Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 27.11.2018 yildagi 968-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2021-yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar milliy davlatchilikni qaror toptirish, xavfsizlik, huquq-tartibot, suverenitetni va davlat chegaralari daxlsizligini, qonun ustuvorligini ta’minlash uchun mustahkam asos yaratdi, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish tizimini joriy etishga, fuqarolarning hayoti faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratishga ko‘maklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, shuningdek, xavfsizlikning turli sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekiston atrofida mintaqada barqarorlik hamda yaqin qo‘shnichilikni saqlash prinsiplariga asoslangan xavfsizlik poyasini tashkil qilish, xorijda mamlakatning ijobiy nufuzini yanada mustahkamlash, kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarning to‘liq bajarilishini ta’minlashga qaratilgan puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2021-yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Milliy harakatlar rejasi deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2021-yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish doirasida asosiy vazifalar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro, kimyoviy va biologik qurol-yarog‘ hamda uni yetkazib berish vositalarini noqonuniy ko‘chirish va tarqatishning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport nazoratidagi tovarlar ro‘yxatini tasdiqlash, shuningdek, kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan boshqa vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil qilish, shuningdek, Milliy harakatlar rejasining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy harakatlar rejasi xalqaro tashkilotlar, sherik mamlakatlar yoki donorlar tomonidan beriladigan mablag‘lar, shuningdek, Milliy harakatlar rejasi doirasida jalb etilgan tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Milliy harakatlar rejasini tegishli xalqaro tashkilotlarga o‘n kun muddatda, belgilangan tartibda yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishini muntazam yoritishni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B.V. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
968-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/968/2232-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)