16.10.2018 yildagi PQ-3973-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, tez tibbiy yordam koʻrsatish sohasida qoʻyilgan vazifalarni toʻliq bajarishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, respublikada tez tibbiy yordam xizmatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish yuzasidan qabul qilingan bir nechta qarorlarning natijalari bugungi kunga qadar sezilmayapti. Tez tibbiy yordam chaqiruvlarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish eskicha, qoʻl mexanizmlari yordamida bajarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez tibbiy yordam koʻrsatish vaqtida bemorlarning kasalxonaga yetib borgunga qadar vafot etishi koʻpayib bormoqda, Toshkent, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida esa oʻlim soni ikki baravardan toʻrt baravargacha oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni saralashning amaldagi tartibi mavjud kuch va vositalarni eng muhim chaqiruvlarga xizmat koʻrsatish uchun yoʻnaltirish imkonini bermaydi, natijada yolgʻon chaqiruvlar soni oshmoqda yoki surunkali kasalliklari avj olgan, biroq hayoti xavf ostida boʻlmagan bemorlarga xizmat koʻrsatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilayotgan budjet mablagʻlari zarur sifatda tez tibbiy yordam koʻrsatish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez tibbiy yordam xizmatini jadal rivojlantirish, uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash, bu yoʻnalishda tezkor, texnologik va samarali faoliyat koʻrsatishga erishish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shoshilinch yordamga muhtoj har bir kishiga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni oʻz vaqtida koʻrsatish tez tibbiy yordam xizmatining ustuvor vazifasi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy koʻmaklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar 2019-yil 1-yanvardan boshlab Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan tushgan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning mablagʻlari quyidagilarga sarflanishi belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransportini xarid qilish va transport parkini oʻz vaqtida yangilash, shuningdek, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam xizmatining xodimlarini oʻqitish, malakasini oshirish va amaliyot oʻtashini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida amaliyot oʻtashini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga ustamalar, mukofot pullari va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez tibbiy yordam xizmatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi va hajmlari saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning mablagʻlarini boshqarish va taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hayʼati qarori asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha maxsus avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari, tibbiyot uskunalari va sarflanadigan materiallar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, texnik oʻqitish vositalari, adabiyotlar va tez tibbiy yordam xizmati uchun zarur boshqa moddiy-texnika resurslar uchun 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda bojxona toʻlovlaridan ozod etilsin (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomni hamda Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning 2019-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini, shu jumladan, ushbu qarorni ijro etish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutgan holda, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi va Vazirlikning veb-saytida eʼlon qilib borilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijalari tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun asos boʻladi, shuningdek, xizmat muassasalarini rahbar kadrlar bilan toʻldirishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy palata) bilan birgalikda ikki oy muddatda Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlarini hisobga olgan holda tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan birgalikda tez tibbiy yordam xizmatini 2020-yildan boshlab aviatsiya texnikasi bilan jihozlash va (yoki) aviatsiya xizmatlarini xarid qilish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida xarid qilish boʻyicha takliflarni 2019-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruvlar tuzilmasidan, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan koʻrsatiladigan yordam hajmi va xususiyatidan kelib chiqib, feldsherlik brigadalari ulushini oshirgan holda tez tibbiy yordam xizmatini 2019-yil yakuniga qadar qayta tuzib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda respublikaning ayrim hududlardagi tez tibbiy yordam xizmatini boshqarish huquqini davlat-xususiy sherikchiligi asosida investorlarga oʻtkazish boʻyicha aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlikning Shoshilinch tibbiy yordam oʻquv markazini Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv-mashgʻulot markazi etib (keyingi oʻrinlarda — Markaz) qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Markaz tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish sohasida kadrlarni oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha bazaviy metodik muassasa hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya-qutqaruv xizmatlari, davlat organlari va tashkilotlari, boshqa yuridik shaxslar xodimlarini, shuningdek, fuqarolarni shoshilinch tibbiy va tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish koʻnikmalariga oʻqitish, qayta oʻqitish va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifoxonagacha tibbiy yordam koʻrsatish shakllari va metodlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha boshqa muassasalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida metodik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish sohasida seminar-treninglar, master-klasslar, vebinarlar va telekoʻpriklar tashkil etish, shu jumladan yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot va oʻquv markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda grantlar va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yuklatilgan vazifalar doirasida Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, davlat tibbiyot tashkilotlaridan Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur axborotni, statistik va arxiv maʼlumotlarini belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, boshqa ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni taʼlim jarayoniga shartnoma asosida jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish koʻnikmalari oʻqitiladigan kurslardan oʻtish uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv-mashgʻulot markaziga yuboriladigan davlat organlari va davlat ulushiga ega boʻlgan tashkilotlar xodimlarining kontingenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlab turiladigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar oʻz xodimlarini Markazda oʻqitish uchun har yilgi budjetdan mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekneftegaz” AJ va “Toshshahartransxizmat” AJ oʻz xodimlari va instruktorlarini oʻz mablagʻlari hisobidan har yili oʻqishga yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez tibbiy yordam xizmati brigadalarining haydovchilari Markazda shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish koʻnikmalari oʻqitiladigan kurslardan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan oʻtishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Vazirlik bilan birgalikda Markazdagi taʼlim jarayoni, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati ustidan muntazam nazorat va monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlik Toshkent viloyati hokimligi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida tez tibbiy yordam xizmati paramediklari faoliyatini tashkil etish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutgan sinov loyihasini amalga oshirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paramediklar tomonidan fuqarolarga kecha-kunduz uzluksiz yuqori malakali tez tibbiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam xizmatining aholiga imkon qadar yaqinlashtirilishini hisobga olib, paramediklar kuchlarini muvofiqlashtirilgan holda joylashtirish va boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning yoki ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar organlarining tegishli xizmatlari, davlat organlari va tashkilotlari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning chaqiruvlari boʻyicha voqea joyiga tez yetib kelishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam xizmatining boshqa brigadalari bilan operativ hamkorlik qilish mexanizmini joriy etgan holda fuqarolar va turistlar toʻplanadigan joylarda paramediklar patrullik qatnovlarni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-fevralga qadar paramediklar tomonidan tez tibbiy yordam koʻrsatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-aprelga qadar Markazda zarur miqdordagi feldsherlarni paramediklar ixtisosligiga oʻqitishni, shu jumladan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish sohasidagi yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻqitishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil yakuni boʻyicha tez tibbiy yordam xizmatida paramediklar faoliyatini kengaytirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahrida, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida tez tibbiy yordam boshqarmasining quyidagi imkoniyatlarga ega avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan tizim) yaratsin va foydalanishga topshirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining chaqiruvlarini qabul qilish va roʻyxatga olish, ustunlik tartibida xizmat koʻrsatish lozim boʻlgan chaqiruvlarni avtomatik belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtotransport harakatini boshqarish, shu jumladan GPS-navigatsiyadan foydalangan holda, keyinchalik bosqichma-bosqich raqamli radioaloqaga oʻtish orqali avtotransport harakatini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan shaxslar joylashgan joyni telefon (mobil) aloqasi orqali avtomatik aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam yordam brigadalarini mobil ilovalar yordamida, shu jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalaniladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni shoshilinch xizmatlarining axborot tizimlari bilan birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar tomonidan tez tibbiy yordam stansiyalari faoliyati samaradorligini baholash va ularning reytingini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tez tibbiy yordam xizmati stansiyalarining Sall-markazlarini normativlarga muvofiq toʻliq jihozlash uchun 2018-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar budjetlari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha telefon liniyalari (raqamlari) ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish va unga xizmat koʻrsatish, texnik qoʻllab-quvvatlash va keyinchalik modernizatsiyalash boʻyicha buyurtmachining funksiyalari Vazirlikka yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan tizimning texnik va loyihaoldi hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qarorida belgilangan hajmlar va manbalarda moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan avtomatlashtirilgan tizimni foydalanishga topshirish nazarda tutilgan muddatlarda ichki lokal-hisoblash tarmoqlari yaratilishini hamda tez tibbiy yordam xizmati boʻlinmalarini zarur uskunalar va anjomlar, shu jumladan GPS-navigatorlar va aloqa vositalari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda (yoki) uning hududiy boʻlinmalari buyurtmanomalari boʻyicha tez tibbiy yordam xizmati stansiyalarining Sall-markazlarini telefon liniyalari (raqamlari) bilan taʼminlash uchun mahalliy budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov — tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, maxsus avtotransport xarid qilish va transport parkini oʻz vaqtida yangilash, shuningdek zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov — avtomatlashtirilgan tizimning texnik va loyihaoldi hujjatlarini sifatli va oʻz vaqtida tayyorlash, ushbu tizimni yaratish va foydalanishga topshirish, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun telefon liniyalari (raqamlari) ajratish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.A. Abduhakimov — vazirlik va idoralarni ular zimmasiga yuklangan vazifalarni lozim darajada bajarishi uchun samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu qarorni amalga oshirish jarayonini muntazam ravishda koʻrib borish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam brigadalari uchun feldsherlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv dasturlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam chaqiruvlarining shoshilinchliligiga qarab joylashtirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab respublikaning tibbiy kasb-hunar kollejlarida tez tibbiy yordam brigadalari uchun feldsherlarni tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv dasturlarini joriy etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar aviatsiya shaklida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3973-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3973-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga oid
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Summa

(mln. soʻmda)*

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etish tizimini takomillashtirish

1.

Tez tibbiy yordam koʻrsatish tartibi va qoidalarini quyidagilar orqali takomillashtirish:

tez tibbiy yordam brigadalarini oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida joylashtirish;

aholi gavjum tumanlarda va tez tibbiy yordam mobil brigadalari zimmasiga ish koʻp yuklangan soatlarda patrullikni tashkil etish;

sanitar aviatsiya shaklida tibbiy yordam koʻrsatish;

sanitar aviatsiya shaklida tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun havo transportidan (vertolyot, samolyotdan) foydalanish;

qabul qilinayotgan chaqiruvlarni shoshilinchliligiga qarab joylashtirish;

IIV va FVVning tegishli boʻlinmalari, shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzbekenergo” AJ shoshilinch yordam koʻrsatish xizmatlari bilan hamkorlik qilish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2019-yil

1-yanvargacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

IIV (P. Bobojonov),

FVV (A. Kuldashev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ (B. Ashrafxanov),

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev)

2.

Tez tibbiy yordam koʻrsatish standartlari va bayonnomalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shu jumladan:

yurakni va oʻpkani reanimatsiya qilishni;

kattalar va bolalarda nafas siqishi yuz berganda shoshilinch yordam koʻrsatishni;

kattalar va bolalarda yurak-qon tomir faoliyati jiddiy buzilganda intensiv terapiya algoritmlarini bajarish;

jarohat olganda kasalxonagacha shoshilinch yordam koʻrsatishni;

neonatal reanimatsiyani nazarda tutadi.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2019-yil

1-aprelgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

(A. Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

3.

Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlarini hisobga olgan holda tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi hamda uslubiyatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2019-yil

1-yanvargacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

(A. Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

4.

Chaqiruvlar xususiyatlarini, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan koʻrsatiladigan yordam hajmi va xarakterini hisobga olgan holda feldsherlik brigadalari ulushini koʻpaytirib, tez tibbiy yordam xizmatlarini qayta tuzib chiqish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2019-yil

1-dekabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi (D. Sultanov)

5.

Yoritish-ovoz berish signalizatsiyasi yoqilganda tez tibbiy yordam avtotransporti oʻtib ketishi uchun toʻsqinlik qilganlik va xalaqit berganlik uchun xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda yoʻl harakati ishtirokchilari javobgarligini kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2019-yil

1-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oliy sud (K. Kamilov)

II. Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish

6.

Tez tibbiy yordam xizmati uchun maxsus avtotransport xarid qilish, shu jumladan:

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

a) 2019-yilda:

25 ta “S” klassga mansub avtomobil;

harakatlanishi qiyin boʻlgan yoʻllardan yura oladigan 50 ta avtomobil;

25 000,0

7 500,0

2019-yil

1-iyulgacha

50 ta “S” klassga mansub avtomobil;

50 000,0

2019

1-oktabrgacha

b) 2020-yilda:

50 ta “V” klassga mansub avtomobil

25 000,0

2020-yil

1-martgacha


100 ta “V” klassga mansub avtomobil

50 000,0

2020-yil

1-oktabrgacha

v) 2021-yilda:

200 ta “V” klassga mansub avtomobil

100 000,0

2021-yil

1-sentabrgacha

7.

Tez tibbiy yordam xizmati paramediklari brigadalari uchun 5 dona skuter (elektrskuter) xarid qilish.

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

55,0

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2019-yil

1-martgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

8.

Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositalarini zarur ehtiyot qismlar (moy, filtrlar, avtoshinalar, akkumulyatorlar va hokazolar) bilan taʼminlash.

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

24 948,0

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2019 — 2021-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

9.

Tez tibbiy yordam xizmati avtomobillarini toʻliq jihozlash uchun 2144 ta tovushli sirena va 2500 ta videoregistrator xarid qilish.

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

6 000,0

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2019-yil

1-sentabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

10.

Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositalarini tibbiyot uskunalari komplektlari (EKG, transportda oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish vositasi, elektr soʻrgich, defibrillyator va hokazolar) bilan jihozlash (toʻliq jihozlash).

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

47 250,0

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2019 — 2021-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

11.

Tez tibbiy yordam xizmatining brigadalarini 1600 ta GPS-treker va 2500 ta planshet bilan jihozlash (toʻliq jihozlash).

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

11 500,0

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2019-yil

1-aprelgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

12.

Tez tibbiy yordam xizmatining avtotransporti ustidan monitoring olib boruvchi GPS tizimini joriy etish. Bu tizim:

tez tibbiy yordam xizmatining avtotransporti joylashgan joyni;

yoqilgʻi darajasi datchigidan foydalangan holda yoqilgʻi sarfini;

transport vositasi yurgan masofani;

belgilangan geozonalarga borganini;

tezlik rejimiga amal qilganini;

haydovchilar faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi.

Xizmatlar yetkazib beruvchilari bilan kontraktlar tuzish

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

2019-yil

1-aprelgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

III. Tez tibbiy yordam xizmati tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

tizimini takomillashtirish

13.

Tez tibbiy yordam xizmati tibbiyot xodimlarining mehnatiga ushbu xizmat faoliyati samaradorligini baholash indikatorlariga asoslangan tabaqalashgan tarzda haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

70 000,0

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2019-yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov),

Moliya vazirligi (D. Sultanov)

90 000,0

2020-yil davomida


90 000,0


2021-yil davomida

14.

Tez tibbiy yordam xizmati vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, ularni tez yordam koʻrsatish xalqaro standartlariga (ACLS, PALS, PNTLS) oʻqitishni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan oʻquv yurtlari negizida oʻqitishni tashkil etish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

7 000,0

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2019 — 2021-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

15.

Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining malakasini oshirish uchun hududlarga safarlarni tashkil etish.

Jadval rejasi

Ijro etuvchilar va tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2019 — 2021-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

(A. Shadmanov), Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv-mashgʻulot markazi (V. Avakov)

16.

Tez tibbiy yordamni rivojlantirishni takomillashtirish muammolari boʻyicha yillik ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, mahorat-darslari va telekoʻpriklar oʻtkazish.

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

Ijro etuvchilar va tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2019 — 2021-yillar davomida

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (A. Xadjibayev) va uning hududiy filiallari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ushbu dasturda nazarda tutilgan tadbirlar ijrosining yakuniy summasi 604,2 mlrd. soʻmni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** asbob-uskunalarning va ushbu dasturda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarning yakuniy summasi (qiymati) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar yakunlari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3973-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy indikatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Indikatorlar guruhi

Indikatorlar

Koʻrsatkichlar

1.

Moddiy-texnik va kadrlar bilan taʼminlanganlik

Maxsus avtotransport bilan jihozlanganlik

Shundan

“A”

klass

“V”

klass

“S”

klass

Aloqa vositalari bilan taʼminlanganlik

Shundan

Radio-aloqa

Telefon aloqasi

(Planshetlar)

GPS-navigatsiya tizimi bilan taʼminlanganlik

Dori vositalari bilan taʼminlanganlik

Tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganlik

Kadrlar bilan toʻldirilganlik (tasdiqlangan shtat normativlariga muvofiq)

Vrachlar

Feldsherlar

2.

Tez tibbiy yordam koʻrsatish operativligi

Tez tibbiy yordam mashinasi joʻnaydigan oʻrtacha vaqt

Bemorning oldiga yetib kelishga ketadigan oʻrtacha vaqt

Tez tibbiy yordam brigadasiga bir sutkada tushadigan oʻrtacha yuklama

Asossiz chaqiruvlar

3.

Oxirgi natija boʻyicha tez tibbiy yordam koʻrsatish sifati

Tez tibbiy yordam kelguniga qadar oʻlim

Tez tibbiy yordam brigadasi borligida oʻlim

Takroriy chaqiruvlar (tez tibbiy yordam brigadasi aybi bilan)

Davolash-profilaktika muassasalarining daʼvolari va fuqarolar shikoyatlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indikatorlar tez tibbiy yordam xizmatining ish hajmlaridan va rivojlanish surʼatlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan toʻldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3973-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish koʻnikmalari oʻrgatiladigan kurslardan oʻtish uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv-mashgʻulot markaziga yuboriladigan davlat organlari va davlat ulushiga ega boʻlgan tashkilotlar xodimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontingenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomlanishi

Xodimlar soni

2019-yil

2020-yil

2021-yil

1.

Ichki ishlar vazirligi

100

110

120

2.

Mudofaa vazirligi

150

160

170

3.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

50

60

70

4.

Xalq taʼlimi vazirligi

50

55

60

5.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

100

100

100

6.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

50

50

50

7.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

100

100

100

8.

Davlat bojxona qoʻmitasi

50

60

70

9.

Davlat soliq qoʻmitasi

160

160

160

10.

Transport vazirligi

50

60

70

11.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK

150

160

170

12.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

200

210

220

13.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

50

60

70

14.

“Toshshahartransxizmat” AJ

100

110

120

15.

Tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilari

2000

2000

2000

Jami:

3360

3455

3550

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 07/18/3973/2064-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)