini to‘xtatib turish Qonunda nazarda tutilgan hollarda malaka komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi. Ushbu qaror asosida tegishli adliya organi rahbarining advokat maqomini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi buyrug‘i rasmiylashtiriladi, bu esa, guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib keladi. Agar advokat maqomini to‘xtatib turish litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish oqibati bo‘lsa, buyruqda bir vaqtning o‘zida litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini to‘xtatib turish ko‘rsatiladi. Malaka komissiyasining advokatlik maqomini to‘xtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran advokat maqomi to‘xtatilgan hisoblanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 19-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokat maqomi to‘xtatib turilgan shaxs mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tishiga kamida o‘n kun oldin tegishli malaka komissiyasiga advokat maqomini tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Malaka komissiyasi ko‘rsatilgan muddatda arizani ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka komissiyasining advokat maqomini tiklash haqidagi qarori asosida adliya organi rahbarining advokat maqomini tiklash va guvohnomani qaytarish to‘g‘risidagi buyrug‘i rasmiylashtiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“191. Advokat maqomi Qonunda nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatilishi munosabati bilan tugatiladi. Advokat maqomini tugatish to‘g‘risida adliya organi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Amal qilishi tugatilgan guvohnomalar, shuningdek mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda o‘rniga yangi guvohnomalar berilgan guvohnomalar adliya organlari tomonidan yo‘q qilinishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishi kerak. Mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan guvohnomalar ham shunday tartibda yo‘q qilinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Reyestrlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 26-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27. Adliya organining rahbari buyruq bilan reyestr yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 28-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ruxsat berilgan ixtisoslik turlari;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilari tegishlicha beshinchi — o‘n birinchi xatboshilari deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 30-banddagi “reyestrning 1 — 5-ustunlariga” degan so‘zlar “reyestrning 1 — 6-ustunlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31. Reyestrning 2 — 5-ustunlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgarishi munosabati bilan yangi guvohnoma berilganda, ana shu o‘zgarishlar reyestrda navbatdagi reyestr raqami ostidagi yangi qatorga o‘zgartirilgan tegishli ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan aks ettiriladi. Bunda birlamchi qatorning (ya’ni xuddi ana shu advokat to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan qatorning) 11-ustuniga yangi qatorning reyestr raqamiga havola qilingan holda tegishli ma’lumotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida belgilar kiritiladi, yangi qatorning 11-ustunida esa, birlamchi qatorning reyestr raqamiga havola qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol. Reyestrning 3-reyestr raqami ostiga (1 — 6-ustunlarga) “HUQUQ” advokatlar hay’atida ishlovchi advokat B.S. Normatov to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan. U boshqa advokatlik tuzilmasi — “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan. Bu vaqtga kelib, reyestr raqamining oxirgisi 76 bo‘lgan. Ko‘rsatilgan o‘zgarishlar reyestrda quyidagicha qayd etiladi. 77-reyestr raqami ostidagi qatorda 1 — 5-ustunlar to‘ldiriladi, bunda 5-ustunda yangi advokatlik tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Xuddi shu qatorning 11-ustunida quyidagilar yozib qo‘yiladi “3-reyestr raqamiga qarang”. 3-reyestr raqamining 11-ustuniga quyidagilar yozib qo‘yiladi “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan, 77-reyestr raqamiga qarang”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Avval boshqa adliya organi tomonidan guvohnoma berilgan, ya’ni boshqa hudud bo‘yicha reyestrda turgan advokatga yangi guvohnoma berilganda yangi guvohnomani berayotgan adliya organi reyestrning 1 — 5 va 11-ustunlariga tegishli belgilar kiritadi. Bunda 11-ustunda boshqa adliya organi tomonidan advokat maqomi berilganligi va uning berilgan sanasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda adliya organi o‘zi avval bergan guvohnomani olgach (mazkur Nizom 13-bandining ikkinchi xatboshisi), reyestrning 12-ustunida asos sifatida advokat tegishli hudud bo‘yicha reyestrga kiritilganligini va kiritish sanasini ko‘rsatgan holda advokatning reyestrdan chiqarilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro T.K. Ibrohimovga advokat maqomi berilganligi munosabati bilan unga 2009-yil 29-mayda guvohnoma berilgan va u tegishli reyestrga kiritilgan. Keyinchalik esa, T.K. Ibrohimov Samarqand viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan advokatlik tuzilmasiga kirgan va unga 2009-yil 11-sentabrda yangi guvohnoma berilgan. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati adliya boshqarmasi avval Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan advokat T.K. Ibrohimovga berilgan guvohnomani Buxoro viloyati adliya boshqarmasiga yuborgan. Mazkur o‘zgarishlar Samarqand va Buxoro viloyatlarining reyestrlarida quyidagi tarzda aks ettiriladi. Samarqand viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 1 — 5-ustunlarini to‘ldiradi, 11-ustunga esa, quyidagilarni yozib qo‘yadi: “Advokat maqomi 2009-yil 29-mayda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan berilgan”. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 12-ustuniga quyidagilarni yozib qo‘yadi: “2009-yil 11-sentabrda Samarqand viloyati bo‘yicha reyestrga kiritilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarilgan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 33-banddagi “reyestrning 10-ustuniga” degan so‘zlar “reyestrning 11-ustuniga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“34. Advokat maqomi tugatilganida mazkur Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda reyestrning 12-ustuniga 10-ustunga havola qilgan holda advokat reyestrdan chiqarilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Masalan, “Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarildi, 10-ustunga qarang”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“36. Advokatlarning yig‘ma davlat reyestri (bundan keyingi o‘rinlarda Yig‘ma reyestr deb yuritiladi) reyestrlar asosida elektron shaklda yuritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 37-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“38. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri buyruq bilan rasmiylashtirgan holda Yig‘ma reyestrni yuritish uchun mas’ul shaxsni belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 40-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 1-ilovaning oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya raqami: _____ 20___ “___” ___________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisosligi: ________________; ________________”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 3-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 4-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi raisi A. Ernazarov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RASMIYLAShTIRILGAN ADVOKATLIK GUVOHNOMALARI BERIShNI HISOBGA OLISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎________________________________________________________________
‎(adliya organining nomi) ‎‎


Tartib raqami —guvohnomaning raqami‎‏

Advokatning F.I.O.‎‏

Litsenziyaning raqami va berilgan sanasi

Ruxsat berilgan ixtisoslik

Advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili)‎‏

Advokatlik guvohnomasining berilgan sanasi

‎‎Quyidagi munosabat bilan guvohnomani berish to‘g‘risidagi

buyruqning rekvizitlari:

Advokat maqomini berish

Advokatlik tuzilmasini tuzish yoki boshqa advokatlik tuzilmasiga kirish

Ixtisoslikni o‘zgarishi

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish

Guvohnomani yo‘qotish yoki yaroqsiz holga kelishi‎

1‎

2‎

3

4‎

5

6

7

8

9

10

11

‎‎davomi

Advokat maqomi to‘xtatib turilganligi to‘g‘risidagi buyruqning rekvizitlari

Advokat maqomi to‘xtatib turilganligi munosabati bilan guvohnoma olib qo‘yilgan sana‎‎

Advokat maqomini tiklanganligi to‘g‘risidagi buyruqning rekvizitlari‎‎

Advokat maqomi to‘xtatib turilganda olib qo‘yilgan guvohnomaning qaytarilgan sanasi

Advokat maqomi tugatilganligi to‘g‘risidagi buyruqning rekvizitlari‎‎

Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan guvohnomaning olib qo‘yilgan sanasi‎‎

Guvohnoma yo‘q qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sana, asos va boshqa shu kabilar)‎‎

12

13

14

15‎

16

17‎

18

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎___________________________________________________ bo‘yicha

‎(hududning nomi)

‎ADVOKATLARNING DAVLAT REESTRI


Reyestr raqami‎‏

Advokatning F.I.O.‏

Litsenziyaning raqami va berilgan sanasi

Ruxsat berilgan ixtisoslik

Advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili)‎‏

Advokat maqomini berish to‘g‘risidagi buyruqning rekvizitlari‎‎

‎‎Advokat maqomini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi buyruqning rekvizitlari

litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda‎

litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish bilan bog‘liq bo‘lgan holda‎

1‎

2‎

3‎

4

5‎

6‎

7

8

‎‎

‎‎

‎‎

davomi‎‎‎

‎‎‎‎Advokat maqomi tiklanganligi to‘g‘risidagi buyruqning rekvizitlari

Advokat maqomi tugatilganligi to‘g‘risidagi buyruqning rekvizitlari‎‎

Qo‘shimcha ma’lumotlar‎‎

Reyestrdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar‎‎

9

10

11‎

12‎

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)