Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1948-15]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-iyul,
24/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 14-iyuldagi 24/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 8-bandda “ikki ish kuni mobaynida” degan soʻzlar “keyingi ish kunidan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning ikkinchi xatboshisi “tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari)” degan soʻzlardan keyin “, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxslarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Banklarda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq, mijozlarning hisobvaraqlarini roʻyxatga olish kitobi yuritiladi. Ushbu kitob kompyuterda dasturiy tarzda yoki qoʻlda yozilgan holda yuritilishi mumkin. Qoʻlda yoziladigan kitob raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, filial rahbari hamda bosh buxgalterining imzosi va filial muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.”.
4. 16-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Norezident yuridik shaxslar (immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasida xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:”;
quyidagi mazmundagi “d”, “e” va “j” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“d) tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
e) tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs va birja brokeri oʻrtasida brokerlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi;
j) tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar norezident yuridik shaxslar va investitsion vositachi oʻrtasida brokerlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi.”.
5. 39-bandning ikkinchi xatboshisi “vakolatxonalari)” degan soʻzdan keyin “hamda tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxslarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/1948-15/1688-son)