1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori bilan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini har yili Innovatsion gʻoyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida topshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining qoʻshma qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi buyurtmasiga asosan, belgilangan tartibda “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlanganlarni taqdirlash tadbirlarini tashkil etish, koʻkrak nishonlar va ularning guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
786-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻkrak nishoni bilan innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan har yili 1-apreldan 30-aprelgacha tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyaga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyalar taqdim etilgan takliflarni mazkur hudud yoki respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib, innovatsion gʻoya va texnologiyalarni ushbu hududga yoki respublika iqtisodiyotiga tatbiq etish darajasini hisobga olgan holda oʻrganib chiqadi va koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar boʻyicha tavsiyalarni har yili 1-iyungacha tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan oliy taʼlim muassasalari talabalarining hujjatlari oliy taʼlim muassasasida tuzilgan komissiyalar tomonidan oʻrganib chiqilib, oliy taʼlim muassasasi ilmiy kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi va koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar boʻyicha tavsiyalar har yili 1-iyungacha oliy taʼlim muassasasi rektorining yoʻllanma xati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar hujjatlarni koʻrib chiqib, tegishli yigʻilish qarorlari asosida har bir hududdan 3 nafardan tavsiya qilingan nomzodlarning hujjatlarini (maʼlumotnomalar, ularning ishlanmalari haqida annotatsiyalar (200 ta soʻzdan koʻp boʻlmagan), asosnomalar) har yili 20-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha har yili 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan komissiya tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqiladi va har yili 31-avgustgacha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida har yili 15-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining qoʻshma qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koʻkrak nishoni, uning guvohnomasi va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti har yili Innovatsion gʻoyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi matbuot nashrlarida va boshqa tegishli ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslarning respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan innovatsion gʻoya va texnologiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tegishli tarmoq yoki sohaga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi barcha hududlaridan bir nafardan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan tavsiya etilgan shaxslar koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 209-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Masʼullar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Amalga oshirish muddati
I bosqich
Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, tashabbuskor fuqarolar
1. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflarni shakllantiradi.
2. Ishlab chiqilgan takliflarni tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyaga taqdim etadi.
har yili 1-apreldan 30-aprelgacha
II bosqich
Tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyalar
1. Taqdim etilgan takliflarni hudud yoki respublika ehtiyojlaridan kelib chiqib hamda innovatsion gʻoya va texnologiyalarni ushbu hududga tatbiq etish darajasini hisobga olgan holda oʻrganib chiqadi.
2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar boʻyicha tavsiyalarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
har yili 1-iyungacha
Oliy taʼlim muassasalarida tuzilgan komissiyalar
1. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar boʻyicha tavsiyalarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
har yili 1-iyungacha
III bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
1. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi.
2. Tegishli yigʻilish qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadi.
har yili 20-iyungacha
IV bosqich
1. Innovatsion rivojlanish vazirligi.
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi.
3. Komissiya
1. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi komissiya tashkil etadi.
2. Komissiya koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va yakuniy xulosa qabul qiladi.
har yili 1-iyulgacha
har yili 31-avgustgacha
V bosqich
1. Innovatsion rivojlanish vazirligi.
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
1. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoʻshma qaror qabul qiladi.
2. Koʻkrak nishoni, uning guvohnomasi va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshiradi.
har yili 15-sentabrgacha
har yili Innovatsion gʻoyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining old yuqori qismida uch qatorda balandligi 2 millimetr boʻlgan “INNOVATSION GʼOYALAR YETAKCNISI” yozuvi joylashgan, “G`OYALAR” soʻzining oʻng va chap tomonlarida 1,5 millimetr uzoqlikda diametri 1,8 millimetrli sakkiz qirrali yulduz joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YETAKCNISI” soʻzidan 2,5 millimetr pastda balandligi 11,7 millimetr boʻlgan innovatsiyaning ramziy belgisi — choʻgʻlanma elektr chirogʻi aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida toʻrt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “INNOVATSION RIVOJLANISNDA YETAKCNILIGI UCNUN” soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uning atrofi diametri 30,5 millimetr boʻlgan naqsh bilan hoshiyalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻtrburchak shaklidagi qadagʻichgacha ulangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetr. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 9 millimetrli oq rangli yoʻl, uning ikki chetidan esa eni 1,5 millimetrli qizil rangli ikkita yoʻl oʻtgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoyi lentaning chekka qismlari boʻylab har birining eni 5 millimetr boʻlgan chap tomondagi chekka qismi koʻk rangli va oʻng tomondagi chekka qismi yashil rangli yoʻllar oʻtgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv. m qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) och yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Innovatsion g`oyalar yetakchisi”, ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda GUVONNOMA (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pastki chiziqdan 6,5 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O`zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Innovatsion rivojlanish vazirligi”, “O`zbekiston Yoshlar ittifoqining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-son qo`shma qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda “Innovatsion g`oyalar yetakchisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap va oʻng tomonda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Chap tomondagi matnning birinchi satrda “O`zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “innovatsion rivojlanish vaziri” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 8-kegl), oʻng tomondagi matnning birinchi satrda “O`zbekiston Yoshlar ittifoqi”, ikkinchi satrda “Markaziy kengashi raisi” soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/786/1988-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)