15.09.2018 yildagi 734-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-son qarorini ijro etish yuzasidan, oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish va ularning keyinchalik faoliyat koʻrsatishi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda va har yili 1-fevralgacha davlat-xususiy sheriklik shartlarida oʻsimliklar klinikalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun ajratilishi kerak boʻlgan yer uchastkalarini belgilasinlar, shuningdek, tasdiqlangan yer uchastkalari maʼlumotlari roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etsinlar.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) bilan birgalikda bir oy muddatda foydalanilmayotgan boʻsh turgan binolar va xonalar roʻyxatlarini aniqlasinlar va Agentlikka taqdim etsinlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmayotgan boʻsh turgan binolar va xonalar Agentlik bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar asosida oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish uchun uzoq muddatga tekin foydalanish uchun berilishini taʼminlasinlar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
734-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-sentabrdagi 734-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik — oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish maqsadida davlat va xususiy sheriklarning muayyan muddatga yuridik rasmiylashtirilgan oʻzaro manfaatli hamkorligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan sherik — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi);
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar klinikasi — oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi hamda oʻsimliklarga ishlov berish va oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun aholini va qishloq xoʻjaligi korxonalarini biokimyoviy, kimyoviy, biologik, mexanik vositalar va uskunalar (inventar) bilan taʼminlaydigan tijorat tashkiloti;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Davlat-xususiy sheriklikka nomzodlarni tanlash boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining vakillaridan iborat tarkibda, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda xususiy sheriklarga nomzodlarni tanlab olish uchun tuziladigan organ;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xususiy sherik toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha loyihani amalga oshirishning boshqa shartlarini belgilaydigan davlat bilan xususiy sheriklar oʻrtasida tuziladigan yozma shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik — oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etishda asosiy talablarga javob beradigan, davlat va xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzgan yoxud tuzish xohishini bildirgan tijorat tashkiloti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻsimliklar klinikasi yuridik shaxs tarzida yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi (filiali) shaklida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlarining foydalanilmayotgan binolarini uzoq muddatga bepul foydalanishga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda koʻrsatilgan shartlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkasi ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etishda asosiy talablar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shu jumladan, zararsizlantirish boʻyicha kamida toʻrt nafar kishidan iborat otryadlar tashkil etish hisobiga oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalari, oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish boʻyicha vositalar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
feromon tutgichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararkunandalarga qarshi kurashish uchun biomahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gerbitsidlar, fungitsidlar, instektitsidlar, insektoakaritsidlar, nematotsidlar va biopreparatlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uzluksiz sotishni taʼminlash uchun kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, priborlar va preparatlarning minimal assortimenti majburiy mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) binolar va xonalarga qoʻyiladigan ekologik talablar, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarni aniqlash uchun tegishli laboratoriya uskunasi, inventar mavjud boʻlishi, shuningdek, oʻsimliklarga ishlov berish uchun kimyoviy, biokimyoviy va biologik vositalarni tayyorlash va qadoqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar klinikalarida mavjud boʻlishi majburiy boʻlgan kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, priborlar va preparatlarning minimal assortimenti roʻyxati Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) bitimda nazarda tutiladi.
(5-band “d” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻsimliklar klinikalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalar bilan taʼminlash oʻsimliklar klinikalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻsimliklar klinikalari quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik sotish uchun belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalarini xarid qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalarini saqlashni, yoʻq qilishni taʼminlaydilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlanishi hamda oʻsimlik dunyosi kasalliklari va zararkunandalari tarqalishi holatlari toʻgʻrisida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini xabardor qiladilar, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining murojaati boʻyicha amaliyotda uchraydigan oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklari toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik vositalari va mexanik vositalarini qoʻllash va saqlash boʻyicha aholiga bepul maslahatlar beradilar va axborot yordami koʻrsatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha zarur xizmatlarni koʻrsatish uchun oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklar turlarini aniqlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar klinikalarining faoliyatini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlaridagi klinikalar faoliyati monitoringini olib borish Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻsimliklar klinikalari faoliyati monitoringini olib borish tartibi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) bitimda nazarda tutiladi.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat-xususiy sheriklik shartlarida oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat-xususiy sheriklik Komissiya tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tarkibiga Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Agentlik, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti vakillari kiradigan Komissiya kamida ikkita ishtirokchidan arizalar tushganda tanlov oʻtkazadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarining soni toq boʻlishi va kamida besh nafar kishini tashkil etishi kerak. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining oʻrinbosari Komissiyaning raisi hisoblanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishi reglamenti Komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat tomonidan sherik tanlov boshlanishidan 30 kun oldin tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni oʻzining rasmiy veb-saytining maxsus boʻlimida, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa manbalarda majburiy tartibda joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan sherikning nomi va pochta manzili, uning aloqa qilinadigan telefoni va elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakliga bogʻliq ravishda talab etiladigan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning minimal hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xususiy sheriklikka nomzod davlat tomonidan sherikning rasmiy veb-saytida arizani joylashtiradi, unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxs joylashgan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bank rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) moddiy-texnik baza toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi, u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun tovar zaxirasi va aylanma mablagʻlar mavjudligi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarni aniqlash, shuningdek, oʻsimliklarga ishlov berish uchun kimyoviy, biokimyoviy, biologik vositalarni tayyorlash va qadoqlash uchun tegishli laboratoriya uskunalari, inventar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararsizlantirish boʻyicha otryad va yakka tartibda himoya qilish vositalari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararkunandalarga qarshi kurashish uchun biomahsulotlarni yetishtirish boʻyicha shart-sharoitlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi Inspeksiya tomonidan elektron idoralararo oʻzaro hamkorlik yoʻli bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noaniqliklar yuzaga kelgan taqdirda taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakillari jalb etilgan holda Oʻsimliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyning oʻzida oʻrganilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida tushgan ariza, u tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida davlat tomonidan sherik tarafidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Agentlik bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tushgan ariza koʻrib chiqilgandan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Agentlikning ijobiy xulosalari olingandan keyin davlat tomonidan sherik tanlov eʼlon qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi ijobiy xulosa olingandan keyin besh ish kuni mobaynida nomzodni Komissiya majlisini oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzishga talabgorlik qiluvchi nomzod oʻz nomzodini koʻrib chiqishda Komissiya majlisida ishtirok etish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xususiy sherikning arizasi Komissiya tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi va u davlat tomonidan sherikning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nomzodni, xususiy sherikni tanlab olish Komissiya tomonidan quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalari, oʻsimliklarga toʻliq hajmda ishlov berish uchun preparatlar bilan taʼminlash imkonini beruvchi tegishli moddiy-texnik baza, tovar zaxirasi va aylanma mablagʻlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarni aniqlash, shuningdek, oʻsimliklarga ishlov berish uchun kimyoviy, biokimyoviy, biologik vositalarni qadoqlash uchun tegishli laboratoriya uskunalari, inventarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararsizlantirish boʻyicha otryad va yakka tartibdagi himoya vositalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararkunandalarga qarshi kurashish uchun biomahsulotlar yetishtirish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tanlov taklifi, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb eʼtirof etilgan ishtirokchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov yakunlari boʻyicha uning takliflari parametrlari tanlov shartlariga muvofiq boʻlgan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq gʻolib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past boʻlgan zaxira gʻolib ham aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov gʻolibi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolashni rad etgan yoki undan bosh tortgan taqdirda, zaxira gʻolib bilan tegishli bitimni imzolashga yoʻl qoʻyiladi. Tanlovning zaxira gʻolibi bilan bitim tuzish tanlovning gʻolibi bilan bitim tuzish tartibiga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Faqat bir nafar ishtirokchidan ariza tushgan taqdirda tanlov oʻtkazilmaydi, qaror esa Komissiya tomonidan ishtirokchining arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tanlov toʻgʻrisida eʼlon berilgan paytdan boshlab oʻttiz kunlik muddat tamom boʻlgandan keyin besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Komissiya xususiy sherikning taklifi tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan sherik tanlov yakunlari toʻgʻrisida Komissiya qarori qabul qilingan kunda oʻzining rasmiy veb-saytida maʼlumotni joylashtirish yoʻli bilan tanlov ishtirokchilarini uning natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiyaning davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat tomonidan sherik qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda nomzodga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bitim uni amalga oshirish shakliga bogʻliq ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim mavzusini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning amal qilish muddati va shartlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar klinikalari faoliyati boshlanishi muddatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim tomonlarining huquq va majburiyatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish monitoringini amalga oshirish va darajasini baholash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqariladigan va (yoki) taqdim etiladigan infrastruktura obyektlari, xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik tomonidan uning majburiyatlari ijrosi toʻgʻrisida axborot taqdim etilishi tartibi va muddatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan sherik va xususiy sherik oʻrtasidagi bitim ijrosi bilan bogʻliq xavf-xatarlarni taqsimlash tartibi va shartlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun davlat tomonidan sherik tomonidan xususiy sherikka beriladigan infratuzilma obyektlariga egalik qilish va ulardan foydalanish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar klinikalaridan foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, modernizatsiya qilish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni ijro etish jarayonida tashkil etilgan obyektga va boshqa mol-mulkka huquqlarni bitimning amal qilishi toʻxtatilgandan keyin taqsimlash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlariga rioya qilinmaganligi uchun tomonlarning javobgarligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni bekor qilish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun sanksiyalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal etish tartibini oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat tomonidan sherik xususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Zarurat boʻlganda bitim qoidalarini kelishish maqsadida davlat tomonidan sherik bilan xususiy sherik oʻrtasida muzokaralar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bitim davlat tomonidan sherik va xususiy sherik oʻrtasida 2 nusxada (xar bir taraf uchun bir nusxadan) imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan yuritiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bitim tomonlar uni imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va uning muddati tamom boʻlguniga yoki u bekor qilinguniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagi hollarda bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki tomonning roziligi bilan;

davlat tomonidan sherik bilan xususiy sherikning shartnomaviy munosabatlari yuzasidan oʻsimliklar karantinini tartibga solish sohasida qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan — davlat tomonidan sherikning talabi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qaroriga koʻra.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki tomonning roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik bankrot boʻlgan va tugatilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda — davlat tomonidan sherikning talabi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan sherik tarafidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda — xususiy sherikning talabi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim sud tartibida bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bitim uning amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning amal qilish muddati tamom boʻlishi tomonlarni uning buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xususiy sherik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasi tashabbusi toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun davlat tomonidan sherikka taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning amal qilish muddatiga yer uchastkalari, boʻsh turgan obyektlar, shu jumladan, faoliyat koʻrsatmagan davlat muassasalarini hamda foydalanilmayotgan xonalar yoki korpuslarni olish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda metodik taʼminlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlari davlat tomonidan sherik tarafidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xususiy sherik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim amal qilishining butun muddati mobaynida obyekt faoliyati ixtisosliligini saqlab qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻsimliklar klinikalari faoliyat koʻrsatishi uchun yuqori malakali kadrlar va boshqa kadrlar bilan butlashi, zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar klinikalari faoliyati doirasida koʻrsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatini taʼminlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni toʻliq yoki qisman moliyalashtirishni, undan foydalanishni, texnik xizmat koʻrsatishni, shuningdek, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, modernizatsiya qilishni taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar xususiy sherikning mulkida boʻlgan obyekt xususiy sherik tomonidan oʻzgaga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq xususiy sherik almashtirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat tomonidan sherik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlari bajarilishi toʻgʻrisida xususiy sherikdan har choraklik asosida maʼlumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlari bajarilishi monitoringini olib borish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya qilish monitoringini olib borish doirasida aniqlangan qoida buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt boʻyicha xususiy sherikning aybi bilan yuzaga kelgan zararlar qoplanishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat tomonidan sherik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni bitimda belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda bepul asosda xususiy sherikka berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishiga aralashmaslikka majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Foydalanilmayotgan xonalarni xususiy sheriklarga uzoq muddatga bepul foydalanish uchun berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Davlat tomonidan sherik xususiy sherik bilan amal qilish muddati 30 yil boʻlgan bitim tuzilgan paytdan boshlab bir kun mobaynida uni Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markaziga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun, shuningdek, obyekt balansida boʻlgan balansda saqlovchiga yuboradi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Balansda saqlovchi tuzilgan bitim shartlariga muvofiq oʻn kun muddatda obyektni xususiy sherikka beradi, xususiy sherik esa bitimning amal qilish muddati tamom boʻlgach yoki bitim muddatidan oldin bekor qilinganda obyektni bitim shartlariga muvofiq holatda balansda saqlovchiga qaytarishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Obyekt uning barcha anjomlari va unga tegishli boʻlgan texnik hujjatlar bilan birgalikda xususiy hamkorga beriladi va u tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Obyektni topshirish va qaytarish ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzilgan holda tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, ikki tomonlama topshirish dalolatnomasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning rekvizitlari (tuzilgan sana, raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mol-mulkining texnik holati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Topshirish dalolatnomasi imzolanganidan keyin balansda saqlovchi va xususiy sherik oʻrtasida yetti kun mobaynida kommunal va foydalanish xizmatlari koʻrsatuvchilar tomonidan belgilangan tariflar hisobga olingan holda kommunal va foydalanish xizmatlari boʻyicha toʻlovlar miqdori, toʻlash tartibi va muddatlarini tartibga soluvchi bitim tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi, suv va gaz taʼminotini hisobga olishning zarur priborlarini oʻrnatish bitim shartlariga muvofiq balansda saqlovchi yoki xususiy sherik tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oʻsimliklar klinikalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkalarini bepul asosda berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Davlat tomonidan sherik bitim tuzilgan kundan boshlab bir kun mobaynida bitim doirasida yer uchastkasini olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat qiladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qurilish vazirligining hududiy organi yigirma ish kuni mobaynida yer uchastkasi berish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi hamda yer uchastkasini tanlash va berish boʻyicha materiallarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xususiy sherikka oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga berish uchun ushbu yer uchastkasini davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi bilan berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan sherik va xususiy sherik oʻrtasida yer uchastkasini ijaraga berish shartlari va muddati bitimga qoʻshimcha kiritish orqali belgilanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Yer uchastkasini berish boʻyicha materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitimga qoʻshimcha kiritilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oʻsimliklar klinikalari faoliyati va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha oʻsimliklar klinikalarida ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish oʻsimliklar karantini boʻyicha tegishli Oʻsimliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmalariga yuklanadi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2018-y., 09/18/734/1883-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)