1-ILOVA
T\r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Narxi | Moliyalashtirish manbalari | Bajaruvchilar |
I. Nevrologiya sohasida tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||||
1. | Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) nizomi va tuzilmasini tasdiqlash. | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | 2019-yil sentabr | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Qudbiyev) |
2. | Markaz faoliyatini tashkil etishda, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, nevrologiya xizmati muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi idoraviy meʼyoriy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va qayta koʻrib chiqish. | Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari | 2019-yil yanvar | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
3. | Nevrologiya sohasida davolash-diagnostika xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy va ilmiy tasdiqlangan uslublari va texnologiyalarini hisobga olgan holda, nevrologik kasal bemorlarni diagnostika qilish va davolashning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | 2019-yil dekabr | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), “Oʻzstandart “(J. Shukurov) |
4. | Markazning nizomi, tuzilmasi va moddiy-texnik taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash, shuningdek, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2018-yil dekabr | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh. Qudbiyev) |
II. Nevrologik kasalliklarni, shu jumladan insultantni barvaqt diagnostika qilish va oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish | ||||||
5. | Shahar (tuman) tibbiyot birlashmalarida nevrologiya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda –Markaz boʻlinmalari) faoliyatini tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2019-2020 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
6. | Nevrologik kasalliklar va uning asoratlari bilan ogʻrigan bemorlarning yagona elektron bazasini yaratish. | Maʼlumotlar bazasi | 2019-2020 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
7. | Markazning barcha boʻlinmalarida insultni boshdan kechirgan hamda epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning populyatsiya registrini joriy etish, keng tarqalgan nevrologik kasalliklar boʻyicha skrining tadqiqotlarni takomillashtirish va bosqichma-bosqich joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2022-2023 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
8. | Sanatoriya-kurort davolash-profilaktika muassasalari bazasida nevrologik kasalliklarni boshdan kechirgan bemorlarga reabilitatsiya yordamini koʻrsatishni tashkil etish va amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2019-2020 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov) |
9. | Nevrologiya kasalliklari boʻyicha sanitariya-targʻibot ishlarini, shu jumladan aholi orasida nevrologik kasalliklar profilaktikasi boʻyicha ishlarni, quyidagilar orqali amalga oshirish: ijtimoiy tele va radio koʻrsatuvlarning qamrovi va sonini kengaytirish; bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida materiallarni eʼlon qilish; nevrologik kasalliklar, shu jumladan insultantlar rivojlanishi omillari xatarlari toʻgʻrisida mavzuga oid seminarlar oʻtkazish; xavf-xatarlar rivojlanishini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish; olib borilgan axborot-targʻibot chora-tadbirlari natijalarini monitoring qilish va baholash. | Axborot-targʻibot chora-tadbirlari kompleksi | Doimo | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), MTRK (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev) |
III. Nevrologiya sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||||
10. | Markaz va uning boʻlinmalari shifokorlari, nevrologlari va ilmiy xodimlarini zamonaviy klinika diagnostikasi va laboratoriya tahlillari natijalarini izohlash, shu jumladan yuqori texnologik asbob-uskunalarda nevrologik kasalliklarni davolash boʻyicha zamonaviy metodlarga oʻqitish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
11. | Aholiga amaliy tibbiy yordam koʻrsatish bilan bir qatorda, Markaz mutaxassislari tomonidan respublika hududlarida nevrolog shifokorlar uchun nevrologiya kasalliklari va insult bilan ogʻrigan bemorlarni diagnostika qilish va davolashning yangi metodlarini joriy etish boʻyicha mahorat darslarini tashkil etish. | Mahorat darslari dasturlari | Doimiy, dasturga muvofiq | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
12. | Yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalari bilan sheriklikni mustahkamlash orqali nevrologik kasalliklar va insult bilan ogʻrigan bemorlarni diagnostika qilish va davolashning milliy amaliyotiga ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy jahon tajribasini joriy etish. Xorijiy davlatlarning yetakchi klinikalari mutaxassislari ishtirokida nevrologiya va insult boʻyicha ilmiy konferensiyalar, trening va mahorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish. | Memorandum va kelishuvlar | 2019 — 2021 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Komilov) |
13. | Nevrologiya va neyroreabilitologiya mutaxassisliklari boʻyicha klinik ordinaturada har yili 15 nafar nevrolog va | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | 2019-2020 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
14. | Xorijiy markazlar va klinikalar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar asosida har yili kamida 10 ta Markaz mutaxassislari malakasini oshirish. | Hamkorlik shartnomasi | 2019-2020 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Komilov) |
15. | Insultni boshdan kechirgan shaxslar va nevrologik bemorlarni parvarish qilish boʻyicha patronaj hamshiralar tayyorlashni oʻz ichiga olgan Avstriyaning “AUREUS” reabilitologlar jamiyati bilan birga keyinchalik joylarda mutaxassislarni tayyorlashni koʻzda tutgan holda 5 yil davomida milliy neyroreabilitologlarni Avstriyaning nevrologiya klinikalarida oʻqitishni nazarda tutish masalalarini oʻrganish. | Hamkorlik shartnomasi | 2018 — 2022 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Komilov) |
IV. Nevrologik kasalliklar va insultni oldini olish, diagnostika qilish va davolashning yangi metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish | ||||||
16. | Nevrologik kasalliklar va insultlarda birinchi va reabilitatsion yordam koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy platformaga muvofiq, nevrologik kasallanishni prognozlash va davolashning zamonaviy qarashlarini ishlab chiqish. | Ilmiy tadqiqotlar natijalari | 2022-2023 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov) |
17. | Nevrologiya kasalliklarini davolashning klinik kechishi va davolash natijalarining neyroimmunologik, molekulyar-biologik, molekulyar-genetik, itogenetik va molekulyar-genetik xususiyatlarini oʻrganish. | Ilmiy loyihalar | 2022-2023 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
18. | Markaz amaliyotiga quyidagi zamonaviy davolash metodlarini joriy qilish: tizimli trombolizis va tromboekstraksiya; epilepsiyaning VNS — terapiyasi; insultdan keyingi barvaqt reabilitatsiya usullari; parkinsonizm bilan kasallanganlarni ultratovushli ablyatsiya uslublari; ergoterapiya, kinezioterapiya va robotlashtirilgan texnika yordamida nevrologik bemorlarni reabilitatsiya qilish uslublari; umurtqa pogʻonasi va orqa miya hosilalarini jarrohlik davolash; magnit va elektr stimulyatsiyaning terapevtik usullari; botulinoterapiya; tana hujayralari yordamida insult va epilepsiyani davolash. | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | 2022-2023 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
19. | Markaz boʻlinmalari amaliyotiga davolashning zamonaviy uslublarini joriy etish, shu jumladan: insultdan keyingi barvaqt reabilitatsiyasi; nevrologik bemorlarni kinezioterapiya va robotlashtirilgan texnika yordamida reabilitatsiya qilish, ergoterapiya; magnit va elektr stimulyatsiya terapiya bilan davolash. | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | 2022-2023 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
V. Nevrologiya xizmati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||||
20. | Toshkent davlat stomatologiya instituti huzuridagi Akademik litsey binolarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | Loyiha-smeta hujjatlari | 2018-yil dekabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Qurilish vazirligi (A. Tuxtayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov) | |
21. | Toshkent davlat stomatologiya instituti huzuridagi Akademik litsey binolarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash. | Davlat rivojlantirish dasturlari doirasida | 2019-2020 yy. | Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev) |
24. | Har bir hisob birligining texnik holatini xatlovdan oʻtkazgan holda, nevrologiya xizmati muassasalarining tibbiyot asbob-uskunalaridan foydalanish samaradorligi boʻyicha yagona axborot maʼlumotlar bazasini yaratish. | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | 2019 — 2021 yy. | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
2-ILOVA
|
1. |
A.A. Abduhakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiyasi raisi |
|
2. |
B.K. Yusupaliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi komissiyasi raisi oʻrinbosari |
|
3. |
Lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi |
|
4. |
G.V. Urmanova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari |
|
5. |
R.R. Azimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shuʼba mudiri |
|
6. |
F.R. Sharipov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligʻi |
|
7. |
U.S. Ismailov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligʻi |
|
8. |
A.A. Karimov |
— |
Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
|
9. |
B.G. Gafurov |
— |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedra mudiri |
|
10. |
G.S. Raximbayeva |
— |
Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra mudiri |