23.08.2018 yildagi PQ-3919-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish, ularning quyi boʻgʻinlarini aholiga yanada yaqinlashtirgan holda mustahkamlash, barcha darajadagi tuzilmalarning vazifalari va funksiyalarini aniq belgilash, zamonaviy xavf-xatarlarni hisobga olgan holda kuch va vositalarni oqilona taqsimlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar ichki ishlar organlari rolini oshirish, ularni har bir xodim tomonidan oʻz xizmat burchi — “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ni soʻzsiz bajaradigan ijtimoiy yoʻnaltirilgan professional tuzilmaga aylantirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini tashkil etishda qator tizimli kamchiliklar mavjud boʻlib, ular, kuch va vositalar boshqaruvining yetarli darajada muvofiqlashmaganligi, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar va ularning kasb mahorati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning maqsadli nazorat-tahlilini taʼminlash holatining past darajadaligi namoyon boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari faoliyatiga samarali boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlash tizimini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, vujudga kelayotgan real tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirgan tarzda taqsimlash va boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tahliliy ishlarni aniqlanayotgan amaliy muammolarni tizimli tahlil qilish va kriminogen vaziyatni prognozlashga yoʻnaltirish maqsadida tubdan qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, lavozimlarni yuqori maʼnaviy-axloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarga ega nomzodlar bilan jamlashni nazarda tutgan holda, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi, soddalashtirilgan tartibini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali tizimini joriy etish, shu jumladan ilmiy-psixologik uslublarni maqsadli qoʻllash orqali ularning xizmat va oilaviy-maishiy muammolarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, qonuniylikni soʻzsiz taʼminlash, xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish va xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlashga qaratilgan vazifalarni bajarish yuzasidan taʼsirchan idoraviy nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, ish yuritish mexanizmi va hujjatlar aylanishi tartibini takomillashtirish, ichki ishlar organlari tizimining barcha boʻgʻinlarida normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida, bir xilda va toʻliq bajarilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi, yuridik taʼminlash boshqarmasi, jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi negizida Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Departament bosh boshqarmaga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining devonini tashkil etib, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada kriminogen vaziyatni tizimli tahlil va prognoz qilish, undagi oʻzgarishlarga oʻz vaqtida munosabat bildirish, ichki ishlar organlari faoliyatini jinoyatchilik holati va unga qarshi kurashish natijalarini oʻrganish asosida rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash, ularni kompleks tekshirish va nazorat qilish, amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish, shu jumladan ish natijadorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish sohasidagi qarorlarini oʻz vaqtida, bir xilda va toʻliq bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining huquqni qoʻllash amaliyotida yagona huquqiy siyosat va nazoratni tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tizimida maxfiylik rejimiga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash, samarali ish yuritish va hujjatlar aylanishini hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar organlarining hududiy, harbiy va sohaviy tuzilmalari, shuningdek, idoraviy oliy taʼlim muassasalaridagi oʻz xavfsizlik boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining bevosita boʻysunuviga oʻtkazilsin, ularning budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining shtatlar jadvaliga kiritilib, tegishlicha hududiy, harbiy va sohaviy ichki ishlar organlari, shuningdek, idoraviy oliy taʼlim muassasalariga maqsadli biriktirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Barcha darajadagi ichki ishlar organlari boshliqlari boʻysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar, shuningdek, ularning oilaviy-maishiy muammolarini doimiy oʻrganish va hal etish boʻyicha ishlar samaradorligi uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini mustaqil oʻrganish, rahbar xodimlariga baho berish hamda ichki ishlar organlarining tezkor-xizmat faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarini aʼlo baholar bilan tamomlagan ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati va kasbiy oʻsishiga nisbatan Departament tomonidan nazorat oʻrnatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti tomonidan tizimli monitoring olib boriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar, istisno tariqasida, qabulning dastlabki tanlov imtihonlaridan ozod etiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining qabul va attestatsiya, shu jumladan maxsus unvonlarni berish boʻyicha komissiyalari faoliyatida psixolog-mutaxassislar ishtirok etadi va ular individual suhbat oʻtkazish natijasi boʻyicha har bir nomzod va xodim boʻyicha yakuniy qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ichki ishlar organlari faoliyatiga oid muammolarni oldindan oʻrgangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hayʼatining sayyor va tezkor majlislarini oʻtkazish va ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha maqsadli qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ichki ishlar organlarini har uch yilda kamida bir marotaba tekshirish hamda u oʻtkazilganidan soʻng bir yil ichida ular faoliyatini nazorat tartibida oʻrganish amaliyoti joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi malaka oshirish fakulteti, akademik litseylar bilan ishlash boʻlimi, modellashtirish va simulyatsiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlash kursi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Malaka oshirish instituti) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish instituti boshligʻiga boshqa oliy taʼlim muassasalari va davlat organlari, shu jumladan xorijiy malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish yigʻinlariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tajribali amaliyotchi xodimlari hamda Akademiya professor-oʻqituvchilari jalb etilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda oʻquv yigʻinlarini oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining barcha akademik litseylarida Malaka oshirish institutining filiallari (auditoriyalari) tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik kadrlar tayyorlash kursi funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining oʻquv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ichki ishlar organlari boshqaruvi, nazorati va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Malaka oshirish instituti va uning joylardagi filiallarini joylashtirish, jihozlash, shuningdek, ular faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun boshqa tashkiliy masalalarni hal etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, ushbu koʻkrak nishoni bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, shaxslarni qidirish va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan ichki ishlar organlari, shu jumladan xorijiy politsiya tuzilmalari xodimlari va harbiy xizmatchilari mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddat ichida ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti hamda “Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro standartlarni hamda fuqarolar ongida ichki ishlar organlari toʻgʻrisida ijobiy tasavvurni shakllantirish zaruratini hisobga olgan holda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilma xodimlarining mutlaqo yangi maxsus kiyim-boshi, atributikasi va farqlovchi belgilarini joriy etish toʻgʻrisida taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda Malaka oshirish institutining tuzilmasi va nizomini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz xavfsizligi boshqarmasining yangilangan shtatlar jadvalini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, rotatsiya va yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishni tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni oʻrnatilgan tartib-taomillarni tubdan soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda tanlov muddatlarini qisqartirishni hisobga olgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha psixologlar guruhini, birinchi navbatda xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash va shakllantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ichki ishlar organlari kadrlar boʻlinmalari faoliyatiga kadrlar zaxirasini hisobga olish, kadrlar siljishini monitoring qilish, xodimlar rotatsiyasi va xizmatda koʻtarilishini tahlil qilishni nazarda tutuvchi “e-Kadr” markazlashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Departamentni ustuvor ravishda tahliliy va tashkiliy qobiliyatga ega boʻlgan malakali mutaxassislar bilan jamlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiquvchi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3919-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari boshqaruvi, nazorati va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Xizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi tartibini oʻrnatish, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, qonuniylikni taʼminlash va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish

1.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilishga nomzodlarni saralab olishning adolatli va shaffof tizimini yaratib, oʻrnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish zarurligini hisobga olgan holda quyidagilar nazarda tutiladi:

xizmatga va oʻqishga qabul qilishning amaldagi qoidalari va tartib-taomillari talablarini bir vaqtda qabul qilish (rad etish) toʻgʻrisidagi yakuniy qaror muddatini saralashning barcha bosqichlari boshlanishidan 30 ― 40 kungacha qisqartirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish;

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda malakali mutaxassislar va iqtidorli yoshlarni jalb qilish maqsadida xizmatga qabul qilish talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish mexanizmi;

tanlovning saralash bosqichlari, shu jumladan imtihonlar topshirish jarayonining jamoat nazoratini oʻrnatish orqali shaffofligini taʼminlash mexanizmlarini joriy etish;

ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga xizmatga birinchi bor qabul qilinayotgan nomzodlarni dastlabki saralash tanlovlaridan ozod qilish;

jalb qilish boʻyicha faol choralarni qabul qilish va respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalarini bitiruvchi-aʼlochilarini qabul qilishda imtiyozlar oʻrnatish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov)

2.

Ichki ishlar organlarida xizmatni ado etishda psixologik jihatdan taʼminlashni takomillashtirish choralarini koʻrish, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

qabul va attestatsiya komissiyalari, shu jumladan maxsus unvonlarni berish boʻyicha komissiya faoliyatida psixolog-mutaxassislarning ishtirok etishi individual suhbat oʻtkazish natijasiga koʻra har bir nomzod boʻyicha yakuniy qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xulosa tuzish majburiyligi;

maqsadli tayyorlovni, birinchi galda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkillashtirish va ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha keyinchalik barcha hududiy va sohaviy tuzilmalarda “assessment markazlarini” (psixologik vaziyatni baholash markazlari) ochgan holda psixologlar guruhini shakllantirish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 25-sentabr


2018-yil 20-sentabrda tasdiqlash




Tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirish

IIV (R. Xatamov, R. Ergashev)

3.

Toshkent shahar IIBBda nomzodlarni ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilishda koʻrgazmalar roʻyxati, info-kiosk, hujjatlarning oʻzgarib turish bosqichini elektron tablodagi monitoringi, kutish inventari va h.k. bilan jihozlangan namunaviy markazini sinov tarzida barpo etish va faoliyatini tashkillashtirish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil 5-sentabrda tasdiqlash


2018-yil 1-noyabrgacha amalga oshirish

IIV (R. Djurayev, R. Xatamov, R. Ergashev)

4.

Shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:

tuman (shahar, tarmoq, saf) ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyatini tashkil etish;

shaxsiy tarkibni burchga sodiqlik, qonuniylik va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish ruhida tarbiyalash boʻyicha tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda barcha darajalardagi rahbarlarni baholash mezonlarini aniqlash;

shaxsiy tarkibning xizmat va oilaviy-maishiy muammolarini ular boʻyicha koʻrilgan choralar hisobini yuritgan holda barcha darajadagi rahbarlar tomonidan muntazam oʻrganish tartibini oʻrnatish;

kadrlar va oʻz xavfsizligi boʻlinmalari xodimlarning huquqbuzarliklarini oʻz vaqtida aniqlash va oldini olish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish mexanizmini oʻrnatish;

tuman (shahar, tarmoq, saf) ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarini nazorat qilish va hisobot berishi tartibini joriy etish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov)

5.

Ichki ishlar organlarining tashqi tarmoq xizmatlari faoliyatiga yoʻllarda, koʻchalarda, maydonlarda va h.k. xizmatni olib borishda unga qatʼiy rioya qilish majburiyati va nazorat qilish mexanizmini oʻrnatgan holda “hulq-atvor va muomala madaniyati kodeksi”ni ishlab chiqish va joriy etish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 1-oktabr

IIV (T. Aripov, R. Xatamov)

6.

Ichki ishlar organlari oʻz xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda tanqidiy koʻrib chiqish:

hududiy va tarmoq ichki ishlar organlarining oʻz xavfsizlik boʻlinmalari birliklarini markaziy apparatning shtat jadvaliga topshirish;

nomzodlarni oʻz xavfsizlik boshqarmasiga saralash parametrlari, ularni lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish va boshqa tarmoq xizmatlariga oʻtkazish tartibi;

ichki ishlar vaziriga har chorakda takliflar kiritish bilan birga oʻz xavfsizlik boʻlinmalari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari va tahlili mexanizmini joriy etish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 10-sentabr

IIV (R. Xatamov)

7.

Oʻz xavfsizlik boʻlinmalari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini samarali amalga oshirishning batafsil mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda quyidagilarni inobatga olish zarur:

ichki ishlar organlarining tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida tezkor pozitsiyalari yaratish darajasini oshirish;

xodimlar jinoyatlarining oʻz vaqtida oldini olish va aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini amalga oshirish usularini takomillashtirish;

xodimlar shaxsiy xavfsizligini taʼminlashning samarali amaliyotini tatbiq etish, shaxsiy tarkibning jamiyatga qarshi qoʻpol hulqiga chek qoʻyish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 24-oktabr

IIV (D. Nazarmuxamedov)

8.

Ishdagi yangi talablarni hisobga olgan holda vazifalarni samarali bajarishga qodir, ichki ishlar organlarining tezkor va tergov boʻlinmalaridan malakali xodimlar bilan toʻldirish maqsadida kamida yarmini yangilashni nazarda tutib, oʻz xavfsizlik boʻlinmalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish.

Reja-jadval

2018-yil 28-avgustda tasdiqlash


2018-yil 1-oktabrgacha amalga oshirish

IIV (P. Bobojonov)

9.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining samarali faoliyatini tashkil etish, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ichki ishlar organlari tizimida malaka oshirishning yagona siyosatini belgilash va amalga oshirish;

Ichki ishlar vazirligining oʻquv markazlari faoliyatini uslubiy muvofiqlashtirishni tashkil etish;

ichki ishlar organlari tizimida malaka oshirishning uzluksiz jarayonini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda oʻtkazilayotgan islohotlarning mohiyatini xodimlarga oʻz vaqtida yetkazish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov)

10.

Quyidagilar boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar koʻrish:

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutini joylashtirish, obod qilish va moddiy-texnik jihozlash, shuningdek oʻziga xos faoliyatni hisobga olgan holda toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash uchun boshqa masallarni hal etish.

Oʻquv yigʻinlarini joylarda tashkillashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligining barcha akademik litseylarida Malaka oshirish institutining filiallarini (auditoriyalarini) yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 25-oktabr

IIV (R. Ergashev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Qisqa muddatli oʻquv yigʻinlarini tashkillashtirish tartibini joriy etish, u quyidagi tizimni oʻz ichiga oladi:

barcha darajalardagi rahbarlar tarkibini xizmat faoliyatidan ajralmagan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining joylardagi filialida bevosita qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

shaxsiy tarkibni masofaviy oʻqitish usullarini faol qoʻllash, ularga tizimdagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida yetkazish;

respublika hududlari oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishning ilgʻor tajribalarini almashish maqsadida ichki ishlar organlari faoliyati yoʻnalishlari kesimida malaka oshirish oʻquv kurslarini oʻtkazish;

shartnoma asosida boshqa oliy taʼlim muassasalari va davlat organlaridan, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni malaka oshirishga jalb qilish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 1-noyabr

IIV (R. Xatamov)

II. Ichki ishlar organlarida koʻp darajali kadrlar zaxirasini shakllantirish, samarali rotatsiya tizimini joriy etish

12.

Yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlarini koʻrish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

yosh kadrlarni istiqbolli va amaldagi rahbarlar zaxirasiga kiritish tartibi va aniq mezonlarini nazorat mexanizmini oʻrnatgan holda belgilash;

Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining aʼlochi-bitiruvchilar faoliyatini monitoring qilish va karyera jihatidan koʻtarilishini nazorat qilish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov, Sh. Norgitov)

13.

Lavozimini 5 yildan ortiq vaqtdan buyon egallab turgan ichki ishlar organlarining rahbarlar tarkibi faoliyatini tanqidiy oʻrganish, zamonaviy talablarga javob bermaydigan rahbarlarni egallagan lavozimidan ozod qilish yoki lavozimini pasaytirish.

Reja-jadval

2018-yil 28-avgustda tasdiqlash


2018-yil 1-noyabrgacha amalga oshirish

IIV (R. Xatamov)

14.

Ichki ishlar organlari kadrlar boʻlinmalari uchun “e-Kadr” avtomatlashtirilgan markazlashgan axborot tizimini ishlab chiqish va uning faoliyatiga joriy etish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

hududlar va xizmatlar kesimida kadrlar tarkibi hisobi, elektron hisob-kitob va har kunlik tahlilini yuritish;

mazkur sohada har oylik hisobotni shakllantirish bilan birga xodimlar lavozimi oʻzgarishi, ularning rotatsiyasi va karyera jihatdan oʻsishi monitoringi;

shaxsiy tarkib toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan ishlashning yagona mezonlarini belgilash;

ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashni tashkillashtirishni samaradorligini kompyuterlashgan nazoratini amalga oshirish.

Texnik vazifa, tashkiliy tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-noyabr

IIV (R. Ergashev, R. Xatamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

15.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tubdan yangicha formali kiyim, atributika va farqlash belgilarini xalqaro standartlarni va fuqarolar ongida ushbu huquqni muhofaza qilish tuzilmasining ijobiy imijini shakllantirish zaruriyatini hisobga olgan holda joriy qilish boʻyicha takliflar kiritish.

Axborot xati namunalari bilan

2018-yil 20-sentabr

IIV (R. Ergashev, R. Xatamov),
Bosh prokuratura (E. Tadjiyev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov)

III. Ichki ishlar organlari faoliyatining boshqaruv va nazorat-tahliliy taʼminotini takomillashtirish

16.

Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentining samarali faoliyatini tashkil etish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

haqiqiy tarkib topayotgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirilgan tarzda joy-joyiga qoʻyish hamda boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish;

jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tizimli tahliliy ishlarni amalga oshirish mexanizmlarini oʻrnatish;

tahliliy ishlarni ichki ishlar organlarida aniqlanayotgan amaliy muammolar va kriminogen vaziyatni prognozlashtirishni tizimli tahlil qilishga yoʻnaltirish;

mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarni amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan zimmadagi vazifalar ijrosining taʼsirchan idoraviy nazoratini amalga oshirish;

ichki ishlar organlarida ish yuritish mexanizmini va hujjat aylanish tartibini takomillashtirish;

ichki ishlar organlari tizimining barcha darajalarida normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida, bir xil va toʻliq ijrosini taʼminlash.

2018-yil 10-sentabr

IIV (D. Nazarmuxamedov, Sh. Norgitov)

17.

Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentini tahliliy va boshqarish qobiliyatlari ustun boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 1-oktabr

IIV (R. Xatamov, Sh. Norgitov)

18.

Hududiy ichki ishlar organlarining samarali faoliyati ustidan taʼsirchan idoraviy nazoratni tashkillashtirish, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

hududiy ichki ishlar organlari faoliyatining muammolarini dastlabki tarzda oʻrganib, ular faoliyatida natijadorlikni oshirish boʻyicha maqsadli qarorlar qabul qilgan holda Ichki ishlar vazirligi hayʼatining sayyor va tezkor majlislarini oʻtkazish;

hududiy ichki ishlar organlarini har uch yilda kamida bir marotaba tekshirib, u oʻtkazilgandan keyin bir yil ichida faoliyatini nazorat tartibida oʻrganish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 10-sentabr

IIV (D. Nazarmuxamedov, Sh. Norgitov)

19.

“Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy koʻkrak nishonini taʼsis etish, quyidagi sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan ichki ishlar organlari, shu jumladan chet el politsiya tuzilmalari xodimlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarini taqdirlash nazarda tutiladi:

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish;

yashirinib yurgan shaxslar va oʻgʻirlangan moddiy boyliklarni qidirish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

ichki ishlar vaziri buyrugʻi

2018-yil 10-sentabr

IIV (R. Xatamov)

20.

Ichki ishlar vazirligi faoliyati tizimini takomillashtirish boʻyicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarni keng yoritishga bagʻishlangan tele-, radioeshittirishlar turkumi, bosma axborot va maqolalarni Internet tarmogʻi orqali tashkillashtirish va fuqarolar ongida ichki ishlar organlarining ijobiy imijini shakllantirish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil 5-sentabrda

Tadbirlar rejasini tasdiqlash

IIV (T. Aripov, K. Burxonov),

MTRK (A. Xodjayev),

UzMAA (L. Tangriyev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy munosabatlar predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, mazkur bandlar uchun koʻrsatib oʻtilgan eng oxirgi muddat ijro muddati etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarorida 7-band toʻrtinchi xatboshisi “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlardan keyin “Malaka oshirish instituti bilan birgalikda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3413-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band yettinchi xatboshisi “tashkilotlaridan xodimlar” degan soʻzlardan keyin “shuningdek, ichki ishlar organlarining katta amaliy ish tajribasiga ega pensionerlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar, istisno tariqasida, dastlabki tanlov imtihonlaridan ozod etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-band “xizmat intizomiga rioya etilishi” soʻzlaridan keyin “va tarbiyaviy ishlar samarali amalga oshirilishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son; 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son; 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)