Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.08.2005 29.11.2000 yildagi 464-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.08.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

IQTISODIY TADQIQOTLARNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-avgustdagi PP-143-son “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil qilishni takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib borilayotgan iqtisodiy tadqiqotlarning amaliy yoʻnaltirilishini kuchaytirish, ularni iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratish, markaziy iqtisodiy organlarning prognoz-tahlil va metodologiya ishlari darajasini oshirish, shuningdek iqtisodiy yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti negizida Samarali iqtisodiy siyosat markazi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya va narxlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Soliq-budjet siyosati markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Iqtisodiy tadqiqotlar va statistika markazi negizida Pul-kredit siyosati markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy barqarorlikni, barqaror iqtisodiy oʻsishni va iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirishni taʼminlashga doir takliflar tayyorlash, koʻp variantli uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika, mineral-xomashyo va yer-suv resurslarini rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini tahlil etish va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy, tarmoq va hududiy proporsiyalarni chuqur tahlil qilish, tarmoqlararo va moddiy balanslar tizimini ishlab chiqish, shu asosda iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirish strategiyasini va investitsiya siyosatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografik jarayonlarni tatqiq etish, aholini ish bilan oqilona taʼminlovchi chora-tadbirlarni asoslash, aholining turmush darajasini va oila isteʼmol budjetini oʻrganish, ichki isteʼmol bozorini toʻldirish yoʻllarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inflatsiya darajasiga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash va tahlil etish, inflatsiyaning prognoz darajalarini belgilash, inflatsiyaga qarshi tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tashqi savdo va toʻlov balansini tahlil etish va prognozlashtirish, tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarali iqtisodiy siyosat markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlarining cheklangan soni 90 nafar etib belgilansin (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq-budjet siyosati markaziga quyidagilar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-budjet tizimini takomillashtirish, fiksal funksiyalarni qisqartirish, respublika va mahalliy budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy prognozlar va hisob-kitoblar asosida Davlat budjetini ishlab chiqish metodologiyasini takomillashtirishga, uning balanslilik darajasini oshirishga, turli darajalardagi budjetlar oʻrtasida mablagʻlarni taqsimlashning amaliy mexanizmini joriy etishga doir takliflarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni mablagʻ bilan taʼminlashda va davlat xarajatlarini shakllantirishning normativ yondashuvlarini joriy etishda budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanish yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq siyosatini takomillashtirish, soliq solishning moslashuvchan va samarali shakllarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qulay investitsiya muhitini shakllantirish va respublikaga xorijiy sarmoyani jalb etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq-budjet siyosati markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlarining cheklangan soni 40 nafar etib belgilansin (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi faoliyatining quyidagi asosiy yoʻnalishlari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va banklarning yanada kapitallashuviga doir takliflar tayyorlash, aholi mablagʻlarini bank infratuzilmasiga jalb etishni ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul muomalasini mustahkamlash, pul massasini tartibga solish, iqtisodiyotdagi toʻlovlar va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish tendensiyalarini tahlil etish va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida foiz siyosatini asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monetar va kredit siyosatini, kredit berish shakllari va usullarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va sektorlarida investitsiya loyihalarini kreditlashda tijorat banklarining keng ishtirok etishi yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyuta barqarorligini taʼminlash, valyuta siyosatini erkinlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul-kredit siyosati markazining xodimlarining cheklangan soni 35 nafar boʻlgan (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 3-ilovaga muvofiq tuzilmasiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar toʻgʻrisidagi nizomlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarning respublikada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va bozor oʻzgarishlari mohiyatini chuqur anglaydigan yuqori malakali, tajribali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasinlar, bunda asosiy eʼtiborni chet ellarda oʻqigan va stajirovkadan oʻtgan yoshlarni jalb qilishga qaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar oʻtkazishga davlat boshqaruvi organlari mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini, shuningdek chet ellik olimlar hamda mutaxassislarni kontrakt asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishgan holda, xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Markazlarning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin:.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Koʻrsatib oʻtilgan markazlar Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralarning byulletenlari, statistika maʼlumotlari majburiy ravishda yuboriladigan roʻyxatga kiritilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 16-apreldagi 199-son qarorining 5-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 307-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti tuzilmasini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 7-apreldagi 160-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464-son

Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 29-noyabrdagi 464-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy xodimlar umumiy soni — 90 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 29-noyabrdagi 464-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq-budjet siyosati markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy xodimlar umumiy soni — 40 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 29-noyabrdagi 464-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy xodimlar umumiy soni — 35 kishi
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 149-modda; 2001-y., 7-son, 36-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda)