1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro etish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tashkiliy tadbirlar | ||||
|
1. |
“Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” davomida hududlarda amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish. |
1. “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” davomida amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun masʼul xodimlarni belgilash. 2. Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni umumlashtirish hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha viloyatlar va Respublika idoralararo komissiyalarga taqdim etib borish. 3. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalar tomonidan profilaktika kuni davomida amalga oshirilayotgan tadbirlarni va masʼul ijrochilar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish amalga oshirish. |
3 kun
|
Ichki ishlar vazirligi
|
|
2. |
“Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” tadbirlarini oʻtkazish va yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish. |
1. Biriktirilgan masʼullar tomonidan “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni”ni oʻtkazish. 2. Oʻtkazilgan “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish. 3. Har oy yakunida tadbirda faol ishtirok etgan fuqarolarni va masʼullarni ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya raisiga taklif kiritish. |
Har juma kuni
|
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya |
|
3. |
Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishining ahvoli, qoida buzilishlarining kelib chiqish sabablarini tahlil va monitoring qilish asosida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish. |
“Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” tadbirlarini bevosita amalga oshiruvchi masʼul shaxslar tomonidan qonun buzish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish asosida takliflar ishlab chiqish. |
Tadbirlar davomida |
“Yoʻl harakati xavfsizligi kuni” tadbirlarini oʻtkazishga masʼullar |
|
II. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish, yoʻl-transport hodisalarining oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlari | ||||
|
4. |
Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini, ularni buzish oqibatlarini tushuntirish va targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. |
Har bir korxona va tashkilotda, taʼlim muassasasida, mahallalarda seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va muhokama etishning boshqa shakllarini qoʻllagan holda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va yoʻl-transport hodisalarining oqibatlarini tushuntirish. |
Har juma kuni |
IIV, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
|
5. |
Yoʻllarda harakat ishtirokchilari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi chora-tadbirlarni tashviqot vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish. |
1. Yoʻl harakati ishtirokchilari, xususan haydovchilar, piyodalar, velosiped haydovchilarini ogohlikka chaqiruvchi, ularning madaniyati va fuqarolik ongini oshirishga qaratilgan maxsus bukletlar va eslatmalar ishlab chiqish, ularni jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb etgan holda haydovchilar, piyodalar va velosiped haydovchilari oʻrtasida tarqatish. 2. Mavzuli reklama-tashviqot vositalarini (plakatlar, bannerlar, stendlar va shu kabilar), yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga moʻljallangan boshqa vositalarni birinchi navbatda, transport vositalari jadal harakatlanadigan, umumiy foydalanishdagi, xalqaro va respublika ahamiyatiga molik yoʻllarda, temir yoʻl vokzallarida, Toshkent metropoliteni, shuningdek, taʼlim muassasalari, tashkilotlar, mahallalarda va boshqa jamoat joylarida oʻrnatish. |
Har juma kuni
|
IIV, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
IIV, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
|
6. |
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga kiritilayotgan yangiliklarni aholiga yetkazish borasida targʻibot va tushuntirish ishlarini olib borish. |
Mehnat jamoalari, mahallalar, taʼlim muassasalarida uchrashuvlar tashkil etish orqali yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga kiritilayotgan yangiliklarni yetkazish. |
Har juma kuni |
Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
|
7. |
Yoʻl-transport hodisalarini, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni tanqidiy muhokama qilish va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish. |
1. Oʻtkaziladigan profilaktika kunlari doirasida keng jamoatchilik ishtirokida yoʻl-transport hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilish. 2. Yoʻl-transport hodisasi sodir etilishiga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etish borasida tegishli tashkilot va muassasalarga taqdimnomalar kiritish. |
Har juma kuni
|
Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Ichki ishlar vazirligi |
|
8. |
Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini qoʻpol va doimiy ravishda buzib kelayotgan shaxslarga nisbatan profilaktik taʼsir choralarini koʻrish maqsadida keng jamoatchilik ishtirokida sayyor sud muhokamalarini tashkil etish. |
Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini qoʻpol va doimiy ravishda buzib kelayotgan haydovchilar tomonidan qonun buzish holatlarini oldini olish, aholini ogohlikka chaqirish va ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoʻllarda harakatlanish bilan bogʻliq huquqbuzarlik va jinoyatlarni keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish va oʻtkazilayotgan sayyor sudlarda ularning ishtirokini taʼminlash. |
Har juma kuni |
Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi |
|
9. |
Bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, yoʻllarda xavfsiz harakatlanish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. |
1. Yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan 2 — 12-sentabr kunlari “Diqqat bolalar!” profilaktika tadbirlarini oʻtkazish. 2. Maktab oʻquvchilarining “Yoʻl harakati qoidalari” boʻyicha olgan bilimlarini mustahkamlash, ularda yoʻllarda xavfsiz harakatlanish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida toʻrt bosqichli “Yashil chiroq” musobaqalarini oʻtkazish. 3. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tarbiyalanuvchilari va oʻquvchilari uchun moʻljallangan koʻrgazmali qoʻllanmalar, bukletlar va broshyuralar tayyorlash va tarqatish. 4. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kollejlar va litseylar oʻquvchilari oʻrtasida “Yashil rang”, “Yoʻl harakati qoidalari bilimdoni”, “eng namunaviy yoʻlovchi” kabi viktorinalarni hamda “diqqat, piyoda!”, “Diqqat, bolalar!” deb nomlangan profilaktika kampaniyalarini oʻtkazish. 5. Bolalarga yoʻl harakati qoidalarini, jumladan, velosiped haydash koʻnikmalarini va yoʻllardan oʻtish tartibini oʻrgatish. |
Sentabr oyida
|
Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, MTRK, EOAVMA, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
|
|
III. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||||
|
10. |
Markaziy va viloyat telekanallarida yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq voqealarni, ularning vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini yoritishga bagʻishlangan maxsus koʻrsatuv va axborot dasturlarini, shuningdek, voqealarni yoritish guruhlari tomonidan yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joylardan ularni bartaraf etish boʻyicha tayyorlanadigan tezkor reportajlarni efirga uzatish. |
1. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, ularga amal qilmaslik sabablari va oqibatlari, yoʻl harakati ishtirokchilarining javobgarlik masalalarini yoritish. 2. Yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlgan joylardan bevosita haydovchilar va yoʻlovchilar aybi bilan yuz bergan yoʻl-transport hodisalarini, jarohatlanganlar ishtirokida targʻibot koʻrsatuvlarini tashkil etish orqali keng jamoatchilikka namoyish etish. |
Har juma kuni |
MTRK, EOAVMA, Ichki ishlar vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Bolalar oʻrtasida yoʻllarda harakatlanish va yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan qisqa metrajli videoroliklar va multiplikatsion filmlar yaratish. |
Bolalarga yoʻllarda harakatlanish qoidalarini bola tilida 5 — 10 daqiqaga moʻljallangan videoroliklar va multiplikatsion filmlar yaratish orqali ommaviy axborot vositalari, ayniqsa “Bolajon” telekanalida, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida namoyish etish. |
Doimiy ravishda |
Oʻzbekfilm, MTRK, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
|
12. |
Yoʻl harakati xavfsizligi va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasi masalalari, shu jumladan yoʻl harakati madaniyatini, yoʻl harakati qatnashchilarining oʻzaro bir-birini hurmat qilishini va birdamligini oshirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy roliklarni, maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmogʻida uzatish (chop etish). |
1. Yoʻl harakati xavfsizligi kunlari davomida amalga oshiriladigan tadbirlarni yoritib borish. 2. Yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanish madaniyatini targʻib qilish boʻyicha koʻrsatuv, tok-shou, lavhalar namoyish etish, eshittirishlarni efirga berish va maqolalar chop etish. Ushbu mavzuga bagʻishlangan maxsus videoroliklar tayyorlash va namoyish etish. 3. Yoʻl harakati xavfsizligi va yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq holatlarni aks ettiruvchi maqolalar, risolalar hamda ijtimoiy roliklarni tayyorlash va davriy bosma ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi eʼtiboriga yetkazish. |
Har juma kuni |
MTRK, Ichki ishlar vazirligi, EOAVMA, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
|
IV. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasini taʼminlashga qaratilgan maxsus tadbirlar | ||||
|
13. |
Yoʻl harakati xavfsizligi sohasida qoidabuzarliklarni aniqlashga qaratilgan maxsus reydlar va tekshiruvlarni oʻtkazish. |
1. Yoʻllarda harakatlanayotgan transport vositalarining haydovchilari va piyodalar tomonidan qonun buzish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish borasida maxsus reydlar tashkil etish orqali bartaraf etish choralarini koʻrish. 2. Transport vositalarining texnik holatini yaxshilash maqsadida texnik nosoz transport vositalarini aniqlash boʻyicha reydlar tashkil etish. |
Har juma kuni |
Ichki ishlar vazirligi, MTRK
|
|
14. |
Oʻquv mashgʻulotlari boshlanishi va tugashi arafasida yoʻl-patrul va patrul-post xizmatlari naryadlarining yoʻnalishlarini maktab, litsey, kollej va oliy taʼlim muassasalariga yaqinlashtirish. |
Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida yoʻl transport hodisalari sodir boʻlishining oldini olish maqsadida oʻquv yillari davomida taʼlim muassasalariga tutash boʻlgan va yaqin yoʻllarga yoʻl-patrul va patrul-post xizmatlari naryadlarini joylashtirish. |
Doimiy ravishda |
Ichki ishlar vazirligi |
|
15. |
Avtomobil yoʻllariga yaqin joylashgan taʼlim muassasalariga kirish joylarida oʻquvchi-yoshlarning xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish. |
1. Oʻquvchi-yoshlarning yoʻllarni kesib oʻtishida xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Mahalla posboni”, harbiy chaqiruvga tayyorlash fani oʻqituvchilari hamda Yoshlar ittifoqining yetakchilaridan yoʻl harakati jamoatchi navbatchisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Yoʻllarni kesib oʻtish joylarida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan olib kelish va ketishini tashkil etish. |
Doimiy ravishda |
Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
16. |
Tirbandlik xosil boʻlayotgan yoʻllarni monitoring qilish asosida uni bartaraf etish choralarini koʻrish. |
Yoʻllarda tirbandliklar xosil boʻlish joylarini aniqlash asosida uning kelib chiqish sabablarini oʻrganish va bartaraf etish borasida chora-tadbirlar belgilash. |
Doimiy ravishda |
Ichki ishlar vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi |
2-ILOVA
3-ILOVA