10.09.2018 yildagi PQ-3937-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini samarali amalga oshirish hamda uni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi bilan Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — KAITJ) o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda 24 yilda so‘ndirish muddati bilan eng yuqori foiz stavkasi yillik 2,5 foizdan oshmaydigan 9,0 million Kuvayt dinori (ekvivalenti 30,0 million AQSH dollari) miqdorida Qarz bitimi imzolandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishini o‘z vaqtida nihoyasiga yetkazish uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi va ular davlat ekspertizasidan o‘tkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida 2018-yilda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasining qarzi yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa to‘lovlarni so‘ndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishni umumiy tarzda muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan bajariladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ loyihaning umumiy amalga oshirilishi va KAITJ qarzi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylarni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qurish dasturini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga muvofiq qayta tuzilgan Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhi zimmasiga KAITJ ishtirokida loyihani amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish funksiyalari yuklandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAITJning jalb etilayotgan qarzini, shu jumladan unga oid foizlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-sentabrdagi PQ-4435-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning loyiha-qidiruv ishlanmalarini moliyalashtirish hamda boshqa xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-sonli qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAITJdan kelib tushgan mablag‘larning (ko‘chirilgan kundagi) so‘mdagi ekvivalenti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank ish kuni davomida “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning depozit hisob raqamiga o‘tkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning ushbu hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar uch bank ish kunida dasturni amalga oshirish doirasida tashqi injener tarmoqlari va transport aloqalari qurilishni moliyalashtirish uchun bankning tegishli hududiy filiallarida ochilgan “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ hududiy filiallarining depozit hisob raqamlariga o‘tkazib beriladi.
(4-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-sentabrdagi PQ-4435-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan KAITJ o‘rtasidagi qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun pudrat tashkilotlari aniqlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida tegishli mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, ushbu xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ bosh direktori K.Z. Xoshimbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3937-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-sentabrdagi PQ-3937-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyalarida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida mahandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida 2018-yilda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIG‘MA KO‘RSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar nomi

Tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi (km)*

avtomobil yo‘llari

suv ta’minoti tarmoqlari

Jami

138

198

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

16

20

2.

Qashqadaryo viloyati

34

61

3.

Samarqand viloyati

24

43

4.

Surxondaryo viloyati

21

17

5.

Toshkent viloyati

23

27

6.

Farg‘ona viloyati

19

31

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Parametrlar massivlar ro‘yxatini tasdiqlash va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash yakunlariga ko‘ra aniqlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-sentabrdagi PQ-3937-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasining qarzi yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa to‘lovlarni so‘ndirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kredit summasi:

30 000,0 ming AQSH doll.

Eng yuqori foiz stavkasi:

yillik 2,5%

Kreditni so‘ndirish muddati:

4 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda, 24 yil

ming AQSH doll.

To‘lov muddati

Qarz summasi

Asosiy qarzni to‘lash summasi

Foizlarni to‘lash summasi

To‘lanadigan jami summa

15-fevral 2019-y.

30 000,00

375,00

375,00

15-avgust 2019-y.

30 000,00

375,00

375,00

15-fevral 2020-y.

30 000,00

375,00

375,00

15-avgust 2020-y.

30 000,00

375,00

375,00

15-fevral 2021-y.

30 000,00

375,00

375,00

15-avgust 2021-y.

30 000,00

375,00

375,00

15-fevral 2022-y.

30 000,00

375,00

375,00

15-avgust 2022-y.

29 250,00

750,00

375,00

1 125,00

15-fevral 2023-y.

28 500,00

750,00

365,63

1 115,63

15-avgust 2023-y.

27 750,00

750,00

356,25

1 106,25

15-fevral 2024-y.

27 000,00

750,00

346,88

1 096,88

15-avgust 2024-y.

26 250,00

750,00

337,50

1 087,50

15-fevral 2025-y.

25 500,00

750,00

328,13

1 078,13

15-avgust 2025-y.

24 750,00

750,00

318,75

1 068,75

15-fevral 2026-y.

24 000,00

750,00

309,38

1 059,38

15-avgust 2026-y.

23 250,00

750,00

300,00

1 050,00

15-fevral 2027-y.

22 500,00

750,00

290,63

1 040,63

15-avgust 2027-y.

21 750,00

750,00

281,25

1 031,25

15-fevral 2028-y.

21 000,00

750,00

271,88

1 021,88

15-avgust 2028-y.

20 250,00

750,00

262,50

1 012,50

15-fevral 2029-y.

19 500,00

750,00

253,13

1 003,13

15-avgust 2029-y.

18 750,00

750,00

243,75

993,75

15-fevral 2030-y.

18 000,00

750,00

234,38

984,38

15-avgust 2030-y.

17 250,00

750,00

225,00

975,00

15-fevral 2031-y.

16 500,00

750,00

215,63

965,63

15-avgust 2031-y.

15 750,00

750,00

206,25

956,25

15-fevral 2032-y.

15 000,00

750,00

196,88

946,88

15-avgust 2032-y.

14 250,00

750,00

187,50

937,50

15-fevral 2033-y.

13 500,00

750,00

178,13

928,13

15-avgust 2033-y.

12 750,00

750,00

168,75

918,75

15-fevral 2034-y.

12 000,00

750,00

159,38

909,38

15-avgust 2034-y.

11 250,00

750,00

150,00

900,00

15-fevral 2035-y.

10 500,00

750,00

140,63

890,63

15-avgust 2035-y.

9 750,00

750,00

131,25

881,25

15-fevral 2036-y.

9 000,00

750,00

121,88

871,88

15-avgust 2036-y.

8 250,00

750,00

112,50

862,50

15-fevral 2037-y.

7 500,00

750,00

103,13

853,13

15-avgust 2037-y.

6 750,00

750,00

93,75

843,75

15-fevral 2038-y.

6 000,00

750,00

84,38

834,38

15-avgust 2038-y.

5 250,00

750,00

75,00

825,00

15-fevral 2039-y.

4 500,00

750,00

65,63

815,63

15-avgust 2039-y.

3 750,00

750,00

56,25

806,25

15-fevral 2040-y.

3 000,00

750,00

46,88

796,88

15-avgust 2040-y.

2 250,00

750,00

37,50

787,50

15-fevral 2041-y.

1 500,00

750,00

28,13

778,13

15-avgust 2041-y.

750,00

750,00

18,75

768,75

15-fevral 2042-y.

0,00

750,00

9,38

759,38

Jami

30 000,00

10 687,50

40 687,50

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2018-y., 07/18/3937/1862-son; 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)