1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada pillachilik tarmog‘idagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, intensiv tutzorlar barpo etish, pillachilik tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga ipak mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda mavjud tutzorlarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlarni qurish, fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga tut ko‘chatlari ekishni ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni yanada jadal davom ettirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik tarmog‘i korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish, tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ni pilla boqish ishlariga kasanachilik asosida jalb etish va ularni rag‘batlantirish hisobiga qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2856-son qarorining bajarilishi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, mavjud 43,4 ming gektar tutzorlar va 44 mln. tup yakka tut qatorlari uyushma tizimidagi korxonalarga biriktirib berilganligi va yangidan 2 270 gektar tut plantatsiyasi, shundan 400 gektar maydonda intensiv tutzorlar barpo etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, 2018-yilda 18 ming tonna pilla yetishtirilishi (2017-yilga nisbatan 144,0 foiz) va 60 mln. AQSH dollardan ortiq ipak mahsulotlarini eksportga chiqarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, pillachilik tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga 2018-yilda 50 mln. AQSH dollaridan ortiq investitsiya kiritilishi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.13.00 Mavsumiy ishlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, pillachilik sohasida 14 ming 452 ta doimiy va 410 ming 793 ta mavsumiy ish o‘rinlari tashkil etilganligi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xo‘jaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. O‘simliklar karantini. Veterinariya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, pillachilik sohasida Xitoy, Eron, Vyetnam, Hindiston, Koreya, Birlashgan Arab Amirligi, Turkiya, Avstriya, Vengriya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Bolgariya, AQSH, Singapur, Pokiston va Qirg‘iziston davlatlari bilan xalqaro hamkorlik o‘rnatilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining pillachilik tarmog‘ida 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining pillachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida fermer xo‘jaliklari yer uchastkalarining dala chetlarida tut ko‘chatlari ekishni jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining respublika hududlarida qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish maqsadida pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga 50 boshdan 90 kunlik parranda va tut ko‘chatlarini shartnoma asosida bepul yetkazib berish to‘g‘risidagi takliflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining uyushma huzurida “Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimligining pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan 2019-2020-yillarda jami 3000 gektar, shu jumladan, Chortoq tumanida 1000 gektar, To‘raqo‘rg‘on tumanida 500 gektar, Chust tumanida 500 gektar, Namangan tumanida 400 gektar, Kosonsoy tumanida 300 gektar va Yangiqo‘rg‘on tumanida 300 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimligining pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan 2019-yilda jami 1000 gektar, shu jumladan, Sho‘rchi tumanida 150 gektar, Denov tumanida 50 gektar, Uzun tumanida 400 gektar (jumladan Bobotog‘ massivida 250 gektar), Sariosiyo tumanida 50 gektar, Qumqo‘rg‘on tumanida 200 gektar va Oltinsoy tumanida 150 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda pillachilik tarmog‘ida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, shu jumladan tutzorlarni kengaytirish, tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ning qo‘shimcha daromadlarini oshirish va ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pillachilik tarmog‘i korxonalariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yangi tutzorlar barpo etish va ular negizida ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha daromad olishni ko‘paytirish maqsadida tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari) bilan tut ko‘chati ekish, pilla yetishtirish, parranda boqish bo‘yicha shartnomalar tuzishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut ko‘chatlari, asbob-uskunalar va 50 boshdan 90 kunlik parrandalarni shartnoma asosida bepul yetkazib berish hamda shartnomalarning bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut ko‘chatlari, asbob-uskunalar va parrandalar yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish va uni qoplash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pillachilik sohasida doimiy va mavsumiy ish bilan band bo‘lganlar sonini uch yilda bir million kishiga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzuridagi Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi bilan shartnoma asosida uy sharoitida pilla xom ashyosini qayta ishlash, xom ipak va tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan to‘liq bir mavsum ishlangan davrlarini ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy sharoitida pilla xom ashyosini qayta ishlash, xom ipak va tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzurida tashkil etilayotgan Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish o‘quv-ishlab chiqarish markazi a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmonining 3, 12, 13 va 16-bandlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pilla yetishtirishda foydalaniladigan sun’iy dasta va boshqa zarur jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida polietilen xom ashyosi 2018-yil 1-sentabrdan boshlab dastlabki uch yil davomida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga polietilen ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ulgurji sotish narxlarida sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida pillachilik sohasidagi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish qat’iy tartibda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini pilla yetishtirish va uni qayta ishlash tarmog‘iga yo‘naltirish samaradorligini oshirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb etish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining Qayta ishlash, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi buyurtmanomasiga binoan, pillachilik tarmog‘ini rivojlantirishni targ‘ib etuvchi tashqi reklamalarni markaziy ko‘chalar, aholi gavjum joylarga hamda yo‘l bo‘ylaridagi maxsus joylarda belgilangan tartibda beg‘araz joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3910-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3910-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining pillachilik tarmog‘ida amalga oshiriladigan yangi loyihalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
T/r
Investitsiya loyihalari nomi
Loyiha amalga oshiriladigan hudud
Loyihaning umumiy qiymati (mln. AQSH dollari)
Tashkil etiladigan ish o‘rinlari, nafar
doimiy
mavsumiy
Pillani qayta ishlash bo‘yicha
1.
1.
Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ellikqal’a tumani
5,0
175
5000
2.
2.
Tut bargidan shifobaxsh tut choyi ishlab chiqarishni tashkil etish
Buxoro viloyati
G‘ijduvon tumani
2,0
50
1500
3.
3.
Pillachilik tarmog‘ida to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega yirik sanoat parkini tashkil etish
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahri
32,0
450
8000
4.
4.
Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Namangan viloyati
Chortoq tumani
5,0
186
7000
5.
5.
Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Namangan viloyati
Namangan tumani
5,0
280
7000
6.
6.
Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Namangan viloyati
To‘raqo‘rg‘on tumani
5,0
280
7000
7.
7.
Xom ipak, ipak momig‘i va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Surxondaryo viloyati
Denov tumani
5,0
175
7500
Jami
59,0
1596
43000
Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish bo‘yicha
8.
1.
Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish
Namangan viloyati
Chortoq tumani
2,0
50
250
9.
2.
Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish
Navoiy viloyati
Karmana tumani
2,0
65
300
10.
3.
Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish
Qashqadaryo viloyati
Shahrisabz tumani
2,0
50
250
11.
4.
Ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish
Samarqand viloyati
Samarqand shahri
2,0
50
250
Jami
8,0
215
1050
Ipakchilik tarmog‘ida turizmni rivojlantirish bo‘yicha
12.
1.
Turizmni rivojlantirish maqsadida hunarmandlar etnik qishloqchasini tashkil etish
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3910-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnidan “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva” bloki chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qarorining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva (1)**” bloki “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш