Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2001 03.03.1992 yildagi 95-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIRJALAR FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida birja faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida” 1991-yil 27-dekabrdagi Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birjalar Kengashi zimmasiga respublikada birjalar faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hamda birjalarni ixtisoslashtirish, shuningdek, yangi birjalar tashkil etishning maqsadga muvofiqligi masalalarini kelishib olish vazifasi yuklatilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 223-son qarori bilan chiqarib tashlangan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birjalar Kengashi bir oy muddat ichida Kengash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan birjalarni davlat tomonidan roʻyxatga olishning ilova qilinayotgan Tartibi tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha birjalar, oʻzining mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, birjalarni Yagona davlat roʻyxatiga kiritish uchun 1992-yilning 1-iyuligacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat tomonidan roʻyxatga olinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-martdagi 147-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi birjalarni roʻyxatga olish grafigini oʻn kun muddat ichida tasdiqlasin hamda uni birjalarga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning 3-bandida koʻrsatilgan muddat ichida belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan birjalarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning daromadi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi birjalar tomonidan oʻz ustavlariga, ularning vazifalari va faoliyati maqsadlariga muvofiqligi qismiga qanday rioya qilinayotganligini muntazam ravishda nazorat qilishni amalga oshirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-martdagi 147-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-martdagi 95-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan birjalarni davlat tomonidan roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida birja faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida” 1991-yil 27-dekabrdagi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan birjalar va ular taʼsis etgan korxonalarni davlat tomonidan roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan birjalar va ularning korxonalarini davlat tomonidan roʻyxatga olish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birjalar va ular taʼsis etgan korxonalarni davlat tomonidan roʻyxatga olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalar yoki ular tomonidan taʼsis etilgan korxonalarni davlat tomonidan roʻyxatga olish haqida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja yoki korxona tuzish haqida taʼsischilar yoki ular vakolat bergan organning notarial idora tasdiqlagan shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischi (taʼsischilar) tomonidan tasdiqlangan birja yoki korxonaning notarial idora tasdiqlagan ustavi, uning tovar belgisi, emblemasi va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilgan birja uchun birjalar Kengashining roziligi hamda birjaning binolari va zarur asbob-uskunalari borligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjaning roʻyxatga olinganligi uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi bank toʻlov hujjati.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birjalarning davlat tomonidan roʻyxatga olinganligi uchun ustav fondining 0,25 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining besh baravaridan kam va yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorlarda davlat boji olinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 223-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan mablagʻlarning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan hisobiga, qolgan qismi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavlar oʻzgartirilganda va toʻldirilganda, shuningdek, birja qayta tashkil etilganda roʻyxatga olinganlik uchun toʻlangan summaning yarmi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Birjani davlat tomonidan roʻyxatga olish roʻyxatga olish haqidagi ariza, zarur barcha hujjatlar ilova qilingan holda, olingan vaqtdan boshlab 30 kundan kechikmay amalga oshiriladi. Agar birja yoki uning tomonidan taʼsis etilgan korxona belgilangan muddatda davlat tomonidan roʻyxatga olinmagan yoki taʼsischi asossiz deb hisoblaydigan sabablar bilan rad etilgan taqdirda, taʼsischi sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birjalarning davlat tomonidan roʻyxatga olinganligi haqidagi maʼlumotlar 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan olib boriladigan Oʻzbekiston Respublikasi birjalari hamda ular taʼsis etgan korxonalarning Yagona davlat roʻyxatiga kiritiladi (1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Roʻyxatga olingan birjaga davlat tomonidan roʻyxatga olinganlik haqidagi guvohnoma beriladi (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlab turgan birjani yoki u taʼsis etgan korxonani davlat tomonidan roʻyxatga olish rad etilganda roʻyxatga oluvchi organ hisob-kitob ishlarini toʻxtatish uchun bu haqda moliyaviy taʼminlashni amalga oshirayotgan bankka xabar beradi. Birjani tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan birjalar qaytadan tashkil etilgan yoki tuzilishida, shuningdek, faoliyat turida oʻzgarish boʻlgan taqdirda, ularni roʻyxatga olgan organlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga bir hafta muddat ichida bu haqda korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning respublika klassifikatsiyasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan tartibda ularning aynan tenglashtirish va klassifikatsiyalari belgilarini aniqlash uchun xabar qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birja vakolatli davlat organlarini oʻzining pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik uchun birjaning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin bir yil oʻtgach birja roʻyxatdan oʻtkazgan organga taʼsis hujjatlarida maʼlum qilingan ustav jamgʻarmasini shakllantirish tugallanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamgʻarmasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilgan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiyaga birjaning bundan buyon faoliyat koʻrsatishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Birja davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, pochta manzili oʻzgarganligi, qayta tashkil etilganligi yoki faoliyat turlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritish uchun oʻn kun muddatda statistika organlariga xabar qiladilar.
(8 va 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14-sentabrdagi 1999-yil 427-sonli qarori bilan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi birjalar va ular taʼsis etgan korxonalar
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat № _____________________________________________________________‎‎
Korxonaning nomi_____________________________________________________
_____________________________________________________________________‎‎
Roʻyxatga olish sanasi___________________________________________________‎‎

Yozuvlar № va roʻyxatga kiritilgan sana‎

Faoliyat sohasi va turi, ishlovchilar soni, savdoning va koʻrsatiladigan xizmatlarning oʻrtacha yillik hajmi (ming soʻm)‎ Birjaning manzilgohi, telefoni, telefaksi, bankdagi hisob-kitob schyoti‎ Tuzilmadagi, faoliyat turidagi oʻzgarishlar va tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi birjalarning davlat tomonidan roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida
GUVOHNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

199_ yil “___” _______________‎

Ushbu guvohnoma _______________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

‎‎(roʻyxatga olgan organning nomi)‎‎

tomonidan roʻyxatga olingan ‎

_____________________________‎

..................(birjaning nomi)‎

_________________________________________________________ga berildi.‎‎


‎Roʻyxat №‎

Roʻyxatga olish sanasi‎
199__ yil “___” _____________‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil, 3-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)