Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
(buyruqning nomi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3094]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShIN
Toshkent sh.,
2018-yil 21-noyabr,
2-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Namunaviy nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
2. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash tashkilotni boshqarishda strategik organ hisoblanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi (bundan buyon matnda hududiy boʻlim deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorini saylash;
tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek tashkilotning Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-bob. Kengashning vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududiy boʻlim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablagʻlaridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlangʻich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;
tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;
tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash boʻyicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam koʻrsatish;
tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yoʻnalishlarni belgilash boʻyicha taʼlim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy boʻlimga takliflar kiritish;
tashkilotning xodimlarini ragʻbatlantirish boʻyicha hududiy boʻlimga takliflar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.
(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tashkilotda bolalarning sifatli taʼlim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda taʼlim-tarbiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkilot direktoriga koʻmaklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kengash 11 kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot maʼmuriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy boʻlimdan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar, aʼzo kiritiladi.
Kengash aʼzolarining soni cheklanmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrinini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot maʼmuriyati, hududiy boʻlim xodimlari orasidan shakllantiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
9. Kengashning birinchi yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash aʼzosi hisoblangan ota-onalar orasidan saylanadi.
10. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har oʻquv yili boshida koʻrib chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Kengash aʼzolarining saylashda tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (ulardan biri) ishtirok etishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Kengash aʼzolari tashkilot tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yigʻilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Kengash aʼzosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari tashkilotda tarbiyalanuvchilar qatoridan chiqarilganda, kengashning ushbu aʼzosi kengash aʼzolari qatoridan chiqariladi va uning oʻrniga ota-onalar orasidan boshqa aʼzo saylanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tashkilot maʼmuriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylanadi va tashkilot pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Kengash aʼzoligiga hududiy boʻlim vakili tegishli hududiy boʻlim boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tashkilotning direktori yoki uning oʻrinbosarlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari Kengash aʼzolari sifatida saylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
17. Kengash aʼzosi Kengashning yigʻilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash aʼzolari tarkibidan chiqariladi.
4-bob. Kengash yigʻilishlarini tashkil qilish va oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
18. Kengashning birinchi yigʻilishi tashkilot direktori tomonidan tashkillashtiriladi va oʻtkaziladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
19. Kengash har chorakda kamida bir marta yigʻiladi.
20. Kengash yigʻilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
21. Kengash yigʻilishida uning umumiy aʼzolaridan 60 foizi ishtirok etganda Kengash qaror qabul qilishi mumkin.
22. Kengash oʻz faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflilik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq amalga oshiradi.
23. Kengash qarorlari aʼzolarning teng huquqliligi asosida oddiy koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
24. Kengash yigʻilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Kengash raisi oʻz vakolatini vaqtincha bajarish imkoniyati boʻlmagan hollarda (xizmat safari, taʼtil va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash aʼzolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi. Bunda, tashkilot va hududiy boʻlim xodimlariga yuklatilishi mumkin emas.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Kengash yigʻilishida tashkilot direktori yoki uning oʻrinbosarlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
27. Kengash yigʻilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirishi va oʻtkazilishi hamda hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi masʼul hisoblanadi.
28. Kengash yigʻilishi oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin yigʻilish oʻtkaziladigan kun, vaqti, joyi va muhokama etiladigan masalalar haqida Kengash aʼzolari xabardor qilinishi lozim. Kengash aʼzolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tashkilot rahbari Kengash yigʻilishlarini oʻtkazish va uning ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur boʻlgan xona, tashkilot faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar va kanselyariya jihozlari) uchun masʼul hisoblanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Kengashning faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni har chorakda tashkilotning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki tashkilotning barcha koʻrishi mumkin boʻlgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Kengash yigʻilishlari oʻtkazilganligi haqidagi bayonnomalar Kengash yigʻilishi oʻtkazilgan kundan boshlab 3 kundan koʻp boʻlmagan muddatda hududiy boʻlimga taqdim etilishi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
5-bob. Kengashning huquq va vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
32. Kengash oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati boʻyicha tashkilot direktoridan maʼlumotlar soʻrash va olish;
tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
homiylik va xayriya mablagʻlarining kirim qilinishi va sarflanishi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish;
tashkilot pedagog xodimlarining shaʼni, qadr-qimmati, obroʻsini himoya qilish boʻyicha takliflar kiritish.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
33. Kengashning faoliyatiga tashkilot direktori, hududiy boʻlim, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilotda tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan tashkilot direktori, Kengash aʼzolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablagʻlarini yigʻish qatʼiyan taqiqlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3094-1, 11.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
36. Kengash raisi, kotibi va aʼzolari jamoatchilik asosida amalga oshiradigan kuzatuv kengashidagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
37. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 21-noyabr,
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
2018-yil 21-noyabr,
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 10/18/3094/2265-son; 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)