Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 20-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2439-6]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1, 2019-04-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439-7, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12(I)-son, 162-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-iyul,
106-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-iyul,
2018-49-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning 1-bandida:
ikkinchi xatboshidan “va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshidan “transport vositalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar boʻyicha 11-ilovaga muvofiq;”.
2. Soliq hisobotining shakllarida:
a) 1-ilovada:
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni taqdim etuvchi soliq toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumotlar ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan toʻlanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisob-kitobi ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
b) 2-ilovada:
Hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning 4.3-bandi 010-satrining “Koʻrsatkichlar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasida koʻrsatilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari toʻgʻrisida maʼlumotnomada:
I boʻlim 5-bandi 022-satrining “Daromad turi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19) dividendlar tarzida olingan va dividend toʻlagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) 2018-yil 1-apreligacha yoʻnaltirilgan daromadlar”;
ilova izohining “**” havolasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“**) Yuridik shaxsdan olinib, uning ustav kapitaliga 2018-yil 1-apreligacha yoʻnaltirilgan dividendlar.”.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning II boʻlimi 12-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) dividendlar tarzida olingan va dividend toʻlagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) 2018-yil 1-apreligacha yoʻnaltirilgan daromadlar ___________ soʻm;”;
v) 3-ilovada:
Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobida:
0301, 0401 va 060-satrlar chiqarib tashlansin;
050-satrda “(040-satr — 030-satr — 060-satr)” degan soʻzlar “(040-satr — 030-satr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-ilovadan 01021, 03011, 04011 va 05011-satrlar chiqarib tashlansin;
01024-satr chiqarib tashlansin;
01025-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
boshqa soliq solinadigan realizatsiya (0102-satr — 01021-satr — 01022-satr — 01023-satr) |
01024 |
|
|
”; |
6-ilovaning 060-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
suv taʼminoti, kanalizatsiya, sanitariya tozalash, issiqlik taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aholi nomidan oladigan, shuningdek idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining boʻlinmalari tomonidan olinadigan shunday xizmatlar realizatsiyasi |
060 |
|
”; |
g) 4-ilovaning Qatʼiy stavkalar qoʻllaniladigan aksiz soligʻi hisob-kitobida:
quyidagi mazmundagi 17-ustun bilan toʻldirilsin:
|
“ |
Soliq toʻlovchi ixtiyorida qoldiriladigan aksiz soligʻi summasi**** (16-ust.) |
|
|
17 |
||
|
”; |
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“**** Soliq toʻlovchi ixtiyorida qoldirilishi nazarda tutilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha, agar 16-ustun musbat qiymatga ega boʻlsa”;
d) 6-ilovaning Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining ilovasi quyidagi mazmundagi 0207 satr bilan toʻldirilsin:
|
“ |
issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv |
0207 |
”; |
e) 7-ilovada:
______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) maʼlumotnomada:
“Koʻrsatkichlar” ustunining 010 satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq solinadigan koʻchmas mulkning, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olingan koʻchmas mulkning taxmin qilinayotgan oʻrtacha yillik qoldiq qiymati;
izoh quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mulkka binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar, uzatish qurilmalari va belgilangan normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari taalluqlidir.”.
______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha (mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun) maʼlumotnomada:
“Koʻrsatkichlar” ustunining 010 satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq solinadigan koʻchmas mulkning, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olingan koʻchmas mulkning taxmin qilinayotgan oʻrtacha yillik qoldiq qiymati;
izoh quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mulkka binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar, uzatish qurilmalari va belgilangan normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari taalluqlidir.”.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobida:
02-varaq mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
1-ilovaning “Koʻrsatkichlar” ustunidagi “Asosiy vositalar:” degan soʻzlar “Koʻchmas mulk:” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4 — 6-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 5 — 7-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlarida mavjud asosiy vositalarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati toʻgʻrisida maʼlumotnoma chiqarib tashlansin;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar)ga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk toʻgʻrisida maʼlumotnoma (yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash uchun) chiqarib tashlansin;
j) 8-ilovada:
Yer soligʻi toʻlovchi yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 8-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Joriy soliq davrining 1-yanvaridagi holat boʻyicha qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik boʻlmagan yerlar uchun toʻlanadigan yer soligʻi hisob-kitobi mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 9-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
z) 10-ilovaning Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobida:
01-varaq mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 10-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
4-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 11-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
4a-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
i) 11-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 12-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
k) 13-ilovada:
Soliq solish tartibini qoʻllash toʻgʻrisida xabarnoma izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
mazkur Xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda taqdim etiladi.”;
Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari tomonidan ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisida xabarnoma izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
mazkur Xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda taqdim etiladi.”;
Yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini olish toʻgʻrisida ariza izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
mazkur Ariza soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda taqdim etiladi.”;
Umumbelgilangan soliqlarning hisoblab chiqarilgan summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma izohidagi “150-satrida” degan soʻzlar “140-satrida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobida:
02 — 04-varaqlar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 13-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
4-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. 2018-yil 1-apreldan boshlab yuridik shaxsdan olinib, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoʻnaltirilgan dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solinmasligi boʻyicha imtiyoz bekor boʻlganligini inobatga olgan holda 0203-satri faqat 2018-yil I chorak yakuni bilan toʻldiriladi va soliq davri yakuniga qadar oʻzgarishsiz qoladi.”;
5-ilovadagi “Investitsiya dasturiga” degan soʻzlar “rivojlanish davlat dasturlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 14-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
7-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 15-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
8-ilova izohining 2-bandidan “(Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobning 0801-satridan)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 16-ilovasiga muvofiq 9-ilova bilan toʻldirilsin;
l) 16-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 17-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 6-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 7-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 8-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 9-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 10-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 11-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 12-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 13-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 14-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 15-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 16-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 17-ilova.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)