OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
KOʻKDUMALOQ NEFT-GAZ KONDENSATI KONINI OʻZLAShTIRIShNI JADALLAShTIRISh ChORALARI TOʻgʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi shuni taʼkidlaydiki, keyingi yillarda mamlakatda neft qazib chiqazish hajmlarining qisqarib ketganligi, mavjud koʻp yillik aloqalarning buzilishi tufayli respublika xalq xoʻjaligining va aholining neft mahsulotlari bilan taʼminlanishi yomonlashdi.
Xalq xoʻjaligining va aholining neft mahsulotlari bilan taʼminlashdagi qiyinchiliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻrtaosiyogazsanoati” ishlab chiqarish birlashmasi Koʻkdumaloq konidagi neft va gaz kondensati zaxiralarini ishlab chiqarishga jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin, 1992-yilda rejalashtirilgan 280 ming tonna oʻrniga 600 ming tonna miqdorida neft qazib olishni nazarda tutsin, 1992—1995-yillarda neft va gaz kondensati qazib olishni 1-ilovaga muvofiq huquqlarni parmalash va ishga tushirishni 2-ilovaga* muvofiq taʼminlasin.
* 1, 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Oʻrtaosiyogazsanoati” ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻrtaosiyoneftgazqurilish” ishlab chiqarish qurilish-montaj birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari “Oʻrtaosiyogazsanoati” ishlab chiqarish birlashmasi hisobiga Koʻkdumaloq koni inshootlari qurilishini 3-ilovaga* muvofiq taʼminlasinlar.
*3-ilova rus tilidagi matnda berilmaydi.
3. Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hokimliklari Koʻkdumaloq koni inshootlarini qurish va rekonstruksiyalash uchun oʻz vaqtida yer ajratishni taʼminlasinlar.
4. “Oʻzbekneft” ishlab chiqarish birlashmasi 1992-yilda “Oʻrtaosiyogazsanoati” ishlab chiqarish birlashmasining buyurtmasiga koʻra 5 komplekt VM-53 burgʻilash minorasini va 10 komplekt UPR-Z moslamasini tayyorlab bersin. 1992-yilda olinadigan NBO-30 burgʻilash asbob-uskunalari toʻplamini “Oʻrtaosiyogazsanoati” ishlab chiqarish birlashmasiga bersin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Oʻrtaosiyogazsanoati” ishlab chiqarish birlashmasining buyurtmasiga koʻra 2-ilovaga muvofiq quduqlarni parmalab bersin, 1992-yilning 1 choragida 3 komplekt OB-53 burgʻilash minorasining asosini tayyorlasin, 1992-yil mobaynida 10 komplekt MG2-4 loy qorishtirgich tayyorlab bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi 1992-yilda konning birinchi galdagi inshootlarga ishlab turgan 35/6 kV “Koʻkdumaloq” yordamchi stansiyasidan 0,3 ming kVtgacha miqdorda elektr quvvati berishni taʼminlasin.
Koʻkdumaloq konining 110—220 kV tashqi elektr taʼminoti inshootlarini qurish yuzasidan buyurtmachi va pudratchi vazifalari Vazirlik zimmasiga yuklatilsin.
“Oʻrtaosiyogazsanoati” IB mablagʻlari hisobiga loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha konning tashqi elektr taʼminoti inshootlarini qurishni va 1993-yilning birinchi yarmida VL 110 kV “Hamza-1 —Shimoliy Oʻrtabuloq”dan uzunligi 80 km li 110 kVtli elektr uzatish liniyasiga ega boʻlgan 110/35/6 kV “Neftyanaya” yordamchi stansiyasini, 1994-yilning birinchi yarmida Tolimarjon GRESidan uzunligi 100 km li 220 kV elektr uzatish liniyasiga ega boʻlgan 35/6 kV “Koʻkdumaloq” yordamchi stansiyasini ishga tushirishni taʼminlasin.
7. “Elektrosetproyekt” institutining Oʻrta Osiyo boʻlimi “Oʻrtaosiyogazsanoati” ishlab chiqarish birlashmasining buyurtmasiga koʻra 110—220 kV kuchlanishli tashqi elektr taʼminoti inshootlarining loyiha-smeta hujjatlarini 1992-yilning II—III choraklarida, buyurtirilgan hujjatlarni 1992-yilning martida ishlab chiqsin va bersin.
8. Oʻzbekiston davlat radioelektronika, elektrotexnika sanoati va asbobsozlik konserni 1992-yilda “Oʻrtaosiyogazsanoati” IBning buyurtmasiga koʻra quvvati 6,3 MVA boʻlgan bir komplekt 35/6 transformator yordamchi stansiyasini tayyorlab bersin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari vazirligi 1992-yilning birinchi yarmida Muborak—Zevarda—Oʻrtabuloq yoʻlini remontdan chiqarsin. “Oʻrtaosiyogazsanoati” IB bilan shartnomaga koʻra 1992—1994-yillarda har yili uzunligi 20 km.dan boʻlgan ichki sanoat yoʻllarini qurishni taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi 1992-yilda konni oʻzlashtirish ishlariga jalb qilingan korxonalarning talabnomalariga koʻra 50 ming tonna yukni, vaxta brigadalarini tashishni taʼminlasin.
11. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻrtaosiyogazsanoati” IB 1992-yilning birinchi yarmida Koʻkdumaloq konini oʻzlashtirish uchun chet ellardan 4-ilovaga* muvofiq materiallar va asbob-uskunalar sotib olishni taʼminlasinlar.
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
12. Vazirlar Mahkamasining umumiqtisodiyot kompleksi bir oy muddat ichida “Oʻrtaosiyogazsanoati” IBga saykling-jarayon uchun dam berish kompressorlarini tayyorlash yuzasidan hujjatlarni ishlab chiqishga 575 ming AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratsin.
1992-yilda parmalash va konni obodonlashtirishni jadallashtirish uchun zarur boʻlgan materiallar va asbob-uskunalarni chet ellardan sotib olish uchun valyuta mablagʻlari ajratsin.
Toʻla komplektli dam berish kompressorlarining xorijiy yetkazib beruvchisiga haq toʻlash yuzasidan davlat kafolatlari berilsin.
13. “Oʻzshartnomasavdo”:
1992-yilda “Oʻrtaosiyogazsanoati” IB uchun ehtiyoj normalariga koʻra materiallar, asbob-uskunalar va avtotransport texnikasini 5, 6-ilovalarga* muvofiq ajratishni taʼminlasin;
*5, 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
1992-yilda Koʻkdumaloq koni inshootlarini qurishda va rekonstruksiyalashda ishtirok etuvchi korxonalarga asoslangan hisob-kitoblarga koʻra moddiy-texnika resurslari ajratsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga 1992-yilning II choragida VL va PS 110 kV boʻyicha, 1993-yilning I choragida VL va PS 220 kV boʻyicha buyurtma spetsifikatsiyalarga muvofiq moddiy-texnika resurslari va asbob-uskunalar ajratsin.
14. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi Koʻkdumaloq konida band boʻlgan parmalash korxonalarini budjetga haq toʻlashdan ozod qilish, rayon koeffitsiyenti darajasini, choʻl va suvsizlik uchun ish haqiga ustamalarni oshirishning maqsadga muvofiqligi imkoniyatlarini koʻrib chiqsinlar va 1992-yilgi budjet loyihasiga takliflar kiritsinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qoʻmitasi (oʻrtoq Ahmadboyev) Koʻkdumaloq konida quduqlar qazish, inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda ishlarning bexatar olib borilishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish choralarini koʻrsin.
16. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, Savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻrtaosiyogazsanoati” IB Koʻkdumaloq konidagi koʻchma posyolkalarda tibbiy xizmat koʻrsatish, jamoat tartibini saqlash joylarini, konga olib boruvchi yoʻllarda davlat avtomobil nazoratining postlarini tashkil etsinlar. “Oʻrtaosiyogazsanoati” IB ishchilar taʼminoti boshqarmasiga har yili (1992—1995-yillar) 7-ilovaga* muvofiq qoʻshimcha oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, 2000 kishi yashashi hisobidan konni oʻzlashtirish ishlariga jalb qilingan xodimlar uchun sanoat tovarlarini ajratish nazarda tutilsin.
*7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 24-mart,
140-son