27.11.2018 yildagi 962-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PF-5466-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
962-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-son qaroriga
ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigi — tuman (shahar) hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etishdagi o‘zaro samarali hamkorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va (yoki) “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish bo‘yicha investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim (keyingi o‘rinlarda bitim deb ataladi) — davlat sherigi va xususiy sherikning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari — Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar tadbirkorligi subyektlari (18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar), 50 foiz va undan ko‘proq muassislari yoshlardan iborat bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, yaratiladigan ish o‘rinlarining 70 foizidan kam bo‘lmagan qismini 5 yil davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik — davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari (keyingi o‘rinlarda kovorking markazlari deb ataladi) — yoshlar tadbirkorligi subyektlariga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha ko‘mak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, mahorat darslari va seminarlar tashkil etishga mo‘ljallangan majmua;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar mehnat guzari” komplekslari (keyingi o‘rinlarda mehnat guzarlari deb ataladi) — chakana savdo va maishiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlashga mo‘ljallangan majmua.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat sherigi va xususiy sherikning kovorking markazi va (yoki) mehnat guzarini o‘zaro manfaatdorlikda tashkil etish bo‘yicha takliflari davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi. Mazkur bitim namunasi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizom tasdiqlangunga qadar kovorking markazlari va mehnat guzarlari tashkil etish maqsadida bo‘sh turgan yer uchastkalarini va bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini bepul asosda olgan tadbirkorlik subyektlari bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar xususiy sherikning soliq solinadigan bazasidan chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kovorking markazlari yoki mehnat guzarlarini qurish (joylashtirish) istagini bildirgan xususiy sherik tuman (shahar) hokimligiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslar uchun — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, jismoniy shaxslar uchun — pasport nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish (joylashtirish) uchun rejalashtirilayotgan yer uchastkasi yoki davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yer uchastkasiga (binoga) bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (agar kovorking markazi yoki mehnat guzari xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) zaruratga ko‘ra, kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish uchun eskiz loyihaviy taklif hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklariga tushgan arizalar ikki ish kunida quyidagilarga asosan ko‘rib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi hisob-kitoblarining asoslanganligi hamda iqtisodiy samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherikning moliyaviy holati, xususan o‘z mablag‘lari va (yoki) u tomonidan jalb etilgan kreditlar va boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishining ta’minlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kovorking markazlari tuman (shahar) markazida, mehnat guzarlari esa ishsiz yoshlar soni ko‘p bo‘lgan aholi punktlarida tashkil etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza ushbu Nizomning 8-bandi talablari buzilgan holda berilgan bo‘lsa yoki uni ko‘rib chiqish vaqtida 9-band talablariga javob bermagan taqdirda, hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi bildirishnoma yozma shaklda, shu jumladan, elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka yetkaziladi (jo‘natiladi). Bildirishnomada qanday talablar buzilganligi, qonun hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik ko‘rsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni tuman (shahar) hokimligiga takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sherik talablar buzilishini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab uch ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklar bartaraf etilib takror taqdim etilgan ariza qabul qilingan kundan boshlab ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi va “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda ajratiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12 — 17-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitimni tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish, shuningdek, amal qilishini to‘xtatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bitim qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilingan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bitimda u amalga oshirilishi shakliga qarab quyidagilar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning amal qilish muddati va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kovorking markazlari yoki mehnat guzarlari foydalanishga topshiriladigan va ishga tushiriladigan muddatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari, qurilishni moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, qurilishning borishi ustidan texnik nazorat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi va u qay darajada bajarilganligiga berilgan baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarish jarayoni to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida bitim tuzish bilan bog‘liq xavf-xatarlarni taqsimlash tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan obyektga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kovorking markazlari yoki mehnat guzarlaridan foydalanish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, uni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, ta’mirlash, modernizatsiyalash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlariga rioya qilinmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini to‘ldirish yoki qoplash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi yoki tegishlicha bajarilmasligi uchun sanksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi xususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agar zarurat bo‘lsa, davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida bitim qoidalarini kelishib olish maqsadida muzokaralar o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri tuman (shahar) hokimliklari tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bitim o‘ttiz yilgacha bo‘lgan muddatga imzolanadi. Bitim, agar unda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bitimga quyidagi hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigining talabi bo‘yicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi munosabatlariga doir kovorking markazlari va (yoki) mehnat guzarlarini qurishni (joylashtirishni) tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning hal qiluv qarori bo‘yicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik bankrot bo‘lsa yoki tugatilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigining talabi bo‘yicha — xususiy sherik o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikning talabi bo‘yicha — davlat sherigi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud orqali bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bitimning amal qilishi uning muddati tugaganidan keyin to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning amal qilish muddati tugashi tomonlarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Davlat sherigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikdan bitim shartlarini bajarish jarayoni to‘g‘risida bitimda belgilangan muddatlarda hisobot olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan monitoring olib borish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini baholashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish doirasida aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan obyekt bo‘yicha zararlar qoplanishini talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimning sud tartibida bekor qilinishini talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishini moliyalashtirishda ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sherigi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat sherigi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikka kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish uchun o‘ziga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasini bitimda belgilangan muddatga ijaraga berish belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda taqdim etishi;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kovorking markazlari va mehnat guzarlarini muhandislik kommunikatsiyalariga, jumladan, elektr, gaz va suv ta’minoti tarmoqlariga ulash va ulashni tuman (shahar)lar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan kovorking markazlari va mehnat guzarlarining mavjud imtiyozlardan foydalanishini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikga soliq imtiyozlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa preferensiyalar taqdim etilishida ko‘maklashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikning xo‘jalik faoliyatini olib borishiga aralashmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sherigi zimmasida ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xususiy sherik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini taqdim qilish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish uchun davlat sherigiga taqdim etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish (joylashtirish) uchun zamonaviy qurilish mahsulotlarini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar olish uchun murojaat qilishga;
(40-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda olish va uni erkin tasarruf etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasini bitim amal qiladigan muddatga ijaraga olish hamda ulardan foydalanishga;
(40-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Xususiy sherik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kovorking markazlari va mehnat guzarlari qurilishini moliyalashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar va talablarga muvofiq kelishilgan muddatlarda qurilishi va foydalanishga topshirilishini ta’minlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
(41-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kovorking markazlari va mehnat guzarlarini saqlab turish xarajatlarini o‘z mablag‘lari hisobiga qoplashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bitim amal qiladigan butun muddat davomida obyekt faoliyatining ixtisosligini saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kovorking markazlari va mehnat guzarlariga ish o‘rinlari umumiy sonining kamida 70 foizi miqdorida band bo‘lmagan yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kovorking markazlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar tadbirkorligi subyektlariga, tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda ofis xonalari va texnika, sarflash materiallarini ijaraga berishi, ularni Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha tarzda ko‘maklashishi, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya xizmatlari va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatiga oid bo‘lgan forumlar, mahorat darslari va seminarlar tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mehnat guzarlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga chakana savdo va maishiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band bo‘lmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatishi hamda ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sherik zimmasida ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bitim amal qiladigan muddat tugamay turib xususiy sherik mulki bo‘lgan obyektning u tomonidan musodara qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xususiy sherik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq almashtirilishi mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(nizomga 2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)