Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli “Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 8-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, bojxona organlariga yuklangan ularga xos boʻlmagan vazifa va funksiyalarni bekor qilish orqali ularning faoliyatini yanada optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-avgust,
672-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 672-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-bandda:
oʻn yettinchi xatboshidagi “davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “bojxona brokerlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2. 8-bandida:
yigirma birinchi xatboshidagi “, shuningdek davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yigirma ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo doʻkonlari, bojxona tashuvchilari, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida ishlov berish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo doʻkonlari, bojxona tashuvchilari faoliyatini amalga oshirish huquqiga ruxsatnoma beradi”.
3. 9-bandning oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bojxona va erkin omborlarni, bojsiz savdo doʻkonlarini ochish, bojxona tashuvchilari sifatidagi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomalar berish”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/672/1773-son)