O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.N. Umarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-oktabr,
781-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-oktabrdagi 781-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Turizm faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri turizmni rivojlantirish departamentlari (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”.
2. 8-bandning “g” kichik bandi chiqarib tashlansin.
3. 9-bandning “b” kichik bandidagi “b”, “g” — “e” kichik bandlariga” so‘zlari “b”, “d” va “e” kichik bandlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 14-banddagi “o‘n besh” so‘zlari “o‘n” so‘zi bilan almashtirilsin.
5. Nizomga ilovaning “Bajarish muddati” blokidagi “15 ish kuni” so‘zlari “10 ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/781/1984-son)