Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 15-son, 311-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi D.B. Axmedov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-sentabr,
716-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-ilovada:
a) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
b) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 15-banddagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 17-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “yigirma” va “oʻn” soʻzlari tegishli ravishda “oʻn” va “besh” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan ushbu muddat tamom boʻlgandan keyin litsenziya talabgori, bu haqda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasini xabardor qilgan holda, arizada koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi. Bunda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan keyin besh ish kuni mobaynida litsenziya talabgoriga litsenziya berishga majbur”;
d) 21-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish”;
yo) 27-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
j) 28-bandning birinchi xatboshidagi “va amal qilish muddati tugamagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
z) 36-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
i) 38-bandning birinchi xatboshidagi “va ularning amal qilish muddati uzaytirilgani” soʻzlari chiqarib tashlansin;
y) Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sxemasining (Nizomga 1-ilova) “Bajarish muddatlari” ustunida:
2-bosqichdagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
3-bosqichdagi “10” va “5” raqamlari tegishli ravishda “5” va “3” raqamlari bilan almashtirilsin;
k) 2-ilovaning toʻrtinchi bandidagi “va koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirish muddati” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Qarorga 2-ilovadagi izohlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)