Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlarining ko‘rsatilishida byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni yanada bartaraf etish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mazkur sohadagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
a) 6-bandning beshinchi xatboshisidan “yoki yashash joyidagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) 8-bandning uchinchi xatboshisidan “va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
“d” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
“n” kichik bandidan “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan nogiron bola 8 yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
g) 16-bandning “v” kichik bandidan “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, shuningdek” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
d) 25-banddan “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ariza” degan so‘zlar “ichki ishlar organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 65-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan olingan ma’lumotlar va qarab turilgan shaxslardan” degan so‘zlar “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimlaridan va shaxslardan so‘rab chiqish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
a) 1-ilova 20-bandining 7-kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilova 17-bandining 7-kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2019-y., 09/19/38/2491-son)
a) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 74-bandning ikkinchi xatboshisidan “yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan olingan ma’lumotnoma va tavsifnoma” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“j” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“z” kichik bandidan “yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“e” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“j” kichik bandidan “yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 82-bandning “g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi