25.04.1996 yildagi 161-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 26-martdagi PF-1414-son Farmoniga muvofiq hamda investorlarni va aholini qimmatli qog‘ozlar bozori ahvoli va uning qatnashchilari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Agentlikning mintaqaviy axborot-maslahat markazining 3-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmasi yuzasidan takliflariga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 26-martdagi PF-1414-son Farmonining 4-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Agentlikka bir yo‘la beg‘araz yordam sifatida o‘tkaziladigan 20 mln. so‘m Agentlik tomonidan ustav faoliyatini amalga oshirishga va moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo‘naltirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.