Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, fermer xo‘jaligi Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritilgan kundan boshlab ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi maqomiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentiga va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-noyabr,

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-noyabrdagi 972-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) fermer xo‘jaliklarini Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritish, reyestrdan chiqarish, reyestrga o‘zgartirish kiritish va reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat usulida ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari elektron ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan fermer xo‘jaligi rahbari yoki vakilining (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ixtiyoriy murojaatiga asosan bepul ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari va ular tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat usulida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish haqidagi ma’lumotlarning yagona elektron bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi fermer xo‘jaliklarining holati va salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli jamlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklarining qonunchilik hujjatlarida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari uchun belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar monitoringini yuritish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab turgan o‘z xususiy vositalarning asosiy ro‘yxati nusxasi (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat usulida ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari amalga oshirilishini tasdiqlovchi (fermer xo‘jaligi tomonidan tasdiqlangan) shartnomalar va hisob-fakturalar nusxasi (bajarilgan ishlar dalolatnomasi va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi hisobot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakil orqali murojaat qilinganda vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma so‘rovnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (Mobile-ID tizimi, elektron imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Reyestr Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reyestr ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari Reyestrga kiritilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida shunday o‘zgarishlarni asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda yetti ish kunidan kechiktirmasdan, ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ so‘rovnomani ushbu Reglamentning 17-bandida belgilangan muddatda ko‘rib chiqadi va kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fermer xo‘jaligini Reyestrga kiritish yoki uni Reyestrdan chiqarish sanasi deb vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilingan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fermer xo‘jaligi tomonidan tayyorlangan hujjatlarning nusxalari fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan lavozimi va imzolangan sana ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarga tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaligi qonunchilik hujjatlarida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmaganda (fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq ilova qilinmaganda (fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘rovnomaga ilova qilingan hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish rad etilganda vakolatli organ aniq sabablarni, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin besh ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng berilgan so‘rovnoma yangidan berilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi tomonidan Reyestrga kiritmaslikka asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilganda, hujjatlarni qabul qilishda takroran rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi tomonidan Reyestrga kiritish uchun taqdim qilingan hujjatlar qanday qaror qabul qilinishidan qat’i nazar, vakolatli organ arxivida o‘n besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli organ uch ish kuni mobaynida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar ushbu Reglamentga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bu haqida qabul qilingan qaror asosida fermer xo‘jaligini Reyestrga kiritadi hamda ushbu Reglamentga 4-ilovadagi ma’lumotnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat xizmatlari markazi o‘n daqiqa mobaynida xizmat natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi xizmat natijasini elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari quyidagi holatlarda Reyestrdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrdan ixtiyoriy chiqarish to‘g‘risida ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va o‘zgartirish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda ariza beruvchi ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan fermer xo‘jaligi tugatilganligi yoki qayta tashkil etilganligi to‘g‘risida vakolatli organga kompozit tarzda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ushbu Reglamentning 19-bandiga asosan kelib tushgan arizaga (xabarnoma) muvofiq vakolatli organ qaroriga asosan bir ish kunida Reyestrdan chiqariladi va bu haqida Reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi hamda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi Reyestrdan chiqarilgan kundan boshlab ushbu fermer xo‘jaligining ko‘p tarmoqli fermer xo‘jalik maqomi tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchi fermer xo‘jaligi Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ avtomatik tarzda ushbu Reglamentga 4-ilovadagi ma’lumotnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumot taqdim etilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatli organ Reyestrni yuritishda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro axborot almashinuvi bepul asosda, ularga Reyestrga kirish huquqini berish (zarurat bo‘lganda) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Reglament talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchilar
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
O‘z xohishiga ko‘ra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Markaz xodimi so‘rovnomani to‘ldirib, vakolatli organga yuboradi.
1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. YIDXP
2. To‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
1. Fermer xo‘jaligini Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritadi (Reyestrga o‘zgartirish kiritadi) yoki Reyestrga kiritishni rad etadi.
1. 3 ish kunida
2. Fermer xo‘jaligini Reyestrdan chiqaradi.
2. 1 ish kunida
3. Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim etadi.
3. Avtomatik tarzda
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ariza beruvchiga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida
2. YIDXP
2. YIDXP Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ariza beruvchiga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnoma yuboriladi.
2. Avtomatik tarzda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida ma’lumot:
1. Tashkilot nomi:
2. Joylashgan joyi (pochta manzili):
3. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR):
4. Kadastr raqami:
5. Korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (KTUT):
6. Telefon raqami:
II. Fermer xo‘jaligi rahbari (vakili):
1. F.I.O.:
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
III. So‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
a) fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritish uchun:
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ishlab turgan o‘z xususiy vositalarning asosiy ro‘yxati nusxasi (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar);
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha faoliyat, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari amalga oshirilishini tasdiqlovchi (fermer xo‘jaligi tomonidan tasdiqlangan) shartnomalar va hisob-fakturalar nusxasi (bajarilgan ishlar dalolatnomasi va shu kabilar);
moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi hisobot;
vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma.
b) Reyestrga o‘zgartirish kiritish uchun:
o‘zgartirishlarni asoslantiruvchi hujjatlar;
vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma.
v) Reyestrdan chiqarish va Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Ariza tushgan sana va vaqt
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi nomi
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining davlat ro‘yxatidan o‘tgan tartib raqami va sanasi
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi joylashgan joy
Ishlab turgan o‘z asosiy vositalari ro‘yxati
(ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar)
Yer uchastkasining konturlari
Yer uchastkasi kadastr raqami
1.
2.
3.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
Fermer xo‘jaliklari Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida MA’LUMOTNOMA
Reyestrga kiritilgan sana _________________________
Kun, oy, yil ______________________________________
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi nomi _______________
Tashkiliy-huquqiy shakli __________________________
Pochta manzili__________________________________
STIR __________________________________________
Hujjatning haqiqiyligini
____________________________
tasdiqlovchi
Ma’lumotnomani bergan vakolatli organning nomi
QR-kod
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga o‘ting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qat’iyan taqiqlangan.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 09/18/972/2250-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)