05.12.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Afgʻoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Yuklarni tranzit tashish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Afgʻoniston Islom Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklarini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari hududlari orqali yuk va transport vositalarining erkin harakatlanishini taʼminlash niyatlarini tasdiqlagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protseduralarni yengillashtirish va uygʻunlashtirish orqali mintaqaviy aloqalarni, shu jumladan, Tomonlar davlatlari hududlari orqali avtomobil va temir yoʻl muntazam qatnovlarini rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlarida quyida keltirilgan atamalar ushbu maʼnolarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfli yuklar” oʻziga xos xususiyatlari va xossalari tufayli atrof muhitga zarar yetkazishi yoki odamlar, hayvonlar va oʻsimliklar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, mahsulotlar, sanoat chiqindilari va boshqa faoliyatlardan hosil boʻladigan chiqindilarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yirik gabaritli yuklar” qabul qiluvchi davlatda transport vositasi yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibining ruxsat etilgan tashqi oʻlchamlaridan (uzunligi, eni va boʻyi) ortiq boʻlgan yuklarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ogʻir yuklar” qabul qiluvchi davlatda transport vositasining ruxsat etilgan eng koʻp vaznidan (umumiy va oʻqqa tushadigan ogʻirlik) ortiq yuklarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qabul qiluvchi davlat” yuklar tashiladigan davlatni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tez buziladigan tovarlar” tashish va saqlash jarayonida yuqori va past haroratdan hamda tashqi havoning namligidan himoya qilish talab etiladigan tovarlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taqiqlangan yuklar” chegaradan olib oʻtish taqiqlangan tovarlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Cheklangan tovarlar” chegaradan olib oʻtishda cheklov belgilangan yoki maxsus ruxsatnoma talab etiladigan tovarlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uchinchi davlat” mazkur Bitim ishtirokchisi hisoblanmaydigan har qanday boshqa davlatni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tranzit” bir Tomon davlati hududi orqali yuklarni tashishni anglatadi, bunda joʻnatish va yetkazib berish punktlari ushbu Tomon davlati hududidan tashqarida joylashgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Bitimning qoʻllanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim tashishning barcha usullariga, shu jumladan, aralash tashish sxemalariga hamda yuklarni oʻzaro kelishilgan marshrutlar boʻyicha Tomonlar davlati hududi orqali tashishga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar transport vositasi roʻyxatga olingan boshqa Tomon davlatida qoʻllaniladigan texnik talablarga mos keladigan hamda roʻyxatga olish davlatining vakolatli sertifikatlash organi tomonidan berilgan Muvofiqlik sertifikati yoki tegishli hujjatga ega boʻlgan transport vositalarining oʻz davlatlari hududiga kirishiga ruxsat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim doirasida Tomonlar davlatlari hududlari orqali harbiy tarkib, qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, harbiy texnika va harbiy aslahalarning tranzitiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Yuklarning tranziti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitim va ular ishtirokchilar hisoblangan xalqaro shartnomalar qoidalariga muvofiq, bir-birlariga oʻz davlatlari hududlari orqali yuklarni tranzit tashish huquqini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar temir yoʻl orqali tranzit tashishda yuklar hajmining oldindan muvofiqlashtiruvini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar davlatlarining yuridik va jismoniy shaxslari boshqa Tomon davlati hududiga borish yoki hududidan kelishda oʻzlari eng maqbul deb hisoblagan tashish usulini tanlash va undan foydalanish huquqiga egalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Tomonning boshqa Tomon davlati hududi orqali tranzit tashilayotgan yuklari asossiz tarzda ushlab qolinmaydi hamda bojxona boji va yigʻimlaridan ozod etiladi, tashish uchun toʻlovlar yoki tranzit bilan bogʻliq maʼmuriy xarajatlarga yoxud koʻrsatilgan xizmat narxiga mutanosib boʻlgan toʻlovlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuklarning importi va eksporti uchun undiriladigan barcha toʻlovlar ushbu boshqa Tomon davlatining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hisoblab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tomonlar davlatlari hududlari oʻrtasida chegarani kesib oʻtishda foydalanilgan tashish usullaridan yuk joʻnatish punktiga yoki uchinchi davlatga qaytishda ham foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Tez buziladigan tovarlar va chorva mollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez buziladigan tovarlar va chorva mollarining chegara rasmiylashtiruvi tegishli ruxsatnomalar hamda oldindan kelishilgan yoʻnalishlar mavjud boʻlganda ustuvor asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Yirik gabaritli va ogʻir yuklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik gabaritli (nogabarit) va ogʻir yuklarning tranziti ikkala Tomon oʻrtasida kelishilgan shartlarda amalga oshiriladi. Tomonlar bunday yuklarni tashish uchun qoʻshimcha bitim tayyorlashga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Xavfli va taqiqlangan yuklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xavfli va taqiqlangan yuklarning tranziti ikkala Tomon oʻrtasida kelishilgan shartlarda amalga oshiriladi. Ushbu maqsadda Tomonlar bunday yuklarning roʻyxati bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan yuklarning Tomonlar davlatlari hududlari orqali tranziti oʻz hududida tashish tashkil etilayotgan Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Tomon vakolatli organlari tegishli ehtiyot choralarini koʻrish maqsadida boshqa Tomon vakolatli organlarini ularning davlatlari hududlari orqali mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan yuklarni tranzit tashish toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Rasmiyatchiliklarni yengillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq chegarani kesib oʻtish bilan bogʻliq rasmiyatchiliklar uchun talab etiladigan jarayonlar va hujjatlar miqdorini imkon qadar cheklaydilar va/yoki qisqartiradilar va/yoki ularga barham beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Axborot almashinuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar boshqa Tomon davlati hududiga kirib kelayotgan yuklarning tranziti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, transport vositalari, tashuvchilar, kuzatib boruvchi shaxslar va boshqa zaruriy axborotlar bilan oldindan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari chegarani kesib oʻtish uchun ruxsatnoma berishda talab qilinadigan hujjatlar roʻyxatini, shuningdek, axborot almashish uchun foydalanish mumkin boʻlgan aloqa vositalarini aniqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Boshqa xalqaro bitimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim qoidalarini qoʻllashda Tomonlar ular ishtirokchilar hisoblanadigan boshqa xalqaro tranzit bitimlariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim doirasida yuklarni tranzit tashishda faqat Tomonlardan biri ishtirokchi hisoblanadigan xalqaro bitimlar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashda kelib chiqadigan nizo va kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oʻzgartirishlar va bayonnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra uning ajralmas qismi hisoblanadigan va Bitimning 12-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar orqali oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida Tomonlar soʻnggi yozma xabarnomasi olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim besh (5) yil davomida amal qiladi va tegishli besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim Tomonlardan biri uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonning yozma xabarnomasini olgan sanadan boshlab olti (6) oydan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2017-yil 5-dekabrda, hijriy 14/09/1396, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, dari, pushtu va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)