06.04.1992 yildagi 170-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi OLIY KENGASHI RAYOSATI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHERNOBIL HALOKATIDAN ZIYON KOʻRGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISTIQOMAT QILUVCHI FUQAROLARNI IJTIMOIY HIMOYALASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalashni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, kompensatsiya puli va imtiyozlar roʻyxati tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari hamda idoralari Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarni imtiyozlar va kompensatsiya pullari bilan taʼminlash haqida tegishli qarorlar qabul qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishga sarf boʻladigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, mahalliy va respublika budjetlari mablagʻlari hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 35-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 32-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yilning 1-iyuligacha Chernobil halokatidan ziyon koʻrganlar haqidagi maʼlumotlarning Davlat roʻyxatini tuzsinlar, unga 1986-yilda zararlangan zonada muddatli xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilarni ham kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatilgan fuqarolarni va ularning 1986-yildan keyin tugʻilgan bolalarini diagnostika qilish, kuzatib borish va davolash boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan toifaga kiruvchi fuqarolarga statsionar davolanish chogʻida parhez ovqatlanish va dori-darmon taʼminoti boʻyicha 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilar uchun nazarda tutilgan imtiyozlarni joriy qilsinlar.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chernobil AESidagi halokatni bartaraf etishda ishtirok qilganlarga va ularning bolalariga sanatoriylar, sanatoriy-profilaktoriy va sanatoriy tipidagi kashshoflar lagerlariga birinchi navbatda bepul yoʻllanmalar berishni taʼminlash Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidan soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi va “Oʻzbekbirlashuv” Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan fuqarolarni hududiy asosda biriktirilgan doʻkonlar orqali Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tavsiya etgan normada oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Chernobil” jamiyatining “Oʻzbekiston chernobilchilari” uyushmasini tuzish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chernobil” hududiy jamiyatlarini tashkil etish va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tegishli qarorlar qabul qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddat ichida “Chernobil” jamoat tashkilotlariga va ularning boʻlinmalariga tegishli binolarni bersinlar, shuningdek ularga zarur asbob-anjomlar, jihozlar, avtotransport ajratish va telefonlar oʻrnatish bilan bogʻliq masalalarni hal etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chernobil” jamoa tashkilotlariga tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalari, yordamchi va fermerlik xoʻjaliklari, bogʻdorchilik shirkatlari uchun birinchi navbatda yer maydonlari ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan “Oʻzbekiston chernobilchilari” uyushmasiga uning tashkil topish davrida maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlari va ish haqi fondi uchun hisob-kitoblarga muvofiq 200 ming soʻm ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini rivojlantirish maqsadida Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan ishchilar 60 foizdan kam boʻlmagan “Chernobil” jamoat tashkilotlari boʻlinmalariga ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki, Oʻzbekiston sanoatqurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki bilan birgalikda imtiyozli ravishda kredit resurslari berishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston chernobilchilari” respublika uyushmasiga kompyuter sotib olishga hamda Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarni va ularning oila aʼzolarini tibbiy-ijtimoiy hisobga olish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishga mablagʻ ajratsin;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-yanvardagi 7-son qarori bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligiga “Oʻzbekiston chernobilchilari” respublika uyushmasini 1993-yil 1-noyabrdan boshlab egallab turgan binolarni ijaraga olganlik va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashdan ozod qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga mablagʻ ajratsin.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-yanvardagi 7-son qarori bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi xayriya tadbirlarini, telekoʻrsatuvlarni vaqt-vaqti bilan tashkil etib tursinlar, ulardan tushadigan mablagʻlar Chernobil halokati oqibatida ziyon koʻrgan fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish uchun “Oʻzbekiston chernobilchilari” uyushmasining hisob-kitob schyotiga yoʻnaltirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzbekiston chernobilchilari” respublika uyushmasini egallab turgan binolar va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashdan 1993-yil 1-noyabrdan boshlab ozod qilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-yanvardagi 7-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 6-apreldagi 170-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Fuqarolarning toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning amal qilishi Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarning quyidagi toifalariga tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolganlardan:
(I boʻlimning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Chernobil AESda ishlagan yoki halokat natijasida zararlangan zonada halokat oqibatlarini tugatish ishlarida ishtirok etgan (shu jumladan, vaqtincha ishga yuborilgan yoki xizmat safariga joʻnatilgan) shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus yigʻinlarga chaqirilgan va halokat oqibatlarini tugatish bilan bogʻliq zararlangan zonadagi ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatchilar* va harbiy majburiyatli shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Shu joyda va bundan keyin bu toifaga quyidagilar kiradi: SSSR Qurolli Kuchlari, SSSR Davlat xavfsizligi komiteti qoʻshinlari va organlari, ichki va temir yoʻl qoʻshinlari va boshqa harbiy tuzilmalardagi haqiqiy muddatli xizmatdagi ofitserlar sostavi, praporshiklar, michmanlar, muddatdan tashqari xizmatda boʻlgan harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatchi ayollar, serjant va oddiy sostavdagilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 1986-1987-yillarda Chernobil halokati oqibatlarini tugatish boʻyicha zararlangan zonada ishlagan yoki shu yillar davomida AESdan foydalanish va boshqa yumushlarni bajargan (shu jumladan, vaqtincha ishga yuborilgan yoki xizmat safariga joʻnatilgan) shaxslar, shuningdek, joylashish oʻrni va bajarayotgan vazifasidan qatʼi nazar, maxsus yigʻinlarga chaqirilgan va halokat oqibatlarini tugatish bilan bogʻliq bu davrdagi ishlarni bajarishga jalb qilingan harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslar, shuningdek, 1986-1987-yillarda zararlangan zonada xizmat vazifasini oʻtagan ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy sostavidagi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 1988-1989-yillarda Chernobil halokati oqibatlarini tugatish boʻyicha zararlangan zonada ishlagan yoki shu yillar davomida AESdan foydalanish va boshqa yumushlarni bajargan (shu jumladan, vaqtincha ishga yuborilgan yoki xizmat safariga joʻnatilgan) shaxslar, shuningdek, joylashish oʻrni va bajarayotgan vazifasidan qatʼi nazar, maxsus yigʻinlarga chaqirilgan va halokat oqibatlarini tugatish bilan bogʻliq bu davrdagi ishlarni bajarishga jalb qilingan harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslar, shuningdek, 1988-1989-yillarda zararlangan zonada xizmat vazifasini oʻtagan ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy sostavidagi shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Nurlanish kasalligiga chalingan shaxslarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlanadigan kompensatsiya puli va imtiyozlar
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Roʻyxatning I boʻlimi 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) dori-darmonlarni bepul olish (vrachlarning retsepti boʻyicha), har yilgi sanatoriy va kurortda bepul davolanishni taʼminlash yoki kurort yoʻllanmasi oʻrtacha qiymati miqdorida kompensatsiya pullarini olish, turar joydan davolanish, dispanserlik, ambulatoriya yoki klinik kuzatuv joyigacha transportda bepul (taksidan tashqari) borish va kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yasama tishlarni bepul tayyorlash va tuzatish (qimmatbaho metalldan tayyorlangan yasamalar bundan mustasnodir);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mehnatga vaqtincha layoqatsizligi tufayli, uzluksiz ish faoliyatidan qatʼi nazar, oylik maoshining 100 foizi miqdorida nafaqa olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mehnatga vaqtincha layoqatsizligi tufayli surunkasiga 4 oygacha yoki kalendar yilda 5 oygacha nafaqa olish, agar ular ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar boʻlib hisoblansalar;
(II boʻlimning 4-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) imtiyozlilar orasida turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb topilgan taqdirda ustun darajada turar joy maydoni yoki alohida xona koʻrinishidagi qoʻshimcha turar joy maydoni bilan taʼminlanish;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 246-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 11-son, 66-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) davlat turar joy fondidagi oʻzlari yashab turgan turar joylarni tekinga shaxsiy mulk qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) tibbiy koʻrsatmalarga binoan kam ish haqi toʻlanadigan ishga oʻtkazilganda oldingi ish haqi bilan yangi joydagi ish haqi oʻrtasidagi farqni olish. Bu farq ish qobiliyati tiklangunga yoki nogironlik belgilangunga qadar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Chernobil AES halokati oqibatida kasallanganligi yoki shikastlanganligi sababli qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadigan haqiqiy yetkazilgan zararni qoplaydigan miqdorda nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi sabablarga koʻra boquvchisidan ajrab qolgan hollarda oila aʼzolariga mehnatga qobiliyatsiz har bir oila aʼzosi uchun pensiyani hisob-kitob qilish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 40 foizi miqdorida pensiya toʻlanadi. Fuqarolarning xohishiga koʻra pensiya zararlangan zonada ishlagan vaqtidagi ish haqi boʻyicha hisoblab chiqariladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 1-iyuldan boshlab Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarga va boquvchisini yoʻqotgan hollarda ularning oilalariga nogironlik pensiyalarining quyidagi eng koʻp miqdorlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 10 baravari miqdorida;
(II boʻlim 9-kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 8 baravari miqdorida;
(II boʻlim 9-kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 4 baravari miqdorida;
(II boʻlim 9-kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotgan hollarda mehnatga qobiliyatsiz har bir oila aʼzosiga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 3 baravari miqdorida.
(9-bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyalarning eng kam miqdorlari koʻrsatib oʻtilgan eng koʻp miqdorlarning tegishlicha 50 foizi darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 1-iyulgacha belgilangan hamda koʻrsatib oʻtilgan eng koʻp miqdorlardan ortiq boʻlgan pensiyalar qayta hisoblab chiqilmaydi.
(xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-yanvardagi 7-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) harbiy xizmat (xizmat vazifalari)ni oʻtash vaqtida yaralangan, nogironligi boʻlgan shaxs yoki kontuziya boʻlgan harbiy xizmatchilarga, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy sostavidagi shaxslarga hamda boquvchisidan ajralgan hollarda ularning oilalariga qonun bilan belgilangan tartibda va normalarda pensiya tayinlanadi. Bunda ofitserlar sostavidagi shaxslarga, praporshchiklar, michmanlar, muddatdan tashqari xizmatda boʻlgan harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatchi ayollarga, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy sostavidagi shaxslarning xohishiga koʻra koʻrsatilgan sabablarga koʻra nogironlik pensiyasi zararlangan zonada ishlanganligi uchun koʻpaytirilgan pul mablagʻidan hisoblanishi mumkin.
(II boʻlim 10-kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarga va ularning oilalariga beriladigan nogironlik pensiyasi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining besh barobari miqdorida toʻlanishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ular bilan yaqin qarindoshlari yashamasa, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari tomonidan uyda xizmat koʻrsatish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishning oqilona normalariga muvofiq, oziq-ovqat mollari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) hamma turdagi shahar yoʻlovchi tashish transportlarida (taksidan tashqari), oʻzi yashab turgan maʼmuriy nohiya doirasidagi qishloq joylardagi umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida, shuningdek, shahar atrofiga qatnaydigan temir yoʻl transportida, shahardan tashqaridagi marshrutlarda qatnaydigan avtobuslarda bepul yurish, yiliga bir marta (borish va kelish) temir yoʻlda bepul yurish, temir yoʻli boʻlmagan nohiyalarda esa havo, suv yoki shaharlararo avtomobil transportlarida birinchi navbatda chiptalar sotib olish huquqi bilan yurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) har yili bir marta, ular xohlagan vaqtlarda mehnat taʼtilidan foydalanish, shuningdek, ish haqi saqlangan holda 14 kalendar kundan iborat har yilgi qoʻshimcha taʼtil olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) boʻydoqlar, yolgʻizlar va kam bolali fuqarolarni ularning daromadlaridan olinadigan har qanday soliqlardan ozod qilish. Boʻydoqlar, yolgʻizlar va kam bolali fuqarolardan olinadigan soliqlardan jabrlanuvchilarning er va xotinlari ham ozod qilinadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) birinchi navbatda telefon oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) xodimlar soni yoki shtat qisqarganda asosan oʻz ish joyida qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) birinchi navbatda: a) uy-joy qurish kooperativlariga, transport vositalari va ularga texnika xizmati koʻrsatish uchun umumiy garajlar va toʻxtash joylari qurish va ulardan foydalanish kooperativlariga, bogʻdorchilik (shirkatlari) kooperativlariga kirish; b) bogʻ uychalari yoki ularni qurish uchun qurilish jihozlarini, ehtiyoj katta boʻlgan sanoat mollari, shu jumladan, yengil avtomobillar, mototsikllar va motorli qayiqlar sotib olish; v) maishiy xizmat, transport vositalariga texnika xizmati koʻrsatish va ularni tuzatish, umumiy ovqatlanish korxonalarida, uy-joy-kommunal xoʻjaligi muassasalarida, aloqa va shaharlararo transportda xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) yakka tartibda yoki kooperativ uy-joy qurilishi uchun foizsiz ssuda (qarz) olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) yakka tartibda uy-joy qurish uchun birinchi navbatda yer maydonlari olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) davolash-profilaktika muassasalarida va dorixonalarda birinchi navbatda xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) pensiyaga chiqqunga qadar yoki ish joyi oʻzgargunga qadar birkitilgan poliklinikadan pensiyaga chiqqanda va ish joyini oʻzgartirganda ham foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida, davolash va sanatoriy tipidagi ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida, kashshoflar lagerlarida va boshqa sogʻlomlashtirish muassasalarida, ularning qaysi idoraga mansubligidan qatʼi nazar, bolalarni joylar bilan navbatdan tashqari taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylardagi (pansionatlarda) joylar bilan imtiyozli taʼminlash.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etish sababli nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan shaxslarga I va II guruh, nogironligi umrbod, III guruh nogironligiga vrach koʻrigidan qayta oʻtish 5 yil muddatga belgilanadi. Nogironlik sababi “CHAESdagi halokat sababli” deb koʻrsatiladi.
(II boʻlim 24-kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu boʻlimning 5 — 7, 16, 18 — 20, 23-24-bandlarida nazarda tutilgan kompensatsiyalar va imtiyozlar Chernobil AES halokati oqibatida halok boʻlgan, nurlanish kasali natijasida vafot etgan va vafot etgan nogironligi boʻlgan shaxslarning oilalariga ham joriy qilinadi.
(II boʻlim 24-kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Chernobil AESdagi zararlangan zonalarda halokat oqibatlarini tugatish qatnashchilariga kompensatsiyalar va imtiyozlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Roʻyxatning I boʻlimi 2-bandida koʻrsatilgan shaxslar mazkur Roʻyxatning II boʻlimi 2, 3, 6-7, 12, 14, 16, 18, 20—24-bandlarida koʻrsatilgan kompensatsiya va imtiyozlarga, shuningdek, quyidagi huquqlarga ega boʻladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻta zararli va oʻta ogʻir sharoitdagi mehnat bilan mashgʻul boʻlgan xodimlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazarda tutilgan imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyasiga quyidagilar chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkaklar — 50 yoshga toʻlib, zararlangan hududda qancha vaqt ishlaganidan qatʼi nazar, kamida 20 yillik ish stajiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollar — 45 yoshga toʻlib, zararlangan hududda qancha vaqt ishlaganidan qatʼi nazar, kamida 15 yillik ish stajiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir pensiyasiga qoʻshimcha ravishda yoshga doir eng kam pensiya miqdorining 30 foizi miqdorida ustama olish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish joyidan har yili sanatoriy-kurort yoki boshqa sogʻlomlashtirish muassasasiga borish uchun (meditsina koʻrsatmalari boʻlganda) birinchi navbatda tekin yoʻllanma bilan taʼminlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yashash sharoitlarini yaxshilash zarur deb topilsa, birinchi navbatda uy-joy bilan taʼminlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hamma turdagi shahar yoʻlovchi tashish transporti (taksidan tashqari)da va oʻzi yashaydigan qishloq joylardagi umumiy foydalaniladigan avtotransport (taksidan boshqa)da, maʼmuriy rayonda, shuningdek, shahar atrofida qatnaydigan temir yoʻl va shahar tashqarisidagi marshrutlarda qatnovchi avtobusda bepul yurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) yakka tartibda va kooperativ uy-joy qurilishiga foizsiz qarz (ssuda) olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Roʻyxatning II boʻlimi 6, 7 va 16-bandlarida koʻzda tutilgan kompensatsiya va imtiyozlar Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishning vafot etgan qatnashchilari oilalariga joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Roʻyxatning I boʻlim 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar II boʻlimning 3, 8, 20—24-bandlarida, mazkur boʻlimning birinchi qismi 2-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya va imtiyozlarga ega boʻlish huquqiga egadirlar va shu bilan birga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonunlarda koʻrsatilgan zararli va ogʻir mehnat sharoitidagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun nazarda tutilgan, 1989-yil Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishlarida ishtirok etgan shaxslardan tashqari, imtiyozli shartlarda quyidagi yoshga doir pensiyasini olish:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkaklar — 55 yoshga toʻlib, zararlangan hududda qancha vaqt ishlaganidan qatʼi nazar, kamida 25 yillik ish stajiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollar — 50 yoshga toʻlib, zararlangan hududda qancha vaqt ishlaganidan qatʼi nazar, kamida 20 yillik ish stajiga ega boʻlsa;
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) eng kam miqdordagi yoshga doir pensiyasining 25 foizi miqdorida pensiyaga qoʻshimcha olish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) har yilgi taʼtildan oʻzlari uchun qulay boʻlgan istalgan vaqtda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ish joyidan har yili sanatoriy-kurortlarda davolanish va dam olish uchun yoʻllanmalar bilan taʼminlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) garaj-qurilish kooperativlari va bogʻdorchilik shirkatlariga imtiyozli ravishda kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) egallab turgan turar joy maydonining hajmidan qatʼi nazar, kommunal uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun uy-joy hisobiga qabul qilinish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishning oqilona normalariga muvofiq oziq-ovqat mollari bilan taʼminlanish kabi huquqlarga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Roʻyxatning I boʻlimi 1-bandining “a” va “b” kichik bandlarida va 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarga Chernobil halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilarining guvohnomasi va koʻkrak nishoni berilib, ushbu hujjat mazkur Roʻyxatning II va III boʻlimlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Bolalar va oʻsmirlarni ijtimoiy himoya qilish, ularga tibbiy xizmat koʻrsatish hamda sogʻlomlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararlangan zonalardan evakuatsiya qilingan, koʻchish huquqi bilan koʻchirilgan, shu jumladan, koʻchish vaqtida ona qornida boʻlganlar ham, ota-onalari orqali Chernobil halokati taʼsir qilgan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni ijtimoiy himoya qilish, tibbiy xizmat koʻrsatish, sogʻlomlashtirish maqsadida ularga quyidagi qoʻshimcha imtiyozlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan bolalar va oʻsmirlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tibbiyot koʻrsatmasiga koʻra respublikaning tegishli profildagi sanatoriylarida, shu jumladan, “Ona va bola” sanatoriylarida tekin davolanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tekin dori-darmonlar olish (vrachlarning retsepti boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ota-onalardan birining yoki ularning oʻrnini bosa oladigan shaxslar hamrohligida temir yoʻllarda, temir yoʻl boʻlmagan joylarda esa havo, suv yoʻllari yoki shaharlararo avtomobil transporti vositasida davolash muassasalarining yoʻllanmasi boʻyicha davolanish yoki sanatoriy-kurort joylarigacha tekinga borish va kelish, birinchi navbatda chiptalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) kashshoflar lagerlarida (umumiy va sanatoriy tipidagi) va boshqa sogʻlomlashtirish muassasalarida har yili tekinga davolanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qon ishlab chiqaradigan organlar (oʻtkir leykoz), qalqonsimon bez (adenomalar, rak); xavfli oʻsimtalar bilan kasallangan hollarda bolalar va oʻsmirlar ushbu Roʻyxatning II qismida koʻrsatilgan imtiyozlarga ega boʻladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshgacha boʻlgan bolalarning ota-onalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bemor bolani parvarishlash uchun, ish stajidan qati nazar, (ota-onalardan biriga) kasallik varaqasiga 100 foiz miqdorida haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ota-onalardan birining (vrachlar tavsiyasiga koʻra), kasallik varaqasi bergan va unga haq toʻlagan holda, bemor bola bilan davolash muassasasida boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Nogironligi boʻlgan shaxslarning salomatligiga va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya toʻlash
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Roʻyxatning I qismi 1-bandida koʻrsatilgan nogironligi boʻlgan shaxslarga ularning salomatligiga yetkazilgan zarar uchun quyidagi miqdorlarda bir yoʻla kompensatsiya toʻlanadi: I guruhga — 10 ming soʻm; II guruhga — 7 ming soʻm; III guruhga — 5 ming soʻm. Ularga har yili salomatlikni tiklash maqsadida quyidagi miqdorlarda moddiy yordam puli ham toʻlanadi: I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 3 baravari; III guruhga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ikki baravari miqdorida.
(V boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil halokati oqibatida boquvchisini yoʻqotgan bolali oilalarga bir yoʻla 10 ming soʻm, halok boʻlganning ota-onalariga 5 ming soʻm miqdorida kompensatsiya puli toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatish ishtirokchilarining salomatliklariga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Roʻyxatning I boʻlimi 3-bandida koʻrsatilgan, 1988-yilda Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarga salomatligini tiklash uchun har yili pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ikki baravari miqdorida bir yoʻla moddiy yordam puli toʻlanadi.
(VI boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Roʻyxatning I boʻlimi 3-bandida koʻrsatilgan, 1989-yilda Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarga salomatligini tiklash uchun har yili pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorida bir yoʻla moddiy yordam puli toʻlanadi.
(VI boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Roʻyxatning I boʻlimi 2-bandida koʻrsatilgan, 1986-1987-yillarda Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga salomatligini tiklash uchun har yili pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining uch baravari miqdorida bir yoʻla moddiy yordam toʻlanadi.
(VI-boʻlimning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. CHERNOBIL AESDAGI HALOKAT OQIBATLARINI TUGATISH ISHTIROKCHISI — OILA BOQUVCHISINI YOʻQOTGANLIK UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatish ishtirokchisi oila boquvchisini Chernobil halokati oqibatida yoʻqotgan taqdirda ilgari uning qaramogʻida boʻlgan ishga yaroqsiz oila aʼzolari har oyda kompensatsiya puli olish huquqiga egadirlar. Bunda bolalar boquvchining qaramogʻida boʻlgan yoki boʻlmaganligidan qatʼi nazar, ularga har oyga kompensatsiya belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya oilaning ishga yaroqsiz har bir aʼzosiga, ushbu Roʻyxatga muvofiq, bu shaxslar uchun belgilangan pensiyadan qatʼi nazar, yoshga doir pensiyasi eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
(VII-boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boquvchisini yoʻqotgan bolalarga har yili pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori hajmida bir yoʻla moddiy yordam puli toʻlanadi.
(VII boʻlimning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. CHERNOBIL HALOKATI OQIBATIDA SALOMATLIGIGA ZARAR YETGAN SHAXSLARGA VA BOQUVCHISINI YOʻQOTGAN OILALARGA KOMPENSATSIYALAR TOʻLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil halokati tufayli salomatligiga zarar yetgan shaxslarga va shu halokat oqibatida boquvchisini yoʻqotgan oilalarga, oladigan boshqa daromad turlaridan qatʼi nazar, kompensatsiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. JAMOAT BIRLASHMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav faoliyati Chernobil halokatidan zarar koʻrgan shaxslarga yordam koʻrsatishdan iborat boʻlgan jamoat birlashmalari shu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan olinadigan soliqlardan ozod qilinadilar. Jamoat birlashmalari, ularning boʻlimlari va korxonalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda eksport va import qilinadigan mollarga boj toʻlashda imtiyozlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. FUQAROLAR VA JAMOAT BIRLASHMALARINING MAʼLUMOT OLISHLARI UCHUN HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va jamoat birlashmalari Chernobil halokati bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni oʻz vaqtida olish huquqiga egadirlar. Maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu ishlar uchun vakil qilingan muassasalar va tashkilotlar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari va ommaviy axborot vositalari Chernobil halokati bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha xolis maʼlumotlarni ataylab buzib koʻrsatganlik yoki yashirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.