O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
buyrug‘i
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (O‘zR AQ-61) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1349-11]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (O‘ZR AQ-61) tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-son “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 26-martdagi 49-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (O‘zR AQ-61) (ro‘yxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 18-son, 212-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Boshliq T. O‘LJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-avgust,
120-N-son
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018-yil 2-avgustdagi 120-N-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (O‘R AQ 61) kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi “j1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“j1) planer-uchuvchisi;”.
2. 2-banddagi “samolyot va vertolyot” degan so‘zlar “samolyot, vertolyot, aerostat va planer-uchuvchilari,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 3-band quyidagi mazmundagi “b1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“b1) 17 yosh — planer-uchuvchilariga;”.
4. 39-band “O‘YEUA uchuvchilariga” degan so‘zlardan keyin “ va planer-uchuvchilariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5. 41-bandning “l” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“l) “Havaskor-uchuvchi, aerostat uchuvchisi, O‘YEUA uchuvchisi va planer-uchuvchisi guvohnomasi — “TA” seriyali (ushbu Qoidalarning 11, 11a, 12 va 12a — ilovalari)”.
6. 46-band “O‘YEUA uchuvchilariga” degan so‘zlardan keyin “ hamda planer-uchuvchilariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
7. Quyidagi mazmundagi 151-paragraf bilan to‘ldirilsin:
“151-§. Planer-uchuvchisining guvohnomasini berish tartibi
841. Planer-uchuvchisi guvohnomasi Davavianazorat tomonidan tasdiqlangan dasturga ko‘ra parvoz bo‘yicha ta’lim muassasalarida planer-uchuvchisi sifatida to‘liq kursni tamomlagan shaxslarga beriladi.
842. Nomzod 17 yoshdan kichik bo‘lmasligi va amaldagi tibbiy xulosaga ega bo‘lishi shart.
843. Planer-uchuvchisi guvohnomasi umumiy namunada beriladi va 1-betida “Planer-uchuvchisi” deb yoziladi. Guvohnomaning amal qilish muddati 24 oy.
844. Nomzod ushbu Qoidalarning XXI bobining 871-paragrafiga asosan Planer-uchuvchi guvohnomasi egasiga berilgan huquqlarga mos keladigan bilim va mahoratlar darajasini ko‘rsatishi va Taqdimnomaning 1 — 8, 10, 13, 16-bandlarda belgilangan tartibda imtihon topshirishi kerak (ushbu Qoidalarning 17-ilovasi).
845. Uskunalar bo‘yicha parvozlar va tungi uchishlar tajribasi guvohnoma egasiga UUQ bo‘yicha uchish huquqini bermaydi.”.
8. 104-band quyidagi mazmundagi “z” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“z) planer-uchuvchilariga — 24 oy;”.
9. 123-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“123. Aviaxodimlar guvohnomasining amal qilish muddati tegishli malaka komissiyasi (MMK, MK yoki OMK)da oxirgi topshirgan imtihon sanasidan, mazkur Qoidalarning 104 — 106-bandlarida ko‘rsatilgan muddatlarga uzaytiriladi.”.
10. Quyidagi mazmundagi 241-paragraf bilan to‘ldirilsin:
“241-§. Planer-uchuvchisi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish tartibi
1621. Planer-uchuvchisi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
a) imtihonlarni topshirish uchun OMKga ariza;
b uchish ishiga ruxsat berilganligi haqidagi TUEKsining tibbiy xulosasi;
v) oxirgi yil davomida uchgan soatlarini tasdiqlovchi hujjat;
g) uchish texnikasini boshqarishni tekshirish sanasi ko‘rsatilgan uchish kitobi;
d) imtihonlarni topshirish uchun Davavianazorat tomonidan OMKga berilgan 2-ta rasmiylashtirilgan taqdimnomasi.
1622. Mazkur Qoidalarning 17-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan fanlar bo‘yicha imtihonlar topshiriladi. Barcha fanlar bo‘yicha baholar 4 (to‘rt)dan past bo‘lmasligi lozim.
1623. Uchish texnikasini tekshirilishi, Davavianazoratning OMK inspektorlari ruxsati bilan, uchuvchi-instruktorlari tomonidan amalga oshiriladi. Uchish texnikasi bo‘yicha baholar 4 (to‘rt)dan past bo‘lmasligi lozim.
1624. Agar oxirgi olti oy ichida oltita uchish va qo‘nishlar amalga oshirilmagan bo‘lsa, planer-uchuvchisi o‘z huquqlaridan foydalanishi mumkin emas.
1625. Nazariy bilimlar va uchish texnikasini tekshirish natijalari uchish kitobi va uchish xodimlarining Taqdimnomasiga kiritiladi (mazkur Qoidalarning 17-ilovasi).”.
11. 218-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havaskor-uchuvchilar, aerostat uchuvchilari, O‘YEUA uchuvchilari va planer-uchuvchilariga malaka darajasi berilmaydi”.
12. Quyidagi mazmundagi 871-paragraf bilan to‘ldirilsin:
“871-§. Planer-uchuvchisi bilim va qobiliyatiga talablar
5291. Havo huquqi:
a) planer-uchuvchisi guvohnomasining egasiga tegishli bo‘lgan qoida va nizomlar;
b) parvozlar qoidalari;
v) tegishli amaliyot va havo harakatiga xizmat ko‘rsatish qoidalari.
5292. Havo kemalari bo‘yicha umumiy bilimlar:
a) planerning tizim va uskuna jihozlarining ishlash tamoyillari;
b) planerning ekspluatatsion cheklovlari;
v) uchish ekspluatatsiyasi qo‘llanmasidan yoki ushbu ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa hujjatdan olingan tegishli ekspluatatsion ma’lumotlar.
5293. Uchish tavsiflari, rejalashtirish va yuklash:
a) uchish tavsifiga yukning va og‘irlikni joylashtirilishini ta’siri;
b) og‘irlik va sentrovkani hisobga olish;
v) startdagi, qo‘nishdagi va boshqa tavsiflarni amalda qo‘llash va foydalanish;
g) VPQ bo‘yicha parvozlarni bajarishda yo‘nalish bo‘yicha parvoz oldi rejalari va parvozlarni rejalashtirish; havo harakatiga xizmat ko‘rsatishning tegishli qoidalari, balandlik o‘lchagichni o‘rnatish tartibi, jadal harakatlardagi tumanlarda parvozlarni bajarish.
5294. Nomzod planer-uchuvchisiga nisbatan shaxsning qobiliyatlarini, shu jumladan tahdid va xatoliklarini nazorat qilish imkoniyatlarini bilishi kerak.
5295. Meteorologiya:
a) aviatsion meteorologiya asoslarini qo‘llash;
b) meteorologik ma’lumotlarni olish va foydalanish qoidalari;
v) balandlikni o‘lchash.
5296. Navigatsiya:
a) aeronavigatsiyaning amaliy jihatlari va yo‘lni hisoblash usullari;
b) aeronavigatsion xaritalardan foydalanish.
5297. Ekspluatatsiya qoidalari:
a) AIP, NOTAM, aviatsiya kodlari va qisqartmalar kabi aeronavigatsion hujjatlarni ishlatish;
b) ishga tushirishning turli usullari va tegishli tadbirlar tartibi;
v) xavfli ob-havo sharoitidagi, izidagi harakat va parvozga ta’sir qiluvchi boshqa xavfli harakatlardan aylanib o‘tish maqsadida qo‘llaniladigan harakatlarni hisobga olgan holda, avariya vaziyatidagi tegishli ehtiyot choralari va harakatlar.
5298. Planer-uchuvchisi planerlarga taalluqli parvozlar asoslarini bilishi kerak.
5299. Radiotelefon:
a) VPQ bo‘yicha parvozga tegishli radiotelefon aloqasi va frazeologiyasini olib borish qoidalari, aloqa uzilgandagi harakatlar;
b) radiotelefon aloqasida qo‘llaniladigan tilda gaplashish va uni tushunish layoqati.
52910. Planer-uchuvchisiga nomzod, planer-uchuvchisi sifatida 6 soatdan kam bo‘lmagan parvozga ega bo‘lishi kerak, shu jumladan 2 soat mustaqil parvozga ega bo‘lib, ulardan 20 dan kam bo‘lmagan uchish va qo‘nishlarni bajargan bo‘lishi kerak.
Agar nomzod samolyot uchuvchisi sifatida parvoz vaqtiga ega bo‘lsa, guvohnomalarni berish bo‘yicha vakolatli organ bunday parvoz vaqtini hisobga olishni va ijobiy qaror qabul qilinsa, parvoz vaqtiga nisbatan yuqoridagi talablarini kamaytirish maqbulligini belgilaydi.
52911. Tegishli nazorat ostida planer uchuvchisiga nomzod quyidagi sohalarda planerni ekspluatatsiya qilish tajribasiga ega bo‘lishi lozim:
a) planerni yig‘ish va tekshirishni o‘z ichiga olgan parvoz oldi tayyorgarligi;
b) parvoz tezligiga tegishli cheklovlarni hisobga olgan holda, startda ishlatiladigan usulda qo‘llaniladigan texnik usullar va qoidalar, avariya holatlarida harakatlar tartibi va foydalaniladigan belgilar;
v) harakat chizmasi bo‘yicha to‘qnashishning oldini olish uchun ishlatiladigan parvozlar, usul va choralar;
g) tashqi vizual belgilar yordamida planerni boshqarish;
d) parvoz rejimlarining ekspluatatsiyaviy oraliqdagi parvozlar;
e) boshlang‘ich va jadallashayotgan qulashni aniqlash, undan va spiral bo‘yicha tik pasayishdan chiqish.
j) odatdagi vaziyatlarda yon tarafdan shamol bo‘lganda ishga tushirish, qo‘nishga kirishish va qo‘nish;
z) vizual belgilar va yo‘nalishni hisoblash usullari yordamida yo‘nalish bo‘yicha parvozlar;
i) avariya vaziyatlarida harakat qilish tartibi.
52912. Qobiliyati:
Planer-uchuvchisiga nomzod, mazkur Qoidalarning 52911-bandida ko‘rsatilgan planer-uchuvchi guvohnomasi egasiga taqdim etilayotgan malaka darajasida, planer komandiri sifatida parvoz va manevrlarni bajara olish qobiliyatini hamda quyidagilarni bilishini ko‘rsatdi:
a) xavf va xato omillarini bilish va nazorat qilish;
b) uning cheklovlari doirasida planerni boshqarish;
v) barcha manevrlarni aniq va ravon bajarish;
g) to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish va parvozda kuzatishni malakaviy amalga oshirish;
d) aeronavigatsiya sohasida bilimlarini qo‘llash;
e) parvoz yoki manevr chizmasini muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun, doimiy ravishda planer boshqaruvini kerakli darajada amalga oshirish.”.
13. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 12a-ilova bilan to‘ldirilsin.
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (O‘R AQ-61) kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ILOVA
“O‘zR FA guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga
12a-ILOVA
12a-ILOVA
FA uchuvchisi planer-uchuvchisi guvohnomasining muqovasining ichki tarafi va birinchi sahifasi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/1349-11/1837-son)