07.11.2018 yildagi PQ-4006-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini taʼminlash, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni axloqan tuzatish boʻyicha tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyotini oʻrganish natijalari mahkumlarning huquqlariga rioya etish, ularning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishini taʼminlash, kelgusida jamiyatga ijtimoiy moslashtirish uchun axloqan tarbiyalash va mehnatga oʻrgatishning shaffof va yanada samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish zarurligidan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar jinoiy jazolarning ijrosini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat-ijroiya qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish, tizimlashtirish va uygʻunlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar huquqlariga soʻzsiz rioya etilishini, ularning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishini taʼminlashning sifat jihatidan yangi mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar ongida qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, mehnatga, ijtimoiy turmush qoidalari va anʼanalariga hurmat munosabatini shakllantirish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlarning taʼlim olishi, kasbiy tayyorgarligini tashkil etish hamda bandligini taʼminlash tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etish mexanizmlarini tubdan qayta koʻrib chiqish, shartli hukm qilingan va jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ularning ozodlikdan mahrum etish joylardan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan uzviy hamkorligini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tarkiblarida tegishlicha Probatsiya xizmati va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — probatsiya boʻlinmalari) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar organlari probatsiya boʻlinmalarining shaxsiy tarkibi ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda, qoida tariqasida, bir nafar xodimga shaharlarda — 100, tumanlarda — 75 nafar mahkum hisobidan kelib chiqib taqsimlanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
probatsiya boʻlinmalari ustuvorlik asosida ijtimoiy, pedagogika va profilaktika sohalarida ish tajribasiga ega boʻlgan ofitserlar tarkibidagi malakali xodimlar bilan toʻldiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalari rahbarligiga probatsiya xizmatida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari tayinlanadi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-207-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan va xizmatdan salbiy holatlarga koʻra boʻshatilmagan ichki ishlar organlarining pensionerlari, probatsiya boʻlinmalari xodimlari lavozimiga attestatsiyadan oʻtgan lavozim hisobidan tayinlanishlari mumkin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan kelib tushadigan ushlanmalarning 100 foizi hisobidan shakllantiriladigan Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari va muayyan huquqdan mahrum qilish jazolarini oʻtayotgan, shartli hukm qilingan hamda jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar sonini hisobga olgan holda, Jamoat xavfsizligi departamentining asoslangan takliflari boʻyicha probatsiya boʻlinmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
probatsiya boʻlinmalariga mutaxassis-psixologlarni, ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorini mehnat bozoridagi amaldagi konyunkturani hisobga olib belgilagan holda, shartnoma asosida jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-207-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat xavfsizligi departamenti boshqaruv apparati va hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatining boshqaruv apparati hamda probatsiya boʻlinmalari xodimlari uchun, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ustama va toʻlovlardan qatʼi nazar, lavozim maoshiga ragʻbatlantiruvchi foizli ustamalar belgilash.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun sarflanadi:
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat xavfsizligi departamenti boshqaruv apparati va hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatining boshqaruv apparati, probatsiya boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini ragʻbatlantirish;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
probatsiya boʻlinmalarining budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmaydigan qoʻshimcha kiritilgan shtat birliklarini, shuningdek, shartnoma asosida jalb etilgan mutaxassis-psixologlarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan mahkumlarni, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmaganlarning kasbiy tayyorgarligi boʻyicha tadbirlarni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
probatsiyani amalga oshirishga koʻmaklashgan davlat organlarining, muassasalarining va tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni hamda fuqarolarni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini taʼminlashda oʻzining munosib hissasini qoʻshgan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozim maoshining bir baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik mukofot bilan ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar uchun.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoniga asosan oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshlari bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilinganlarning ijtimoiy moslashuvi va ularni ishga joylashtirishda probatsiya boʻlinmalariga har tomonlama amaliy koʻmaklashish va samarali hamkorlikni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha idoralararo ekspert guruhini (keyingi oʻrinlarda — ekspert guruhi), batafsil ish rejasini tasdiqlagan va nazorat mexanizmlarini belgilagan holda tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyunga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida, Konsepsiyani amalga oshirish natijalarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining loyihasi ishlab chiqilishi va oʻrnatilgan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda probatsiya boʻlinmalarini joylashtirish, ularni zamonaviy texnika va qurilmalar bilan jihozlash, shuningdek, bajarayotgan vazifalarini hisobga olgan holda faoliyatini tashkil etish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvarga qadar probatsiya boʻlinmalarining shtat jadvalini, nazorat ostidagilar bilan ishlovchi mutaxassis-psixolog lavozimlarini nazarda tutgan holda, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilinganlarning hisobini yuritish hamda nazorat qilish, ularning ijtimoiy-psixologik portretlarini umumlashtirish va foydalanish imkonini beruvchi probatsiyaning markazlashgan elektron tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jinoyat-ijroiya sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, shu jumladan, ekspert guruhining xorijiy davlatlarga ishchi va tanishuv safarlarini tashkil etish, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4006-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4006-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida tarbiyalash va axloqan tuzatish uchun huquqiy poydevor boʻlib xizmat qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish boʻyicha qator choralar qabul qilindi. Xususan, mahkumlarning huquqlariga soʻzsiz rioya etish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ushbu sohada korrupsiya va mansab vakolatini suiisteʼmol qilish holatlariga barham berish, jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish tizimida taʼlim muassasalarining faoliyati tubdan isloh qilindi, mahkumlarni oʻqitish jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar joriy etildi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va kasb-hunarga ega boʻlmagan mahkumlarni kasbiy tayyorlash mexanizmlari qayta koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, mahkumlarni nazorat qilishning zamonaviy texnika vositalarini, shuningdek, ular uchun masofali video-uchrashuv tashkil etish imkonini beruvchi videokonferensiya tizimini joriy etish va qoʻllash boʻyicha keng chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarning mehnat bilan bandligini samarali taʼminlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning jazoni ijro etish faoliyatini monitoring qilish borasidagi vakolatlari kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyoti tahlili, shuningdek, jamoatchilik bilan bevosita muloqot natijalari quyidagi huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zarurligini koʻrsatmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar huquqlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, ularda qonunga itoatkor xulq-atvorni, inson, mehnat va ijtimoiy turmush qoidalari hamda anʼanalariga hurmat munosabatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etish, shartli hukm qilingan va jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan samarali nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, ularning jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan uzviy hamkorligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilar davlat jinoyat-ijroiya siyosatining quyidagi asosiy jihatlarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Jinoyat-ijroiya tizimini takomillashtirish, jinoyat-ijroiya qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uygʻunlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat-ijroiya qonunchiligini uning xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish asosida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turlicha talqin qilinadigan yoki korrupsiyaning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻyadigan yoxud ularni qoʻllash boʻyicha tushuntirish talab etuvchi normalardan voz kechish, shuningdek, qonun normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash amaliyotiga toʻliq oʻtish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat-ijroiya qonunchiligida foydalaniladigan atama va tushunchalarning huquqiy maʼnosini aniq ifodalash va ularning bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jazolarni va boshqa huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi muassasalar hamda organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyat-huquqiy taʼsir choralarining tamoyillari, tartibi va shartlarini zamonaviy yondashuvlar, ilgʻor xalqaro standartlar va xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Probatsiya boʻlinmalarining faoliyati, zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi boʻyicha mexanizmlar va vakolatlarining normativ-huquqiy tartibini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni jamoaviy saqlashga muqobil boʻlgan kamera tipida saqlash tartibini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya boʻlinmalari xodimlari faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mahkumlarni axloqan tuzatish va ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jazo va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi organlar faoliyatini mahkumlarni axloqan tuzatish va tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash nuqtai nazaridan takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar, birinchi navbatda voyaga yetmaganlar va yoshlarni ijtimoiy moslashuvi va ishga joylashishga har tomonlama amaliy koʻmaklashish mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muayyan huquqdan mahrum qilingan shaxslarni qayta kasbiy tayyorlashning huquqiy asoslarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilinganlar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishi xavfini aniqlash va yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jazoni ijro etish tizimida psixologik ish amaliyotini keng qoʻllash, mahkum shaxsini uning ijtimoiy-psixologik portretini tuzgan holda oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahkumlarni axloqan tuzatishda korxona, tashkilot, muassasa, jamoatchilik tuzilmalari va fuqarolar ishtirokining taʼsirchan mexanizmlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Voyaga yetgan mahkumlarni sud qarori asosida umumiy tartibli koloniya, manzil-koloniya va tarbiya koloniyasidan probatsiya boʻlinmalari vakolati doirasiga oʻtkazish tartibini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahkumlarni manzil-koloniyalarda saqlash tartibi va shartlarini qayta koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahkumlarga qoʻllanilgan intizomiy jazolarning avtomatlashtirilgan hisobini, ularning xulq-atvori va harakatlarini nazorat qilish boʻyicha zamonaviy texnik vositalarni, birinchi navbatda, probatsiya boʻlinmalari faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning davlat pensiya taʼminoti kafolatini kuchaytirish maqsadida, ularning ish haqidan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar oʻtkazishga boʻlgan cheklovni bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq mahkumlarning huquqlari doirasini yanada kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahkumlarni oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali ularning taʼlim olishi boʻyicha cheklovlarni bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlash, ularni bir muassasadan boshqasiga oʻtkazish, shuningdek, ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazolar hisobini yuritish jarayonining shaffofligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahkumlarning kiyim-boshlarini iqlim sharoitlari va zamonaviy talablarga muvofiq qayta koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Konsepsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-ijroiya qonunchiligini yanada takomillashtirish, undagi huquqiy boʻshliq va ziddiyatlarni bartaraf etish, milliy xususiyatlar va sharoitlarni eʼtiborga olgan holda xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani implementatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagi maqsadlarga erishish alohida ahamiyat kasb etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni axloqan tuzatish, ularning huquqlariga soʻzsiz rioya etish, shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishini taʼminlashning ishonchli va samarali mexanizmlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat-ijroiya tizimi faoliyatining shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxona, tashkilot, muassasa, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtiroki institutini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish tizimi faoliyatiga zamonaviy shakl va usullarni hamda ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani amalga oshirishning pirovard natijasi mahkumlarni axloqan tuzatish, ularning jinoiy faoliyatining oldini olish, shuningdek, boshqa shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishiga chek qoʻyishning samarali tizimini yaratish hisoblanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2018-y., 07/18/4006/2166-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son; 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)